Ш. Мирзиёев.
Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.// Халқ сўзи. 15 январ 2017 йил.
11
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимизни 2016-йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017-йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг
муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги
маърузаси. «Халқ сўзи» Г.// 16.01.2017 й.
71
Dolzarb masalalardan biri sifatida eъtirof etish joizki, bugungi kunda viloyat,
tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish hisobiga hududlarni
barqaror rivojlantirishga erishish, aholi bandligini ustivor taъminlashga erishish,
barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona foydalanishni taъminlash muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakat tarkibiga kirgan har bir viloyat, tumanlar maъlum obъektiv
qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, geografik va hududiy joylashuvi,
iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanganlik darajasi,
hududlarning demografik holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va
tabiiy resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Farg‘ona, Andijon,
Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida foydali qazilma mineral xom ashyo
resurslari juda kam, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro
viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi foydali qazilma mineral xom
ashyo resurslarga boy, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ushbu resurslar mavjud
hududlar qatoriga kiradi.
Mamlakatimiz yoqilg‘i energetik salohiyatida esa Navoiy, Buxoro,
Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori. YUrtimiz aholisi ham
viloyatlar bo‘yicha notekis joylashgan. Masalan, Andijon viloyatida 1 km
2
ga to‘g‘ri
keladagan aholi soni 665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil etadi.
Viloyatlar va tumanlarning er-suv resurslari, iqlim sharoitlari ham kam bo‘lsada
farqlanadi. Er-suv resurslarining sifatida ham jiddiy tafovutlar mavjud. Toshkent,
Jizzax va Samarqand viloyatlarida tabiat bilan bog‘liq ekologik turizmni rivojlantirish
uchun juda qulay imkoniyatlar mavjud.
Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo‘qon kabi jahon biladigan turistik
shaharlar mavjud. Turizm sohasida deyarli barcha viloyat va tumanlarda imkoniyatlar
mavjud, ammo yuqorida sanab o‘tilgan hududlarda absolyut va nisbiy ustunliklar
ko‘proq sanaladi. YAna bir jiddiy farq hududlarda iqtisodiyotining rivojlanganlik
darajasi va insonlar uchun yashashi uchun zarur neъmatlar bilan taъminlash
imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Ana shunday murakkab holat sharoitida barcha
72
viloyat va tumanlarni barqaror va jadal rivojlantirish, ular o‘rtasidagi tafovutlarni
juda kattalashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining
jiddiy eъtibor berayotgan masalalari qatoriga kiradi. Olib borilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijasiga ko‘ra hududlarning rivojlanishida, ularning
iqtisodiyotining tarkibida jiddiy farqlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmonida belgilab
berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham aynan, viloyat, tuman
va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan
masalalar ustivor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan.
10-jadval
O‘zbekiston Respublikasi va viloyatlari iqtisodiyotining
tarkibi holati tahlili (2016 yil)
Mintaqalar nomi
YAIM
(YAHM)
Sanoat
mahsuloti
Isteъmol
tovarlari
Qishloq,
o‘rmon
xo‘jaligi
va
baliqchilik
Qurilish
ishlari
O‘zbekiston
Respublikasi
100
100
100
100
100
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
3,27
3,88
2,44
2,86
4,26
Andijon
5,65
7,03
11,78
10,96
5,61
Buxoro
5,48
5,14
5,89
9,20
7,86
Jizzax
2,46
1,74
2,48
4,98
2,12
Qashqadaryo
7,47
8,67
5,42
8,13
8,29
Navoiy
5,29
9,60
4,52
4,91
4,19
Namangan
4,45
3,06
4,63
7,37
4,30
Samarqand
7,05
7,07
10,84
11,94
8,53
Surxondaryo
4,60
1,95
1,95
8,58
5,36
Sirdaryo
2,10
3,13
3,07
3,83
1,64
Toshkent
10,30
15,15
12,34
12,63
5,36
Farg‘ona
6,98
7,28
6,91
8,33
6,72
Xorazm
3,56
2,51
3,58
6,26
4,46
Toshkent shahri
15,79
20,29
22,79
6,26
17,11
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statitika qo‘mitasi maъlumotlari.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish
73
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta
ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi
12
.
Yuqorida jadval maъlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2016 yilda mamlakat yalpi
ichki mahsulotida Toshkent shahri (15,79%), Toshkent viloyati (10,30%),
Qashqadaryo viloyati (7,47%), Samarqand viloyati (7,05%), Farg‘ona viloyati (6,98),
Andijon viloyati (5,65%), Navoiy (5,29%) viloyatlari salmoqli hissaga ega. Xorazm,
Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikalarining ulushlari
mos ravishda 2-3 foiz atrofida bo‘lgan. Ushbu raqamlar yuqoridagi viloyatlar va
tumanlarning mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish to‘liq emasligini,
hududlarda katta imkoniyatlar ishga tushmay qolayotganligini ko‘rsatadi.
11-jadval
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
asosiy ko‘rsatkichlar (kishi, ming so‘m) (2016 yil)
Mintaqalar nomi
YAIM
(YAHM)
Sanat
mahsuloti
Qishloq,
o‘rmon
xo‘jaligi va
baliq
mahsulotlari
Asosiy
kapitalga
investitsiyalar
Xizmatlar
CHakana
savdo
O‘zbekiston
Respublikasi
6 258,6
3493,7
1520,7
1553,5
2 857,0
2764,2
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
3 612,7
2394,6
767,2
2067,5
1 616,0
1629,6
Andijon
3 836,5
2662,8
1808,7
641,0
1 727,2
2344,2
Buxoro
5 971,9
3126,9
2435,7
3183,0
2 281,2
3059,0
Jizzax
3 808,2
1504,1
1872,0
972,2
1 573,4
2258,4
Qashqadaryo
4 872,3
3155,5
1288,6
2071,6
1 490,2
2030,4
Navoiy
11 271,0
11421,4
2545,6
3035,5
2 903,5
3973,5
Namangan
3 374,2
1298,1
1357,8
899,0
1 488,6
1968,7
Samarqand
3 886,6
2174,0
1598,2
929,4
1 664,3
2080,3
Surxondaryo
3 764,0
890,0
1706,4
776,3
1 580,9
2441,4
Sirdaryo
5 258,7
4367,1
2330,5
1369,5
1 485,4
1909,0
Toshkent
7 300,9
5997,1
1171,4
1354,5
3 000,5
3390,2
Farg‘ona
3 938,7
2292,3
1140,7
663,9
1 669,1
2165,4
Xorazm
4 026,2
1584,2
1722,0
823,8
1 527,5
1885,4
Toshkent shahri
13 068,8
9370,4
x
4457,7
11 523,9
7929,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statitika Davlat qo‘mitasi maъlumotlari.
12
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. «Халқ сўзи» Г.// 08.02.2017 й. №28 (6722).
74
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda viloyat, tuman va
shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularda mavjud
salohiyatdan samarali va optimal foydalanish hisobidan hududlarni barqaror
rivojlantirishga erishish, aholi bandligini ustivor taъminlashga erishish, barcha
mavjud resurslar salohiyatidan oqilona foydalanishni taъminlash dolzarb
masalalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatning barcha viloyat va tumanlaridagi mavjud imkoniyatlarni chuqur
o‘rganish, iqtisodiyotini ilmiy, amaliy tahlil etish asosida viloyat va
tumanlarda,chekka qishloqlarda ham sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish
sohalarini keng rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Bu jarayoning asosiy maqsadlaridan
bir yurtimizning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan insonlar uchun shart-
sharoitlar yaratish hisoblanadi.
12-jadval.
2018 yilda yalpi ichki (hududiy) mahsulot
Do'stlaringiz bilan baham: |