27
o‘sish va rivojlanishni tezlashtirgan omillardan biridir. Yana geterozis – aholining
keng migratsiyasi natijasida turli millat, irq, kontinent, davlatlar bolalar anatomiyasi
va ular o‘rtasida nikohlarning ko‘payishi bois tug‘ilgan bolalarning jismoniy
rivojida nisbatan ustunlik kuzatiladi.
Urbanizatsiya tufayli ham, ya’ni shahar aholisining ko‘payishi
va ushbu
sharoitda axborot almashinuvi tezlashganligi bois bolalarning jismoniy va ayniqsa,
aqliy rivoji tezlashadi. Keyingi yillarda ijtimoiy va ijtimoiy gigienik sharoitning
yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga, sog’lom hayot tarzini tashkil qilishga
imkoniyat yaratib, o‘z o‘rnida akseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi bir
adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda kosmik nurlarning ta’sirida
tegishli mutatsiyalar paydo bo‘lib, ular ham akseleratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Akseleratsiyaning o‘ziga yarasha negativ taraflari ham mavjud. Masalan,
oxirgi 50 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznining 1-1,5 kg. ga ko‘payishi
o‘z navbatida bolalarda semirishga moyillikni kuchaytirmoqda.
Semizlik esa
ko‘pchilik kasalliklarga, ko‘pincha yurak-qon tomirlar kasalliklari gipertoniya,
arteroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va boshqalarga olib kelishi mumkin.
5. Odam umrining davrlarga bo‘linishi.
Ontogenez ikkita rivojlanish bosqichiga prenatal va postnatal davrlarga
bo‘linadi. Prenatal davr deb, organizmni ona qornidagi rivojlanish davriga aytiladi.
Ya’ni bu davrda tuxum hujayra otalanadi va
undan homila shakllanadi va
chaqaloqning tug‘ilishi bilan tugaydi. Postnatal davr esa tug‘ilgandan to o‘lgunga
qadar vaqtni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda amaliy pedagogika va gigienada bolaning yosh davrlari
quyidagicha belgilanadi:
1. bog‘cha yoshgacha bo‘lgan bolalar
3 yoshgacha;
2. maktab yoshgacha bo‘lgan bolalar
3 yoshdan 7 yoshgacha;
3. maktab yoshidagi bolalar
7 yoshdan 18 yoshcha:
a) kichik maktab yoshidagi bolalar
– 7 yoshdan 11 yoshgacha;
b) o‘rta
maktab yoshdagi bolalar
– 11 yoshdan 14 yoshgacha;
v) katta maktab yoshdagi bolalar
– 15 yoshdan 18 yoshgacha.
29
8. I yetuklik davri:
Erkaklarda
22 yoshdan 35 yoshgacha;
ayollarda
21 yoshdan 35 yoshgacha
9. II yetuklik davri:
Erkaklarda
36 yoshdan 60 yoshgacha;
ayollarda
36 yoshdan 55 yoshgacha;
10. keksalik davri:
Erkaklarda
61 yoshdan 74 yoshgacha,
ayollarda
56 yoshdan 74 yoshgacha;
11. Qariyalik davri
75 yoshdan 90 yoshgacha;
12. O‘ta qariyalik davri
90 va undan yuqori yosh.
Ontogenezni davrlarga bo‘lishda tibbiy xodimlar,
biologlar, morfologlar,
biokimyogarlar, geograflar va boshqa ko‘pgina mutaxassislar qatnashib, bunda tana
uzunligining, qo‘l va oyoqlarning uzunligi, tana og‘irligi, skeletning suyaklanishi,
tishlarning chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining shakllanishi,
jinsiy rivojlanishi,
muskullar kuchi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: