O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111
Bog'liq
Lizing

 
Asosiy adabiyotlar 
1. 
www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm
  
2. Прилуцкий Л.Н. Финансовый лизинг. Правовые основы, 
экономика, практика – М.: Ось-89, 1999. 
3. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001, 163-200 c. 
4. Прилуцкий Л.Н. Финансовый лизинг. Правовые основы, 
экономика, практика. Учебное пособие – М.: Изд. Ось –89, 1999, 45-85 c.
5. Ғозибеков Д.Ғ. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва 
амалиёти – Т.: Фан ва технология, 2004. 
6. 
www.leasbusi.ru/
Анализ деятельности pоссийских лизинговых 
компаний. 


71 
VI bob. LIZINGNING BANKLAR TOMONIDAN 
MOLIYALASHTIRILISHI. TAVAKKALCHILIK VA SUG‘URTALASH 
 
6.1. Lizingning banklar tomonidan moliyalashtirilishi 
Banklarda lizing faoliyatiga katta qiziqish uyg‘onishini bir qator 
afzalliklar asoslab beradi: 

mintaqada ta’sir ko‘rsatish sohasi va bajaruvchi operatsiyalar doirasini 
kengaytirish; 

tavakkalchilik mukofoti, lizing marjasining bir qismi hisobiga kapital 
kiritishning eng foydali sohasi; 

moddiy 
ishlab 
chiqarish 
sohasini 
investitsiyalash 
hisobiga 
ishonchlilikni oshirish; 

lizing 
operatsiyasini 
investitsiyalash 
uchun 
kredit 
berishda 
tavakkalchiliklarni minimallashtirish; 

lizing beruvchiga taqdim etiluvchi soliq imtiyozlari banklarga boshqa 
faoliyat turlaridan olinuvchi daromadlarni yashirish imkonini beradi. 
Banklarning lizing biznesida ishtirok etishida ikkita asosiy usul 
qo‘llanadi:
1

bevosita usul, bunda bank o‘z tuzilmasida maxsus bo‘lim yoki 
mutaxassislar guruhini yaratish yo‘li bilan lizing beruvchi sifatida ishtirok etadi; 

bilvosita usul, bunda bank mustaqil lizing kompaniyasini ta’sis etadi va 
lizing beruvchining kreditori sifatida ishtirok etadi. 
Banklar va lizing beruvchilarning o‘zaro kredit munosabatlari turlicha 
bo‘lishi mumkin. Banklar kafolatlangan (mijozning to‘lov layoqatini 
aniqlagandan so‘ng har bir operatsiya uchun alohida beriladi va muddati 
bo‘yicha lizing shartnomasi muddati bilan mos tushadi) kreditlar va 
kafolatlanmagan (qarz oluvchiga beriluvchi oddiy bank kreditlarini ifodalovchi) 
kreditlarni taqdim etadilar. Lizing kompaniyalarining sezilarli kredit 
ehtiyojlarini qondirar ekan, banklar lizingning muayyan turlari rivojlanishi va 
miqyosiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda amal 
qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida (O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan 1997 - yil 29 - martda 11-sonli 
bayonnoma bilan tasdiqlangan 327-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklari 
tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Qoidalar”) 
ham banklarning lizing operatsiyalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
1
Лещенко М.И. Основы лизинга – М.: Финансы и статистика, 2001, 145б. 


72 
Bank va ijarachi o‘rtasida moliyaviy vositachining mavjudligi 
moliyalashtirishning lizing sxemasini bevosita kreditlashdan farqlanishiga sabab 
bo‘ladi, biroq umum qabul qilingan kreditlash amaliyoti bu yerda to‘laligicha 
saqlanadi. Bevosita bankdan qarz oluvchi – lizing firmasi – lizing oluvchi. 
Mavjud tajribalarning ko‘rsatishicha, respublikamizda muvaffaqiyatli 
faoliyat ko‘rsatayotgan lizing kompaniyalarining asosiy qismi keyinchalik 
ularning kreditorlariga aylangan yirik banklar ishtirokida tuzilgan. Masalan, 
O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tomonidan tuzilgan “Baraka” universal 
lizing 
kompaniyasi 
birdaniga 
ikki 
vazifani: 
lizing 
operatsiyalarini 
moliyalashtirishning ishonchli manbasini shakllantirish va bir vaqtning o‘zida 
ularni sug‘urtalashni amalga oshirdi. 
Lizing kompaniyalarini yaratish va ularning faoliyatida Malayziyaning 
“Malayan benking Berxad” banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi 
xorijiy banklar ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy Banki ishtirokida ular bilan birgalikda 
“O‘zlizinginterneyshnl AJ” kompaniyasi tuzildi. Bundan tashqari O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy Banki o‘z hamkorlari (xorijiy 
banklar va eksport-sug‘urta agentliklari) bilan birgalikda qiymati 350 mln. 
AQSH dollariga teng bo‘lgan lizing operatsiyalarini moliyalashtirishni amalga 
oshirishga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy 
Bankidan tashqari lizing operatsiyalarini O‘zbekistonning 14 ta tijorat banklari 
amalga oshiradilar. 
Umuman 2005 - yilda O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan jami 
qiymati 20,9 mlrd. so‘m, ya’ni 2004 - yilga nisbatan 2 baravar ko‘p lizing 
loyihalari amalga oshirilgan.
1
Bunda O‘zbekistonning tijorat banklari lizing 
loyihalarini bevosita moliyalashtirishdan tashqari, ta’sischi sifatida lizing 
kompaniyalarini ham moliyalashtirmoqda. Ular asosan milliy valyutada 
moliyalashtiradilar, lizing obyektlari esa respublikaning ichki bozorida xarid 
qilinadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish