2 4 -m a sh g ‘ulot
1.
Qon bosimi (QB) qon tomiri ichidagi bosim (arteriya ichidagi - arterial,
kapillar ichidagi - kapillar, vena ichidagi venoz), qon tizimi bo‘yicha qonning
harakatini ta’minlaydi va shu orqali organizm to‘qimalarida modda almashinuv
jarayonini amalga oshiradi. Arterial bosim (AB) katta-kichikligi asosan yurak
qisqarish kuchi, yurak har bir qisqarganda otiladigan qon miqdori, tomir devorlari
tomonidan (ayniqsa, periferik tomirlar) qon harakatiga ko‘rsatiladigan qarshilik
bilan aniqlanadi. Shuningdek AB ga sirkulatsiyadagi qon miqdori, uning
yopishqoqligi, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida nafas harakati o‘zgarishi bilan bog‘liq
bosimning o‘zgarishi ta’sir qilishi mumkin.
Ko‘pincha arterial bosim aniqlanadi, chunki kapillar yoki venoz bosimni
aniqlash texnik nuqtai nazardan murakkab hisoblanadi. AB ni oMchash uchun
italiyalik shifokor Riva - Rochchi 1896-yilda ishlatishga qulay apparat taklif
qildi. Uning bu usuli rus terapevti N. A. Korotkov tomonidan 1905-yilda
takomillashtirilgan.
AB chap qorincha sistolasi vaqtida maksimal darajaga yetadi. Bunda yurakdan
60-70 ml qon chiqariladi. Bu miqdordagi qon darhol mayda qon tomirlari
(ayniqsa, kapillarlar) orqali o‘ta olmaydi, shuning uchun ham elastikli aorta
cho‘ziladi va unda bosim (sistolik bosim deb nomlanuvchi bosim) oshadi.
Qorinchalar qisqarishi orasidagi pauza davrida (diastola) cho'zilgan holatda
bo'lgan qon tomirlari devorlari (aorta va yirik arteriyalar) qisqara boshlaydi va
qonni kapillarlarga haydaydi. Qon bosimi asta- sekinlik bilan pasayadi va diastola
oxiriga borib minimal darajaga yetadi. Sistolik va diastolik bosim orasidagi farq,
to‘g‘rirog‘i ulaming kattaligidagi siljishlar puls to‘lqinlari sifatida qabul qilinadi
va puls bosimi deyiladi.
2.
AB 100/70 - 139/89 mm sim. ust. atrofida o ‘rtacha hisoblanadi. Ammo
uning kattaligi hatto sogiom odamlarda mutlaq stabil bo‘lmaydi va odam
individual xususiyatlari, jins, yashash tarzi, ish turi, kasbi, ijtimoiy-moddiy
sharoitiar, jug‘rofiy hududlarga bog‘liqdir. AB yoshga qarab o‘zgaradi.
Yosh
AB ( mm sim. ust)
(yillarda)
sistolik
diastolik
1 6 -2 0
1 0 0 -1 2 0
7 0 -8 0
2 0 -4 0
12 0 -1 3 0
7 0 -8 0
4 0 - 6 0
140 gacha
90 gacha
60 dan katta
150
90
Ammo og‘ir jismoniy ish bilan muntazam ravishda shug‘ullanuvchi
odamlarda, shuningdek sportchilarda sistolik bosim kamayishi mumkin va 100-
90, diastolik 60 va hatto 50 mm sim. ust. tashkil qilishi mumkin. Bolalarda sistolik
bosim taxminan 80+2a formulasi bilan hisoblanishi mumkin; a - bola yoshi.
В kun davomida hayajonlanganda, kuchli aqliy va jismoniy ishda, iqlim
o‘zgarishi ta’sirida va hatto tinch holatda ham o‘zgarishi mumkin. Juda kichik
AB kechasi registratsiya qilinadi, u erta bilan ko‘tariladi, soat 8 da birmuncha
kamayadi, kechga borib (soat 17 dan keyin) yana ko‘tariladi. Sog‘lom odamda
AB bunday siljishlar! 3 - 5 - 10 - mm sim. ust. tashkil qiladi.
JSST ekspertlarining tavsiyasiga binoan AB ko‘rsatkichlari 160 mm sim. ust.
(maksimal) va 95 mm sim. ust. dan (minimal) ortiqroq bo‘lsa, u ko‘tarilgan deb
hisoblash mumkin. AB 140/90 - 159/94 atrofida davriy ko‘tariladigan shaxslar
xavf (yoki chegara gipertoniyasi) guruhga kiritiladi,
3. Hozirgi zamon tushunchasiga asosan tomirlar tonusi ikkita asosiy: bazal
va vazomotor komponentlardan iborat.
Tomir tonusi bazal komponenti tomir tuzulish xususiyatlari (kollagen
tolalardan tashkil topgan qattiq tomir sumkasi xaltachasi) va qonning
kengaytirishiga javoban yuzaga keladigan tomir devori qisqaradigan qismining
miogen omili bilan aniqlanadi. U mushak to‘qimasi ionlar almashinuvi, jumladan,
kationlar almashinuvi o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
Tomir tonusining vazomotor komponenti tomir toraytiruvchi simpatik
innervatsiyaga bog‘liq va katexolam inlarning adrenergik effekti bilan
aniqlanuvchi tomir devori qisqaruvchi qismini o‘z ichiga oladi.
4. Simpatik asab tolalari teri va qorin bo*shlig‘i a’zolari tomirlarini toraytiradi.
Chunki ko‘pchilik arteriolalar halqasimon mushaklaming tonik qisqarishini
kuchaytiruvchi impulslar o'tkazadi (ammo, asosan yurak va skelet mushaklari
tomirlarini qisqartiradi). Bular vazokonstrik-torlardir. Tomir toraytiruvchi
asablarning mediatori tomir mushaklarini hamma vaqt qisqartiruvchi noradrenalin
hisoblanadi. Vazodilyatatorlar tomirlarni kengaytiradi. Ularga mediatori
atsetixolin hisoblanadigan parasimpatik asab tizimi va aralash asablar, akson-
refleks kiradi.
5. Tomirlami harakatlantruvchi markaz - qon tomirlariga ta’sir ko‘rsatuvchi
MAT ning orqa miyadan boshlab to po'stloq katta yarim sharlarigacha bo'lgan
tuzilmalar yig‘mdisini o‘z ichiga oladi. Uzunchoq miya tomir barakatlantiruvchi
asosiy bulbar markazi IY qorincha tubida joylashgan. Ammo u ham MAT yuqori
qismlari, asosan miya po‘stlog‘i ta’siri ostida bo‘ladi. Miya po‘stlog‘i ko‘p
qismlarining qitiqlanishi yurak-tomir tizimi (YUTT) tomonidan reaksiyalar
rivojlanishi bilan kechadi. K o'proq darajada qon aylanishga ikki sohada
mujassamlashgan po'stloq qismlari ta’sirko‘rsatadi: 1) neokorteksda - yarimsharlar
tashqi yuzasida, asosan motor va premotor hududda; 2) paleokorteks - asosan
yarimsharlar medial yuzasi sohasi va uning peshona, tepa qismlari.
Neokorteks soha qitiqlanganda ustivorlik bilan, odatda yurak ritmining
tezlashishi bilan birga kechadigan pressor reaksiyalar hosil bo'ladi. Paleokorteks
sohaning qitiqlanishi har xil reaksiyalarga olib keladi. Belbog* pushtasining
oldingi bo‘limlari stimulyatsiyasi asosan depressor effektga olib keladi. Chakka
po‘stloq orolchasi orbital sohasi yaqinida joylashgan nuqtalarga ta’sir qilish ham
pressor, ham depressor reaksiyalar bilan kechishi mumkin.
Tomir harakatlantiruvchi markazda hosil bo‘luvchi impulslar, SAT orqali
arteriolalar va venalar tonusini oshirishi, yurak qisqarishini kuchaytirishi va
tezlashtirishi, AB ni juda yuqori darajada ushlab turishi mumkin. Tomir
harakatlantiruvchi markazning faolligi gipotalamus po'stloq osti markazlari,
retikular formatsiya va miya limbik tizimi tomonidan regulatsiya qilinadi.
Retikular formatsiya hujayralari tashqi ta’sir va ichki a’zolardan ko‘p miqdorda
qitiqlanishlarni qabul qiladi. Ulardan impulslar bosh miya po‘stlog‘i hamma
boMimlariga uzatiladi, uning tonusini va bosh miya boshqa bo‘Iimlarining
qo‘zg‘aluvchanligini saqlaydi.
6. YUTT faoliyatining asab regulatsiyasi, ABning ma’lum darajada ushlab
turilishi endokrin tizim funksiyasi bilan bog‘Iiq. Miyaning bir qismi hisoblangan
gipofiz boshqa ichki sekretsiya bezlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, ular tomonidan
gormonlar ajralishini stimullaydi yoki tormozlaydi. Undan tashqari gipofiz
vazopressin ajratadi, u tomirlar spazmini chaqiradi va buyrakka ta’sir qilib,
omanizmda suv saqlanishini kuchaytiradi.
Qalqonsimon bez yod ushlovchi gormon-tiroksin ajratadi; uning miqdori
ko‘paysa, AB oshadi, pasayganda -kamayadi. Me'da osti bezi ishlab chiqaradigan
insulin miqdori kamayganda va qandli diabet kelib chiqqanda tomirlarda,
jumladan, yurak, miya, buyrakda tezroq va ilgariroq aterosklerotik o‘zgarishlar
rivojlanadi va bu AB ko‘tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari me’da osti bezida
mayda tom irlarni kengaytiruvchi, a ’zolam i qon bilan ta ’m inlanishini
yaxshilovchi, kininlar hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi va AB ni biroz
kamaytiruvchi fermentlar - kininogeninlar hosil bo‘ladi. Jinsiy bezlar gormonlari
ham YUTT faoliyatini regulatsiya qilishda ishtirok qiladi. Ulaming faoliyati
pasayganda, masalan, klimaks davrida, AB tezroq va yengil ravishda oshadi.
AB me’yorida saqlanishida buyrak usti bezi nihoyatda muhim ahamiyatga
ega, uning mag'iz qatlamida AB ning ko‘tarilishini chaqiruvchi adrenalin va
noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Adrenalin yurak
Do'stlaringiz bilan baham: |