352
rezonanslari hodisalari tashkil etadi va bunday o‗zgartgichlar kuchlanish yoki tok
manbalari sifatida elektr yuritmalarda qo‗llaniladi.
Mexanik uzatuvchi qurilmalar
- elektr motor vali tezligi bilan ishchi mashina
ijrochi organi tezligini o‗zaro moslashtiruvchi mexanik uzatish qurilmalari
reduktorlar, shkivlar, transportior lentalari, tasmali va zanjirli uzatmalar, turli
rusumli muftalar va boshqa mexanik uzatuvchi qurilmalar bo‗lishi mumkin.
Elektrik va noelektrik o‘lchov o‘zgartgichlari
- elektr
yuritmaning elektrik va
noelektrik ko‗rsatkichlarini nazorat qilish va bu ko‗rsatkichlardan elektr motorlarni
boshqarish maqsadida qollaniladi. Masalan, tok va
kuchlanish transformatorlari,
taxogeneratorlar, kuchlanish bo‗lgichlar, termoqarshiliklar, termoparalar va o‗nlab
turdagi o‗lchov o‗zgartgichlari.
Elektr yuritmalarning tarixiy rivojlanishi -
elektr yuritmalarning tarixiy
rivojlanishi elektr mashina ishlab chiqarish va undan unumli foydalanish bilan
chambarchas bog‗liqdir. Elektr yuritmaning fan sifatida shakllanishi 1880 – yildan
boshlangan bo‗lsa ham, tom ma‘nodagi rivojlanishi yigirmanchi asrning birinchi
yarmida shakllandi va tez rivojlana boshladi. Elektr yuritmaning rivojlanishi yarim
o‗tkazgichlar texnikasi va mikroelektrotexnikaning rivojlanishi va
ular asosidagi
boshqariluvchi o‗zgartgichlar yaratilishi bilan uzviy bog`langandir. Avval
boshqarilishi oson bo‗lgan an‘anaviy o‗zgarmas tok elektr yuritmalari tez rivojlana
boshladi. Keyinroq esa o‗zgarmas tok elektr motorlariga nisbatan konstruktiv
sodda, tannarxi bir necha marta arzon va istiqbo‗lli o‗zgaruvchan tok motorli, ya‘ni
asinxron motorli, chastotani o‗zgartirib, tezligi rostlanadigan asinxron elektr
yuritmalarni loyihalash va yaratish ishlari olib borildi.
Elektr yuritmaning ushbu sohasini rivojlantirishda o‗zbek olimi akademik
M.Z. Hamudxonov va uning ilmiy maktabi a‘zolarining chastotani o‗zgartirib
tezligi rostlanadigan asinxron va sinxron elektr yuritmalarni yaratish va ularning
statik va dinamik rejimlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida
erishgan natijalari
elektr yuritma fani taraqqiyotiga sezilarli xissa bo‗lib qo‗shildi.
Hozirga kelib zamonaviy elektr yuritmalarning rivojlanishi quyidagi asosiy
yo‗nalishlarda bormoqda: zamonaviy yarimo‗tkazgichli boshqariluvchi
353
o‗zgartgichlar va ularni mikroprotsessorli boshqarishga asoslangan komplekt elektr
yuritmalarni yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy qilish; elektr
yuritmalarning
energetik ko‗rsatkichlarini oshirish; tezligi rostlanuvchi asinxron motorli elektr
yuritmalarning qo‗llanish doirasini tinmay kengaytirish va ularning energiya
tejamkor ish rejimlarini tahlil qilish va ular asosida
energiya tejamkor elektr
yuritmalarini yaratish hamda ishlab chiqarish qurilmalarini boshqarishga joriy
qilish; zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr
yuritmalarni loyihalash, yaratish va
ekspluatatsiya qilishni uddalovchi yuksak malakali muhandis–texnik va ilmiy
xodimlarni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: