Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF O‘QUVcHILARI BILAN YAKKA TARTIBDA ISHLASH VA
O‘QUVcHI TARBIYASIDA OTA –ONALARNING AHAMIYATI.
Hilolaxon Ahmedova Saidjonovna
Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani
2- IDUM boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang‘ich o‘quvchilari bilan yakka tartibda ishlash,farzand
tarbiyasida ota-onalarning o‘rni haqida fikr yuritildi.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich sinf, kitob, maktab, ota-ona, jamiyat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha yondashuv
jarayonining asosiy natijasi – har tomonlama va uyg‘un kamol topgan yuksak ma’suliyatli
shaxsni shakllantirishdir. Tarbiya murakkab jarayondir.Tarbiya haqida buyuk allomalarimizning
fikrlari ham ibrat namunasidir.sa’diy sheroziy fikricha,bola qobilyatli va kamqobilyatli bo‘lishi
mumkin. qobilyat o‘z- o‘zidan rivojlanmaydi.uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash
kerak,tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobilyat so‘nadi.Tarbiyani uchta asosiy yo‘nalishi bor. aqliy
tarbiya, nafosatli tarbiya,jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘linadi.adib bolani tarbiyalash vazifasini
ularning ota-onalariga , ya’ni oilaviy tarbiyaga katta e’tibor bilan qaratadi.haqiqatda ham farzand
tarbiyasi uchun ota-ona ma’sul shaxs, maktab esa ko‘makchidir.yoshlarni ul-atvorli , bilimga
izlanuvchan bo‘lishida o‘qituvchilarning roli kattadir. 21 yillik faoliyatim natijasida boshlang‘ich
sinf dagi har bir o‘quvchimning bilimi, fikrlash doirasi, tarbiyasi, o‘zini tengdoshlari orasida
qanday tutishi, atrofdagi muhitga munosabati har bir bolada turli ko‘rinishda bo‘lishini tushunib
yetdim.umumiy pedogogik mahoratimdan kelib chiqib aytamanki, bolaning maktabga bo‘lgan
umumiy qiziqishining shakllanishida ota- onaning , oiladagi muhitning, jamiyatdagi insonlarning
ahamiyati kattadir.shuning uchun ham o‘quvchilarimning ota- onalari bilan muloqot qilganimda,
farzandining nimani yoqtirishini, kimlar bilan do‘st bo‘lganligini, maktabdagi qaysi fanlarga
qiziqishini,qaysi fanni o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelishini, alohida ta’kidlab so‘rayman.
zero, oiladagi muhit tarbiya shakllanishining debochasi hisoblanadi. axloqiy tarbiyada eng muhim
vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda yakkama-yakka suhbatda bo‘lish va
nasihat qilshdir. Bugungi taraqqiy etgan zamon va jahonda har bir kishi jamiyatga munosib
bo‘lib kamol topmog‘i kerak. farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. shundagina
ularning noo‘rin xatti- harakatlariga berilishining oldi olinadi. farobiy bobomizning fikricha,
tarbiyali ,marifatli yetuk inson shunday bo‘lishi kerak;” har kim ilm hikmatini o‘rganaman
desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloqli va odobli bo‘lsin,
so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun- qoidalarni bilsin,
bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol- dunyosini
ayamasin, barcha real moddiy narsalar tog‘risida bilimga ega bo‘lsin. ”Xulosa o‘rnida zulfiya
mo‘minovaning she’rini yodga solmoqchiman.
osmonlarda yurganlar,
oltin saroy qurganlar,
”ne beray”deb turganlar,
Bolaga kitob bering.
Buhoriy- sarvarim u,
Termiziy-anvarim u,
mahmud zamahsharim u,
Bolaga kitob bering.
foydalanilgan adabiyotlar;
1. ajdodlar hikmati.
2. muallim jurnali.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |