O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

Vazopressin.
Buyrak va miya arteriyalarini aytmaganda organizmdagi boshqa 
hamma qon tomirlarini toraytirib qon bosimini oshiradi.
Antidiuretin.
Buyrak kanalchalaridan suvning reabsorbsiyasini kuchaytirib 
sutkalik siydik miqdori (diurez)ning kamayishiga sabab bo’ladi. Antidiuretin oqsil 
ta’sirotlari tufayli ko’p ajraladi. Qattiq og’riq vaqtida siydik chiqmay qolishi (og’riq 
annuriyasi) ham shunga bog’liq. Antidiuretin gormonining yetarli darajada 
ajralmasligi natijasida qandsiz diabet kasalligi kuzatiladi. Masalan bu paytda itlar 
sutkasiga 80 litrgacha suv ichib shuncha ajratishi mumkin. Ayrim mualliflar 
vazopressin va antidiuretin gormonlarini turli funksiyalarini bajaruvchi bir xildagi 
gormon deb hisoblaydilar.
Oksitosin 
- bachadon va sut bezlarining silliq muskul tolalarini qisqartirish 
xususiyatiga ega.
Gipofizning keyingi qismidan ajraladigan gormonlarning kimyoviy tarkibi 
o’rganilgan. Jumladan, oksitosin va vazopressin 8 ta aminokislota va uch molekula 
ammiakdan tuzilgan Bu gormonlarning 6 ta aminokislotasi bir xil bo’lib, ikkitasi bir-
biridan farq qiladi (oksitoinda - leysin va izoleysin, vazopressinda esa fenilalanin va 
arginin bor). Bu gormonlar sun’iy yo’l bilan sintezlanib olingan.
Gipofizning sekretsiyasi, ya’ni undan gormonlar ajralishi organizmning 
holatiga, tashqi muhitning o’zgarishiga ko’p bog’liq. Ekstero va interoreseptorning 
turli yo’l bilan ta’sirlanib qo’zg’alishi gipotalamus orqali gipofizga uzatiladi. 
Gipofizning barcha qismlari bilan gipotalamus o’rtasida chambarchas bog’lanish 
mavjud. Yuqorida aytilganidek, gipotalamusning suprooptik va paraventrikulyar 
yadrolarida hosil bo’ladigan sekretlar alohida yo’llar orqali gipofizning keyingi 
qismiga o’tadi va u yerdagi maxsus terining tanachalarida yig’iladi. So’ngra 
keladigan nerv impulslarining soni va kuchiga yarasha qonga chiqarilib turiladi. 
Shuningdek gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va qon orqali 
gipotalamus bilan bog’langandir. Gipofizning oyoqchasini kesib gipotalamus bilan 


125 
aloqasini uzsak, gipofizdan follikulalarni stimullovchi, lyuteinlovchi, somatrop, 
tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishi ma’lum vaqt to’xtab, 
melanofor gormoni sekretsiyasi kuchayadi. Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz 
faoliyatiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan 
ishlanib chiqishi gipotalamusning muayyan, neyrosekretiga bog’liq. Keyingi 
paytlarda adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining 
gipofizdan ishlanib, qonga chiqarilishiga ta’sir ko’rsatuvchi moddalar - omillar 
gipotalamus to’qimasidan olindi.Organizmdagi boshqa endokrin bezlarning 
gormonlari ham gipofizning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri va nerv faoliyati vazifasi 
bilan ta’sir qiladi.
Jinsiy bezlar urug’ yoki tuxum hujayralarini etkazib berishdan tashqari, bir 
qator gormonlarni ishlab qonga chiqarib turadi. Jinsiy gormonlar jinsiy apparat 
funksiyasini hamma tomonlariga, organizmning umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy 
bezlarning paydo bo’lishi va boshqa bir qator jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi. 
Urug’donlarda erkaklik, tuxumdonlarda urg’ochilik jinsiy gormonlari hosil bo’ladi.
Erkaklik jinsiy gormonlari yoki androgenlar jumlasiga 
testosteron

androsteron

izoandrosteron

degidroandrosteron
va boshqalar kiradi. Bu 
gormonlarning ichida eng faoli testosterondir. U urug’donlardagi Leydig 
hujayralarida ishlanadi. Erkaklik jinsiy gormonlarining ishlanishida Sertoli 
hujayralari ham ishtirok etishi kerak. Urug’donlarning ichki sekretorlik faoliyati 
ulardagi spermatogenez jarayoni bilan chambarchas bog’liq. A.V.Nemlonning 
fikricha, erkaklik jinsiy gormonlarining hosil bo’lishi Sertoli simplastida 
spermatozoidlar ishlanib chiqishiga aloqador. Spermatozoidlarning hosil bo’lishi 
qancha tez kechsa, Sertoli hujayralarining protoplazmasi ham shuncha tez 
parchalanadi va shuncha ko’p jinsiy gormonlar hosil bo’lib, qonga chiqariladi. 
Testosterondan tashqari barcha androgenlar shu gormon organizmda almashinuvi 
natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlardir.
Plasenta juda mihim ichki sekretor organ bo’lib hisoblanadi. Plasentada 
bo’g’ozlikning mutadil kechishi uchun zarur gormonlar, jumladan, progesteron 
gormoni hosil bo’lib turadi. Plasentaning xorionida esa gonadotropin gormoni 
ishlanib 
chiqiladi. 
Plasentada 
shuningdek, 
estrogenlar, 
androgenlar, 
glyukokortikoidlar, oksitosin, melanofor va o’zining fiziologok ta’siri jihatidan 
somatotrop, tireotrop, andrenokortikotrop gormonlariga o’xshab ketadigan 
gormonlar sintezlanishi keyingi paytlarda aniqlandi. Relaksin tug’ish aktida, 
bachadon muskulining qisqarishida katta ahamiyatga egadir.
Bu bez bosh miyada to’rt do’mboqchasining yuqori do’mboqchalari orasida 
joylashgan bo’lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining dorsal qismiga 
tutashgandir. Bu bezning organizm uchun ahamiyati yaqin vaqtgacha ham 
noma’lum edi. Hozir bu bezdan uch xil gormon: serotonin, melatonin va 
adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.
Serotonin yoki S - oksitriptamin epifizdan tashqari bosh miya, ichaklarning 
devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan ko’ra epifizda ko’proq 
ishlanadi. Organizmda serotonin triptofan aminokislotasidan hosil bo’ladi. 


126 
Serotonin arteriolalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o’zi 
torayib, qon bosimi oshgan bo’lsa, serotonin ichak peristaltikasini, gipofizning 
keyingi qismidan qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi, antidiuretik 
xususiyati ham bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslarni o’tkazish - 
mediator vazifasini ham o’taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan 
hosil bo’ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlar va odamning 
terisida bo’ladigan maxsus pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U o’zining ta’siri 
bilan 
intermedinga 
qarama-qarshi 
bo’lgani 
uchun 
terini 
oqartiradi. 
Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan melatoninga yaqin turadi. Bu 
gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatining koptokchali zonasiga ta’sir etib, 
aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.
Bu bezning mag’iz va po’stloq qavatlari bor. Po’stloq qavati retikulyar 
hujayralardan tashkil topgan bo’lsa, mag’iz qavati limfoid to’qimadan tashkil 
topgandir. Ayrisimon bez yosh bola va hayvonlarda kattaroq bo’ladi, 
organizmlar jinsiy yetilishi bilan bu bez rivojlanishdan to’xtaydi, atrofiyaga uchrab 
kichrayadi. Keyingi paytlarda bu bez, ayniqsa, spesifik immunitet hosil bo’lishida, 
ba’zi allergik reaksiyalarning yuzaga chiqishida katta ahamiyatga ega deb 
hisoblanmoqda. Gap shundaki, allergik reaksiyada, ya’ni oqsil va oqsilmas tabiatli 
yot moddalarga (allergenlarga) organizm sezuvchanligini kuchayishida ikki xil 
limfositlarning roli aniqlandi. Bu limfositlardan bir xilining ("B" limfositlarning) 
tovuqlar fabrisiy xalqasidagi limfoid to’qimada, shuningdek, odamlarning bachadon 
bezlarida, ichaklardagi limfoid to’qimalarda hosil bo’lishi aniqlandi. Ikkinchi xil 
limfositlar Timusda hosil bo’ladi. Bu limfositlar "T" limfositlar deb yuritiladi ("T"-
timus so’zidan kelib chiqib, "T" limfositlar uch xil farqlanadi. "T
K
" killerlar 
fagositoz vazifani bajaradi. "T
X
"- xilperlar-killerlarga yordam beruvchilar va "T
S
" - 
supressorlar - killerlarga qarshi ko’rashuvchlar). "B" - limfositlar alergen bilan 
uchrashganida o’zidan antitanalar ajratadi va o’ta tez avj oladigan allergik 
reaksiyalarning yuzaga chiqishida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi. "T" - 
limfositlar esa alergen bilan uchrashganida o’zidan antitana ajratmasdan, tegishli 
suyuqliklarni - omillarni ajratadi va bu omillar sekin avj oladigan allergik 
reaksiyalarning ro’yobga chiqishini ta’minlaydi.
GEP - tizimining inkretor funksiyasi. GEP - tizim deb gastro-entero-
pankreotik tizimiga yoki ovqat hazm qilish tizimi organlariga aytiladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish