17
2-BOB. DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINI
SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ TURLARIDAN FOYDALANISHNING
HOZIRGI HOLATI TAHLILI
2.1. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlarining
amaldagi holati tahlili
O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat
soliqlari va boshqa
majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal
qiladi. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohatlarning
chuqurlashuvi jarayoni budjet-soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib
borishni taqoza qiladi. Budjet-soliq siyosati moliya tizimi islohatlarining muhim
yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish
hamda uning barqarorligini
ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda.
9
Muayyan yildagi budjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini va unda sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan ayrim o’zgarishlarni, shak-shubhasiz, budjet daromadlari
hajmining (miqdorining) qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda budjet
siyosatisiz soliq siyosatini yoki soliq siyosatisiz budjet siyosatini to’g’ri tasavvur
etib bo’lmaydi. Ikkalasining o’zaro
mushtarakligi, bir-birini taqoza etishi va
vobastaligi budjet-soliq siyosatining yagonaligidan darakdir.
10
Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar tizimi deb tushuniladi. Soliq
kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
xududida soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor qilinadi.
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi
hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi
asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim
vazifalaridan kelib chiqib, o‘z budjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va
9
Vahobov A.V., Qosimova G. A, Jamolov X.N. Budjet-soliq siyosati yaxlitligi. Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”
2005,3-bet
10
T.S. Malikov, P.T.Jalilov. Budjet-soliq siyosati, - T.:”akademnashr” nashriyoti, 2011-yil.
18
boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak.
Respublika hukumati umumdavlat
miqyosida katta vazifalarni, jumladan,
sog‘liqni saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy
himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strategik vazifalarni bajaradi
(1-jadval).
Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular
budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: