Kiritilgan kapitaldan olinuvchi daromad
– balans bo‘yicha foydaning
(zararning) umumiy passiv miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkich lizing oluvchining asosiy va aylanma vositalaridan foydalanish
samarasini tavsifaydi hamda tarmoq yoki mintaqadagi boshqa korxonalar
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi.
Kontrakt (shartnoma)
– tomonlarning huquq va majburiyatlari,
shuningdek, majburiyatlarni bajarish muddati ko‘rsatilgan kelishuv, shartnoma.
Kredit
– pul qiymatining to‘lov muddati o‘tib ketgan tovarlarni sotish
yoki vaqtinchalik berish amalga oshiriluvchi o‘ziga xos shakli. Kreditning ikki
xil turi mavjud: tijorat krediti – bunda tomonlar sotilgan tovar uchun to‘lov
muddatini kechiktirish yo‘li bilan tovarni sotish yoki sotib olishda bir-birini
kreditlaydi; bank krediti – bunda banklar pul ssudasini taqdim etadi.
Lizing
–
murakkab, dinamik tizim, kredit, investitsion va ijara bitimlari
elementlarini qamrab oladi, keyinchalik mulk huquqini o‘zgartirish natijasida
ishlab chiqarish vositalarining ularni sotib olish yoki ijaraga berish yo‘li bilan
vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkiy munosabatlar amalga
oshiriladi.
Lizing xizmati
– o‘ziga xos tovar. Buyum shaklidagi tovarlardan farqli
o‘laroq zarur hollarda jamlash va sotish mumkin. Lizing xizmati moliyaviy va
mulkiy xizmatni ifodalaydi.
Lizing xizmatlari diversifikatsiyasi
– lizing obyektlari yoki ko‘rsatiladigan
xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish.
Lizing shartnomasi
– ikkita (jismoniy yoki yuridik) shaxsning biron-bir
huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish
bo‘yicha kelishuvi. shartnoma predmeti, narxlar, muddatlar hamda tomonlardan
birining oldindan berilgan arizasiga muvofiq kelishuvga kelish mumkin bo‘lgan
shartlar shartnomaning asosiy bandlari hisoblanadi.
Makroiqtisodiy risklar
– iqtisodiyotdagi o‘sish yoki inqirozni kutish, bank
sohasining rivojlanish darajasi, yalpi milliy mahsulot o‘sishining pasayishi va
148
siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik munosabatlaridagi qiyinchiliklar jarayonida yuzaga
keladi.
Narxni erkinlashtirish
– bozor iqtisodiyotiga o‘tishning talablaridan biri.
Narxlarning keskin va sezilarli o‘sishi, bir vaqtning o‘zida ularning nisbati
o‘zgarishi va markazdan nazorat qilinmay qo‘yilishini anglatadi.
Oldi-sotdi shartnomasi
– bozor iqtisodiyotida qo‘llanuvchi asosiy
shartnoma turlaridan biri. Oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra sotuvchi xaridorga
mulk qilib sotishni, xaridor esa mulk qilib sotib olish va buning uchun
belgilangan miqdorda haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Oferta
– tomonlarning biridan taklif etiluvchi ma’lum bir sharoitlarda
shartnoma tuzish taklifi. Shartnoma ikkinchi tomon rozilik bildirgan holda
haqiqiy deb hisoblanadi.
Risk
– kompaniyaning o‘z resurslari bir qismini yo‘qotish, daromadni
to‘liq olmaslik yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lish
xavfi.
Samaradorlik
– iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosi, jamiyatning
cheksiz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga erishish uchun cheklangan
resurslardan eng yaxshi foydalanish yoki ularni qo‘llash yo‘llarini tadqiq etadi.
Siyosiy risklar
– davlatning iqtisodiy siyosati, siyosaiy vaziyatning
o‘zgarishi natijasida vujuga keluvchi moliyaviy yo‘qotishlar.
Soliq imtiyozlari
– soliq to‘lovlaridan to‘liq yoki qisman ozod qilish.
Xususan, lizing subyektlariga QQS, foyda solig‘i va mulk solig‘i bo‘yicha bir
qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod
qilingan. O‘zbekistonga kiritiluvchi texnologik asbob-uskunalar importchiga
xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ozod qilinadi.
Soliq risklari
– soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlaridagi
noaniqlik va ziddiyatlar.
Soliqlar
– yuridik va jismnoiy shaxslardan davlat tomonidan undiriluvchi
majburiy to‘lovlar. Soliqlar ikkita vazifani: fiskal va iqtisodiy vazifani
ifodalaydi. Fiskal vazifa davlatning pul daromadlarini tashkil qilish va davlat
faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish, jumladan, iqtisodiyotga ta’sir
ko‘rsatish vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy vazifa – soliqlardan ishlab chiqarishni
tartibga solish, rivojlanishning o‘sish sur’atini to‘xtatib turish yoki
rag‘batlantirish, kapital jamg‘arilishini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining
to‘lov layoqatiga ega talabini kengaytirish yoki kamaytirishda foydalaniladi.
149
Tijorat banki
– paychilar kengashi tomonidan boshqariluvchi mustaqil
aksiyadorlik tashkiloti. Mustaqil balansga ega yuridik shaxs hisoblanadi.
Faktoring va lizing operatsiyalarini bajaradi.
Foyda solig‘i
– korxonalar sof daromadining bir qismini davlat
daromadlari foydasiga o‘tkazish shakli. Soliqqa tortiluvchi foyda balansdan
kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Huquqiy risk
– qonun hujjatlarining o‘zgarishi natijasidagi yo‘qotishlar
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Egalik qilish
– shaxsning buyum ustidan amalda hokimligini anglatuvchi
mulk huquqi elementi. Egalik qilish mulk huquqidan ajratilishi va uning egasi
tomonidan amalga oshirilmasligi mumkin. Egalik qilish mulk egasiga, uning
hohishiga ko‘ra yoki qonunchilik va ma’muriy huquq talablari bo‘yicha
uchinchi shaxsga tegishli bo‘lgan hollarda qonuniy hisoblanadi. Huquqiy asosga
ega bo‘lmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi.
150
Do'stlaringiz bilan baham: |