membranasi orqali moddalar almashinuvi mahsulotlarini o'tishi-
ni ta'm inlaydi. Gormonlar nafas olishga,
qon aylanishiga, ovqat
hazmiga, ta ’sir ko'rsatadi, ко “pay ish funksiyasi ham gormonlar
ajralishi bilan b ogiangan.
Organizmning o'sishi va rivojlanishi,
turli yosh davrlarining
almashinishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog'liq. Gor
monlar to'qim alarning o'sishi va tabaqalanishiga ta ’sir ko'rsatadi.
Gipofizning oldingi qismini funksiyasini pasayishi natijasida or-
ganizmdagi oqsillar sintezi keskin pasayadi va buning natijasida
organizm o'sishdan to'xtaydi. Qolqonsimon bez gormonlarining
yetishmasligi natijasida to'qim alarning tabaqalanishi buziladi.
Bunga ju d a yengil ishonch hosil qilish mumkin, agar itbaliqning
qalqonsim on
bezi olib tashlanganida, itbaliq o'sadi. Lekin uning
metamorfozi yetilgan baqaga aylanishi yuz bermaydi. Jinsiy bez
larning rivojlanishi to'xtatilganida, ikkilamchi jinsiy belgilam ing
rivojlanishi kechikadi yoki zaif rivojlanadi, gipofizning gonadotrop
gonnonlarining yetarlicha ishiab chiqilmasligi jinsiy bezlarning
yetilishini va spetsifik jinsiy hujayralarning hosil bo'lishini
buza-
di. Qolqonsimon bezning yod saqlovchi gormonlari regeneratsiya
jarayoniga stimullovchi ta ’sir ko'rsatadi. Ularning ta ’siri ostida teri
va muskullarning jarohatlari va singan suvaklarning bitishi tezla-
shadi.
Gormonlarning ta’sir mexanizmi.
Gormonlarning ta ’sir me-
xanizmi haligacha to 'liq aniqlanmagan. Gormonlar o 'z ta ’sirini or
ganizm ga hujayra membranalaridan o'tishini o'zgartirish yo'li va
hujayra yadrolaridagi genetik jarayonlarni stim ullash y o ii bilan
ferment tizim larini faollashtirish yoki to 'xtatish vo 'li bilan ta ’sir
ko'rsatadi deb hisoblaydilar.
Gormonlar fermentlarga qo'shilib ularningg buzilishini o'zgarti-
radi va bu bilan fermentativ reaksiyalarning kechishiga ta ’sir qiladi
degan taxm inlar ham bor. Lekin gormonlarning bunday mexanizm-
lar ta ’siri ularning ayrimlari uchungina ko'rsatilgan.
M e’daosti bezining gonnoni insulinning hujayra m embranala
ridan glukozaning o 'tish xususiyatiga ta ’siri ju d a yaxshi o'rganil-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan, y a ’ni insulin membranalarning o'tkazuvchanlik
xususiyatini
yaxshilaydi. Xuddi shunday xususiyatga jinsiy gormonlar va o'sish
gormoni ham egadir. Lekin buyrakusti bezining po'stloq qismining
gormonlari; gidrokortizon va kortikosteronlar hujayra membra-
nalarining o ‘tkazish xususiyatini pasaytiradi.
Deyarli barcha gormonlar. hujayralam ing genetik apparati orqa
li ta'sir koi'satish xususiyatiga ega (m e’da osti bezi. qalqonsimon
bez, buyrakusti. jinsiy bezlar. gipofizning gormonlari)
va nuklein
kislotalar oqsillarni sintezlanishida ishtirok etadi.
M asalan, insulin glukozaning parchalanishini bajaruvchi fer-
mentlarning sintezlanishida faol ishtirok etadi. Bu gormonning
taqchilligi paytida glukozaning parchalanish jadalligi juda pasayib
ketadi, bu esa, o 'z navbatida. qon tarkibida
glukozaning miqdorini
ortishiga olib keladi.
K o'pchilik steriodli gormonlar axborotchi RNKning sintezla-
nishini tezlashtiradi va shu yo'l bilan oqsillar va ayrim oqsil-fer-
mentlarning sintezlanishini faollashtiradi.
Ayrim gormonlar hujayra yadrosiga kirib xromatin (oqsil va
DNK kompleksi) bilan bog' hosil qiladi. y a ’ni genetik material bi
lan birikadi va irsiy axborotlarning navbatma navbat va to'liq na-
moyon bo'lishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: