o‘zbek modeli
” nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos
rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan
iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lib qolmoqda. Pirovardida,
iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib,
mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal
rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari
barpo etilayapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Barchamiz uchun
aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni
5
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”гиПФ-4947-сонли
Фармони
. // Халқ сўзи. 8 феврал 2017 йил.
60
amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz
o‘z ishimizda doimo suyanamiz”deb taъkidlab o‘tildi
6
.
Yuqoridagi reytinglarning isboti tariqasida mamlakatimizda o‘tgan 2016 yil
yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi, sanoat mahsuloti
hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi
– 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sganligi, davlat byudjeti yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi, tashqi savdo
aylanmasining ijobiy saldosi taъminlanganligi, inflyasiya darajasi prognoz
parametrlaridan oshmaganligi va 5,7 foizni tashkil etganligini sanab o‘tishimiz
mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab
chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgantexnika
va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni
nechog‘li to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liqdir. Shu boisdan ham,
O‘zbekiston Respublikasidavlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan
faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida eъtibor qaratilmoqda. Buning uchun
markazlashgan, markazlashmagan jamg‘armalar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar
va kreditlarni o‘zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‘u
berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida eъtiborga loyiq.
2016 yildaiqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‘p investitsiya
qilindi, yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el
investitsiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ko‘p
bo‘ldi.
6
Ш. Мирзиёев.
Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар
фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.// Халқ сўзи. 15 январ 2017 йил.
61
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik
164 yirik ishlab chiqarish obъekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450
MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan
foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax
viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy
korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston»
aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni
tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika»
qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular
jumlasidandir
7
.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari
doirasida 2016 yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi.
2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida
korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va
kreditlar hisobiga 2017—2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga
oshirildi.
Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i
ulushi
80
foizdan 85 foizgacha oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi
raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtirildi.
2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish
quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln.
dollarlik 63 ta loyiha;
7
www.gov.uz/uz/news/category/1
62
rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 mln.
dollarlik 6 ta loyiha;
kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 mln. dollarlik 2 ta
loyiha;
uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342
mln. dollarlik 6 ta loyiha;
tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6
mln. dollarlik 9 ta loyiha;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24
mln.dollarlik 7 ta loyiha;
qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 mln.
dollarlik 29 ta loyiha;
tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish
bo‘yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-2020
yillarda aholining energiya taъminoti yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish sohasida
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 mln.
tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda
tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan saъy-harakatlar, ularning natijalari atroflicha
muhokama qilinmoqda.
Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish
masalasi hal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va
moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu
tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko‘paytirishga olib
keladi.
63
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanishi dinamikasidagi muhim o‘zgarish
sifatida korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvorlik institutsional islohotlarning sifatini
oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini
qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy
chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida yuqori texnologiyali qayta
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida taъkidlandi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash va
sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2016
yilda 2015 yilga nisbatan 6.6 foizga o‘sishini taъminladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatga
ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarida
dinamik rivojlanish taъminlandi. 2016 yilda mahalliy xomashyo resurslarini
bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor isteъmol mahsulotlar
nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori
o‘sish surъatlariga erishildi. Xususan, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va charm
mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz,
farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va
plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga
oshdi.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari,
shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya
sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-
64
tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga
energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga
erishildi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda
sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda
tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. SHu
jumladan, maъnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda
modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish,
texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida eъtibor qaratiladi. Bu
yo‘nalishga korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602
000,0 mln. so‘m investitsiyalar yo‘naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning,
birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport
salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot
tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va
xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar
belgilangan. Mazkur yo‘nalish avvalambor 2017 yilda ushbu sohani tartibga
soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur
qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan:
korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi
organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;
raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi
kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda
tadbirkorlik subъektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
manfaatlarto‘qnashuvinibartarafetishmaqsadidashuъbakorxonatomonidantaъsi
schining ustav fondidanulushsotibolishinivashuъbakorxonavakillariningtaъsischi
kuzatuvchilar kengashida aъzoligini taqiqlash.
65
Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va
hozirgi kunda er yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish
bo‘yicha uchta yirik tarmoqlar neft qazib olish va avtomobilsanoatidan keyingi
uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10
foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk
Ipak Yo‘lida joylashgan, asrlar davomida o‘z davlat g‘aznasining katta qismini
sayohatchilar va xorijiy savdogarlar hisobidan to‘ldirib kelgan qadimiy shaharlari
bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm
tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlariga ega.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal
rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni
diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga
olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek 2017 — 2021 yillarda
Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish
rejashtirilgan. Mazkur vazifani amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor
rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining
oshishiga olib keladi. Shu bilan birga
Do'stlaringiz bilan baham: |