O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
 
Elektron ta’lim resurslari 
1.
 
www.tdpu.uz
 
2.
 
www.pedagog.uz
 
3.
www.physiology.ru/handbooks.html 
4.
 
www.curator.ru/e-books/b22.html
 
5.
college.ru/biology/course/content/chapterh/section3/paragraph4/subparagraph.ht
ml


87 
MAVZU: №4. ANALIZATORLARNING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI 
VA GIGIENASI 
Reja: 
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha. 
2. Ko’ruv analizatori. 
3. Eshitish va vestibulyar analizatorlari. 
4. Hid bilish, ta’m bilish va teri analizatorlari. 
 
Maqsad va vazifalar:
Talabalarga analizatorlar, ularning ahamiyati, ko’ruv, 
eshituv, vestibulyar, hid va ta’m bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid 
xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida ma’lumotlar beriladi. 
 
Talabalar bilishlari va bajarishlari shart: 
Talabalar elektron darslikdagi animatsiya, roliklar va taqdimotlardan 
foydalanib analizatorlarning ahamiyati, ko’ruv, eshituv, vestibulyar, hid va ta’m 
bilish, teri analizatorlarining funksiyasi, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan 
gigiyenik talablar hamda analizatorlarni bolaning o’sish va rivojlanishidagi 
ahamiyati haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari lozim.
Tayanch iboralar: 
analizatorlar, po’stloq, reflekslar, muskul, eshitish, 
retseptor, informasiya.
 
1. Sensor organlar haqida umumiy tushuncha 
Odam va hayvonlar butun hayoti davomida tashqi muhit sharoiti haqida, o’z 
organizmining barcha bo’limlari, sistemalari haqida to’xtovsiz informasiya olib 
turadi. Shunday informasiyani qabul qiluvchi fiziologik apparatlarni sezgi organlari 
yoki analizatorlari deyiladi.
Tashqi va ichki muhitdagi barcha qitiqlanishlar analizatorlarning dastlabki 
qismi retseptorlar tomonidan qabul qilinadi. Retseptor lotincha qabul qilish degan 
ma‘noni bildiradi. Turli qitiqlanishlar-tovush to’lqini, yorug’lik nuri, hid, 
temperatura va boshqalar maxsus retseptorlar orqali alohida-alohida qabul qilinadi. 
Shuning uchun ham qitiqlagichlarning dastlabki analizlari mana shu retseptorlardan 
boshlanadi. Har bir analizator evolyutsion taraqqiyot jarayonida o’zining maxsus 
qitiqlagichiga moslashgan bo’ladi. Masalan ko’zning to’r qavatidagi retseptorlar 
faqat yorug’lik nurini qabul qilsa, quloqlardagilari faqat tovush to’lqinini, 
burundagisi hidni, tildagisi esa ta‘mni qabul qiladi. Ta‘sirga nisbatan eng oddiy 
javoblar orqa miya ishtirokida olinishi mumkin. Buni tajriba jarayonida spinal 
baqada sinab ko’rish mumkin. Qitiqlagichlarning har tomonlama chuqur tahlil 
qilinishi bosh miyaning po’stloq qismida, po’stloq osti qismlarida bajariladi. 


88 
Analizatorlar orqali markaziy nerv sistemasiga keladigan impulslar uning 
tonusini saqlab turadi. Agar hayvonda xirurgik yo’l bilan barcha analizatorlar ishdan 
chiqarilsa, nerv sistemasining tonusi juda pasayib ketib hayvon doimo uyquda 
bo’ladi.
Qabul qilinadigan qitiqlagichlar turiga qarab barcha analizatorlarni bir necha 
guruhlarga bo’lish mumkin. 
1.
Mexanik (og’riqni sezuvchi, teri sezgisi, harakat analizatorlari va 
boshqalar). 
2.
Kimyoviy (tam bilish hid bilish ximoretseptiv) 
3.
Yorug’lik (ko’z) 
4.
Eshitish (quloq) 
5.
Temperatura (issiq, sovuq haroratni sezish) 
Barcha analizatorlar retseptorlarining umumiy xususiyatlaridan biri shuki, 
ular o’zlari moslashgan qitiqlagichlar ta‘siriga juda sezuvchan bo’ladi. Masalan: 
ko’z to’r qavatidagi retseptorlar yorug’lik nuri juda kam energiyaga ega bo’lganda 
ham sezadi. Buning asosiy sababi shundaki har bir retseptorda adekvat qitiqlagichga 
nisbatan juda sezgir membrana mavjuddir. Analizatorlar qitiqlanish parogi 
o’zgarmas miqdor bo’lmasdan, markaziy nerv sistemasining funksional holatiga 
qarab oshib yoki kamayib turishi mumkin. Masalan odam endi uyqudan turgan 
vaqtida barcha retseptorlarning sezgirligi juda past bo’lsa, tetiklik paytida juda 
yuqori bo’ladi va hakozo. 
Analizatorlarning 2-umumiy xususiyati, ular ta‘siriga moslashadigan, ya‘ni 
adaptatsiyalanadigan xususiyatga ega bo’ladi. Ba‘zan adaptatsiyalanishi natijasida 
analizator qitiqlagichni umuman qabul qilmay qo’yadi. Misol, hid bilish 
analizatorining moslanishini olish mumkin. Xonada uzoq vaqt o’tirish natijasida 
odam ba’zi bir hidlarni sezmay qoladi. 
Analizatorlar adaptatsiyalanishining fiziologik ahamiyati qabul qilinadigan 
qitiqlagichlar kuchini organizm uchun optimallashtirishdir. Biror analizator 
retseptoriga ta‘sir etadigan qitiqlagich to’xtalishi bilan retseptorda qo’zg’alish bir 
muncha vaqt manfiy yoki musbat iz sifatida saqlanib turadi. Buning muhim biologik 
ahamiyati bor. Masalan: ko’zda mana shunday qonuniyat borligi sababli tez 
almashtirilgan kadrlar bir biriga qo’shilib uzluksiz voqeadek bo’lib ko’rinadi (kino 
ko’rish).
Barcha analizatorlar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda ishlaydi. Masalan 
ovqat og’izga solinganida bir yo’la temperatura, tatil, ta‘m biluvchi, hid biluvchi 
analizatorlar ishlab ketadi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish