«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi


 Gazli qatlamlarni ishlatish rejimlari



Download 8,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/275
Sana30.04.2022
Hajmi8,36 Mb.
#595769
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   275
Bog'liq
НГ конлари геолoгияси

 
8.5.7. Gazli qatlamlarni ishlatish rejimlari 
 
Gaz olishda, ishlayotgan quduqlar tomon gazlarni harakatga keltirayotgan 
kuchlarga mos holda quyidagi rejimlar ajratiladi: 
1) gazli yoki kengayotgan gaz rejimi; 
2) suv bosimli rejim (yaxshisi gaz-suv bosimli); bunda faqat qatlamdagi siqilgan 
gazning kengayishigina emas, balki uyumni ishlatish borasida siljiydigan bosimli 
chekka suvlarning faol bosimi ham harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. 
Uyumni ishlatish jarayonida undagi bosimlarning taqsimlanishi neft uyumidagi 
bosimlarning taqsimlanishidan sezilarli farqlanadi. Gaz qatlamlaridagi depressiya 
voronkasi neft qatlamlarnikiga nisbatan tik bo’ladi, shuning uchun ulardagi qatlam 
bosimi quduq tubining bevosita yaqinidayoq shu qatlamga xos bo’lgan bosimga teng 
bo’lib qoladi. 
Quduqdagi bosimning har qanday o’zgarishi qatlamning barcha qismiga juda tez 
tarqaladi. Bu hodisa gazning juda kam qovushqoqlikka egaligidan va ko’pincha gaz 
konlaridagi mahsuldor qatlamlarning o’tkazuvchanligining yuqoriligi natijasida sodir 
bo’ladi. Shuning uchun ozmi-ko’pmi bir xil fizik-geologik tavsifli gaz uyumlaridagi 
qatlam bosimi ishlatish jarayonida, bevosita quduq tubiga tutashgan uncha katta 
bo’lmagan zonalardan tashqari, hamma yerda bir xil bo’ladi deb hisoblash mumkin. 
Lekin bosimning bunday taqsimlanishi va qatlam bosimining bir maromda pasayishi 
gaz uyumidagi jinslarning litologik bir xillik darajasiga va fatsial o’zgaruvchanligiga 
bog’liq. Ba’zan litologik jihatdan har xil tuzilgan mahsuldor gazli gorizontlar 
uchraydiki, ularning ayrim zonalaridan, gaz uyumining hamma qismida bosimning 
bir tekis pasayishiga erishish maqsadida, turli miqdorda gaz chiqarib olish kerak 
bo’ladi. 
Gaz uyumining gazli rejimi
odatda tarqalishi chegaralangan qatlamlar yoki 
linzalar bilan bog’liq gaz uyumlarida kuzatiladi. Ayrim hollarda bunday 
kollektorlarning egilgan qismlarida suv bo’ladi; u amalda harakatlanmaydi va gaz 
qatlamining ishlatish rejimiga ta’sir etmaydi. Bu rejimda asosiy kuch kengayotgan 
gaz bosimi hisoblanadi; olingan gaz o’rni qatlamning samarador qismi tomon 
harakatlanayotgan qatlam suvlari bilan to’lmaydi. Bu rejim qatlamning samarador 
qismi suvli qatlamdan qisman yoki butunlay ajratilganda paydo bo’ladi. 
Gaz uyumining suv bosimli rejimi
o’z navbatida ikki xil: asli suv bosimli va 
tarang-suv bosimli bo’lishi mumkin. Asli suv bosimli rejim faol chekka suvlar 


224 
ta’minlanish oblastidan suyuqlikning og’irlik kuchi ta’sirida harakatlanishi natijasida 
yuzaga keladi. Tarang-suv bosimli rejim esa chekka suvlar suyuqlikning va tog’ 
jinslarining taranglik kuchi ta’sirida harakatlanishi natijasida paydo bo’ladi. Bu 
rejimda asosiy kuch kengayotgan gaz bosimi, ostki va chegara tashqi suvlari 
bosimidan hosil bo’ladi. 
Demak, gaz konlarida suv bosimli va tarang-suv bosimli rejimlarning hosil 
bo’lish sharoitlari huddi neft konlaridagi singaridir, ya’ni qatlam jinslarining 
o’tkazuvchanligi va chegara suvlarining faolligi yuqori va qatlamda katta miqdordagi 
suyuqlikning mavjudligidadir (tarang rejimda). 
Lekin gaz va neft konlarini ishlatishda ularning rejimiga ta’sir qiluvchi muhim 
farq bor. Masalan, gazning qovushqoqligi suvnikiga qaraganda deyarli 100 marta 
kam, bu esa gaz konlarining g’ovakli muhitida gazning harakatlanishi uchun eng 
yaxshi sharoitlarni yaratadi. Neft konlaridan chiqarib olinadigan neft esa ko’pgina 
hollarda suv qovushqoqligidan sezilarli darajada yuqori qovushqoqlikka ega. Qatlam 
sharoitlarida faqat ayrim hollardagina neft qovushqoqligi suvnikiga taxminan teng 
bo’ladi. SHuning uchun ham gaz konlaridan gazni va neft konlaridan neftni olish 
sharoitlari turlicha bo’ladi. 
Gaz konlarini ishlatish va ishlatish texnologiyasi neft konlaridan neftni olishga 
qaraganda gaz konlaridan gazni yuqori sur’atlarda chiqarib olish imkonini beradi. 
Gaz konlarining qatlamlaridan ushbu sur’atlarda gazni chiqarib olishda chekka 
suvlar, odatda qatlam bosimini ushlab turish uchun undan ajratib olinadigan gazning 
o’rnini to’ldirish uchun etarli bo’lmaydi. SHu sababli, suv bosimli rejimda qatlamdan 
chiqarib olingan gaz o’rnini chekka suvlar bilan butunlay to’lishi amalda nihoyatda 
kam uchraydi, oqibatda ko’pgina hollarda gaz konlarini ishlatishda chegara 
suvlarining siljishiga qaramasdan, qatlam bosimi kamayib boradi. 
Ma’lum bir vaqt mobaynida ishlatilayotgan gaz qatlamiga kirib kelayotgan suv 
hajmining shu vaqt ichida qatlamdan chiqarib olingan gaz hajmiga nisbati (qatlam 
sharoitlarida) 
to’ldirish koeffisienti 
deyiladi. Agar, masalan, o’rtacha qatlam bosimi 
10 MPa bo’lgan qatlamdan yil mobaynida 100 mln.m
3
gaz ajratib olingan (qatlam 
sharoitlarida bu taxminan 1 mln.m
3
ni tashkil qiladi) va shu holda qatlamga 50 
mln.m
3
suv kirib kelgan bo’lsa, u vaqtda to’ldirish koeffisienti 5%ni tashkil etadi. 
Ko’pgina gaz konlarida to’ldirish koeffisienti qiymati juda kichik bo’ladi, shu 
sababli ularning rejimlarini gaz rejimiga yaqin deb hisoblash mumkin. 
Lekin to’ldirish koeffisienti vaqt mobaynida o’zgaruvchan qiymatdir. CHegara 
suvi uyumni ishlatish jarayonida gaz uyumining chegarasida va suvli qatlamning 
ta’minlanish chegarasida yuzaga keladigan bosimlar farqi ta’sirida siljiydi. Uyumni 
ishlatish va ishlatishning birinchi bosqichida chegara suvlarining harakatlanish tezligi 
juda kichik bo’ladi, chunki uyum chegarasidagi va suvli qatlamning ta’minlanish 
chegarasidagi bosimlar farqi ham kam bo’ladi. Lekin uyumni ishlatish mobaynida 
qatlam bosimi sezilarli pasayadi, natijada bosimlar farqi va suvlarning uyumga kirib 
kelishi mos ravishda ko’payadi. Demak, to’ldirish koeffisienti qiymati ham 
ko’tariladi. Konlarni ishlatishning oxirgi bosqichida qatlam bosimi birmuncha 
pasayadi va gaz chiqarib olish ham shu davrda bir oz kamayadi, to’ldirish koeffisienti 
esa birmuncha ortishi va shu davrga kelib qatlamdan olinadigan gaz miqdorini 


225 
to’laligicha qoplash uchun etarli bo’lishi mumkin. Demak, bu rejim yirik uyumlar 
uchun taalluqli. 
Gaz uyumining rejimini va to’ldirish koeffisientini suvning quduq bo’yicha 
siljishini bevosita kuzatish hamda hisoblash yo’li bilan aniqlash mumkin. Lekin 
quduqlar orasidagi masofaning kattaligi (1,5-2 km ga etadigan) va quduqda gaz-suv 
tutash yuzasi holatini belgilash metodlarining etarli darajada mukammal 
bo’lmaganligi sababli gaz konlarida chekka suvlarining siljish tezligini kuzatish 
orqali aniqlash nihoyatda qiyin kechadi. 
Uyumni ishlatish jarayonida gaz egallagan g’ovak bo’shlig’i hajmini chiqarib 
olinadigan gaz hajmi va uyumdagi qatlam bosimining o’rtacha pasayishi orasidagi 
nisbat bo’yicha aniqlash osonroq. 
Gaz rejimida o’rtacha qatlam bosimi 0,1 MPa ga kamayganda qatlamdan 
chiqarib olinadigan gaz miqdori turli vaqt intervallari uchun doimiy qiymatga ega 
bo’ladi. Suv bosimli rejimda bu qiymat turli vaqt intervallarida bir xil bo’lmay, 
uyumni ishlatish borasida ortib boradi. 
Darhaqiqat, ma’lum bir vaqt davomida chiqarib olinadigan gaz miqdori V bosim 
0,1 MPa ga pasayganda quyidagi o’zaro nisbat bilan aniqlanadi: 
,
p
p
V
2
1


Q
(8.21) 
bunda r
1
va r
2

birinchi va ikkinchi o’lchash sanalaridagi bosim, MPa; Q 

birinchi va ikkinchi o’lchash sanalari orasida chiqarib olingan gaz miqdorining 
yig’indisi, m
3

Gaz rejimida Vning qiymati doimiy bo’ladi va uyumni ishlatishning boshqa vaqt 
intervallarida ham bu doimiylik saqlanib qoladi. Suv bosimli rejimda chekka 
suvlarning kirib kelishi natijasida ikkinchi sanada o’lchangan bosim r
2
emas, balki 
1
2
p
deb belgilanadi, shunda 
2
1
2
p
p

bo’ladi. Bu holda (8.21) formulaga ko’ra 
,
1
2
1
1
p
p
V


Q
shu bilan birga 
V
V
1

bo’ladi. 


226 

Download 8,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish