3. Eshitish va vestibulyar analizatorlari
Eshitish analizatori ko‘zlardan keyin tashqi dunyo haqida eng ko‘p axborot
beradigan sezgi a’zosi hisoblanadi, yana u odamda nutqning shakllanishi va
o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolada tovush eshitmaslik holati nutqning
rivojlanmasligiga olib keladi.
Odamda eshitish a’zosi uch qismdan, ya’ni tashqi, o‘rta va ichki quloqdan
tashkil topgan bo‘lib, tashqi quloq, quloq suprasi hamda tovush yo‘lidan iborat. U
tovushni yig‘ib beruvchi qism hisoblanadi.
Tashqi va o‘rta quloqni bir-biridan 0,1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda ajratib
turadi. Unga o‘rta quloqdagi suyakchalar (bolg‘acha, sandoncha, uzangicha)
birlashgan bo‘lib, ular tovushga mos ravishda tebranma harakat qiladi va hosil
bo‘lgan to‘lqinlarni kuchaytirgan holda ichki quloqqa o‘tkazadi.
O‘rta quloq burun-tomoq bilan eshitish yoki Yevstaxiy nayi (3,5 sm
uzunlikka, 7 mm kenglikka ega) orqali bog‘langan. Kishi yutinganida, esnaganida,
chaynash harakatlarini qilganida bu nay orqali havo o‘rta quloqqa o‘tib, u yerdagi
bosim tashqi quloqdagi bosim bilan tenglashadi.
Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning
orasida perilimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklari bo‘ladi. Ushbu
suyuqliklar tovush ta’sirida nog‘ora pardasi tebranishlarini o‘rta quloqdagi
93
suyakchalar tebranma harakatiga ko‘ra qabul qiladi va ularni nerv impulslariga
aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi (2-rasm).
2-rasm.
Quloqning tuzilishi
Suyakli labirint uchta, ya’ni dahliz, chig‘anoq va yarim doira kanallaridan
tashkil topgan. Chig‘anoq ichida tovush qabul qiluvchi retseptor - spiralli kortiev
a’zosi joylashgan. Kortiev a’zosida tovush qabul qiladigan ichki (3500) va tashqi
(1700) tukli hujayralar bo‘ladi. Ushbu hujayralardan eshitish nervi boshlanadi.
Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush to‘lqinlaridir. Turli
tovushlar ma’lum chastotada (1 sek davomida to‘lqin soni gers (Gs) birligida) va
kuchda (tebranish to‘lqinlarining amplitudasiga ko‘ra detsibillarda, db) bir-biridan
farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 70000 Gs ga, eng past tovush
esa 17-77 Gs ga teng. Shundan baland tovushlar (masalan, reaktiv motorli
samalyotning tovushi), quloqda og‘riq paydo qiladi past tovushlar umuman
eshitilmaydi.
Inson 1000-7000 Gs tovushlarni eng yaxshi eshitadi yoki shunday tovushlarga
quloqda yuqori qo‘zg‘alish hosil bo‘ladi. Undan past va yuqori chastotali
tovushlarga nisbatan qo‘zg‘alish juda kuchsiz bo‘ladi.
Tovush to‘lqinlari tashqi va o‘rta quloqdan yuqorida qayd qilingan mexanizm
asosida ichki quloqqa yetib kelib, chig‘anoqdagi suyakli va pardali labirintlar
orasidagi suyuqliklarga beriladi. Ularning tebranishi esa chig‘anoqdagi asosiy
membranaga beriladi va membrana tebranishi tukli hujayralarni harakatga keltiradi.
Natijada ma’lum harakat potensiali yuzaga kelib, nerv tolalarida berilgan tovushga
xos tegishli qo‘zg‘alish yoki impuls hosil bo‘ladi. Turli xil kuch va tonga ega
tovushlar har xil tukli hujayralar tomonidan qabul qilinib, shunga tegishli harakat
potensiallarini hosil qiladi.
Doimiy ta’sir qiluvchi tovushlar eshitish analizatorining qo‘zg‘aluvchanligini
pasaytirsa, tovushdan xoli tinchlik holati esa kuchaytiradi.
Ona vujudidagi homila rivojlanishning oxirgi oylarida tovushga nisbatan
ma’lum reaksiya berishi aniqlangan. Chaqaloqlar turli xil tovushlarni bir-biridan
ajratish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola tug‘ilganidan keyin uning eshitish tizimi 1,5
yoshga yetguncha rivojlanib boradi. 3-13 yoshli bolalarda eshitish ancha yaxshi
94
bo‘lib, 17-19 yoshda eng yuqori nuqtaga ko‘tariladi. Turli xil uzoq ta’sir qiluvchi
shovqinlar faqatgina eshitish qobiliyatini pasaytirib yubormasdan, balki ko‘pgina
ichki a’zolar faoliyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Bunday paytlarda yurak qon
tomirlari tizimi ayniqsa, katta zarar ko‘radi.
Olib borilgan hisob-kitoblarga qaraganda, bir soat davom etgan 90 db shovqin
yosh va o‘rta yoshli sog‘lom odamlarda miya yarim sharlari po‘stlog‘i
qo‘zg‘aluvchanligini ancha kuchsizlantirib, harakat koordinatsiyasini buzadi,
ko‘rish o‘tkirligini va to‘q sariq rangga sezgirlikni pasaytiradi. Bunday kuchga ega
shovqin mashinalar serqatnov ko‘chalarda mavjud bo‘ladi. 170 db shovqinda 7-5 yil
ishlash natijasida har xil nerv kasalliklari yuzaga keladi. Bunday kishilarda bosh
og‘rishi, uyqusizlik, asabiylashish, endokrin bezlar faoliyatining yomonlashuvi,
yurak urishining o‘zgarishi, qon bosimining pasayishi yoki ko‘tarilishi kabi holatlar
paydo bo‘ladi. Traktorchilarda ishdan keyin 0,5-7 soat davomida quloq
shang‘illashi, eshitish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Shovqin-suron, ayniqsa, yosh bolalar va o‘smirlarga kuchli salbiy ta’sir qiladi.
Shu bois voyaga yetmagan bolalarning traktor, mashinalar ishlab turgan joylarda
uzoq turib qolishi, ba’zan mehnat qilishi (bunday holatlar qishloq xo‘jalik ishlari
bilan shug‘ullanishda uchrab turadi) eshitish analizatori faoliyati va uning buzilishi
bois kelib chiqadigan xastaliklar nuqtai nazaridan juda noma’qbul hisoblanadi.
Maktab va o‘quv yurtlarida shovqin suronlar kuchi 70-110 db atrofida bo‘ladi.
70 db gacha bo‘lgan shovqin o‘quvchi nerv tizimiga salbiy ta’sir qilmaydi, lekin
uning kuchi 50-60 db ga yetishi bilan charchash elementlari sezila boshlaydi.
Masalan, arifmetik vazifalarni echish 50 db shovqin sharoitida tinchlik holatidagiga
nisbatan 15-55% ko‘p vaqt talab qilsa, 60 db shovqinda bu ko‘rsatkichlar 81-100%
ga yetadi. Shuning uchun maktablar ko‘chadagi shovqinlardan yashil daraxtzorlar
bilan himoya qilinishi, ustaxonalar, sport zallari, ishxonalar faqat birinchi qavatda,
iloji bo‘lsa alohida chetdagi binolarda joylashishi, sinf xonalardagi eshik va romlar
yaxshi yopilib ochiladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Vestibulyar analizator. Yer tortish kuchi, turli xil mehnat faoliyati va jismoniy
harakatlar bajarishda tananing bo‘shliqdagi vaziyatini aniqlash vestibulyar
analizator vazifasiga kiradi. Uning periferik qismi ichki quloqdagi bir-biriga o‘zaro
perpendikulyar holda turgan yarim doira kanallarda hamda dahliz qismining sferik
va elliptik haltachalarida joylashgan. Ularning ichida endolimfa suyuqligi va
haltachalarda maxsus tukli hujayralar bo‘ladi.
Vestibulyar analizator retseptor qismining qitiqlanishi boshni aylantirganda,
chap yoki o‘ng tomonga burganda, yugurganda, sakraganda, egilganda va shunga
o‘xshash turli tuman harakatlar qilganda kuzatiladi.
Eshitish nervi tarkibida markaziy nerv tizimiga boradigan dahliz-chig‘anoq
nervining markazi uzunchoq miyada joylashgan bo‘lib, u orqa miya, miyacha,
ko‘zni harakatga keltiruvchi nerv yadrolari hamda barcha ichki a’zolar faoliyatini
boshqaruvchi markazlar bilan aloqaga ega (3-rasm).
3-rasm.
Eshitishning markaziy nerv tizimiga bog’liqligi
95
Shu bois vestibulyar apparatning qo‘zg‘alishi muskullar tonusining
o‘zgarishiga, qator vegetativ reflekslarning (yurak urishi va nafas olishning
tezlashishi yoki sekinlashishi, qon bosimining, tana haroratining o‘zgarishi va
boshqalar) kelib chiqishiga olib keladi.
Vestibulyar apparat qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lganida qayd qilingan
o‘zgarishlar ayniqsa kuchli kechadi, bosh aylanadi, qayt qilinadi, rang oqaradi va
boshqalar. Bunday holat, xususan, bolalarda samolyotda uchganda, paroxodlarda
suzganda va hatto avtobuslarda yurganda ham kuzatiladi. Ushbu holatlarning oldini
olishda doimiy suratda maxsus harakatlar bajarib, mashq qilish yaxshi natija beradi.
Qayd qilingan salbiy holatlar kamayib, butunlay yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Masalan, aytib o‘tilgan jismoniy mashqlarni bajarib yurgan 13-17 yoshli o‘g‘il va
10-11 yoshli qiz bolalarning vestibulyar apparati chidamliligi mashq qilmagan katta
odamlarniki darajasida bo‘ladi. Bunday mashqlar qatoriga boshni o‘ng va chap
tomonlarga aylantirish, suzish, boks va sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish, suvga
tramplindan sakrash, batutda sakrash va boshqalarni kiritish mumkin.
Vestibulyar apparat ish faoliyatini aytilgan yo‘llar bilan chiniqtirib borish
dengizchilar, uchuvchilar, kosmonavtlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |