150
14
– rasm.
Kurak va bilak muskullari
Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov
muskullariga bo‘linadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jag‘ni
harakatlantirishda qatnashadi.
15
– rasm.
Bosh va bo’yin muskullari
Bulardan tashqari, bo‘yin hamda qo‘l muskullari bor. Skelet muskullarining
deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq bo‘g‘imlardagi suyaklarni harakatga
keltiradi. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib,
murakkab shartli va sharsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv
sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi,
hazm yoʻlining
deyarli hammasi, o‘t pufagi va qovuq, bachadon nayi, bachadon
silliq muskullardan tuzilgan. Silliq muskullar refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi.
Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda og‘riq paydo bo‘ladi (masalan: jigar va
151
buyrak sanchig‘i, ichak spazmi va h.k.). Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga ko‘ra
ko‘ndalang targ’il hamda silliq muskullardan farq qiladi. Unda
boshqa muskullarda
bo‘lmaydigan xususiyat ya’ni, ma’lum ritm va kuchga ega bo‘lgan qisqarishlar
avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr bo‘yi ritm bilan to‘xtamasdan ishlaydi, uning
faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi.
Muskul qisqarishi uchun zarur bo‘lgan energiya qayd qilingan kalsiy
ishtirokida ferment miozinning ta’siri tufayli ATFning parchalanishidan yuzaga
keladi.
Umuman olganda, odam vujudining barcha fiziologik ko‘rsatkichlari, hayotiy
funksiyalari tegishli ravishda doimiy harakat qilish bilan bog‘liq. Bola vujudining
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biri o‘sib rivojlanish bo‘lganligi bois unga
harakat
qilib turish yanada zarurroq, chunki faol jismoniy harakat o‘sish-
ulg‘ayishning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bola vujudi doimiy
holda tabiiy harakat qilib turishga muhtoj. Bolalar orasida ommaviy jismoniy tarbiya
bilan shug‘ullanishning asl mohiyati ham shunda.
Ma’lumki, bola yura boshlaganidan uning tabiiy harakat qilish uchun (yurish,
yugurish va boshqalar) talabi oyma-oy, yilma-yil ortib boradi. Bu narsa uning
vujudidagi fiziologik jarayonlarning (modda va energiya almashinuvi, yurak-qon
tomirlar
tizimining funksiyasi, nafas olish va hazm a’zolari faoliyati va boshqa
hayotiy ko‘rsatkichlar) kechishini yaxshilaydi. Shu bois ular tomonidan amalga
oshiriladigan harakatlarning umumiy miqdori, ko‘lami tobora ortib boradi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, 11-15 yoshli o‘quvchilarning harakatga
bo‘lgan sutkalik “yuqori” tabiiy talabi 21-30 ming lokomatsiya (harakat) atrofida
bo‘lib, ular bajaradigan umumiy ish miqdori 110-150 ming kgm. ni tashkil qiladi.
Shundan 70-77% i dinamik faoliyat hisobidan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Ko‘pincha qayd qilingan yoshdagi o‘quvchilarning qator sabablarga ko‘ra
bajaradigan umumiy harakati va bajaradigan umumiy jismoniy ishi yuqoridagi
ko‘rsatkichlardan 2-3 marta kam bo‘ladi va bu holat
ular vujudida harakatga
“to‘ymaslik” holatini yoki gipodinamiyani keltirib chiqaradi. Bu sabablarga
unchalik uzoq bo‘lmagan masofalarga borishda transport vositalaridan foydalanish,
dars qilish va o‘qish jarayonlarida uzoq vaqt bir joyda o‘tirib qolish va televizorni
davomli ko‘rishni kiritish mumkin. Gipodinamiya holati bola vujudining me’yoriy
o‘sib rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omildir. Bu vaqtda aytib o‘tilgan
asosiy fiziologik funksiyalardan tashqari, yana umumiy immunobiologik
ko‘rsatkichlar, turli xil noqulay omillarga bardoshlilik kabi xususiyatlar pasayib,
bolaning o‘sib rivojlanishi ko‘ngildagidek kechmaydi. Shuning uchun gipodinamiya
holatining oldini olish maqsadida bolalarning yoshiga
qarab ularning jismoniy
tarbiya va sport mashqlari bilan shug‘ullanishini har bir maktabgacha tarbiya
muassasalarida, maktablarda, litsey va kollejlarda tashkil qilish dolzarb hisoblanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar shu narsani ko‘rsatadiki, bolaning maktabga borishi
bilan uning mustaqil erkin harakat qilishi qariyb 2 barobar kamayib ketadi. Maktab
o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan jismoniy tarbiya darslari bolalarning sutkalik
umumiy harakatga bo‘lgan talabini bor-yo‘g‘i 11% ini qondiradi, xolos. Ertalabki
152
uydagi badantarbiya mashqlari dars jarayonidagi badan tarbiyalar, darslar orasidagi
harakatli o‘yinlarni birgalikda aytib o‘tilgan harakatning ko‘pi bilan 60-70% ini
tashkil qiladi. Darsdan keyin bolalarning erkin o‘ynab harakat qilishi uchun sharoit
yaratish shu boisdan ham kerak. Zero shunday qilinganida yosh avlod sog‘lom
o‘sadi, u har tomonlama garmonik rivojlanadi. Bir vaqtning o‘zida shu narsani ham
unutmaslik kerak-ki, harakat faoliyati haddan tashqari yuqori bo‘lganida ham
(giperdinamiya) bola vujudi uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Masalan,
harakat-tayanch
tizimida et uzilishi, umurtqalar orasidagi chambarlarning
zararlanishi (yorilishi, siqilishi, chiqib ketishi), bo‘g‘inlar deformatsiyasi, nerv
tizimidagi funksional buzilishlar, yurak-qon tomirlarining zo‘riqishini bunga misol
qilib olishimiz mumkin. Shuning uchun bola turmush tarzidagi gipodinamiya, ham
giperdinamiya uning vujudi uchun zararli bo‘lib hisoblanadi.
Harakat-tayanch tizimining anatomik va fiziologik me’yorda bo‘lishi kishi
hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Uning yurish-turishi, mehnat qilishi,
qolaversa, sihat-salomatligi ko‘p jihatlari bilan harakat-tayanch tizimining holatiga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: