12.4.
Quvvatni hisoblash va elektrmotor turini tanlash.
Yuritma eletr motorini tanlashda quyidagi qator masalalar echiladi:
- elektr motor quvvatini hisoblash;
- nominal aylanish tezligini hisoblash (shuningdek mexanik uzatmaning uzatish
nisbati aniqlangan);
- yuklanish shartlari bo‗yicha ish rejimlariga ko‗ra motorni tanlash;
- yurgazish shartlariga ko‗ra motorni tanlash;
- motor himoya qobig‗i darajasini aniqlash;
- atrof – muhitga ko‗ra motor konstruktiv ijrosini tanlash;
- motorni sovutish tizimini tanlash.
Atrof – muhit shartlariga ko‗ra motorlar quyidagi klimatik ijrolarda
tayyorlanadi. U, UXL, T, M, OM (GOST 15543 - 70) (mo‗tadil, mo‗tadil va
sovuq, tropik, dengiz iqlimi).
Xizmat ko‗rsatuvchi personalning tok o‗tkazuvchi va xarakatlanuvchi
qismlarga tegib ketishidan himoyalash bo‗yicha, mashina ichiga begona jismlar
tushishidan, namlik va suv tushishidan himoyalash bo‗yicha quyidagi ijrolarda
tayyorlanadi:
328
12.1-jadval
IP00
- Ochiq elektr mashinasi, maxsus himoya yo‗q.
IP10,IP20
- Begona jismlar tegishi va tushishidan himoyalangan.
IP11…IP43 - Suv tomchilaridan himoyalangan, begona jismlar tegishi va
ichiga tushishidan himoyalangan.
IP44 – IP54 - Yopiq mashina, suv sachirashlaridan himoyalangan, begona
jismlar tegishi va ichiga tushishidan himoyalangan.
IP55 – IP58 - Yopiq mashina, suv sepmalaridan va uzoq vaqt suvta‘sirida
bo‗lganda suvning ichiga o‗tishidan himoyalangan.
Bulardan tashqari portlash xavfi bo‗lgan sharoitlarda va atrof – muhitning
maxsus sharoitlarida ishlaydigan mashinalar ishlab chiqariladi.
Sovutish tizimi bo‗yicha motorlar tabiiy sovutishli, o‗zini o‗zi sovutuvchi va
muqobil sovutish tizimli mashinalarga bo‗linadi.
Dinamik rejimlarda (davriy xarakatli mashinalar, kuzatuvchi yuritmalar va b.)
ishlaydigan elektryuritmalar uchun rotorining kamaytirilagan inersiya momentiga
ega bo‗lgan motorllarni tanlashga harakat qilinadi. Bunday sharoitlar uchun kam
inersiyali elektrmotorlar ishlab chiqiladi. Krivoship – shatunli mexanizmlar uchun
esa oshirilgan inersiya momentli elektrmotorlar ishlab chiqiladi. Takrorli – qisqa
vaqtli rejimda va noqulay foydalanish sharoitlarida ishlaydigan yuritmalar uchun
maxsus konstruksiyali motorlar ishlab chiqariladi – kran – metallurgiya xo‗jaligi
motorlari.
Elektryuritmaning nominal parametrlarini tanlashda elektrmotor vali va
ishchi mashinani birlashtiruvchi reduktor yoki boshqa uzatmaning uzatish soni
qiymatini aniqlash masalasini halqilishga to‗g‗ri keladi. Sinxron va asinxron
motorlar katta aylanish tezligi bilan ishlab chiqariladi (sinxron motorda odatda
3000, 1500, 1000, 750 va 600 ayl /min bo‗ladi). Aksariyat hollarda mashina ishchi
a‘zosining tezligi ancha past bo‗lishi talab qilinadi. Aylanish tezligini kamaytirish
329
va ishchi a‘zo validagi momentni kuchaytirish uchun pasaytiruvchi uzatmalardan
(reduktor) foydalanishga to‗g‗ri keladi.
Shuni ta‘kidlash kerakki elektrmotorning massasi, tashqi o‗lchamlari uning
nominal quvvati bo‗yicha emas, balki nominal momenti bilan aniqlanadi
M
n
=
,
(12.1)
Bu yerda,
– motorning nominal quvvati, Vt,
M
n
- motorning nominal momenti, Nm,
- motorning nominal burchak tezligi 1/s,
- motorning nominal aylanish tezligi ayl/min.
Elektr motorning nominal momenti elektr mashina aktiv qismlari hajmiga va
bu mashina uchun qabul qilingan elektrik va elektrmagnit yuklamalar qiymatiga
proporsional bo‗ladi.
M
n
= k· D
2
·L·A·B.
Bu yerda – D va L – motor rotori–aktiv qismining diametr iva uzunligi.
A- chulg‗amdagi cheklangan tok zichligi, A/mm
2
B – magnit o‗tkazgichdagi induksiya, Tl.
Taxminan aytish mumkinki, motor aktiv qismi o‗lchamlari va og‗irligi uning
nominal momentiga proporsional bo‗ladi. masalan 750 ayl/min aylanish tezligiga
ega bo‗lgan asinxron motor, shu quvvatli 3000 ayl/min tezlikni motorga nisbatan 4
barobar katta va qimmat bo‗ladi.
Shundan kelib chiqqan holda konstruktorda quyidagi tanlov muammosi bo‗ladi.
- katta aylanish tezlikli, kichik xajmli ixcham motorni reduktor bilan ishlatishmi?
- yoki kichik aylanish tezlikli, katta xajmli qo‗pol motorni reduktorsiz to‗g‗ridan –
to‗g‗ri ishlatishmi?
Tanlov texnik – iqtisodiy ko‗rsatkichlarni solishtirish va ishchi mashinani to‗liq
holda to‗g‗ri joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
330
Kichik va o‗rta quvvatli elektr yuritmalar uchun (200 kWt gacha) odatda
reduktorli yuritmalar qo‗llaniladi. Zamonaviy konstruktorlik yechimlarida motor
va reduktor bitta korpusda yig‗ilgan motor – reduktor ko‗rinishidagi yuritmalar
ham keng ko‗lamda ishlatiladi.
Elektr motorning quvvati asosan uchta shartga ko‗ra hisoblanadi:
1.
Motorning qizishi berilgan himoya sinfi uchun cheklangan qiymatdan oshib
ketmasligi kerak.
2.
Motorning ortiqcha yuklanish qobiliyati yetarli darajada bo‗lishi kerak va
yurgazish va tormozlash kabi rejimlarda ishlaganda hosil bo‗ladigan
maksimal momentlarni ko‗tara olishi kerak.
3.
Katta inretsiya momentli mexanizmlari bo‗lgan yuritmalarda yoki bir soat
davomida ko‗p sonli o‗chirishlar bo‗lgan holatlarda rotorning qizishiga yo‗l
qo‗yilmasligi kerak.
Motorning cheklangan qiymatidan ortiqcha qizib ketishi himoya qatlamining
eskirishiga va motorning tez ishdan chiqishiga olib keladi. Motor qizish
haroratining cheklangan qiymati motor chulg‗amlari himoyasi sinfiga bog‗liq
bo‗ladi.
12.1 – jadval
Turli sinfli himoya qatlami uchun cheklangan qizish harorati va haroratning
ortishi qiymatlari.
Parametrlar
Himoya sinfi
E
V
G‗
N
Himoya
materialining
cheklangan
qizish harorati (ST –SEV 782-77),S
0
120
135
155
180
Elektr
motor
chulg‗amlarining
cheklangan qizish harorati (GOST -
183-74),S
0
-
120
140
165
Harorat
ortishining
cheklangan
qiymati (GOST 183-74), S
0
75
80
100
125
331
Motor qizib ketish haroratini bizga ma‘lum bo‗lgan yuklanish diagrammasi
asosida hisoblash nihoyatda qiyin masala hisoblanadi. Aniqroq bo‗lgan usul
motordagi o‗rtacha energiya isroflari usuli hisoblanadi (ΔP
o‘r
). Bunda har qaysi
yuklanish uchun motordagi energiya isroflari qiymati aniqlanadi, undan keyin
bir sikl uchun energiya isroflarining o‗rtacha qiymati aniqlanadi. Bunday usul
isroflarni hisoblash murakkabligi uchun kam qo‗llaniladi. Shuning uchun
amaliyotda motor qizishining baxolashning boshqa usullaridan foydalaniladi.
Eng ko‗p qo‗llaniladigan usul ekvivalent kattaliklar (tok, mment yoki quvvat)
usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |