A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 - rasm. Mikroprotsessor boshqaruvli hisoblash mashinasi (EHM)



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

9.10 - rasm. Mikroprotsessor boshqaruvli hisoblash mashinasi (EHM) 
tuzilishi 
Mikroprotsessor arifmetik – mantiqiy tuzilma, boshqaruv tuzilmasi va 
registrlar blokidan tashkil topadi hamda registrlar, manzil akkumlyatori, dasturli 
hisoblagich kabilarni o‗z ichiga oladi. Arifmetik – mantiqiy tuzilma (ALQ) ikkilik 
tizimida berilgan ma‘lumotlar bo‗yicha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni 
bajarish uchun mo‗ljallangan. 
Mikroprotsessor tizimli (MPT) bu bir yoki bir nechta mikroprotsessordan 
(MP) tashqari operativ xotira qurilmasi (OXQ), doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va 
kiritish – chiqarish tuzilmalarni ham o‗z ichiga oladi. Boshqaruv hisoblash 
mashinasi (BXM) tarkibida ob‘yekt bilan aloqa qurilmalari (OBA) alohida o‗rin 
tutadi. 
Boshqaruv hisoblash mashinasi (BXM) – qismlarining o‗zaro aloqasi 
(bog‗lanishi) quyidagilar orqali amalga oshiriladi: adreslar shinasi (ASh); 
ma‘lumotlar shinasi (MSh); boshqaruv shinalari (BSh). Bular mikroprotsessor 
tizimi komponentlarini yaxlitlaydi. Shuningdek o‗lchash shinalari, nazorat 
shinalari va boshqaruv shinalari ham mavjudki, ular yuqorida sanalgan shinalar 
bilan 
birgalikda 
ishlab 
boshqaruvchi 
ob‘yekt yoki protsessor bilan 
mikroprotsessorli tizim orasidagi bog‗lanishni ta‘minlaydi.


258 
Mikroprotsessor tizimi konstruktiv jihatdan odam – operator bilan ishlash 
uchun mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin, ya‘ni klaviatura va displey bilan 
ta‘minlanishi mumkin. Bunday holda uni mikro EXM deyiladi. MPT agregativ 
holda ishlash uchun, ya‘ni apparatlarning konstruktiv va funksional birgalikda 
ishlashlari uchun mo‗ljallangan bo‗lishi ham mumkin. 
Mikroprotsessor – bu protsessor xotirasiga dasturli joylashtirilgan 
o‗zgaruvchan ish algoritmli boshqaruv tuzilmasidir. Shuningdek u kiritilgan dasturi 
boshqaruvchining boshqa funksiyalarini bajarish uchun o‗zgartiriladigan unversal 
tuzilma hamdir. 
Dasturlash imkoni borligi mikroprotsessorni boshqaruvning boshqa 
sohalaridagi masalalar yechimlarini hal qilish mumkinligini ko‗rsatadi. 
Talab qilingan boshqaruv algoritmini qo‗llashni ta‘minlaydigan buyruqlar 
ketma – ketligi dasturni tashkil qiladi. Dasturga yozilgan buyruqlar 
mikroprotsessor orqali yozilgan ketma – ketlikda qadamli rejimda bajariladi. 
Dasturning har bir buyrug‗i boshlang‗ich berilganlar bilan nima qilish kerakligi va 
operatsiya natijalarini qaysi manzilga joylashtirish kerakligi xaqidagi axborotga 
ega bo‗ladi. Buyruqning birinchi qismi operatsiya kodidan iborat bo‗ladi (masalan 
qo‗shish, ko‗paytirish). 
Buyruqning ikkinchi qismi esa manzilli bo‗lib, operatsiyalarni joylashtirish 
manziliga ega bo‗ladi. Ba‘zida manzilsiz buyruqlar ham bo‗ladi. 
Mikroprotsessor manzillari, operandlari va buyruqlari ko‗p razryadli ikkilik 
kodlari orqali belgilanadi. Zamonaviy mikroprotsessorlar 16 – razryadli so‗zlar 
bilan operatsiya bajariladi. Bu esa mikroprotsessorning bir sikl davrida bajaradigan 
ish hajmini bildiradi. 
Dastur turli usullar bilan yozilishi mumkin. Buyruqlar yozuvi bevosita 
mashina kodida ikkilik tizim ko‗rinishida bajarilishi mumkin. Bu usul judu 
murakkab va katta mehnatni talab qiladi va u faqatgina kichik hajmdagi dasturni 
tuzish uchun ishlatiladi. 
Dasturlash tizimlarini qo‗llash ancha qulay usul hisoblanadi. Assembler 
turidagi past darajali til mnemokodlar sharoitida tuzilgan buyruqlar yordamida 


259 
mikroprotsessor bilan bevosita muloqatga kirishish vositalari ko‗rinishida 
namoyon bo‗ladi. Mikroprotsessor bu buyruqlarni qabul qiladi, lekin o‗z ishida 
uni avvalgidek ikkilik tizimda qo‗llamaydi. 
Beysik, SI va Paskal turidagi tillar yuqori darajadagi til hisoblanadi va 
yanada kengroq imkoniyatlarga ega. Bu tillarda tuzilgan dasturlar maxsus kross – 
dasturlar 
yordamida 
mashinali kodlar tizimiga o‗tkaziladi, ular esa 
mikroprotsessorni ishlatadi. 
Mikroprotsessor tizimi tarkibidagi OXQ va DXQ xotiralar berilganlarni 
joylashtirish, dasturlarni joylashtirish va berilganlarni qayta ishlash natijalarini 
joylashtirish uchun xizmat qiladi. 
Axborotni kiritish va chiqarish tuzilmasi (KCH.Q) mikroprotsessor tuzilma 
bilan operator hamda boshqariluvchi ob‘yekt orasidagi muloqatni vujudga keltirish 
uchun xizmat qiladi. KCH.Q ga boshqaruv pulti, dasturlash pulti, displey va 
boshqa tashqi tuzilmalar, shuningdek parallel va ketma – ket interfeys katta 
integral sxemalari kiritiladi. 
Aloqa tuzilmasi OBA (ob‘yekt bilan aloqa) mikroprotsessorga tashqi 
tuzilma bo‗lgan axborot tashuvchi datchiklar hamda elektr yuritma ishchi qismlari 
bilan mikroprotsessor o‗rtasidagi aloqani ta‘minlaydi. Ba‘zi bir datchiklar va 
boshqaruv tuzilmalari analogli bo‗lishi mumkin. Shuning uchun anologli axborotni 
raqamli axborotga va aksincha o‗zgartirish zarurati tug‗iladi. Bunday vazifani 
anolog – raqamli o‗zgartirgichlar (ARO‗) va raqam – anologli o‗zgartirgichlar 
(RAO‗) bajaradi. Bu o‗zgartirgichlar aloqa tuzilmasi tarkibiga kiritiladi. 
Integral tuzilmalar interfeyssi – bu apparat vositalari va xotira va tashqi 
tuzilmalar bilan mikroprotsessor orasidagi axborot almashinuvini boshqarishni 
ta‘minlovchi dasturlar majmuidir. 
Maqsadga ko‗ra mikroprotsessor tizimi universal va maxsus turlarga 
bo‗linadi. Universal mikroprotsessorlarda dasturlashning standart tillaridan 
foydalaniladi va ular juda keng yo‗nalishli tuzilmalarga ega bo‗lib, hisoblash 
amallari va boshqaruv boshqaruv topshiriqlarini bajarishda, xususan operatsion 
rostlagichlar kerakli uzatish funksiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi.


260 
Maxsus mikroprotsessor tizimi esa boshqaruvning aniq bir vazifasini 
bajarish 
uchun mo‗ljallanadi. Keng ko‗lamda qo‗llaniladigan maxsus 
mikroprotsessor – bu dasturlanadigan kontroller va mikrokontrollerlardir. Ular 
universal mikroprotsessorlar singari tuzilishga ega. Lekin arifmetik amallar hajmi 
kamaygani, kirish – chiqish qurilmalari sonining ko‗payishi, ob‘yekt bilan aloqa 
tuzilmalarining analogli va diskretli turda bo‗lishi bu mikroprotsessorlarni asosan 
texnologik jarayonlarni boshqarishga moslashganini ko‗rsatadi. Dasturlanadigan 
kontrollerlar odatda dasturlash tillaridan foydalanish bo‗yicha soddaroq 
ko‗rinishda bo‗ladilar. 
Hozirgi paytda Dekont, MCS – 196/296 rusumli dasturlanadigan 
kontrollerlar ishlab chiqariladi va ulardan keng miqyosda foydalaniladi.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish