Kiritishning turdosh qurilmalari. Sichqoncha. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana29.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#594647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raximov Sodiq 3-mustaqil ishi

6. Sichqoncha
Sichqoncha—alohida turdagi manipulyator bo‘lib, katta kategoriyadagi kompyuter 
dasturlari bilan ishlashni, ba’zi klavishlarni (masalan, kursorni ko‘chirish klavishini) 
unumsiz ko‘p qayta bosishni yo‘qqa chiqarib, optimallashtirish imkonini beradi. 
Sichqoncha o‘z nomini shakli va ish tamoyili tufayli olgan: u kaftga oson ko‘chadi. 
Shaxsiy kompyuter bilan u ulanadigan kabel esa ilk konsturktorlarga sichqoncha dumini 
eslatgan bo‘lsa, ehtimol. Puhta o‘ylangan konstruksiyasi tufayli sichqoncha SHK 
foydalanuvchilarining grafik muharrirlar dasturiy paketlari, avtomatik loyixalash 
tizimlari, elektron jadvallarni boshqarish, stol usti nashr tizimlarini boshqarishda bebaho 
vositaga aylandi . 


Sichqonchalar 
o‘zlarining 
ajratish 
qobiliyatlari, yani qabul qiluvchi mexanizmlar 
talqin eta olishi mumkin bo‘lgan eng kichik 
ko‘chishi bo‘yicha farqlanadi. Ajratish qobiliyati 
odatda bir dyum ga to‘g‘ri keladigan nuqtalar 
soni (200, 400, 600, 900) bilan ko‘rsatiladi . 
Sichqonchalarning 
turli 
tiplarining 
soni 
yetarlicha katta. Bo‘linish sichqonchaning 
ko‘chish haqida axborot olish bosqichidayoq 
boshlanadi va bu qanday amalga oshirilishiga bog‘liq ravishda, sichqonchalar mexanik, 
optik-mexanik va optik toifalarga bo‘linadi. Ma’lumotlarni kompyuterga uzatish usuli 
bo‘yicha sichqonchalar liniyali va liniyasiz turlarga ajratiladi. Biroq uzatish usuliga 
bog‘liq bo‘lmagan holda sichqonchaning o‘zi (yoki liniyasiz texnologiya ishlatilganda 
biror oraliq qurilma ) kompyuterga ulangan bo‘lishi lozim. Sichqoncha 4 usul bilan 
kengaytma plata, standart ketma-ketli port, PS/2 usulidagi sichqoncha porti shaklidagi 
maxsus adapter yoki USB shinasi ulagichiga ulanadi. Soto-sichqonchalar deb ataladigan 
va PS/2 ulagichiga ham, ketma-ket portga ham (maxsus o‘tkazgich yordamida ) ulanishi 
mumkin bo‘lgan sichqonchalar ham mavjud. Ilgari sichqonchalar tugmalarining soni 
bo‘yicha ham tasniflanar edi, lekin agar dasturiy ta’minot faqat bitta tugmani ishlatishi 
mumkin bo‘lsa (masalan, Windows 3.x uchun ko‘pchilik dasturlarda shunday edi ), bu 
unchalik munim ko‘rsatkich emas. Bundan muhimrog‘i sichqonchalarni yaqinda paydo 
bo‘lgan odatdagi va “skrollovchi” (hujjatlarni o‘tkazish va boshqa o‘ziga xos vazifalarni 
bajarishi uchun maxsus tugmalarga yoki ularning almashtiruvchilariga ega bo‘lgan) 
sichqonchalarga bo‘lishdir. Ehtimol, odatdagi, ”an’anaviy ” sichqonchalar tezda yo‘q 
bo‘lib ketsa kerak, ularni “yangi shakldagi ” sichqonchalarga qaraganda ancha kamroq 
xarid qilishmoqda . 
Yo‘qorida aytilganidek, mazkur holda sichqonchalarni 3 guruhga bo‘lish 
mumkin:mexanik, optik-mexanik, optik,shu bilan birga eng keyingi guruhning 2 ta 
qismiy toifasi mavjud. Bu atamalarning mohiyatida nimada? Xozirgi vaqtda mexanik 
sichqonlar o‘tmish xotira bo‘lib qoldi. 
Mexanik sichqonchalarning ish usuli eng soddadir. Sichqonchaning ichki 
“g‘ildiraklarida o‘tkazuvchi belgilar bor”. G‘ildiraklarga o‘tkazuvchi qoshlar birikadi. 
Sichqonchaning sharchasi yordamida g‘ildiraklarning aylanishi jarayonida ularning 
o‘zaro ta’sirlashuvi kursorning harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash imkonini beradi. 
Ko‘rib turganingizdek, bu usul mexanik pianinoda metal plastinkalarni ishlash bilan 
nimasidir o‘xshash. Mexanik sichqonchalar kirlanishi sababli boshqalarga qaraganda tez 
ishdan chiqadi, ular taraqqiyotning quyi bosqichida edi deb aytsa bo‘ladi. Hozirgi vaqtda 
tarqalgan sichqonchalarning ko‘pchiligi optik-mexanik sinfga oiddir. Amaliyotning 


ko‘rsatishicha, bunday arxitektura kursorning yetarlicha aniq pozitsiyalanishi, ishonchli 
va juda arzon narxini (5-10 $) belgilab beradi . 
Optomexanik sichqonchaning ish tamoyili juda 
oddiy: rezina qoplamali og‘irlashtirilgan sharga yassi 
sirt bo‘ylab sirpanadi va ikkinchisiga perpendikulyar 
joylashgan valchani aylantirib, koordinatalar tizimida 
harakatni vujudga keltiradi (vertikal va gorizontal 
bo‘yicha ) . 
Boshqacha aytganda, bu kombinatsiya bir 
yog‘och g‘ildirakli (spitsali -kegayli) aravaning o‘qini 
eslatadi. Bu g‘ildirak svetodiod va priyomnik –
fototranzistor orasida aylanadi. Yorug‘lik nuri turli 
tezlik bilan aylanayotgan gi’ldirakning kegaylari orqali o‘tadi. Elektron signallarga 
aylantirilgan yorug‘lik impulslari (“yorug‘lik”/”qorong‘ulik” almashinuvi) kursorning 
ekranda ko‘chish tezligi va vaziyatini aniqlash imkonini beradi. Sichqonchani tozalashda 
ko‘pchilik valchalardagi va rezina sharchaning o‘zidagi changlarni tozalash bilan 
cheklanadi. Ko‘pchilik hollarda bu yetarli, biroq yetish qiyin bo‘lgan joylarda chang 
to‘planishi kursorning monitor ekranida tushuntirish qiyin bo‘lgan harakat qilishiga 
imkon beradi. Bu holatda sichqonchani to‘la ochishga jazm qilish mumkin. Optik 
sichqonchalar harakatlanuvchi qismlardan mutlaqo holidir.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish