A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 ELEKTR YURITMALARNING BOSHQARISH SXEMALARI VA



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

10. ELEKTR YURITMALARNING BOSHQARISH SXEMALARI VA 
ANDOZAVIY QISMLARI.
10.1. Elektrik himoyalar. 
Kuchlanishi 1000 voltgacha bo‗lgan asinxron motorlar fazalararo va bir fazali 
qisqa tutashuvlardan, o‗ta yuklanishdan, kuchlanish yo‗qolganda qaytadan o‗z – 
o‗zidan ishlab ketishdan va chulg‗amlar harorati ortib ketishdan himoyalanadi.
Qisqa tutashuvdan maksimal tokli himoya odatda eriydigan saqlagichlar 
yordamida yoki ko‗proq holatlarda maksimal – tokli uzgichli avtomatik 
o‗chirgichlar yordamida amalga oshiriladi. Avtomatning nominal toki motorning 
nominal toki I
n.dv
ga teng qilib yoki undan katta qilib olinadi. 


264 
Avtomat maksimal uzgichning ishlash toki odatda 
10 – 12 I
n.mot
qilib olinadi. 
Bu esa motor ishga tushgandagi tok kuchi 
(5,5 - 7)I
n.mot
bo‗lganda avtomatning 
ishga tushib ketishining oldini oladi. Faza rotorli asinxron motorlarda yurgazish 
toki uncha katta bo‗lmaganligi uchun avtomatning maksimal uzgichi 
3I
n.mot
tok 
qiymatiga rostlanadi. 
Motorllarning o‗ta yuklanishdan himoyasi avtomatlarning issiqlik uzgichlari 
yordamida, magnitli yurgizgichlarning issiqlik relelari yordamida yoki eriydigan 
saqlagichlar yordamida amalga oshiriladi. O‗ta yuklanishdan himoya 
apparatlarining ishlash toki qiymati o‗ta yuklanish davomiyligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Uzoq vaqtli o‗ta yuklanish uchun ishlash toki 
(1,2 – 1,4) I
n.mot
bo‗lishi kerak. Bu 
himoya motor texnologik nosozliklar natijasida zo‗riqish bilan ishlaganda yoki 3 
ta fazadan birortasi yo‗qolib, motor ikki fazada qolib ketganda uni qizib ketishdan 
himoya qiladi. 
«Nol» himoya yoki minimal kuchlanishdan himoya kuchlanish xaddan ziyod 
pasayib ketganda yoki motor energiya ta‘minoti uzilib, qayta energiya berilganda 
o‗z – o‗zidan yurib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Bunday ximoya apparati 
yurgizgich yoki kontaktor bo‗lib kuchlanish 
0,6 U
n
ga tushib ketsa ta‘minotni uzib 
qo‗yadi. Kuchlanish o‗z nominal qiymatiga qaytgandan so‗ng kontkator o‗z – 
o‗zidan ulanmaydi, chunki «yurgazish» tugmasining blok kontakti o‗chirilgan 
bo‗ladi (9.1-sxemaga qarang) motorni yurgazishga esa operator «yurgazish» 
tugmasini qaytadan bosishi kerak bo‗ladi. 
Oxirigi yillarda motorlarning haroratdan himoyasi ham katta ko‗lamda 
qo‗llanilmoqda. Motor chulg‗amlariga harorat datchiklari o‗rnatilib, chulg‗amdagi 
harorat xavfli qiymatdan oshib ketganda bu datchiklar motorni o‗chirish signalini 
beradi. Bunday himoya asosan kuchlanishni o‗zgartirish yo‗li bilan motorning 
tezligini rostlash usuli qo‗llanilganda ishlatiladi. 
Sinxron elektr yuritmlarda quyidagi himoya turlari ishlatiladi: kuch zanjiridagi 
qisqa tutashuvdan maksimal – tokli himoya; agar texnologiya bo‗yicha elektr 
ta‘minoti o‗chgandan so‗ng o‗z – o‗zidan ulanish rejalangan bo‗lmasa «nol» 
himoya; sinxron motorni uzoq muddat asinxron rejimda ishlashidan uning 


265 
qo‗zg‗atish chulg‗ami zanjirini minimal – tokdan himoyasi; yurgazish vaqtining 
cho‗zilib ketishidan vaqt relesi yordamidagi himoya. Bunday relening vaqt tutilishi 
yurgazish chulg‗ami harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha ko‗rilish vaqti 
inobatga olingan holda rostlanadi. Agar ajratilgan (rostlangan) vaqt ichida motor 
sinxron rejimning ishchi xarakteristikaga erishmasa, motorni yurgazish to‗xtatilishi 
va manbadan uzilishi kerak bo‗ladi. 
O‗zgarmas tokli elektr yuritmalarda quyidagi himoyalar qo‗llaniladi: 
- ta‘minot manba kuchlanishi qisqa vaqt yo‗qolganda qayta ishlab ketishdan 
himoyalaydigan «nol» himoyasi; 
- kuch zanjiridagi qisqa tutashuvlardan maksimal tokli himoya; 
- cho‗tka – kollektor tugunidagi ulanish shartlari bo‗yicha ruxsat etilagan yakor 
tokini chegaralovchi maksimal tokli himoya; 
- mustaqil qo‗zg‗atishli chulg‗am zanjirida minimal tok relesi yordamida minimal 
– tokli himoya; bu himoya motor ruxsat eitlgan tezlikdan chetga chiqqanida elektr 
yuritmani o‗chiradi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish