4-guruh-―Istig‗no‖
Sardorlar saylanadi. O‗yin shartlari tushuntiriladi. U quyidagicha: har bir kichik
guruhga alohida topshiriq beriladi. O‗quvchilar A-4
o„lchamdagi
qog‗ozlarga
topshiriq javoblarini tarmoqlarga ajratilgan tarzda kiritadilar.
Magnitafonda A.Navoiyning ―Qaro ko‗zim‖ g‗azaliga
bastalangan ashula
yangraydi. Qo‗shiq tugashi bilan topshiriq uchun ajratilgan vaqt ham nihoyasiga
yetadi.
Eslatma: O‗qituvchi ma‘lumotlarni qay tarzda
tarmoqlarga ajratib yozish
mumkinligini doskaga ko‗rsatib berishi maqsadga muvofiqdir.
―Talab‖ guruhi uchun topshiriq: ―A.Navoiyning ilmiy merosi‖.
A.Navoiyning ilmiy asarlarini sanang.
Asarlar mavzusini ko‗rsating va guruhlarga ajrating.
Asarlar yaratilgan yillarni ko‗rsating.
―Ishq‖ guruhi uchun topshiriq: A.Navoiyning ―Xamsa‖ asari.
Dosotonlarning nomini tartib bilan sanang.
Dostonlarning hajmi va ular aruzning qaysi vaznida yozilgan?
Har bir dostonning asosiy mavzusi va g‗oyasi.
―Ma‘rifat‖ guruhi uchun topshiriq; ―A.Navoiyning lirik merosi‖.
Shoir devonlarining nomi.
―Xazoyin ul-maoniy‖ kulliyotiga kiritilgan she‘rlarning
janrlari va
ular devonlar bo‗yicha qanday tartibda taqsimlangan?
Har bir janrda yozilgan she‘rlarning miqdori.
―Istig‗no‖ guruhi uchun topshiriq: A.Navoiy va uning zamondoshlari.
A.Navoiyning ustozlari, do‗stlari, shogirdlari hamda unga homiylik
qilgan siymolar.
Ular haqida nimalarni bilasiz?
Ularning asarlarini sanang.
Ashula
tugagach, har bir guruh sardori o‗z guruhi bajargan topshiriq
javoblarini aytadi. Boshqa guruh a‘zolari, agar xatolar bo‗lsa to‗g‗irlaydilar.
―Zakovat‖ o‗yini.
Barcha guruhlarga ―Alisher Navoiy asarlari nomini toping‖ deb
nomlanuvchi krossvord yechish taklif qilinadi. Har bir guruhdan 2 vakil krossvord
topshiriqlarini kompyuterda yechadi. 2 o‗quvchi qog‗ozda bajaradi.
Eslatma: magnitofonda qo‗shiq eshittiriladi. Qo‗shiq tugagach,
guruhlar
navbatma-navbat krossvorddan shoirning nechta asari nomini topa olganlarini
aytadilar. Qaysi guruh ko‗proq asar nomini topgan bo‗lsa, o‗sha guruh g‗olib
hisoblanadi.
O‗yinning asosiy maqsadi: tezkorlik va bilimdonlik.
Qo‗shimcha topshiriq: O‗quvchilarga ―Muvashshah‖ o‗yini taklif etiladi.
A – ―Arbain‖, ―Anbiyolar va hakimlar tarixi‖.
L – ―Lison ut-tayr‖, ―Layli va Majnun‖.
I – ―Ixlosiya‖, ilk devon.
Sh – ―Sher bilan Durroj‖, ―Shoh G‗oziy hikoyati‖, ―Shifoiya‖.
E – ―El desa menikim…‖
R – ―Risolai muammo‖, Risolai tir andoxtan.
N – ―Nasoyim ul-muhabbat‖, ―Navodur ush-shabob‖, ―Nazm ul-javohir‖,
―Navodir un-nihoya‖, ―Nizomiya‖.
A – ―Ajam – xalqlari tarixi‖.
V – ―Vaqfiya‖.
O – ―Orazin yopqoch ko‗zimdin sochilur har lahza yosh…‖
I – ―Ikki vafoli yor hikoyati‖.
Y – ―Yetti sayyora‖.
O‗quvchilar bilimini baholash. O‗quvchilarning
dars davomida bergan
javoblari, kichik guruhlar tomonidan bajarilgan topshiriqlar uchun qo‗yilgan
baholar e‘lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: