MAVZU. QON SISTEMASIGA TA’SIR QILUVCHI VOSITALAR.
Reja:
1.
Qon yaratilishiga ta’sir qiladigan vositalar.
2.
Qon ivishiga ta’sir qiladigan vositalar.
3.
Eritpoezga ta’sir qiluvchi vositalar.
4.
Leykopoezga ta’sir qiluvchi vositalar.
Tayanch so’s va iboralar.
Eritropoez
- eritrositlar paydo bo’lishi.
Eritropoez
stimulyatori - eritrositlar ishlab chiqarish.
Leykopoez
- leykositlar ishlab chiqarish
Antikoagulyantlar
- Qon ivishiga to’sqinlik qiladigan vositalar
Animiya
- kam qonlik
Gemostatik vositalar
– qon ivishiga to’sqinlik qiladigan vositalar.
Leykopeniya
– Leykositlar sonining kamayishi
Gemofagiya
– Qon
oqishi
Qon sistemasiga ta’sir qiladigan moddalar orasida: 1) Qon yaratilishiga ta’sir
qiladigan vositalar; 2) qon ivishiga va fibrinolizga ta’sir qiladigan moddalar farq qilinadi.
Birinchi gruppaga quvvatlaydigan va eritropoezni (eritrotsitlar ishlab chiqarish) va
leykopoezni (leykotsitlar ishlab chiqarish) pasaytiradigan prcparatlar kiradi. Ikkinchi
gruppaga
gemostatik
vositalar
(qon
ivishiga
imkon
beradigan
moddalar).
antikoagulyantlar (uning ivishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar), organizmning
fibrinolitik aktivligini oshiradigan va uni pasaytiradigan moddalar kiradi.
Eritropoezga ta’sir qiladigan vositalar.
Eritrotsitlar ishlab chiqarilishini quvvatlaidigan va ularning yetilishiga imkon
beradigan dori moddalari eritropoez stimulyatori deyiladi.
Odam organizmida doimo
ikkita protsess: eritrotsitlarning emirilishi va yangilarining hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi.
Ayrim qon kasalliklarida eritrotsitlar hosil bo‘lishining sekinlashganligi yoki ular
parchalanishining tezlashganligi kuzatiladi.
Eritropoez yetishmasligi va qon hajmi birligida gemoglobin pasayishi
bilan
xarakterlanadigan kasallik kamqonlik yoki anemiya deyiladi. Kamqonlikda organizmda
oksidlanish
protsesslari buziladi, kislorod tanqisligi rivojlanadi. Tez charchash, nafas
qisishi, yurak urishi, yurak sohasida yoqimsiz sezgilar qayd qilinadi.
Eritropoezni stimulyatsiya qiladigan vositalar gipoxrom va
giperxrom
anemiyalarda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi.
Temir yetishmasligidan kelib chiqadigan giloxrom anemiyalarga davo qilish
uchun temir prcparatlari qo‘llaniladi. Bularda vitaminlar va oqsillarga boy parhez
ovqatlar tavsiya qilinadi.
Temir organizm uchun hayotiy zarur modda. Uning qon va to‘qimalaridagi
umumiy miqdori tananing 1 kg massasiga 50-60 mg ni tashqil qiladi. Temirning 2z3
qismi gemoglobin tarkibiga kiradi (gemoglobin temiri). To‘qima tcmiri organ va
to‘qimalarda (suyak ko‘migi, plazma, fermentlar, retikuloendotclial sistema, jigar, taloq,
va b.) bo‘ladi. To‘qima temiri funksionai va rezerv turlarga bo‘linadi. Funksional temir
ko‘pgina fiziologik funksiyalarda qatnashadi.
Rezerv temir jigar, taloq va suyak
ko‘migida taqsimlanadi. Undan kamqonlikda gemin fermentlari hosil bo‘lishida
foydalaniladi. Rezerv temirga 10-24% temir saqlagan ferritin - uch valentli temirning
oqsil bilan (globulin- apoferritin bilan) birikmasi kiradi. Gcmosiderin - oqsil bilan
birikkan 40% temir tutgan birikmadir.
Temir ichakda faqat ikki valentli (temir (II)-oksid) shaklda so‘riladi. Uning normal
so‘rilishi uchun me’dada oz.od xlorid kislota bo‘lishi zarur, u temirni temir (ll)-oksid
shaklga o‘tkazadi. Jngichka ichakda va o‘n ikki barmoq ichakda temir (Il)-oksid
apoferritin bilan birikadi va ferritin hosil qiladi. Ferritin qonga so‘riladi,oqsil bilan
birikadi va qon oqimi bilan suyak ko‘migi, taloq, jigarga o‘tadi. Bu rezerv temir
eritropoezni stimulyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Xlorid kislota organrzmga ovqatlar,
oqsillar bilan tushadigan temirning bog‘lanishini kamaytiradi,
bu temirning singishiga
imkon beradi.
Temir organizmdan buyraklar, me’da-ychak yo‘llari, ter bezlari orqali ajratiladi.
Uni sutkasiga kam deganda 3 g tayinlanadi.
Temir preparatlarini gipoxrom anemiyalar, bolalardagi gipotrofiyaga davo
qilishda, keng ko‘lamdagi operatsiyalar va og‘ir infeksion
kasalliklardan kcyin
qo‘llaniladi. Bunday holatlarda temir toksinlarni zararsizlantirish uchun jadal sarf
qilinadi. Temir preparatlari ichishga, mushak orasiga va venaga yuborishga tayinlanadi.
Ichishga berilganda dispeptik hodisalar sodir bo‘lishi ehtimol, ularni yo‘qotish
uchun ayni vaqtda kalsiy karbonat, me’da shirasi yoki suyultirilgan
xlorid kislotami
pepsin bilan tayinlanadi.
Temir preparatlari venaga yuborilganda bemor issiqlik sezadi, og‘zidan metall
mazasi keladi, tili achishadi. Og‘ir hollarda et junjikishi va shok hodisalari ro‘y berishi
mumkin. Qo‘shimcha ta’sirni bartaraf etish uchun temirni bog‘laydigan defeksamin
(desferol) tayinlanadi.
Temir preparatlariga qaytarilgan temir, fcrkoven va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: