www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Husayin o‘sha kungi hodisalarni bir-bir naql etgach:
— Ona, so‘z beraman, hayotda yolg‘iz qolsam-da, meni haq yo‘ldan ayiradigan bilan
do‘st bo‘lmayman. Sizning do‘stligingiz menga yetarli, —dedi.
Oradan ikki haftacha vaqt o‘tdi. Ko‘qda yer yuziga yengil va mayin yomg‘ir donalarini
yullashga loyiq bulutlar paydo bo‘ldi. Quyosh goho ko‘rinib, atrofni ilitar, faqat bu orada
o‘rtaga tushgan va quyosh nurlarini to‘sgan bir bulut fuqaroga sadaqa qabnlida bir necha
lahzalik yomg‘ir sevalar, so‘ngra shoshiladigan joyi yo‘q yo‘lovchiday og‘ir-vazmin
uzoqlashardi.
O’sha qun bir necha do‘stlari bilan aylanishga chiqqan Husayin sekin-sekin kinoxonaga
yaqinlashganlarini bilmay qoldi. Jo‘ralaridan birining:
— Vugun kinoga tushaylik, — degan taklifini hammalari tasdiqlashdi. Yoshlar— shunaqa.
Ko‘pincha qilayotgan ishlarini oldin o‘ylab ko‘rishmaydi. Ular oldin xayollariga kelganini
qiladilar, so‘ng o‘ylashni boshlaydilar. Lekin Husayinga ham aynan shunday ta’rif berish
haqsizlik bo‘lardi. Chunki chipta olmasdan avval «kirsammi-kirmasammi», deb bir
muddat taraddudlandi. So‘ngra bundan ham bir ibrat olarman deya chipta oldi.
Hali o‘n besh daqiqa bor. Har kim yonidagi bilan suhbatlashar, atrofdan kelgan ovozlar
birlashib yuksalar, gaplar eshitilmas, shuning uchun yonidagi suhbatdoshga biroz ovozni
qutarib gapirishga to‘g‘ri kelardi.
Husayin maktabga kelgan vaqtlarda kinoning nohush holatlariga unchalik tobu toqati
yo‘q edi. Avval o‘zi bilan biron kitob olmaganiga ranjiganday bo‘ldi. O’n besh daqiqa
o‘qidim, deb o‘yladi. Vaqtni behuda o‘tkazishni xushlamasdi. Masalan, muallim kelmagan
bo‘sh darslarni o‘rtoqlari behuda o‘tkazsa, Husayin o‘qituvchi kelib qolsa, qanday javob
beraman qabilida ish tutib, shunga asosan o‘qib-o‘rganib o‘tirardi.
Tan olish kerakki, uning bu xususiyatida o‘z qobiliyati bilan birga onasining ham katta
hissasi bor. Maktabga borib kelarkan fursat bo‘lgan taqdirda xayolida darslarni tahlil
qilishni, bu orada «Ixlos» surasini uch, «Fotiha» surasini bir karra o‘qib rahmatli holasiga
bag‘ishlashni odatlantirgan ham onasidir. Aytishlariga qaraganda Husayinga holasining
ko‘p mehnati singgan. Kichikligida onasidan ko‘proq holasi qaragan. Ismi — Xayriya.
Onasining ham holasining ham ismi Xayriya deb ilk bor eshitganda g‘alati tasodif ekanini
o‘ylagandi. Keyin onasidan so‘raganda, Fotimaxonim:
— O’g‘lim, mening otim ham Xayriya, ammo ko‘ryapsanki ko‘pincha meni Fotima deb
chaqirishadi. Oldinlari hammaga ikkita ism ko‘yishardi. Otam Xayriya ismnni juda yaxshi
ko‘rganlaridan meni ham, uni ham Xayriya degan. Sen endi bu gapni qo‘y-da, maktabga
borib kelguncha holangga bag‘ishlab o‘qishni unutma. Ham vazifangni o‘tagan, ham
borib-kelguncha vaqtni behuda ketkazmagan bo‘lasan,—degandi.
Endi Husayin bularni tushunadi, shuning uchun bu yerdagi bo‘sh vaqtning qadriga
yetayapti. Biroz o‘tib bu g‘ashligi o‘rinsizligani angladi. Chunki, bu g‘ala-g‘ovur ichida
o‘qigani bilan tushunmasdi.
Atrofda suhbatlashayotganlarning harakatlari umuman olganda durust holat emas.
Tug‘rirog‘i, Husayinning fikricha, bular aql va mantiq tarozisiga tortib ko‘rilsa, natija —
noxush. Suhbatlashayotganlarning fikricha esa, aksincha, suhbatlari zaruriydir. Kamdan-
kam kishilargina behuda, foydasiz gaplashayotganligini anglashga qodir, ularning
ychidan kamdan-kamlarigana bunday foydasiz so‘zlashdan ko‘ra sukutni afzal bilishadi.
Quloqlarni garang qilgudek g‘ala-g‘ovur orasida kuchli hayajon bilan gaplashayotgan
orqa qatordagi ikki yoshdan biri bundan oldingi filmga ikki marta tushganini va falon
artistning shohona roli bo‘lganligi sababli yana bir marta tushishga ham tayyor
ekanligani so‘zlar edi. Qaysidir artistning allaqaysi ko‘shiqchi bilan don olishishi endi
hech kimdan yashirib bo‘lmaydigan holga kelgan, go‘yoki ikkisining o‘rtasida yangi bir
ishq mojarosi boshlanganmish. Hatto yaqinda farzandli bo‘lishlari kutilayotganligi haqida
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Do'stlaringiz bilan baham: |