A. A. Xashimov, M. M. Mirxaydarov elektr yuritma


 - rasm. Teskari ulanishli tormozlanish bilan ishlaydigan reversli elektr



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/181
Sana29.04.2022
Hajmi5,79 Mb.
#591875
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   181
Bog'liq
2 5199554044955202142(1)

10.2 - rasm. Teskari ulanishli tormozlanish bilan ishlaydigan reversli elektr 
yuritma sxemasi 


268 
Bu sxema bo‗yicha elektr yuritmani to‗g‗ridan – to‗g‗ri yurgazish, aylanish 
yo‗nalishini o‗zgartirish, teskari ulanish bilan tezlikni nazorat qilib tormozlash 
imkoniyatlariga ega bo‗lamiz. Bunda elektrmotor valiga o‗rnatilgan SR tezlikni 
nazorat qilish relesidan sezuvchi element sifatida foydalaniladi ω
SR
≥ 0,01 ∙ ω
nyumot.
bo‗lganda bu rele SR (old) yoki SR(orq) kontaktori yopiladi. Texnologik jarayon 
talablariga ko‗ra aylanish yo‗nalishiga qarab sxemaga buyruqlar quyidagi 
boshqaruv tugmalari orqali beriladi: SB2 – (oldinga), SB3 – (orqaga) va 
SB1(to‗xta). Stator chulg‗amiga beriladigan kuchlanish ABS fazalar ketma – 
ketligi bo‗yicha KM1 (old) kontaktori bilan, CBA fazalar ketma – ketligi bo‗yicha 
KM2(orq) kontaktori bilan beriladi. Elektr yuritmani to‗xtatish tugmasi SB1 – KT 
tormozlash relesining chulg‗am zanjiriga ulangan. Bu esa aylanish qaysi tomonga 
bo‗lishidan qat‘iy nazar teskari ulanish bilan tormozlanish rejimini hosil qilishni 
ta‘minlaydi. KM1 – (old) va KM2 kontaktorlari chulg‗amlarida SB3, KM2 – (orq) 
va SB2, KM1 bloklash kontaktorlari mavjud bo‗lib ular yuqoridagi 
kontaktorlarning bir vaqtda ulanib qolishidan saqlaydi. 
Elektr yuritmani boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi. SB2 – (old) tugmasi 
bosilganda KM1 chulg‗am zanjiri hosil bo‗ladi, KM1 kontaktori ishga tushadi va 
asinxron motor statori chulg‗amini is‘temol tarmog‗iga ulaydi. 
Elektr motor aylanishi boshlangandan keyin tezlik nazorati relesi ishga tushadi 
SR –(old) kontaktni ulaydi. Bu bilan u, agar SB1- tugmasi bosilganda sxemani 
elektr yuritmasini to‗xtatishga tayyorlaydi. 
Elektr yuritmani reverslash uchun SB3-(orq) tugmasini bosish kerak. Bundan 
keyin KM1 chulg‗am zanjiridagi SB3 bloklash kontakti ochiladi. KM1 kontaktori 
elektr motorni tarmoqdan uzadi. Bir vaqtning o‗zida KM2 chulg‗ami kuchlanish 
oladi va KM2 kontaktori manba fazalari ketma – ketligini o‗zgartirgan holda motor 
statori chulg‗amini manbaga ulaydi. Elektr motorning magnit maydoni teskari 
yo‗nalishda aylanishni boshlaydi. Motor rotori esa o‗z inersiyasi bilan avvalgi 
yo‗nalishda aylanishni davom ettiradi. Shuning uchun asinxron motor oldin teskari 
ulanish bilan tormozlash rejimiga o‗tib keyin teskari tomonga aylana boshlaydi. 
Teskari aylanish boshlangandan so‗ng tezlik nazorati releysi SR – (orq) kontaktini 


269 
ulaydi va sxemani to‗xtashga tayyorlaydi. Yuritmani to‗xtatish uchun SB1-(to‘xt) 
tugmasi bosilib tormozlash relesi KT chulg‗amiga kuchlanish beriladi va bu rele 
ulanadi. KM2 kontaktori kuchlanishni yo‗qotadi va stator chulg‗amini manbadan 
uzib qo‗yadi. Bu vaqtda KM2 kontaktori o‗zining bloklash kontakti KM2 ni KM1 
chulg‗am zanjiriga ulaydi. KM1 kontaktori ulanadi. Stator chulg‗ami fazalar ketma 
– ketligi to‗g‗ri bo‗lgan yo‗nalishga ulanadi. Shuning uchun asinxron motor teskari 
ulanishli tormozlash rejimiga o‗tadi. Aylanish tezligi nolga tushganda SR nazorat 
relesi SR – (orq) kontaktini uzadi va KM1 kontaktor chulg‗ami manbadan uziladi 
natijada KM1 kontaktori stator chulg‗amini manbadan uzib qo‗yadi. 
Ba‘zi texnologik qurilmalarda ikki tezlikli elektr motorli yuritmalardan 
foydalaniladi. Bunday holatlarda stator qutb juftliklarini almashtirib ulash uchun 
maxsus sxemadan foydalaniladi. 
10.3 - rasmda ikki tezlikli asinxron motorli reverssiz elektr yuritma sxemasi 
keltirilgan. Sxemada elektr motorni uchburchak ulanishdan ikki yulduzli ulanish 
nazarda tutilgan. Bunday sxema texnologik qurilmaning ishchi organida quvvatni 
saqlab qolib tezlikni o‗zgartirish talab qilingan joylarda ishlatiladi. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish