7- §. Statik noaniq balkalar hisobi
Statik noaniq balka tutash balka ikkita emas, balki
bir nechta
tayanchlarga tayangan holda paydo bo‘ladi (10.30
a
-rasm).
Bunday turdagi balkalar ko‘p oraliqli balkalar deb ataladi (oraliq–
qo‘shni tayanchlar orasidagi masofa). Ba’zan balkaning bir (yoki ikkala)
uchi qistirib mahkamlangan bo‘ladi (10.30
b,d
-rasmlar). Balkaning statik
noaniqlik darajasini (10.1)
ifoda orqali aniqlash mumkin, ammo sharnirli
tayanchlardagi balka uchun bu ifodani ishlatishning hojati yo‘q,
chunki
uning statik noaniqlik darajasi tayanchlar umumiy sonidan 2 ni
ayrilganiga teng, yani «qo‘shimcha» tayanchlar soniga teng (10.30
a
rasmda keltirilgan balka uchun
n=4
). Bir tomoni
qistirib mahkamlangan
balka statik noaniqlik darajasi sharnirli tayanchlar soniga teng (10.30
b-
rasmda
n=5
), ikkala tomoni qistirib mahkamlangan balkada – sharnirli
tayanchlar soniga 3 qo‘shiladi (10.30
d
-rasm).
10.30-rasm. Tutash balkalar:
a) sharnirli
tayanchlarda yotuvchi balka; b) bir uchi qistirib mahkamlangan balka;
d) ikki uchi qistirib mahkamlangan balka.