Ноябрь 2020 10-қисм Тошкент O‘QUVcHILAR FIKRLASH QOBILIYATLARINI O‘STIRISHDA QIZIQARLI MASALALARNI EcHISH USULLARINI QO‘LLASH Iskandarova Nargiza Iskandarovna Xorazm viloyati Bogʻot tumani 8-maktab boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi iskandarovan678@gmail.com Annotatsiya: boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishda qiziqarli
masalalarni echish usullari haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: kirish,
masalalarni tasvirlash usuli, bolalarga hisoblash usulini oʻrgatish,
arifmetik masalalar yechish, geometrik figuralar, xulosa.
Boshlangʼich ta‘limda matematika oʼqitishning asosiy maqsadlaridan biri ham oʼquvchilar
intellektual tafakkurini shakllantirish asosida oʼquvchilarqobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish
hisoblanadi.
matematik masalalar echish matematika oʼqitishning muhim tarkibiy qismidir. masalalar
echmasdan matematikani oʼzlashtirishni tasavvur ham etib boʼlmaydi. matematikada masalalar
echishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning muhim yoʼlidir. masalalar echishning
boshlangʼich sinflarda oʼrganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni oʼzlashtirish jarayonida
muhim rolni va oʼquvchilarni fikrlash qobilyatlarini oʼstiradi muhim rol oʼynaydi. masalalar
amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan soʼz har bir yangi tushunchani tarkib toptirish
har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qoʼllanishini talab
qiladigan u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi. masalalarni tasvirlash usuli. masaladagi
berilgan sonlarning nechtaligini ta‘kidlashga va ular oʼrtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish
koʼnikmasini rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli-masalani tasvirlashdir.
Bolalarning narsalarning chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir. dastlabki
1-2 ta masalani oʼqituvchining oʼzi tasvirlab chizadi. oʼqituvchi doskaning ichiga 5 ta qoʼziqorin
va uning oldiga bitta qoʼziqorin solingan savatchaning rasmini chizdi. Bolalar oʼqituvchi qanday
maslalni chizganini topganlaridan kiyin oʼzlari hohlagan narsalar haqida masala tuzadi. Bolalarni
masalaning javobi emas, balki masala shartini chizish kerakligi haqida bosh qotirish kerak,
oʼqituvchi tez chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat beradi. u bir nechta yaxshi chiqqan
va 1-2 ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganini topadilar.
ular qaysi rasm boʼyicha masala tuzish mumkin, qaysi rasm buyicha.masla tuzib boʼlmasligini,
nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. rasmda masalada berilgan sonlar koʼrsatilishi
kerakli haqida ishonch hosil qilinadi oʼzaro tekshirish olib borilsa yaxshi boʼladi. ayirishga oid
masala tuzishda koʼpincha ikkita rasm chizishga toʼgʻri keladi, birida kamayuvchi, ikkinchisida
qoldiq va ayiruvchi chiziladi. masalan: birinchisida 6 ta archa, ikkinchisida 5 ta archa chiziladi.
Bolalarga hisoblash usulini o‘rgatish. Bolalar arifmetik amallarni ifoda etishga va uni asoslab
berishga oʼrganib olganlaridan kiyin ularni hisoblash usullari bilan tanishtirish mumkin. ular
qoʼshish va ayirishni 1 ni qoʼshib va ayirib oʼrganib olishlari kerak. Bolalar ushbu usullarni
egallab borishda qoʼshni sonlar oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni tushunishga hamda
sonlaming birliklaridan iborat tartibini bilishga tayanishlari lozim. arifmetik amallarni oʼrgatish
jarayonidagi mashgʼulotning bir qismi sonlarni solishtirish va sonlarning birliklaridan iborat
tarkibi haqidagi bilimlarni mustahkamlashga oʼrgatadi.
Bolalarga hisoblash usullarini qanday oʼrgatish mumkin? rasm buyicha quyidagi masalani
tuzishni taklif etish mumkin. Bolalarni arifmetik amallarni ifoda etishni hisoblash usullaridan farq
qila bilishga oʼrgatish uchun qoʼshishda + “ga” ayirishda -”dan” qoʼshimchalaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bolalar hisoblash vaqtida olingan javob bilan birga arifmetik amallarni
takrorlaydilar. shunday kiyingi ular masala savoliga javob beradilar. dastlab bolalar koʼrsatma
material asosida keyinroq miyada sonlarning toʼgʻri va teskari ketma- ketligi haqidagi bilimlar
hamda ular masala oʼrtasidagi bogʼlanish va munosabatlarni tushunishiga asoslanib hisoblaydilar.
arifmetik masalalar echish. masala echishda “ qoʼshish “ “ ayirish” “ barobar” matematik
atamalaridan foydalanish zarur. Bolalar “ yozishni” mashq qiladilar. 1-2 bola mustaqil “
yozganlarini “oʼqib beradilar. “3 ta sharga 1 ta shar qoʼshilsa 4 ta shar boʼladi”. Bolalar koʼpincha
masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. masalan: akvariumda 6 ta baliq bor