424
gaz regionidagi Sho’rtan, Gazli, Olon, Zevarda, Qultog’ va b.
konlardagi gaz bera
olish koeffitsientining o’rtacha arifmetik qiymati 0,854 ga teng.
Gaz bera olish koeffitsientiga qoldiq bosim qiymati anchagina ta’sir qiladi.
Odatda yirik gaz konlari uchun quduq og’zidagi qoldiq bosim 0,1 MPa, deb qabul
qilinadi, shunga ko’ra yirik konlar bo’yicha gaz bera olishni yuqoriroq koeffitsientiga
erishiladi.
MDH da gaz zaxiralarini hisoblashda, chiqarib olinishi mumkin bo’lgan barcha
zaxiralar hisobga olinadi, shuning uchun ham qoldiq bosim qiymati foydalanish
quduqlari og’zidagi yakuniy bosim 0,1 MPa qiymatdan
kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Gaz zaxiralarini hisoblashda qoldiq bosimni hisobga olishdan tashqari geologik
zaxiralardan chiqarib olinadigan gaz miqdorini aniqlash ham muhim hisoblanadi,
shunga ko’ra gaz bera olish koeffitsienti ham aniqlanadi. Eng ko’p tarqalgan gaz
rejimli uyumlarda gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,90-0,95 ga teng bo’ladi.
Suv bosimli rejimda ishlatilayotgan gaz konlarining
gaz uyumlarida balans
chiqarib olinadigan gaz zaxiralari hajmi qoldiq bosimni hisobga olmasdan
aniqlanadi. Lekin kondan foydalanish yakuniga etganda chekka suvlarning bosimi
etarli bo’lmaganligi va gaz uyumining hamma qismi suvlanmaganligi sababli
zaxiralar hapjmini aniqlashda qoldiq bosimni hisobga olish zarur bo’ladi.
Ayrim
tadqiqotchilarning fikricha, suv bosimli rejimdagi uyumlarda gaz
zaxiralarini hisoblashda, qatlamning gaz va suyuqlik bera olish koeffitsientini kiritish
zarurdir.
Bu
koeffitsientlar
miqdori
uyumning
tuzilishiga,
kollektorlik
xususiyatlarining o’zgarishiga, gaz va suvlarni o’zidan nisbiy o’tkazishiga, gaz bilan
to’yinish darajasiga va h.k.larga bog’liq.
Gaz bosimli rejimda gaz bera olish koeffitsienti qiymatini aniqlash muhim.
Laboratoriyada turli tipdagi kollektorlarda gazni suv bilan siqib chiqarish tajribalari
asosan tabiiy va qisman sun’iy qumtosh va ohaktosh kern namunalarida amalga
oshirilgan va ma’lum bir natijalar olingan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra
gazni suv
bilan siqib chiqarishda kollektorlarda ko’p miqdorda gaz qolishi aniqlangan, ular
hajmi kollektor g’ovaklari bo’shlig’ining 16 dan 50% gacha bo’lgan hajmini
egallaydi. Masalan, bo’shoq qumlarda gazni suv siqib chiqargandan so’ng qoldiq
gazga to’yinganlik 16%ga teng bo’lgan; zich qumtoshlarda u 25-50% ga,
ohaktoshlarda esa 50% ga etgan.
Gazning qovushqoqligi, zichligi va siqib
chiqaruvchi suyuqliklarning sirt tarangligi qoldiq gazga to’yinish qiymatiga ta’sir
etmaydi, qatlam sharoitlari esa (temperatura, bosim, siqib chiqarish tezligi va bog’liq
suv miqdori) juda ham kam ta’sir qiladi.
AQShning Texas shtatidagi Vest-Bomont va Luizianadagi Leyksayd konlarida
qoldiq gazga to’yinganlik qiymatlari hisoblangan. Qoldiq gazga to’yinganlilik kern
va elektr karotaj ma’lumotlari asosida ikkita quduqda gaz-suv tutash yuzasining
siljishini o’rganish orqali strukturaning suvlangan qismida aniqlagan.
Kern tahlili
bo’yicha topilgan qoldiq gazga to’yinganlik g’ovakligi 31-32,9% bo’lgan qumtoshlar
16,7 dan 18,5 % gacha, elektr karotaj ma’lumotlari bo’yicha esa 19,4 dan 37% gacha
425
ekanligi aniqlangan. Bu ma’lumotlar suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarining gaz
bera olish koeffitsientini taxminan 0,8 ga teng, deb qabul qilishga imkon beradi.
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1) gaz zaxiralari 1,5-2 mlrd.m
3
dan ko’p bo’lgan konlarda gaz bera olish
koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 oraliqda o’zgaradi (0,1 MPa ga teng bo’lgan qoldiq
bosimni e’tiborga olgan holda hisoblangan dastlabki zaxiralardan);
2) gaz zaxiralari kam bo’lgan konlar uchun gaz bera olish koeffitsienti 0,66-0,8
oraliqda o’zgaradi (bunda zaxiralarni hisoblashda qabul
qilinadigan qoldiq bosim
qiymati katta zaxirali konlar uchun hisoblanganiga qaraganda yuqori bo’lishi
mumkin);
3) bo’shoq qumlarda gazni suv bilan siqib chiqarishda qoldiq gazga to’yinganlik
16% yaqin bo’ladi; zich qumtoshlarda esa u 25-50% chegarasida o’zgaradi;
4) gazli maydonning suvlangan qismidan olingan kernlarni o’rganish
ma’lumotlari qoldiq gazga to’yinganlilik 16,7-21,8% atroflaridaligini ko’rsatdi.
Demak, gaz konlari (uyumlari)dagi gaz zaxiralarini hisoblashda gaz uyumining
o’ziga xos geologik xususiyatlarini va gaz bera olish koeffitsientini hisobga olish
zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: