O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
Lizing

Ichki tavakkalchiliklar
quyidagi turlar bilan tavsiflanadi: 

loyiha tavakkalchiliklari - asosan muayyan loyihani ishlab chiqish va 
amalga oshirish bilan bog‘liq. Bu qatorga loyihaning moliyaviy nuqtai 
nazardan nochorligi, loyihaning ekologik xavfi, lizing oluvchining sotuv tizimi 
mukammal emasligini kiritish mumkin. Mazkur tavakkalchilik turini faqat 


74 
taklif etilayotgan lizing loyihasini chuqur tahlil qilish yordamidagina 
minimallashtirish mumkin; 

lizing predmeti bilan bog‘liq tavakkalchiliklar. Bular asosan mulkni 
qaytarmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi, asbob-uskunalarni ikkilamchi bozorda sota 
olmaslik xavfi, ma’naviy eskirishning tezlashish xavfi va marketing 
tavakkalchiligidir. Mulkni sug‘urtalash, ta’minlashning samarali sxemalarini 
ishlab chiqish, shartnoma bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan muddatni 
belgilash, tavakkalchilik mukofoti miqdorini oshirish, asbob-uskunalarning 
ilg‘or va progressiv turlaridan foydalanish, lizing shartnomasi muddati 
tugagandan so‘ng lizing obyektini bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda 
sotish bu tavakkalchiliklarni kamaytirish usullari hisoblanadi; 

moliyaviy tavakkalchiliklar valyuta kurslarining tebranishi, bank 
kreditlari bo‘yicha % stavkalarining lizing beruvchi stavkalaridan oshirilishi, 
shartnoma muddati amal qilayotgan muddat davomida lizing beruvchi o‘zining 
aktiv operatsiyalarini qayta moliyalashtirishga qodir bo‘lmagan paytda lizing 
obyekti narxining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Bu qatorga % 
tavakkalchiligi, 
lizing 
to‘lovlarini 
to‘lamaslik 
tavakkalchiligi, 
narx 
tavakkalchiligi, muvozanatlanmagan likvidlik tavakkalchiligini kiritish mumkin. 
Ularni moliyaviy fьyucherslar oldi-sotdisi yoki “%li svop” bitimini tuzish, lizing 
oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qilish, bitta lizing shartnomasi miqdorini 
chegaralash, uchinchi shaxslardan kafolat olish, to‘lovni amalga oshirmaslikni 
sug‘urtalash, har bir lizing to‘lovining qat’iy summasini belgilab qo‘yish, pul 
oqimlarini vaqti va hajmi bo‘yicha belgilash, zaxira jamg‘armasini yaratish va 
passiv operatsiyalarni diversifikasiyalash yordamida kamaytirish mumkin. 
Umuman lizing faoliyatida yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni ikkita – 
dinamik va statistik guruhga bo‘lish mumkin. Tavakkalchiliklarning birinchi 
guruhi loyihani amalga oshirishning siyosiy va bozor sharoitlari, asosiy kapital 
qiymatidagi oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu 
o‘zgarishlar qo‘shimcha xarajatlar va yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. 
Ikkinchi guruh lizing kompaniyasi layoqatsizligi tufayli daromadlarni yo‘qotish, 
mulkka zarar etkazish natijasida real aktivlarni yo‘qotish tavakkalchiligidir. 
Qoidaga ko‘ra tavakkalchiliklarning barcha turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 
lizing kompaniyalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat tavakkalchiliklarni 
optimallashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi hamda 
muayyan tavakkalchiliklar tarkibini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shu 
munosabat bilan har bir lizing operatsiyasini amalga oshirishdan avval loyiha 
tavakkalchiliklari har tomonlama tahlil qilinishi zarur. Mazkur tahlilning 


75 
maqsadi loyihada ishtirok etishning maqsadga muvofiqligi uchun zarur 
ma’lumotlarni taqdim etish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy 
yo‘qotishlarni oldindan ko‘ra bilishdan iborat. Har bir muayyan holatda lizing 
beruvchi o‘z zimmasiga oluvchi tavakkalchilik darajasini aniqlashi lozim. 
Bunda shuni qayd etish joizki, tavakkalchiliklardan hech biri to‘laligicha 
bartaraf etilishi mumkin emas, chunki lizing kompaniyalari faoliyati % 
stavkalari va qayta moliyalashtirish stavkalarining, soliq qonunchiligi va valyuta 
kurslarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Lizing beruvchi o‘z zimmasiga 
qanchalik ko‘p tavakkalchilikni olsa, operatsiyalarni amalga oshirishda uning 
stavkalari shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu muammo barcha operatsiyalarni 
birgalikda va har bir operatsiyani alohida foydalilik va tavkkalchiliklarining 
optimal 
uyg‘unlashuvini 
aniqlash 
yo‘li 
bilan 
hal 
qilinadi. 
Bunda 
tavakkalchiliklarni sug‘urtlash oldindan ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlarning 
ta’sirini cheklash, amaldagi foyda miqdorining rejadagidan eng kam og‘ishini 
ta’minlashga yo‘naltiriladi, qo‘yilmalar miqdorini mazkur vaziyatda yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar tavakkalchiliklari bilan bog‘lash lozim 
bo‘ladi. 
Loyiha 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish