Iqtisodiyot va turizm fakulteti Dekan I f. n., dots. D. Sh. Yavmutov



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana29.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#593603
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
iqtisodiy osishni vaqtli qatorlar asosida prognozlash

«Turizm to‘g‘risida»
gi Qonunning yangi 
tahririni ishlab chiqish natijasida turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning 
keng rivojlanishiga zamin yaratiladi. 
Harakatlar strategiyasi dasturiga asosan 2017 yilda aeroport va vokzallarda 
xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilmoqda. Mazkur yo‘nalish 
xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subъektlari 
xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda 
maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo‘lishiga 
ruxsat berish kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi 
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni 
yaratish, jumladan: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va 
yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va 


66 
ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;ichki 
marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish 
asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish 
maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini 
rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid islohotlarni yanada 
takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Harakatlar strategiyasidan joy egallagani turistik 
xizmatlar ko‘rsatuvchi subъektlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa 
o‘z navbatida mamlakatimiz turizm sohasidagi ikkita katta muammolar, birinchisi 
o‘z faoliyatining barcha turlarini miqdor va sifat jihatidan kengaytirish, ikkinchidan 
pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.
Tarkibiy 
o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish 
hisobiga 
iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini 
oshirishdaishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirishni 
rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteъmol tovarlar va 
butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini 
kengaytirish Harakat dasturining eng ahamiyatli vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
Belgilangan ushbu vazifani bajarish yo‘nalishida mustaxkam zamin yaratilgan 
bo‘lib, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard 
so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 2015 yilning shu 
davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard 
dollarni tashkil qildi. 
Mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi 
subъektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi 
iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama 
chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.
Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy - 
texnikaviy, valyuta-moliyaviy, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni 
amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari 
hisoblangan eksportga mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, turizmni 
rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarida maъlum bir 


67 
muammolar mavjud bo‘lib, ularning hal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi 
hisoblanadi.
Mamlakatimiz eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uni 
kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, 
ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda eksport strategiyasini 
shakllantirish korxonalarni hozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rni va 
mavqeni to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jahon bozorlarida raqobatning 
keskin tus olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar o‘z maqsad va 
vazifalarini belgilashda nafaqat mahsulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib 
chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, salohiyatli isteъmolchilarining ehtiyojlari, 
hohish-istaklari hamda maqsadlarini doimo diqqat markazda tutib, ularni chuqur 
o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muhim 
bo‘lib qolmoqda. 
Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarini 
raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 
jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi 
narxlar darajasi pastligi respublikaning asosiy eksport nuqtalariga taъsirini 
kamaytirishga erishildi. 
Yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda 
mamlakatning salohiyatini ko‘chaytirish maqsadida xorijga mahsulot etkazib berish 
hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini 
diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari 
davom ettirildi. 
2016 yil davomida yana 877 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy 
mahsulotlarni chetga etkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, 
Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d`Ivuar, 
Somali, Nigeriyaga engil avtomobillar, SHvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, 
Indoneziya, Molodoviya va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga 
sport poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa 
mahsulotlar eksport qilindi. 


68 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maъruzasida “mamlakatimiz 
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz hal qiluvchi 
faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur”-deb taъkidlab o‘tildi
8
.
Ushbu maъruzada davlat rahbari mazkur sohaningi holatiga tanqidiy baho 
berib mashinasozlik kompleksida import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori 
bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham ekanligi, 
hamda ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va 
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport 
hajmidan o‘nlab marta ko‘p ekanligini aytib o‘tdi. SHubilan birga 
«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi 
tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 
foizdan oshmasligi taъkidlab o‘tildi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Harakat strategiyasidagi mamlakatimizning 
2017 yil uchun dasturida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada 
mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish 
dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.Mazkur ishlarni amalga oshirish yangi ishlab 
chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop 
mahsulot hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy 
etishga xizmat qiladi. 
2018-2021 
yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish 
Konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish 
ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi: 
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni 
kengaytirish; 
8

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish