O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/219
Sana29.04.2022
Hajmi11,17 Mb.
#593222
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

22-m ashg‘ulot
1 Yurak mushagi ko‘nda]ang-targ'i] mushak hujayralaridan hosil bo‘]gan. 
Bu tipik qisqaruvchan hujayralar va o‘tkazuvchan tizimni tashkil qiluvchi yurak 
atipik miotsitlaridir. Qisqaruvchanlik funksiyasini bajaruvchi yurak miotsitlari 
to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘iib, 1-2 yassi yadro, miofibrillar (shu jumladan, 
yupqa va yo‘g‘on aniq parallel joylashgan protofibrillar) va ko‘p miqdorda 
mitoxondriyalar ushlaydi. Kardiomiotsit sarkoplazmasida ribosomalar mavjud. 
Qisqaruvchan elementlar - miofibrillar sarkoplazmaning periferik qismini 
egallaydi. Kardiomiotsitlaming uzliksiz ishlash qobiliyati oksidlanish- 
qaytalanish jarayonida ishtirok qiluvchi fermentlar (ATF-aza, degidrogenaza, 
ishqoriy fosfataza) tashuvchi va hujayrani energiya bilan ta’minlovchi 
mitoxondriyalar bilan bog'Iiq. Miotsitlar orasida ularni mushak toialarga 
birlashtiruvchi disklar (gardishlar) joylashgan. Yurak atipik mushak to‘qimasi 
mioflbrillari kam, sarkoplazmaga boy bo‘lgan hujayralardan tashkil topgan. Bu 
to‘qima yurak o‘tkazuvchan tizimini tashkil qiladi. U yaxshi innervatsiya qilingan, 
bu erda miotsitlar yirik, ribosomalar kam, yadrolar yumoloq.
2. 
Yurak mushagida elektr potensiallarining hosil bo‘lishi K+, Na+, Ca^, 
СГ va b. ionlaming kardiomiotsit membranasi orqali harakat qilishiga bog‘liq. 
Bunda asosiy 
rolai
natriy va kaliy kationlari o’ynaydi. Hujayra ichida kaliy 
uning tashqarisiga qaraganda ancha k o ‘p, hujayra ichida natriy 
konsentratsiyasi esa, hujayra tashqarisiga qaraganda 20 marta kam. Tinch 
holatda miokard hujayralari tashqi yuzasi natriy kationlari miqdori ustivorligi 
tufayli musbat zaryadlangan, hujayra membranasi ichki yuzasi, hujayralar 
ichida anionlar (C1U, H C 04J va b.) ustivorligi natijasida manfiy zaryadga 
ega, Bunday holat ionlar nasoslariniog ishi tufayli saqlanadi. Tinch holatda 
hujayra qutblangan, natijada tinch holat potensiali hosil bo‘ladi, u hamma 
vaqt manfiy - 90 mV ga teng.
Hujayra qo‘zg‘alishida transmembrana harakat potensiali hosil bo‘ladi. 
Chunki hujayra membranasi o'tkazuvchaniigi ionlar uchun o'zgaradi. Natriy 
ionlari hujayra ichiga intiladi va ichki yuza musbat, tashqi yuza esa manfiy holatga 
tushadi, ya’ni membrana depolyarizatsiyasi ku
2
atiladi. Harakat potensiali jiddiy 
oshadi, +20, +30 mV ga teng boMib qoladi. So'ng Ca** hujayra ichiga kiradi va 
natriy ionlari musbat zaryadini qisman oeytrallaydi: transmembrana potensiali 
pasayadi (bu dastlabki tez repolyarizatsiya). Keyin hujayra ichiga Ca* va Na+ 
sekin kiruvchi toki, hujayradan K* chiqishi sodir bo'Iadi. Asta-sekinlik bilan 
repolyarizatsiya (plato) sodir bo'Iadi. So‘ng tez repolyarizatsiyaaing oxirgi fazasi 
yuzaga keladi, membrana o‘tkazuvchanligi K4 ionlari uchun oshadi. Tashqi yuza


yana musbat, ichki esa tnanfiy zaryadlangan bo‘lib qoladi. Qutblanish yana qayta 
tiklanadi va tinchlik potensiali - 90 mV hosil bo‘ladi.
3. Yurak hamma bo‘limlari mushaklari va unga nisbatan tana mushaklarining 
bab-baravar proporsional kattalashishi fiziologik, ya’ni ishchi gipertrofiyasi 
deyiladi. U organizmning O, yuqori talabiga nisbatan moslashish reaksiyasi 
sifatida yuzaga keladi. Jismoniy ish, sport bilan shug‘ulianuvchi odamlarda, balet 
bilan shug‘ullanuvchi artistlarda, ayrim hollarda homiladorlarda uchraydi. Ularda 
yurak og‘irligi 500 g yetishi mumkin (mashq bilan shug‘ullanmaydigan 
odamlarda u 300 g teng). Gipertrofiyada yurak doimo zo'riqish bilan ishlaydi, 
dastlab tekis ravishda miokardial tolalar uzunligi va qaliiiligi kattalashadi, ammo 
ulaming soni o‘zgannay qoladi. Yurak bo‘shliqlari hajmi kattalashadi, natijada 
ilgarigi bosim hosil qilinishi uchun yurak devorlari kuchliroq ishlashi talab 
qilinadi. Ammo miokard gipertrofiyasida mushak hajmi oshganligi tufayli, yurak 
devori ko‘ndalang kesimi maydoni birligiga to‘g ‘ri keladigan kuch deyarli 
o‘zgarmasdan qoladi. Sportchi yuragi ko‘p hajmda qon sig‘diradi, ammo unga 
yetarli darajada bosim hosil qilish uchun qo‘shimcha kuch bilan ishlashga to‘g‘ri 
keladi. Bu bilan gipertrofiya yurakning o‘tkir kengayishidan farq qiladi. Sportchi 
mashq qilishni to‘xtatishdan bir necha hafta keyin yurak gipertrofiyasi yo‘qolib 
ketadi. Agar gipertrofiyalangan yurakning og‘irligi keskin darajaga (500 g 
atrofida) yetsa, unda tolalar o‘lchami kattalasha boshlaydi, shu bilan birga uniug 
soni ham ortadi. Bu holat giperplaziya deyiladi.
4. Odamda aorta asosidan chiqadigan ikkita koronar arteriyalar mavjud. 0 ‘ng 
koronar arteriya o‘ng qorinchaning ko‘p qismini, pardevor ayrim bo'limlari va 
chap qorincha orqa devorini qon bilan ta’minlaydi. Yurakning boshqa qismlari 
chap koronar arteriyasi orqali qon bilan ta’mmlanadi. Bu arteriya orqali yurak 
tomirlariga yo‘nalayotgan qonning 75-80% gacha bo‘Igan qismi oqib keladi. 
Sistola vaqtida qon oqimi kamayadi, tomirlar qisqarayotgan mushaklar tomonidan 
qisiladi, sistola tugashi bilan qon bilan ta’minlanish oshadi. Ya’ni qon oqimi 
asosan diastola vaqtida ro ‘y beradi. Qon oqib ketishi o‘ng bo‘lmachaga 
ochiladigan venoz sinusi orqali amalga oshiriladi; bu yerga yurakni 
oziqlantiruvchi qonning 2/3 qismi chiqariladi, qolgan qismi oldingi yurak 
venalari va tebeziy venalari orqali oqib chiqib ketadi.
Odamda yurak tomirlari orqali bir daqiqada 200 -250 ml qon oqib o'tadi. Bu 
daqiqa hajmining 4-6% ni tashkil qiladi. Mushakning jadal ishlashi vaqtida 
koronar qon oqimi 4 barovar oshadi va 3 -4 1/daqiqaga yetadi, yurakning kislorod 
iste'mol qilishi ham taxminan shunchaga oshadi. Bunda miokardda metabolitlar 
(adenozin, sut kislota, kaliy va b.) to‘planadi, ular koronar arteriyalami 
kengaytiradi va ular orqali qon oqimini oshiradi.
Hatto tinch holatda ham yurak boshqa a’zolarga nisbatan qondan ko‘proq Oz 
tortib oladi. Yurak tomondan O, ekstraksiya qilinishi 0,14 ml/ml atrofida bo'lishi 
mumkin, shu bilan birga 0 2 ning arterial qondagi miqdori 0,12 ml/ml dan iborat. 
Shu munosabat bilan yurakka yuqori zo‘riqish to‘g‘ri kelganda, uning O, ga 
nisbatan talabi oshadi, lekin O, ekstraksiyasiniog kattalashishi hisobiga


qoplanmaydi. Yurakning О, ga nisbatan yuqori talabi asosan koronar qon oqimi 
osbishi hisobiga qondiriladi. Bu holat koronar tomirning kengayishi, ya’ni uning 
gidrodinamik qarshiligining kamayishi bilan bog‘liq. 0 2yetishmovchiligi koronar 
tomirlarining kengayishi uchun kuchli stimui sifatida xizmat qiladi.
5. Yurakning zarb hajmi (YUZH) - bu chap qorinchadan aortaga yoki o‘ng 
qorinchadan a. pulmonalis ga bir sistola vaqtida otiladigan qon miqdori. Me’yorda 
60-80 ml ga teng. Sportchilarda katta zo‘riqishda sistolik hajm 200 ml yetishi 
mumkin.
Yurakning daqiqa hajmi (YUDH) - o‘ng va chap qorincha tomonidan vaqt 
birligida, ya’ni bir daqiqada otiladigan qon miqdori, katta odamlarda u taxminan
4,5 -51. YUDH kattaligi jins, yosh, bo‘y, og‘irlikka qarab jiddiy va keng miqiyosda 
o‘zgarishi mumkin: zaruriyat tug‘ilganda YUDH tinch holatga qaraganda 5 
baravardan ko'proq oshishi mumkin. Yurak qorinchalaridan har bir qisqarishda 
otiladigan qon miqdori taxminan bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, o^ng qorinchadan 
qon otilishi chap qorinchaga nisbatan deyarli 
2%
ga ko‘paysa, kichik qon aylanish 
doirasi qonga ortiqcha to‘lishi natijasida bir necha daqiqadan keyin o‘pka shishishi 
boshlanishi ehtimoldan xoli emas. Ammo me’yorda bunday bo‘lmaydi va bu ikkita 
qorinchadan ham qon otilishini moslashtiruvchi mexanizm borligidan dalolat 
beradi. Hattoki tizimii 
tomir
qarshiligi (masalan, tomirlarning keskiu torayjshi 
natijasida) oshgan holatlarda ham xavfli qon dimlanishi yuzaga kelmaydi: chap 
qorincha tezlik bilan 
0
‘zgargan sharoitga moslashadi, kuchliroq qisqarishga 
boshlaydi va ilgaridek qon miqdorining otilishiga yetarli bosim hosil qiladi. Venalar 
orqali qonning qaytishi va diastolik qonga to‘lishning o‘zgarib turishi ham YUDH 
mosiashuv o‘zgarishlari orqali kompensatsiyalanadi.
6. Frank-Starlin refleksi shundan iboratki, miokard toialari cho‘zilishining 
ortishi yurak qisqarish kuchining ko‘payishiga olib keladi. Izoliyatsiyalangan 
yurak, qisqarish soni bir xilligida mustaqil ravishda o‘z-o‘zini regulatsiya qilishi 
tufayli - qorinchadan otiladigan qonni ko‘paytirish orqali o‘z faoliyatini kuchayib 
boruvchi hajm bilan zo‘riqishga moslashtirishi mumkin. Bu qonuniyat uni ochgan 
olimlar sharafiga Frank-Starlin mexanizmi (qonuni, refleksi) (Frank O., 1895; 
Starlind S. H.,1918) deyiladi.
7. Yurak mushagida uch tipda bioenergetik jarayonlar kechadi: energiya 
ishlab chiqarilishi, to‘planishi va sarflaaishi. Energiya ishlab chiqarishi glukoza 
va erkin yog‘ kislotalari oksidlanishi hamda glikoliz natijasida yuzaga keladi. 
Hosil bo‘lgan energiya makroergik fosfatli birikmalarda- ATF va KF da yig‘iladi,
Miokard hujayralariga energiya tashishni KF (kreatinfosfat) kimyoviy 
birikmasi amalga oshiradi. U teng qimmatli ferment-substrat kompleksi uchligi: 
kreatin- kreatinkinaza- ATF Mg2+ (Saks V. A. va b., 1975) parchalanishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Keyin KF sitoplazmaga diffuziyalanadi, u yerda miofibrillalar 
kreatinkinaza reaksiyasida kardiomiotsitlar qisqarishida hosil bo‘!gan ADF Mg+ 
refosforilanishi uchun sarf qilinadi.
8. Miofibrillalar ATF bilan o‘zaro ta’sir qilish va shu makroerg ishtirokida 
faqat muhitda kalsiy ionlarining ma’lum konsentratsiyasi bo‘lganda qisqarish


xususiyatiga ega. Ularning yuqori qisqaruvchanlik faolligi CaJ* 10* - 103 M 
atrofida kuzatiladi. Ca ionlari konsentratsiyasi Ю'7 M yoki undan ham past 
darajagacha kamayganda mushak tolalari ATF ishtirokida qisqarish va 
taranglashish rivojlanish xususiyatini yo‘qotadi. Shu bilan bir vaqtda kalsiyning 
sarkoplazmadan sekin chiqib ketishi miokard bo‘shashishining sekinlashishi va 
to‘liq bo‘lmagan diastola sindromi rivojlanishiga olib keladi.
Kardiomiotsitlarda 3 xil qisqartiruvchi oqsil mavjud: aktin, miozin va 
tropomiozin. Aktin iplari yupqa va uzun, miozin iplari esa yo‘g‘on va kalta bo‘ladi. 
Mushak qisqarishi uchun energiya zarur: ATF parchalanishi, ADF va fosfor kislota 
hosil bo‘lishidagi energiya foydalaniladi. Bu jarayon ATF-aza tomonidan 
faollashtiriladi. Tinchlik holatida bu ferment magniy ionlari tomonidan 
bloklanadi, uning antagonisti Ca** ionlari hisoblanadi.
Mushak tolalarining qisqarishi ikkita asosiy mushak tolasi - miozin va aktin 
o‘zaro ta’sir qilishi natijasida kelib chiqadi. Tinchlik holatida bu o‘zaro ta’sir 
btoklangan, chunki aktin molekulasi faol markazlari regulator oqsil kompleksi 
bilan bekilgan. Qisqarishga olib keluvchi omil sifatida kalsiy ionlari xizmat qiladi: 
ularning konsentratsiyasi oshganda mioplazmada regulator oqsilga kalsiy birikadi. 
Natijada aktin miozin bilan o‘zaro ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Bu 
ikki oqsil birikishi natijasida aktomiozin hosil boiadi va mushak qisqaradi. Bunda 
miozin iplari buraladi, aktin iplari esa sirg‘anadi va suriladi. Aktomiozin hosil 
bo‘lish jarayonida ATF parchalanadi, uning kimyoviy eoergiyasi mexanik ish 
bajarilishini ta’minlaydi va qisman issiqlik shaklida tarqaladi. Tropomiozin aktin 
va miozin o‘zaro ta’sir qilishini regulatsiya qiladi: tinch holatda (polyarizatsiya) u 
aktin va miozin qisqarishini bloklaydi. Depolyarizatsiya holatida esa 
mushaklarning qisqarishini ta’minlaydi. Aktimiozinning ATF ni parchalash 
xususiyatini yo‘qotishini va Ca** konsentratsiyasi 10 7 M dan kam bo‘lganda ham 
qisqarishi mumkinligini tropomiozin oqsilining ishtirok qilishi bilan 
bog‘lashmoqda.
9. 
Yurak bo‘lmachalari kardiomiotsitlarida bo‘lmacha natriyuretik omilini 
(BNO) sekretsiya qiluvchi donachalar bo‘lishi tasdiqlangan (Postnov A. Yu., 
1987). Bu omil diurez, natriyurezni kuchaytiradi va renin sekretsiyasini 
pasaytiradi. BNO orqali yurak suv-tuz gomeostazi saqlanishida ishtirok qiladi.
23-mashg‘uIot
I. 
Yurak nisbatan kichik mushakli kovak a’zo bo‘lib, og‘irligi 200-300 g; 
uning devorlari asosan mushaklar (miokard)dan tuzilgan, ko‘p miqdorda asab 
tolalari va qon tomirlari to‘rlaridan iborat. Ichki tomonidan yurak ichki po‘stioq 
(endokard) bilan qoplangan, u qopqoq (klapan) apparatini tashkil qiladi, qopqoq 
apparati yurak qisqarishining ma’lum fazalarida (sistola, diastola) bo‘lmachalami 
qorinchalar, qorinchalarni magistral tomirlar bilan (aorta, o‘pka arteriyasi) 
biriktiruvchi teshiklarni bekitadi.
Yurak 4 ta bo‘shIiqdan: chap va o‘ng qorinchalar hamda chap va o‘ng 
bo‘lmachalardan iborat. Qorinchalar qorinchalararo pardevor bilan ajraladi,


qorincha va unga tegishli boimachalar orasida teshik bor, u qopqoq bilan yopiladi. 
Yurak musbaklari qisqarganda qopqoq apparati qon harakatini hamma vaqt bir 
tomonga yo‘naltiradi. Miokard tashqi tomonidan ham po‘stloq-perikard bilan 
qoplangan.
To‘qimalardan pastki va yuqori kovak venalari orqali oqib keladigan qon o^g 
bo‘lmachaga, undan esa o'ng qorinchaga tushadi. So'ng qon o‘pkaga boradigan 
arteriyaga, o‘pka arteriyalari, arteriolalari, kapilalariga va 4 ta venaga otiladi. O, ga 
to‘yingan qon chap bo‘lmachaga tushadi. O'ng qorincnani chap bo'lmacha bilan 
bog‘lovchi tomirlar tizimi kichik qon aylanish doirasini tashkil qiladi. Chap 
bo‘lmachadan qon chap qorinchaga tushadi, uning qisqarishida aorta, arteriyalar, 
arterioJalar va hamma a’zo, to‘qimalar 
kapillarlariga 
otiladi, u yerdan vinulalar, 
venalar orqali past va yuqori kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga oqib keladi. 
Bu tomirlar tizimi katta qon aylanish doirasini tashkil etadi.
Mushak tolasi - miokard hujayralaridan iborat zanjircha - kardiomiotsitlar 
yurakning funksional elementi bo‘lib hisoblanadi. Ular «oxiri oxiriga» birikkan 
bo‘lib, umumiy sarkoplazmatik po‘stloq (asosiy membrana) ichiga joylashgan. 
Morfologik va funksional xususiyatlariga qarab yurakda 2 tipli tola farq qilinadi:
1) boimacha va qorincha miokardi ishchi tolasi, yurakning asosiy og'irligini 
tashkil qiladi va uning qon haydovchi funksiyasini ta’minlaydi; 2) o‘tkazuvchi 
tizimlar va yetakchi ritm peysmekrlar (inglizcha «pace maker» - «yetakchi») 
tolasi, qo‘zg‘aluvchanlik tug‘ilishi va uning ishchi miokard hujayralariga 
o‘tkazi)ishiga javob beradi.
2. 
Yurakning o‘tkazuvchi tizimi avtonom xususiyatiga ega, ya’ni hatto MAT 
ishtirokisiz yurak qisqarishini chaqiruvchi impulslar ishlab chiqaradi. Yurakning 
qo‘zg‘alishi o ‘ng bo‘lmachada yuqori kovak venasi qo‘yiladigan joyda 
joylashgan sinoarterial (SA) tugunidan (sinus yoki Kis - Flyak tuguni) boshlanadi. 
Undan bo‘lmachaga bo‘lmacha o‘tkazish yo‘llari orqali: chap bo‘lmachaga shox 
ajratuvchi oldingi qismidan (Baxman tutami), asosiy rol o'ynovchi o‘rta qismidan 
(Venkebax) va orqa qismidan (Torel) qo‘zg‘aluvchanlik jaroyoni tarqaladi. 
Boimachalar aro trakti (Baxman tutami) muhim ahamiyatga ega, u odatda o‘ng 
va chap bo‘imachalaming sinxron qo‘zg‘alishini ta’minlaydi. Qo‘zg‘aluvchanlik 
bo‘lmachadan atrioventikulyar(AV) tugunga(yoki Ashof-Tavar tuguni) tarqaladi. 
Oxirgi yillarda «AV-tugun»i ayrim hollardakeng tushunchaga ega bo‘lgan. «AV- 
birikma» bilan almashtirib aytiladi, bunda ayrim anatomik soha (tugun, unga 
yaqin joylashgan bo‘lmacha qismlari va Gis tutami ustini) nazarda tutiladi.
Qo‘zg‘aluvchanlik AV birikmasidan o‘tib Gis tutami, keyin uning tarmoqlariga 
tarqaladi. Qorinchalar ichi o‘tkazuvchan tizimi tuzilishi katta individual 
variabelligi va asosiy tarmoqlari orasidagi xilma-xil bog‘liqliklar bilan 
tavsiflanadi. Gis tutami asosiy tarmoqlari uning o‘ng va chap oyoqchasi 
hisoblanadi. Chap oyoqcha ko‘p hollarda oldingi va orqa shoxiarga bo'finadi. 
Shunday qilib, Gis tutami 3 asosiy: o‘ng, old chap va orqa chap shoxga bo‘linadi. 
Ular maydalanib ketib Purkinye tolalari to‘rini hosil qiladi, bir-biri bilan keng 
anastomozlanadi, asosan o‘ng va chap qorinchalar endokardi ostida joylashadi.


O'tkazuvchan tizimning ta'riflangan elementlaridan tashqari, qo'shimcha 
traktlari ham borki, impulslar ular orqali aylanib o‘tadi. Ular orasida bo‘lmacha 
miokardini o‘ng va chap qorincha miokardi bilan biriktiruvchi Kent tutami; 
bo‘lmachani AV birikmasi va Gis tutami ustuni bilan biriktiruvchi Djeyms tutami; 
Gis tutami ustunidan ajraluvchi va shu tutam tolalari atrofida miokardga kiruvchi 
Maxeym tolalari muhim rol o‘ynaydi.
Q o‘zg ‘aluvchanlik o'tkazuvchan tizim ixtisoslashgan tolalaridan 
qisqaruvchan miokardga, chunonchi ichki subendokardial qismdan tashqi 
subepikardial qismlarga tarqaladi. Me’yorda ritm yetakchisi sifatida SA-tugun 
xizmat qiladi, bu tugunda tinch holatda impulslar hosil bo‘lish tezligi 1 daqiqa 
60-80 impulsni tashkil qiladi. Qo‘zg‘aIuvchanlik bu tugundan ikkita bo'lmacha 
ishchi miokardiga tarqaladi. Qo‘zg‘aluvchanlikning o‘tkazuvchi tizimda 
tarqalishida u qisqa vaqt ichida AV-tugunida ushlanib qoladi. Gis tutami 
ixtisoslashgan tizimi boshqa bo'ltmlari ulaming oyoqchalari va oxirgi tarmoqlari
- Purkinye tolalari impulslarini deyarli tez o ‘tkazadi (2 m/s tezligi atrofida). 
Shuning uchun ham qorinchalaming har xil qismlari qo‘zg‘aluvchanlik bilan 
yetarli darajada sinxron qamrab olinadi. Purkinye tolalari subendokardial 
oxirlarida ishchi miokardga impulslaming tarqalish tezligi 1 m/s atrofida bo‘ladi. 
SA-tuguni yuqori spontan chastotali (tezlikli) faollikka ega bo‘iganligi tufayli u 
birinchi navbatli (yetakchi) peysmeker hisoblanadi.
Agar u yoki bu sabab tufayli qo‘zg‘aluvchanlik SA-tugunida hosil bo‘Imasa 
(sinoatrial blokada) yoki bo'lmachaga o‘ta olmasa, yetakchi ritm rolini AV-tuguni 
o‘ziga oladi. Ikkinchi navbatli peysmeker (AV ritmi tezligi I daqiqada 40-60 ga 
teng). Agar qo‘zg‘a!uvchanlikning bo‘lmachadan qorinchalarga o‘tkazilishi to‘Iiq 
buzilsa, toMiq (ko‘ndalang) blokada, unda qorinchalar uchinchi navbatli 
peysmeker (Gis tutami pastki qismi, uning shoxlari va Purkinye tolalari) ritmida 
qisqaradi. Bu tuzilmalar eng past avtomatizm xususiyatiga ega (bir daqiqada 25- 
45 impuls).
SA-tugunning nisbatan tez impulsatsiyasi sharoitida AV-birikmalari 
hujayralari, Gis tutami va Purkinye tolalari avtomatizmi pasaytiriladi. Keyingi 
tuzilmalar potensial yoki yashirin, latent, SA-tuguni esa chin ritm yetakchisi 
hisoblanadi. Uni, shuningdek nomotop (me’yor joylashgan) markaz, o‘tkazuvchi 
tizimning boshqa qismlardagi qo‘zg‘aluvchan uchoqlami - geterotop, ektopik 
(nonormal joylashgan) markazlar deyiladi.
SA-tuguni va boshqa yetakchi tugunlar ritmiga simpatik va parasimpatik 
asab tizimi katta ta’sir ko‘rsatadi: simpatik tizimning faollashishi SA-tuguni va 
o‘ tkazuvchan tizim hujayralari avtomatizmining oshishiga, parasimpatik tizimning 
faollashishi esa avtomatizmning kamayishiga olib keladi.
3. 
Yurak uning o‘ziga xos ishlash xususiyatini aniqlovchi qator funksiyalarga 
ega. Ularga quyidagilar kiradi: 1) avtomatizm funksiyasi, u yurakning har qanday 
tashqi qitiqlovchilar bo‘hnasligida ham elektr impulslar hosil qilish xususiyatidan 
iborat; bu fimksiyani yurakning o‘tkazuvchan tizimi bajaradi; 2) qo‘zg‘aluvchanlik
- yurakning impulslar ta’sirida qo‘zg‘alish xususiyati: bu xususiyatga yurakning


hamma hujayralari ega; 3) o'tkazuvchanlik - bu yurakning qandaydir bir qismida 
hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishning boshqa qismidagi mushaklarga o‘tkazish xususiyati: 
o‘tkazuvchanlik funksiyasiga yurak o’tkazuvchan tizimi ixtisosiashgan tolalari, 
qisqaruvchan miokard ega, ammo keyingi holda elektrik impulslaming o‘tkazilish 
tezligi ancha past; 4) qisqaruvchanlik - bu yurak mushaklarming qo‘zg‘alishga 
nisbatan qisqarish xususiyati. Bu funksiyani asosan qisqaruvchan miokard bajaradi. 
Yurak har xil qismlarining birin-ketin qisqarishi natijasida uning asosiy nasos 
funksiyasi amalga oshiraladi.
Ko'rsatiJgan funksiyalardan tashqari oxirgi vaqtlarda yurakka sekretor 
funksiya ham yuklanmoqda. Masalan, bo‘lmacha kardiomiotsitlari donachalarida 
saqlanuvchi BNO (bo‘lmacha natriyuretik omili) deb nomlangan omil topilgan, 
u diurez, natriyurezni stimullaydi, renin sekretsiyasini esa pasaytiradi (Postnov 
A. YU., 1987).
4. Yurakning qo‘zg ‘alish sikli m a’lum fazalariga xuddi boshqa 
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalaridadek qo‘zg‘almaslik davri (mutlaq refrakterlik) va 
qo‘zg‘aluvchanlikning pasayishi (nisbiy refrakterlik) to‘g‘ri keladi. Mutlaq 
refrakterlik 0,27 soniya nisbiy - 0,03 soniya davom etadi. Mutlaq refrakterlik 
davrida hujayralar butunlay qo‘zg‘almaydi; keyin nisbiy refrakterlik davri 
boshlanadi, bu davrda qo‘zg‘aluvchanlik asta-sekin tiklanadi va yurak mushagi 
faqat juda kuchli qitiqlovchilarga qisqarish bilan javob berishi mumkin.
Uzoq refrakter davr miokardni juda tez takroriy qo‘zg‘alishdan saqlaydi. 
Bunday qo‘zg‘aIish yurakning qon haydovchi funksiyasinmg buzilishiga oiib 
kelgan bo‘lar edi. Shu bilan birga refrakterlik faza qo‘zg‘alishning miokard 
bo'yicha aylanma harakatiga to‘sqinlik ham qiladi. Aks holda qisqarish va 
bo‘shashishning ritmik almashinishi buziigan bo‘lar edi. Me’yorda miokard 
hujayrasi refrakter davri qo‘zg‘alishning boUmacha va qorinchalarga tarqalish 
vaqtidan yuqori. Shuning uchun SA-tuguni va geterotop o'choqdan chiqqan 
qo‘zg ‘alish to iq in i miokardni butunlay 
egallagandan 
so‘ng so‘nadi; bu 
tolqinning qaytib kirishi mumkin emas, chunki yurak refrakter holatda bo‘ladi.
5. Yurak qo‘zg‘alishi va repolyarizatsiyasida elektr maydoni yuzaga keladi, 
uni tana yuzasidan registratsiya qilish mumkin. Bu vaqtda tana har xil nuqtalari 
orasida potensiallar farqi sodir bo‘ladi va u elektr maydoni tebranish darajasi 
hamda yo‘nalishiga mos holda o'zgaradi. Vaqtga nisbatan potensiallar 
o'zgarishining bu farqi egri chizigM elektrokardiogramma (EKG) deyiladi.
EKG registratsiya qilinishida 12 umumqabul qilingan ulanish qoilaniladi: 6 
ta oyoq-qo‘llardan, 6 ta ko‘krakdan. Birinchi 3 standart ulanish 1913-yil 
Eyntgoven tomonidan taklif qilingan. Elektronlar bunda quyidagi tartibda 
joylashtiriladi:
I ulanish: chap qo‘l (+) va o*ng qo‘l (-);
II ulanish: chap oyoq (+) va o‘ng qo‘l (-);
III ulanish : chap oyoq (+) va chap qo‘I (-).
Bu ulanishlar o‘qi ko‘krak qafasi frontal tekisligida eyntgoven uchburchagini 
tashkil qiladi.


EKG egri chizig‘ida bo'lmacha va qorinchalar kompleksini ajratish mumkin. 
Bo'lmacha kompleksi qo‘zg‘alishning ikkita bo'lmacha bo‘yicha ham tarqalishini 
ifodalovchi R tishchasidan boshlanadi. Keyin uning orqasidan RQ segmenti 
keladi, uning davom qilish vaqtida bo‘lmachalarning hamma boMimlari 
qo‘zg‘alish bilan qamrab olinadi. Bo‘lmacha repolyarizatsiyasi qorinchalar 
kompleksi boshlanishiga to ‘g ‘ri keladi - egri chiziqda Q tishchadan T 
tishchagacha bo‘lgan qism. QRS-kompleksi qo‘zg‘alishning qorinchalar bo‘yicha 
tarqalishini, T-tishchasi esa ulaming repolyarizatsiyasini aks ettiradi. ST segmenti 
bo'lmacha kompleksi PQ segmenti singari qorinchalar hamma bo‘Umlarining 
qo‘zg‘alish holatiga to‘g‘ri keladi. Ayrim holatlarda T-tishchadan keyin U - 
tishcha aniqlanishi mumkin; ehtimol bu o‘tkazuvchi tizim oxirgi tarmoqlari 
repolyarizatsiyasidan dalolat berishi mumkin.
EKG tishchalari va tishchalar orasidagi intervallar vaqti:
R - 0 , 0 6 - 0 ,1 "
R Q -0 ,1 2 -0 ,1 8 "
QRS-0 ,0 6 - 0,09"
ST- 0 ,3 2 "
T Q -0 ,4 2 "
R R - 0 ,8 - 1 "

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish