partiyasi a’zosi;
Odamoxun Ortiqov — ulamolar tomonidan a’zo;
Mulla O‘roz Xo‘jamuhammedov — Qo‘shmamedxon Sapiyev (Turkman qabila sardori)
tomonidan a’zo;
Mulla
Navro‘z
Ro‘zibayev
—
G‘ulom
Alixon
Bahodir
(Turkman
qabila sardori) tomonidan a’zo.
Muvaqqat inqilobiy hukumat har haftada kamida ikkitadan majlis chaqirib, eng muhim
masalalarni ko‘rib, muxokama qilib bordi. Bu qo‘mita 2 oy davomida ham qonun chiqaruvchi, ham
ijro qiluvchi hokimiyat vazifasini rasmiy ravishda bajardi. Aslida esa, hukumat rahbarlari har bir
qizil askar yugurdagiga aylanib, faqat qo‘shin ta’minoti bilangina shug‘ullanganlar. Muvaqqat
inqilobiy hukumat rahbarlari davlat ma’muriy boshqaruv tuzimini ishlab chiqolmadilar. Chunki,
hukumat ma’muriyatni saylash yoki tayin qilish masalasini hal etishda ikkilanib qoldi. Ayni paytda
joylarda hokimiyatni boshqarishga layoqatli kadrlar ham yo‘q darajada edi. Shuning uchun ham
xonlik davri ma’murlari, beklari joylardagi hokimlik lavozimlariga tayinlandilar. Hukumat davlat
hokimiyatini qayta qurish ishlarini sekin bajardi.
Bu vaqtda Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq “Yosh xivaliklar” partiyasi Markaziy inqilobiy
qo‘mitasi a’zolari Toshkentda edi. Ular G.I. Broydo bilan 4 martda Toshkentdan chiqib, mart
oyining oxirlarida Xivaga yetib keldilar. G.I. Broydo joylardagi voqealar bilan tanishib, Vaqtli
hukumat a’zolari va xalq ichida katta ta’sirga ega bo‘lgan Bobooxun Salimov, Qo‘shmamedxon
Sapiyev va boshqalar bilan suhbatlashib, haqiqiy ahvolni o‘rgandi. Shundan keyin G.I.Broydo 7
aprelda Xiva vaqtli hukumat a’zolarining kengaytirilgan majlisida qatnashib, nutq so‘zlaydi va
nozirliklar tayinlashni maslahat beradi. Chunki xon hokimiyati ag‘darilgani bilan joylarda hech
qanday o‘zgarish qilinmagan edi.
G.I.Broydo o‘z nutqida Xorazmdagi mavjud ahvolga baho berib, muvaqqat inqilobiy hukumat
hech ish qilmaganligini ta’kidlab, Sovet Rossiyasi xonlik tuzimini ag‘darishda qanday rol’
o‘ynagan bo‘lsa, yangi tuzumni o‘rnatishda ham shunday yordamini ayamasligini qayd qiladi va
madaniyat va maorif, harbiy, xalq xo‘jaligi, moliya, oliy mufattish (nazorat), adliya, xorijiya
nozirliklarini tuzish, ularning vazifalarini tushuntirishga harakat qiladi. Hukumat a’zosi Odam
Oxunning: «Bu ishlari shariatga to‘g‘ri keladimi?» — deb bergan savoliga Qur’on kitobidan
misollar keltirib, shariatga mosligini isbotlaydi. Polvonniyoz Hoji Yusupovning bizga qonunlar
170
tuzishda yordam berishingizni iltimos qilardik degan so‘roviga yordam bermasak, o‘z ishimizni
oxiriga yetkazmagan bo‘lardik deb javob qaytaradi.
1920 yil 9 aprel kuni muvaqqat inqilobiy hukumat ishini yaxshilash maqsadida uning
tarkibida nozirliklar tashkil qilindi. Ayrim hukumat rahbarlari nozir ham bo‘lgan edilar. Bunga
sabab siyosiy vaziyatni anglab, davlat tashkilotlarini boshqarish salohiyatiga ega bo‘lgan, savodli
kadrlar juda kam edi. Ularning tarkibi quyidagicha bo‘lgan: Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi
Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov xorijiya (tashqi ishlar) noziri vazifasini ham bajara boshladi,
“Yosh xivaliklar” partiyasi rahbarlaridan; Odamoxun Ortiqov — muvaqqat inqilobiy hukumatning
raisi yordamchisi, shahar ulamolaridan vakil; Mulla Navro‘z Ro‘zibayev — muvaqqat inqilobiy
hukumatning kotibi, “Yosh xivaliklar” partiyasi a’zosi; Mulla O‘roz Xo‘jamuxammedov —
muvaqqat inqilobiy hukumatning kotibi yordamchisi, “Yosh xivaliklar” partiyasi a’zosi;
Matpanoboy Madraximov — moliya noziri, “Yosh xivaliklar” partiyasi a’zosi, shahar savdogarlari
nomidan vakil; Shayhutdin Hasanov — harbiy nozir, Xiva inqilobiy komiteti a’zosi bo‘lib ishlagan;
Polvonniyoz Hoji Yusupov —oliy mufattish (davlat nazorati) noziri, Yosh xivaliklar firqasining
a’zosi va asoschilaridan biri; Eshchonqori Jabborqulov — xalq xo‘jaligi noziri. “Yosh
xivaliklar” firqasi a’zosi; Mulla Bekchon Raxmonov — xalq madaniyati va maorifi noziri. “Yosh
xivaliklar” firqasi a’zosi; Bobooxun Salimov — adliya noziri. “Yosh xivaliklar” firqasining a’zosi.
Kundalik masalalarini hal qilishda tashkil qilingan prezidium 3 kishidan iborat bo‘lib, Mulla
Jumaniyoz Sultonmurodov — rais, Polvonniyoz Hoji Yusupov va Bobooxun Salimovlar uning
muovinlari edilar. Ko‘rib turganimizdek, Muvaqqat inqilobiy qo‘mita tarkibi asosan “Yosh
xivaliklar” partiyasi a’zolari edilar.
Xiva shahri va mamlakatni aksilinqilobchilardan himoya qilish maqsadida adliya nozirligi
qoshida militsiya boshqarmasi tashkil qilindi. Uning boshqaruvchisi qilib ham “Yosh xivaliklar”
partiyasi a’zosi Nazir Sholikorov tayinlandi. Shuningdek 1920 yil 9 aprelda Xiva xonligida mavjud
bo‘lgan 20 ta beklik va 2 ta noiblik o‘rniga 22 ta tuman sho‘rolari tashkil qilish to‘ririsida qaror
qabul qilindi. Beklik degan unvon va unga qarashli barcha lavozimlar bekor qilindi. Ularning
o‘rniga 3- 5 kishidan iborat bo‘lgan, muvaqqat hukumat tasdiqlagan sho‘rolar ta’sis etildi.
Bu va 1920 yil 3 aprelda Xiva shahridagi Asfandiyorxon saroyida «Madaniyat uyi»ning
tashkil qilinishi, 1920 yil 11 aprelda Xorazm Xalq muzeyining Mulla Bekjon Rahmonov
boshchiligida Xiva xonining Eski Toshhovli binosida tashkil qilish to‘g‘risidagi qarori hamda, 1920
yil 25 martdan 25 aprelgacha Xivada bo‘lgan RSFSRning muxtor vakili G.I.Broydoning Respublika
davlat tuzilishi, uning boshqarilishi va boshqaruv lavozimlari qanday bo‘lishi haqidagi maslahatlari
xalq vakillarining I — Butunxorazm qurultoyini tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
G.I.Broydo Xorazmda bo‘lgan vaqt ichida N.Shaydakov, V.Uryadov, Xiva xonligi xududiga
bostirib kirgan qizil armiyachilarning Shimoliy va Janubiy otryadlari komandirlari hamda, boshqa
partiya va sovet xodimlari qamoqqa olindi. Uryadov 10 yilga, N. Shaydakov 2 yilga qamaldi.
Vzvod komandiri Radionov esa talonchiligi uchun 25 aprelda otib o‘ldirildi. Shuningdek RSFSR
muxtor vakilining bevosita yordami bilan qisqa vaqt ichida 8 ta birinchi bosqich maktabi,
o‘qituvchilar kursi, siyosiy maktab, maorif uyi, bolalar bog‘chasi, kinomotografiya, tipografiya,
qariyalar uyi, «bachcha»lar uchun mehnat guruhlari ochildi hamda Xalq banki tashkil qilinib,
RSFSR 40 mln so‘m kredit berdi. Milliy pul chiqarila boshlandi. 4 ta ko‘prik qurilishi va kanallarni
tozalash ishlari boshlandi. Chorjo‘y —Xiva telegraf aloqasi ishga tushirilib, Xiva qizil armiyasini
tashkil qilish uchun 18ta musulmon harbiy komandirlari keltirildi. «Inqilob Quyoshi» gazetasi
chiqarila boshlandi.
Muvaqqat inqilobiy hukumat davrida «Xonning mulki to‘g‘risida dekret», «Sudxo‘rlik
ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida dekret», «Vaqf yerlarini boshqarish to‘g‘risida dekret», «Sud
soliqlari va sudiyalarni oylik bilan ta’minlash to‘g‘risida dekret» kabi qonunlar qabul qilinib, Xiva
xoni va amaldorlarining mulklari musodara qilindi va davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. Jinoyatchilarga
nisbatan xonlik davridagi jazolar bekor qilinib, odil sudlov joriy qilindi. Shikoyat va arizalar ham
yozma ravishda olinadigan bo‘ldi. Yozishni bilmaydiganlar uchun ariza yozib beradigan kotiblar
tashkil qilindi. Ushbu ishlarni amalga oshirish bilan birga Muvaqqat inqilobiy hukumat xalq
vakillarining I — Butunxorazm qurultoyini tayyorlash ishlarini ham boshlab yubordi. Ammo
qurultoyni tashkil qilishda bir qancha o‘ziga xos qiyinchiliklar namoyon bo‘ldi. Bu Xiva aholisining
ijtimoiy tarkibi, iqtisodiy ahvoli hamda ijtimoiy harakat va siyosiy partiyalarning zaifligi bilan
bog‘liq edi. Turkfrontning Birinchi inqilobiy armiya qo‘mondoniga berilgan ma’ruzaning «ijtimoiy
171
hayot» qismida Xiva aholisi haqida shunday ma’lumot mavjud:1. Oqsuyaklar — 5% bo‘lib, xon
saroyi ahllari, katta mansabdorlar va amaldorlar edi. Hali o‘z mavqeini yo‘qotmagan bu
amaldorlarning yer — suvi va qo‘rg‘onlari saqlanib qolgan edi. 2. Ruhoniylar — 3% ni tashkil
qilgan machit imomlari, qozilar, mudarrislar, maktab domlalari edilar. Ular aholi orasida katta
e’tiborga ega bo‘lib, vaqf yerlaridan va aholidan daromad olib turardilar. 3. Savdogarlar — 2%
bo‘lib, chayqovchilar ham shu guruhga kiradi. 4. Shahar hunarmandlari —(10%) yo‘qsillardan farq
qilib, kasbi, ustaxonasiga ega edi. Ular o‘z mehnati bilan kun ko‘rardilar. 5.Ishchilar —5% gacha
bo‘lib, zavod va fabrika hamda hunarmandlar ustaxonalarida yollanib ishlaydilar. 6. Dehqonlar
aholining to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan bo‘lib ulardan 11% ga yaqini yersiz edi.
Ishlab chiqarishda feodal yer egaligining, o‘rta asr qoloqligining saqlanib qolingani, mulk
muqaddasligi psixologiyasining, diniy targ‘ibotning kuchliligi, xalq ommasi ko‘pchiligining
savodsizligi, mehnatkash xalqning amaldorlarga, ulamolarga hurmatining kattaligi, turkmanlar,
qozoq va qoraqalpoqlar yashaydigan yerlarda urug‘chilik an’analarining kuchliligi va boshqalar I
— Butunxorazm qurultoyiga xalq vakillarini va undan hukumat rahbarlarini saylashga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi.
RSFSR va BMIKning Xiva xonligidagi vakolatli vakillari tomonidan zo‘rma — zo‘raki,
rasmiy ravishdagini tashkil qilingan XKP va Xorazm inqilobiy yoshlar uyushmasiga kirgan
a’zolarning o‘zlariga ham, butun aholiga ham, kommunistik g‘oyalar yot bo‘lib, bu g‘oyalarning
ijtimoiy tayanchi yo‘q edi.
Xiva xonligidagi qurolli to‘ntarish, mustaqil mamlakat ichki ishlariga aralashuvi Sovet
Rossiyasining jahon hamjamiyatida siyosiy mavqeiga ega bo‘lishida salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin edi. Shuning uchun Muvaqqat inqilobiy hukumat olib borgan ishlarda RSFSR, BMIKning
muxtor vakillari va ularga bo‘ysungan Xivadagi qizil askarlar bu jarayonda yordamchi vazifasini
o‘tadilar. Bu esa I — Butunxorazm qurultoyiga vakillarni saylash jarayonining demokratik ruhda
o‘tishiga sabab bo‘ldi. Mazkur jarayon I — Butunxorazm qurultoyi vakillarining barcha
tabaqalardan saylanganligida ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra, XXSRning birinchi hukumati tarkibi
ham turli toifa, turli ijtimoiy harakat va siyosiy partiya vakillaridan iborat bo‘ldi. “Yosh xivaliklar”
partiyasi a’zolaridan: Polvonniyoz Hoji Yusupov (nozirlar sho‘rosining raisi) —yirik savdogar,
zavod egasi, katta obro‘ga ega, dindor; Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov (nozirlar sho‘rosi raisining
birinchi muovini) — sanoatchi, zavod egasi, yaxshi ma’muriyatchi, chaqqon, siyosiy ongli;
Muhammad Panoboy Abdullayev (moliya noziri) — savdogar, boy; Nazir Sholikorov (dohiliya —
ichki ishlar noziri) — sanoatchi, zavod egasi; Bobooxun Salimov (adliya noziri) — qozikalon, katta
yer egasi; Mulla Bekjon Raxmonov (maorif noziri) — Turkiyada o‘qib kelgan jadid, ziyoli;
Eshchonqori Jobborqulov (xalq xo‘jaligi noziri) — ziyoli, savdogar; Xudoybergan Devonov (oliy
mufattish—davlat nazorati noziri) — jadid, savdogar; Hakim Bobojonov (ziroat—qishloq xo‘jaligi
noziri)—amaldor; turkman sardorlaridan Qo‘shmamedxon Sapiyev (nozirlar sho‘rosining ikkinchi
muovini) — turkman urug‘ boshlig‘i, katta yer egasi; G‘ulom Alixon Bahodir (ijtimoiy ta’minot
noziri)—turkman urug‘ boshlig‘i, kata yer egasi; Mulla O‘roz Xo‘jamuhammedov (xorijiya —
tashqi ishlar noziri) — katta yer egasi; Mulla Navro‘z Ro‘ziboyev (nozirlar kengashi kotibi) —
katta yer egasi; Shomurod Baxshi (sog‘liqni saqlash noziri)— katta yer egasi; Rizoaddin Shokirov
(harbiy nozir) — harbiy qism komandiri, keyinchalik Turkkkomissiyaning Xivadagi vakili.
Yangi hukumatning milliy tarkibi ham millatlarning o‘lkadagi siyosiy jarayondagi o‘rnini
bildiradi. 15 ta hukumat a’zosidan 9 tasi o‘zbek, 5 tasi turkman, bittasi esa tatar millatiga mansub
edi. Oddiy xalq, mehnatkash aholi hamisha siyosatdan uzoqda bo‘lgan. Ayniqsa, savodxonlik
darajasi orqada qolgan mamlakatlarda xalqning savodsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning
siyosiy jarayonlardagi ishtiroki ham shunchalik past bo‘ladi. Xorazmda xonlik tuzumi ag‘darilib,
sovet tuzumi o‘rnatilayotgan bir jarayonda mehnatkash aholi savodxonligining pastligi yangi
hukumat tarkibining shakllanishida katta rol o‘ynadi. Hukumat tarkibiga ishchi va dehqonlardan
birorta ham vakil saylanmadi.
Katta tortishuvlar bilan saylangan hukumat a’zolarining ko‘pchiligi o‘z vazifalarining
mohiyatini chuqur anglab yetmaganliklari sabab bu lavozimlarga qiziqmadilar. Qo‘shmamedxon va
G‘ulom Alixonlar o‘z o‘rinlarida faoliyat olib bormaganlari uchun ular hukumat tarkibidan
chiqarildilar. Mulla Bekjon Raxmonov, Rizoaddin Shokirov, Nazir Sholikorovlar boshqa ishga
o‘tganliklari sababli ularning o‘rniga yangi kadrlar kiritildi.
172
1920 yil 27 - 30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining I Butunxorazm qurultoyida
XXSR ning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya Kirish so‘z, 13 bob, 37 moddadan
iborat edi. Konstitutsiyaning kirish qismi 2-moddasida Xivada sanoat yaxshi rivojlanmaganani,
sinfiy kurash ham Xiva xalqi o‘rtasida avj olmaganligi ta’kidlanib, davlat qurilishi haqidagi
bobning 5-moddasida «...mamlakatni barcha Xorazm xalqi o‘z vakillari orqali bilvosita boshqaradi»
deb qayd etiladi. Oliy organ yilda bir marotaba chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, u mamlakatni
boshqaruvchi Xalq Nozirlar Sovetini saylaydi. Mahalliy hokimiyat organlari rayon soveti — tuman
sho‘rolari bo‘lib, ularning mamlakatdagi soni 22 ta. Qurultoy va mahalliy sho‘rolarga 18 yoshga
to‘lgan har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega bo‘lib, faqat aksilinqilobchilar, xoinlar,
jinnilar, xon, uning oilasi, katta yer egalari, yirik ruxoniylar, umuman konstitutsiyaga qarshi
chiquvchilar saylov huquqidan mahrum qilingan edi.
Mahalliy sho‘rolarning 14 tasi o‘zbeklar yashaydigan tumanlarga, 5 tasi turkmanlar
yashaydigan tumanlarga va 3 tasi qozoqlar hamda qoraqolpoqlar yashaydigan tumanlarga to‘g‘ri
kelar edi. Shuningdek har bir tumanning machitqomida (mahallasida) oqsoqollar saylandi. Bu
oqsoqollar 6 oygacha saylanar va o‘z saylovchilariga oyda bir marta hisobot berib turar edilar.
Yangi saylangan oqsoqollarning oldingi oqsoqollardan farq qildirish uchun «qizil oqsoqollar» deb
yuritganlar. 1920 yil may oyida bunday oqsoqollarning soni 430 kishini tashkil qildi.
Qizil oqsoqollarning tashkil qilinishi shaharda machitqomlarga qarab yoki ma’lum bir
hududga qarab saylansa, turkmanlar, qozoqlar va qoraqalpoqlar yashaydigan ovullarda urug‘
qabilachilik odatlariga qarab saylandi.
“Yosh xivaliklar” partiyasi rahbari Polvonniyoz Hoji Yusupov hukumati davrida xalq orasida
katta e’tibor va martabaga ega bo‘lgan kishilar hukumatning rahbar organlariga ko‘proq
tayinlanganlar. Hatto xonlik davrida hokim va oqsoqollik lavozimida bo‘lgan ko‘pgina kishilar ham
o‘z o‘rnilarida qoldirilganlar. Masalan, Xonqa hokimi Muhammadxoji Aminaddin o‘g‘li Yosh
xivaliklar davrida o‘z mansabida qoldirilgan.
1920 yil yozida Madaniyat va maorif nozirining 18 yoshgacha bo‘lgan qizlarni ro‘yxatga
olish to‘g‘risidagi qaroridan norozi xalq va xivalik ulamolarning Olloqulixon madrasasi oldiga
to‘planib, hali ham ruslarning davlat boshqaruvidagi ta’siri kuchliligi haqidagi norozilik chiqishlari
bahonai sabab bo‘lib, Xivaning so‘ngi xoni Said Abdulloxon va uning yaqinlari, ko‘plab ulamolar
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududidan chiqarib yuborilib, hammasi Rossiya va Ukraina
hududlariga surgun qilindi. Bu Xorazm Respublikasida qizil askarlar tomonidan amalga oshirilgan
qatog‘onliklarning dastlabki ko‘rinishlaridan biri bo‘ldi. 1920 yil sentabr oyida Qo‘shmamedxon va
yigitlarining Xivada RSFSRning XXSRdagi vakillari Dubyanskiy va R. Shakirovlar buyrug‘i bilan
otib tashlanishi, turkmanlar va o‘zbeklar orasiga nizo solish, Yosh xivaliklar hukumati
boshqaruviga xalal berish, turli yo‘llar orqali mustaqil Xorazm Respublikasini yo‘q qilish uchun
qilingan ig‘vogarlik harakatlari edi. Holbuki, 1920 yil 13 sentabrda RSFSR bilan mustaqil XXSR
o‘rtasida o‘zaro tenglik, do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnoma imzolangan edi.
Ushbu shartnomani tayyorlanish va imzolanishida o‘z davrining bilimdon davlat arbobi,
xalqining jonkuyari, vatan istiqloli fidoyisi Bobooxun Salimovning xizmatlari katta bo‘ldi. Shu
bilan birga ushbu shartnoma RSFSRning sharq xalqlari orasida obro‘sining oshishiga ham yordam
berdi. Chunki bu kecha o‘z mustamlakasi bo‘lgan davlatni bugun mustaqil deb tan olish edi.
RSFSRning 1920 yil may —iyul oylarida Xorazmdagi muxtor vakili A. Izmailov ittifoq shartnoma
imzolanishi arafasida Moskvaga kelib, u bilan tanishgach, «... bu shartnomadagi so‘zlar aslo Xiva
xalqi va hukumatining yodu —xayollarida yo‘q turur. Olarga bu tariqa ko‘p huquq bermak lozim
ermas. Bu tariqa muhim huquqlar va yordamlarida talab qilmoqni Xorazm vakillarining o‘zlari
topib yurgandir», deb aytadi. Shundan keyin RSFSR hukumati ittifoq shartnomasiga ilovalar
qo‘shishga harakat qildi. Faqatgina Bobooxun Salimovning qat’iyati shartnomaning o‘zgarishsiz
imzolanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu ittifoq shartnoma XXSR hukumati tamonidan 1920 yil 26
oktabrda tasdiqlangan.
“Yosh xivaliklar” partiyasi a’zolari ko‘pchilikni tashkil qilgan birinchi XXSR hukumati qabul
qilgan qarorlari va amaliy ishlarida keng xalq ommasining manfaatlarini himoya qildi. Uning
faoliyatiga RSFSR hukumati muxtor vakillari bevosita va suniy tarzda o‘zlari tashkil qilgan “Xiva
ishtrokiyun” firqasi — Xorazm Kommunistik partiyasi, kasaba ittifoqlari hamda Xorazm inqilobiy
yoshlari ittifoqi a’zolari orqali bilvosita doimo aralishib turdi. Xiva xonini taxtdan ag‘darishda
Rossiya bolsheviklari va “Yosh xivaliklar” partiyasining siyosiy ittifoqi yangi sharoitda o‘z
173
ahamiyatini yo‘qotdi. Hatto “Yosh xivaliklar” partiyasi tutatilib, ko‘pchilik a’zolari “Xorazm
ishtirokiyun” firqasi safiga 1920 yil may oyida o‘tkazilgani, 1920 yil 22 noyabrda XKP birinchi
kotibi A.Akchurin Xivadan ketgach, uning o‘rniga Yosh xivaliklar partiyasi rahbarlaridan
Jumaniyoz Sultonmurodov tayinlangani bilan vaziyat o‘zgarmadi. RSFSRning muxtor vakillari turli
yo‘llar bilan XXSR hukumati ichki ishlariga aralasha boshladilar. Ayniqsa, 1920 yil 19 oktabrdan
RSFSRning Xorazmga Turkkomissiya tomonidan tayinlangan muxtor vakili M.Safanov 1921 yil
may -iyun oylarida Sh.Siddiqov, 1921 yil iyun-oktabr oylarida Bik, 1921 yil oktabrdan tayinlangan
A.Ioffelar mustaqil XXSR hukumati ishlariga aralashib, siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni o‘z
qo‘llariga olishga harakat qildilar.
XXSR hukumati II qurultoyi oldi saylov mashvarati (kompaniyasi) davrida o‘tkazilishi lozim
bo‘lgan tashviqot ishlarining loyihasida shunday yozilgan edi: «Biz hukumat boshida o‘tirgan
kishilar xonga qarshi kurashib, hurriyatni barpo qilgan inqilobchilarmiz, hukumat manfaatlarini, din
va shariatni hamisha himoya qilib kelmoqdamiz, shunga qaramay ba’zi kishilar shahar va
qishloqlarda ishtirokiyun firqa nomidan gapirib, hukumatning tutgan siyosatiga, umuman
qonunlariga, muqaddas vaqf qoidalariga qarshi ish ko‘rmoqdalar. Joylarda shunday odamlarni
hukumatga dushman ekanligini, ularning so‘zlariga ishonmaslik zarurligini xalqqa tushuntirish
zarur». 1920 yilning oxiri va 1921 yilning boshlariga kelganda bir tomondan XXSR hukumati va
Xorazm ishtirokiyun firqa rahbarlari, ikkinchi tomondan RSFSRning XXSRdagi muxtor vakili
M.Safonov, Purxiv boshlig‘i Xamza Musayev, harbiy nozir Shayhutdin Hasanov, Xorazm qizil
armiyasi siyosiy xodimi F.Vaisovlar singari rahbarlar o‘rtasida kurash kuchayib bordi. Hatto 1921
yilning boshida H.Musayev, Sh.Hasanov, F.Vaisovlar tezda davlat to‘ntarishi qilib, Polvonniyoz
Xoji Yusupov rahbarligidagi barcha hukumat rahbarlarini qamoqqa olish va otish lozimligi haqida
ham takliflar kiritgan edilar. Ular bu «takliflar»ni 1921 yil mart oyida amalga oshirishdilar. 1921 yil
6 mart kunidagi XXSRning Polvonniyoz Xoji Yusupov boshchiligidagi qonuniy hokimiyatni
ag‘darib, davlat to‘ntarishni amalga oshirgan M.Safanov bo‘lsa, 1921 yil 27 noyabrdagi
Otamaxzum oxun Muhammadrahimov boshliq hukumatni badnom qilish va davlat to‘ntarishni
amalga oshirishda Bikning «xizmat» lari katta bo‘ldi.
Bu ishlarni Rossiya vakillari XKP a’zolari, Xorazm kommunistik yoshlar ittifoqi a’zolarining
qo‘li bilan amalga oshirar, ko‘pincha vakillarning asosiy tayanchi qizil armiya bo‘lgan. Xorazm
armiyasini tashkil qilish ishlari ham asta sekin yo‘qqa chiqarildi. 1922 yildan XXSRning iqtisodiy
mustaqilligi ham tugatila boshlandi.
Keyinchalik XXSR MIK raisi bo‘lgan Otamaxzumxon Muxammadraximov hukumat ishlariga
ishtirokiyun firqa a’zolarini rahbarlik qilishiga chek qo‘yishga harakat qiladi. U bir mamlakatda
ishtirokiyun firqa Markaziy komiteti va respublika Markaziy Ijroiya Komitetidan iborat ikki rahbar
hukumat organi bo‘lishi mumkin emas, degan edi. Albatta, Xorazmda amalga oshirilayotgan
bunday ishlar Markazdan kelgan «o‘rtoqlarga» yoqmas edi. Shuning uchun ham RSFSR MIK va
Xalq Komissarlar Soveti 1921 yil noyabrda RKP (b) MK Turkiston Byurosi RSFSR MIK va XKS
Turkiston komissiyasi raisi V.I.Leninning topshirig‘iga binoan O‘rta Osiyoga AA.Ioffe rahbarligida
XXSR favqulodda komissiya yubordi. Komissiya Xorazmda amalga oshirilayotgan ishlarni bekor
qilishga harakat qildi. Bunga qarshi Xorazm respublikasi MIKning o‘sha paytdagi raisi
Otamaxzumxon Muxammadraximov komissiya raisi A.A. Ioffega, Xorazm respublikasining ichki
ishlariga aralashadigan bo‘lsa, 24 soat ichida Xorazmni tashlab chiqib ketishi haqida ultimatum
topshirdi. XXSR ni mustaqil respublika sifatida o‘z ichki ishlarini o‘zi mustaqil ravishda amalga
oshirayotganligi RSFSRning XXSRdagi muxtor elchisi I.M.Bik va Xorazm ishtirokiyun firqasi
rahbarlari nomi bilan ish olib borayotgan boshqa ayrim kishilarga yoqmas edi. Ular o‘sha paytdagi
Xorazmda mavjud murakkab siyosiy vaziyatdan foydalanib, doimiy ravishda davlat to‘ntarishlari va
hukumat rahbarlarini o‘zgartirib, turish siyosatini amalga oshirib turganlar. RSFSR ning
Xorazmdagi muxtor vakili I.M.Bik 1921 yil 10 noyabrda RSFSR tashqi ishlar xalq komissarligiga
yozgan xatida: Hozirgi Xorazm respublikasining hukumat rahbarlari Xorazm uchun kerak emas.
Hukumat butunlay Menglixo‘ja Ibniyaminov va Otamaxzumxon Muxammadraximov qo‘liga
o‘tgan. Milliy masala bilan ayrim ziyolilar shug‘ullanadi, xolos. Xalqning ruslarga ixlosi katta va
ijobiy bo‘lib, ular o‘z taqdirini faqat RSFSR hal qilishiga ishonadi», deb noto‘g‘ri xabar bergan edi.
Ana shunday fikrga tayangan holda, 1921 yil 27 noyabrda Xorazm ishtirokiyun firqasi Markaziy
komiteti, XXSR Markaziy Ijroiya komiteti va Nozirlar Sho‘rosining kengaytirilgan qo‘shma
majlisida
Xorazm
respublikasi
Markaziy
Ijroiya
Komitetining
raisi
Otamaxzumxon
174
Muhammadrahimov, Xorazm respublikasi Nozirlar Sho‘rosining raisi Menglixo‘ja Ibniyaminov,
Markaziy Ijroiya Komitetining ish boshqaruvchisi mulla Bekchon Raxmonov, Markaziy Ijroiya
Komitet ijroiya bo‘limining boshlig‘i Muxammad Abdalov, moliya noziri Muxdmmad Yusuf
Otajonov, dohiliya noziri Hasan Ermatov, xorijiya noziri Mulla O‘roz Xo‘jamuxamedov, harbiy
ishlar noziri Mirkomil Mirsharopov, turkman sho‘basi raisi Yangiboy Murodov shuningdek,
Trigulov, Agaydarov, Yungirovni Xorazm xalqining dushmani deb e’lon qilindi. Ularni ishdan olib
tashlash va qamashga qaror qilindi. Otamaxzumxon Muxammadraximov majlisga chaqirilmadi. U
o‘z ustidan chiqarilgan hukmdan xabar topgach, Olloqulixon madrasasida yashirinib, jon saqlashga
harakat qilgan edi. Ammo uni shu madrasaning ichida otib o‘ddirdilar. Mengilxo‘ja Ibniyaminov,
Mulla Bekchon Rahmonovlar qamoqqa olindi. Shuningdek qamoqqa olingan Mirkomil
Mirsharopov, Hasan Ermatov, Yangiboy Murodov, Yungirov, Ogaydarov, Trigulovlar RSFSRning
Xivadagi vakolatxonasi ixtiyoriga berilib, Xorazmdan chiqarib yuborildi. Muxammadjon Abdalov
bir yil, Muxammad Yusuf Otajonov besh yil qamoqqa, Menglixo‘ja Ibniyaminov va Mulla Bekejan
Rahmonovlar Oliy jazo — otib o‘ldirishga hukm qilindi. Mazkur hukmning qarori XXSR MIKning
Prezidumida ko‘rilib, Mengilxo‘ja Ibniyaminov va Mulla Bekchon Rahmonovlarning o‘lim jazolari
10 yildan qamoq jazosiga o‘zgartirilib, hukm tasdiqlangan edi. Biroq keyinchalik M.Ibniyaminov
va B.Rahmonov qamoqdan ozod qilindilar. Mulla O‘roz Xo‘jamuxammedov turkman urug‘i
sardorlaridan biri — Qo‘shmamedxon Sapiyevning va uning 100 kishilik otliq qo‘shini otib
tashlangan
vaqtda,
shuningdek
Polvonniyoz
Hoji
Yusupov
va
Otamaxzumxon
Muxammadraximovga qo‘yilgan ayblarga aloqasi yo‘qligi hamda bu davrda Xorazm Xalq Sovet
Respublikasining RSFSRga yuborgan delegatsiyasi tarkibida Moskvada bo‘lganligi sababli tez
orada ozod qilindi. Lekin, u ham tayziq ostiga olingach, Junaidxon tomonga qochib ketdi. Turkiston
ASSR hukumati Mirkomil Mirsharopov va Hasan Ermatovlarni Xorazm respublikasi hududidan
chiqib ketishi bilan ularga qo‘llanilgan jazo choralarini o‘zgartirdilar va ular harbiy o‘qishga
yuborildi. Keyinchalik Mirkomil Mirsharopov (1924 yil fevral oyida) XXSRga qaytib kelib, harbiy
nozir o‘rinbosari vazifasida ishladi va Junaidxonga qarshi kurashdi. Hukm qilinganlarning bir
qanchalari 1921 yilning oxiri va 1922 yilning boshlarida XXSR ishtirokiyun firqasi va hukumat
rahbarligi lavozimlarida foydalanish uchun ozod qilindi. Jumladan, Mulla Bekchon Raxmonov —
maorif va madaniyat ishlariga, Muxammadjon Abdalov — moliya, bank ishlariga, Menglixo‘ja
Ibniyaminov XXSR MIKga qayta ishga tiklandilar. Ozod qilinganlardan moliya nozirligi vazifasida
ishlagan — Muhammad Yusuf Otajonov ko‘p o‘tmay Junaidxon tomonga qochib o‘tdi va g‘oyib
bo‘ldi. Aslida Xorazm ishtirokiyun firqasining I qurultoyi bu voqealar o‘tgandan keyin, aniqrog‘i
1921 yil 4—12 dekabrda Xorazm yersiz va kam yerlik dehqonlarning I qurultoyi bilan birga o‘tdi.
Xorazm ishtirokiyun firqasi Markaziy Komitetining a’zolari Vais Raximiy, Hasan Ermatov,
R.Abdullayev, Bahri Fayziy singari rahbarlari XXSR hukumati olib borayotgan siyosatni qo‘llab —
quvvatlab turgan edilar. Shuningdek Xorazmdagi ishtirokiyun firqa a’zolari o‘sha davrda Xorazm
xalqi tomonidan saylab qo‘yilgan XXSR Markaziy Ijroiya Komiteti va XXSR Nozirlar Sho‘rosini
tarqatib yuborib, ularning rahbarlarini xalq dushmaniga aylantirib, hibsga olish imkoniyatiga ega
emas edi. Bu markazdagi rahbarlarning ishi bo‘lib, ayrim xorazmlik ishtirokiyun firqa a’zolari qo‘li
bilan qizil askarlar ishtirokida amalga oshirilgan.1922 yil 1 fevralda Xorazm ishtirokiyun firqasi
RKP (B) tarkibiga kirdi. 1922 yil 4 martda RKP (b) MK Turkbyuro raisi S.I.Gusevning Xorazm
ishtirokiyun firqasi nomiga yuborilgan telegrammasida Xorazm ishtirokiyun firqasi ham Gruziya va
Ozarbayjon ishtirokiyun firqalari singari RKP (b) ga mustaqil a’zo bo‘lib kirdilar, deb xabar
qilingan edi.
1922 yil mart oyida RKP (b) MK Xorazm ishtirokiyun firqasiga uning iltimosiga binoan
qaytarib bermaslik sharti bilan 300 million rubl mablag‘ berdi va 1922 yil 5 martdan boshlab esa
Xorazm ishtirokiyun firqasini moliyaviy jihatdan to‘la ta’minlash, uning shtatlarini belgilash hamda
ikki baravar o‘stirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Xorazmda ishtirokiyun firqa a’zolarini,
kommunistik mafkura asosida tarbiyalash uchun Markazdan I.M.Bik, YE.Gladko, V.Aniskin,
I.A.Yermakov, Samoxvalov, S.S.Chernik va boshqalar kelib tinimsiz targ‘ibot ishlarini olib
bordilar. XXSR MIK va hukumat rahbarligiga saylanganlarning deyarli hammasi ishtirokiyun firqa
a’zolari edi. XXSR MIK tarkibida Xorazm ishtirokiyun firqasi ma’sul kotibi G.Sharafitdinov
rahbarligida Xorazm ishtirokiyun firqa fraksiyasi tuzildi.1922 yil 15 noyabrda XXSR Nozirlar
Sho‘rosi qoshida Davlat siyosiy boshqarmasi tashkil qilindi. Siyosiy boshqarma raisi qilib Xorazm
ishtirokiyun firqasi Markaziy Komiteti a’zosi Bobo Muhammadjonov, harbiy tribunal raisi qilib
175
I.Mansurov belgilandi. Shuningdek, uchinchi a’zo qilib qozoq bo‘limining boshlig‘i, Xorazm
ishtirokiyun firqa Markaziy komiteti a’zosi — Tagan Abdullayev tayinlandi. Ularga katta huquq
berilgan. Ular davlatga ishonchsiz deb hisoblangan kishilarni 24 soat ichida o‘g‘rilik va
«bosmachilik»da ayblab otishga hukm qilishlari mumkin edi. Davlat siyosiy boshqarmasi qoshida
esa 70 kishilik kommunistik otryad tashkil qilindi. Unga ishtirokiyun firqa a’zolari, yoshlar
tashkiloti a’zolari va harbiylar kiritildi. Otryadga 3 kishilik komissiya rahbarlik qildi. Ularning raisi
qilib Aniskin, a’zolari qilib Muxammadyarov va S.V. Malishevlar saylandilar. Bu jarayonlar RKP
(b) MK O‘rta Osiyo byurosi orqali Xorazm ishtirokiyun firqasiga katta ta’sir ko‘rsatish imkonini
berdi. RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi Xorazmda ishtirokiyun firqa qo‘li bilan ishni
«tozalash»dan boshladi. 1923 yilgi «tozalash» natijasida Xorazm ishtirokiyun firqasi safidan 50%
dan ziyodroq kishi savdogar va mulla deb chiqarildi. Bu ishtirokiyun firqada a’zo bo‘lgan xatli,
savodli Xorazm ziyolilarining asosiy qismi bo‘lib, ishtirokiyun firqadan va hukumatdan
chetlashtirildi, degan gap edi. Bunday tozalash ishlari hukumat tarkibida va boshqa jamoat
tashkilotlarida ham amalga oshirilgan edi.
RKP MK O‘rta Osiyo byurosi 1923 yil 14 martda Xorazm ishtirokiyun firqasiga yuqoridan
turib berilgan topshiriqlarini bajarish uchun rahbar va mutaxassislar yubordi. Masalan, Kozlovskiy,
Yankovskiy, Ditman va Shermuhammedovlar xo‘jalik tashkilotlaridagi ishlarni qayta qurish uchun;
Troitskiy, Zubkov, Sultonxo‘jayevlar kooperatsiyalar tuzish uchun yuborildi. Keyinchalik qishloq
xo‘jaligida qanday ekinlar ekishni o‘rganish uchun Belyayev, Seleznev, Chernov, Shimnevich va
boshqalar yuborildi. Ishtirokiyun firqa ruxsatisiz davlat ishlarini boshqarish, buyruq va
ko‘rgazmalar berish taqiqlab qo‘yildi. Ishtirokiyun firqa a’zolari va tashkilotlari miqdori
ko‘paytirilayotgan bir paytda XXSR MIK va Nozirlar Sho‘rosi a’zolari, shuningdek, joylardagi
hukumat xizmatchilarining soni qisqartirildi. Masalan, 1923 yil avgust oyida hukumat a’zolari va
xizmatchilar soni 3474 kishidan 1128 kishiga kamaytirildi. Bu hukumat a’zolari soni deyarli 3
marta qisqartirildi, degan gap edi.
Hukumat a’zolarining tez —tez o‘zgartirilib, badnom qilinishi, XKP ichidagi amalga
oshirilgan tozalashlar, XXSRning XSSR deb nomining o‘zgartirilishi, 1923 yil 18 — 20 oktabrda
o‘tkazilgan Butunxorazm Sovetlarining IV qurultoyida qabul qilingan yangi Konstitutsiya asosida
bu mustaqil davlat Rossiyaga qaram dehqon deputatlari respublikasiga aylandi. 1923 yil kuzidan
boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni
sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori bosqichiga ko‘tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha
davom etdi.
Butun Xorazm sovetlarining IV qurultoyi asosida amalga oshirilayotgan ishlar uzoqqa
bormadi. Unda oldinga qo‘yilgan ko‘pgina ishlar ham mahalliy sharoit bilan hisoblashmasdan,
yuqoridan berilgan ko‘rsatmalar asosida amalga oshirilganligi sababli ko‘pgina noroziliklarga olib
keldi. Bu esa, 1923 yil oxirlari—1924 yil boshlarida Xorazmda Junaidxon rahbarligida qo‘zg‘olon
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olonni bostirish maqsadida 1924 yil 16 yanvarda XSSR MIKning
qaroriga binoan respublikada harbiy holat e’lon qilindi. 17 yanvarda Xorazm ishtirokiyun firqa
ijroiya byurosi qaroriga binoan respublikada harbiy inqilobiy komitet tashkil qilindi. Unga
Matkarim Abdusalomov raislik qildi. Shuningdek, Matyoqub Otajonov rahbarligida favqulodda
(CHK) komissiya tashkil qilindi va unga GPU va harbiy tribunal xodimlari bo‘ysundirildi. Yanvar
qo‘zg‘olonidan keyin markazdan XSSRga bir qancha tajribali ishtirokiyun firqa a’zolari rahbarlik
qilish uchun yuborildi. Faqat 1924 yil fevral —mart oylari ichida XSSR ga 60 kishi yuborildi. Ular
qatorida TASSRda eng ko‘zga ko‘ringan ishtirokiyun firqa (Turkiston Kompartiyasi) a’zolaridan
Nizomiddin Xo‘jayev va Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayevlar ham bor edi. Nizomiddin Xo‘jayev
ishtirokiyun firqada kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy bo‘limga rahbarlik qildi.
Shuningdek, markazdan, uzoq yillar davomida Turkiston ASSR Zakaspiy viloyati ishtirokiyun
firqasida ma’sul kotib bo‘lib ishlagan Boyarshinov ham yuborildi. U RKP (b) MK O‘rta Osiyo
byurosining doimiy vakili sifatida ishladi. Chari Perliyev — Xorazm ishtirokiyun firqasi,
Toshxovuz viloyati partiya kotibligiga yuborildi. U Buxoro ishtirokiyun firqasi aktiv xodimlaridan
biri bo‘lib, Buxoro ishtirokiyun firqasi Karki viloyat kotibi bo‘lib ishlagan edi. RSFSRning
XXSRdagi muxtor elchisi bo‘lgan G.I. Broydo rahbarligida (Sanjar Asfandiyorov va Sedovlar ham
kirgan) maxsus komissiya yuborildi va bu komissiya RKP (b) MK ning komissiyasi sifatida ishladi
va Markaz bilan uzluksiz aloqada bo‘ldi. 1924 yil fevral oyida Turkiston fronti (Turkfront) harbiy
inqilobiy kengash a’zosi E.P. Berzin rahbarligida RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi komissiyasi
176
Xivaga yuborildi. 1924 yil 13 martda RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi raisi muovini A.Y.Karklin,
Turkfront qo‘mondoni Pugachev, shuningdek, Abdulla, Raximboyev, Qayg‘isiz Otaboyev,
Nodirboy Oytoqov, Isoq Xonsuvorov, I.M.Mejlauk, X.Xanov, V.V.Shaxetov va boshqalar
yuborildi. Ular Xorazm ishtirokiyun firqasi, yoshlar va kasaba uyushmalarida, keng xalq ommasi
o‘rtasida g‘oyaviy - siyosiy tashviqot olib bordilar. XSSRda asta - sekinlik bilan vaqf yer egaligidan
foydalanish, soliq siyosatida va boshqa ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarga chek qo‘yila boshlandi.
Ishtirokiyun firqa va xalq o‘rtasidagi munosabatlar, din va ulamolarga bo‘lgan munosabatlar
yaxshilandi, hatto XSSR MIK tarkibida ulamolardan vakil ham kiritiladigan bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, Xorazm hududida ham butun Rossiya imperiyasi hududlaridagi kabi
1917 – 1924 yillarda shiddatli siyosiy jarayonlar, katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Fevral inqilobi
ta’sirida O‘rta Osiyo davlatchiligi tarixida yagona konstitutsiyaviy monarxiya boshqaruv tuzimi
Xorazmda o‘rnatildi va 1917 yil aprel – noyabr oylarida faoliyat olib bordi. Imperiyada tashkil
topgan sovet hukumati dastlab mustaqil davlat deb tan olgan Xorazm hukumatining hududiga
qurolli bosqin uyushtirib, u hukumat boshqaruv tizimini o‘zgartirdi. 1920 yil 13 sentabrdagi
shartnoma asosida XXSRni mustaqil davlat deb tan olib, doimo uning ichki ishlariga aralashib turdi
va uch ming yillik davlatchilik asoslariga ega bo‘lgan davlatni parchalab tashladi.
1917 yil Buxoro amirligi ham muhim o‘zgarishlar arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda
jadidchilik harakati va undan o‘sib chiqqan yosh buxoroliklar partiyasining faoliyati kuchaydi.
Yosh buxoroliklar 1910 yildayoq o‘zlarini alohida tashkilot sifatida e’lon qilgan edi. Ular dastavval
mavjud monarxiya tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsion monarxiyani
o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.
1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Sayid Olimxon mamlakatda islohotlar o‘tkazish to‘g‘risida
farmon chiqarsa ham amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida namoyish
uyushtirganlaridan so‘ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish boshlandi.
Buxorodagi aprel voqealarining yakuni shu bo‘ldiki, hukumatda konservativ kuchlar yana
ustunlikka erishdilar. Sayid Olimxon qozikalon Sharifjon Maxdumni lavozimidan bo‘shatdi,
g‘azablangan mutaassiblar rais Abdusamadxo‘jani olomon qilib o‘ldirdilar. Nasrullobek
qo‘shbegining buyrug‘i bilan yosh buxorolik jadidlarning mashhur namoyandasi Sadriddin Ayniy
va boshqalar 75 tayoq urib jazolandilar. Islohotchilik harakatining bu bosqichi mana shunday salbiy
natija bilan yakunlandi.
Oktabr to‘ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlar
keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat rahbariyati Buxoro amirligining
davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy
ravishda aralashib turdi.
Yosh buxoroliklar amirlik istibdodiga qarshi kurashni davom ettirdi. Partiya ichida turli
guruhlarning borligi, qarashlarning xilma-xilligi tufayli yagona dastur tuzishga ehtiyoj tug‘ildi.
Markaziy qo‘mita bu vazifani 1917 yil noyabrda Fitratga topshirdi. Fitrat tomonidan 1918 yil
yanvarda yozilgan yosh buxoroliklar partiyasining dasturi Markaziy qo‘mita tomonidan tasdiqlandi
va islohot loyihasi sifatida e’lon qilindi. Unda Buxoroda konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish,
Buxoroning iqtisodiy, siyosiy va harbiy mustaqilligini ta’minlash, madaniy taraqqiyotga erishish
lozimligi, dehqonchilik va soliq tizimiga alohida e’tibor berildi. Buxoroda zamonaviy armiyani
tashkil etish, 2 yillik majburiy harbiy xizmatni joriy qilish, davlat hisobidan maktablar va oliy o‘quv
yurtlari ochish zarurligi ta’kidlandi. Loyihada Buxoroda 10 ta nozirlikdan iborat Nozirlar Sho‘rosi
tuzish taklif etildi. Keyinchalik Fayzulla Xo‘jayev Fitrat loyihasining ancha cheklanganligini tanqid
qilib, unda boshqaruvning respublika usulini joriy etish talab qilinmaganligini ko‘rsatgan edi.
Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amir hukumatini kuch bilan ag‘darishga
urindi. Bolsheviklar shu maqsadda yosh buxorolik jadidlarni qo‘llab-quvvatlashdi. 1918 yil mart
oyida Turkiston o‘lkasi XKS raisi F.Kolesov qo‘mondonligidagi qizil askarlar mamlakat poytaxti
Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham,
Buxorodagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Afsuski, amir Olimxon
mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda muxolifatdagi yosh buxoroliklar partiyasi
arboblari bilan til topisha olmadi. U mamlakatla konstitutsion monarxiya va demokratik tartibotlarni
o‘rnatmoqchi bo‘lgan jadidlar - yosh buxoroliklarni yo‘qotish yo‘lini tutdi. Fayzulla Xo‘jayevning
ta’kidlashicha, Kolesov voqeasidan keyin amir mamlakatda 3000 kishini qatl qilgan. Sadriddin
Ayniyning yozishicha faqat poytaxt-Eski Buxoro emas, balki G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent,
177
Qorako‘l, Chorjo‘y, Xatirchi, Karmana, Qarshi, Shahrisabz bekliklarida ham minglab kishilar
jadidlikda ayblanib, nohaq o‘ldirildi. Buxorolik jadidarning tirik qolgan vakillari Samarqand,
Toshkent va Moskvaga jo‘nab ketishga majbur bo‘lishdi.
Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning yozida Toshkentda Buxoro kompartiyasini
tuzishdi. Fayzulla Xo‘jayev Moskvadagi muhojirlik davrida, 1918 yil oktabrda Turkiston
respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor vakolatxonasi qoshida yosh buxoroliklar
partiyasi bo‘limini tashkil qildi. 1920 yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo‘jayev boshchiligidagi
inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar yosh
buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag‘darishda foydalandilar. Ular ham taktik maqsadlarni
ko‘zlagan holda bolsheviklarga yaqinlashishdi.
Yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi 1920 yil 13-14 iyunda bo‘lgan
birlashgan konferensiyasida Fayzulla Xo‘jayev tuzgan dasturni qabul qildi. Dastur “Zulmga qarshi
birlashingiz!” degan shior va kirish qismi bilan boshlanadi. Bu qismda Buxoroning umumiy ahvoli
va yosh buxoroliklarning asosiy maqsadlari, ikkinchi qismida esa yosh buxoroliklarning amaliy
takliflari, islohot va mamlakatning idora qilishni tashkil qilish rejasi bayon etildi. Shariat-adliya
ishlarini olib borishning negizi, deb quyidagicha e’tirof qilindi: ”Shariat-adolatni talqin qiluvchi va
kambag‘allarni himoya etuvchidir”. Dasturda amirlikni qurol kuchi bilan ag‘darib tashlash va
Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon qilish talabi qo‘yildi. Yosh buxoroliklar katta
boylar qo‘lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang‘ich ta’lim joriy etish, shuningdek, qishloq
xo‘jaligi, hunarmandchilik sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo‘lida amaliy
chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidlashdi.
1917-1920 yillarda Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy hayotida yuzaga kelgan murakkab
vaziyat, boshqaruv tizimidagi tartibsizliklardan foydalangan sovet hukumati rahbariyati, jumladan,
Turkiston fronti qo‘mondoni M.V.Frunze 1920 yil 25 avgustda qizil askarlarga Buxoroni bosib
olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so‘ng, 2 sentabrda Buxoro shahri bosib olinib, Sayid
Olimxon hokimiyatdan ag‘darib tashlandi. Qizil askarlar Sharqning eng qadimgi shaharlaridan biri,
“Islom dinining gumbazi” va “sharif shahar” hisoblangan muqaddas Buxoroni vayron qildilar.
Qadimiy Buxoro o‘t va harobalar ichida qoldi.
Shafqatsiz o‘q yomg‘iri va bombardimon natijasida shahar obidalarining bir qismi vayron
etilib, minglab begunoh odamlar nobud bo‘lgan. O‘sha davr voqealarining bevosita shohidi bo‘lgan
mahalliy tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining “Tarixi Nofeiy” (“Foydali tarix”) asarida
qizil askarlar tomonidan qilingan Buxoro bosqini oqibatlarini quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoroni
bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib xarob bo‘ldi.
Minorai Kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mir Arab madrasalari yonib ketdi... Hazrati Imom
darvozasidan Guzari Nazargacha, Kofirobod, O‘g‘lon darvozasi, Masjidi Kalon, Zindondan
To‘qimdo‘ziy hammomigacha, minora ostidan to So‘zangaron dahasi, Gul bozor, Lattafurushlar
rastasi, Registondan to Puli oshiqonning boshigacha batamom yonib ketdi. Qarshi darvozasi ham
yonib ketdi... Shaharda 3000ga yaqin hovli yonib kul bo‘ldi. Buxoro shahri qariyb 20 kun yongandi.
Buxoroning shu darajada xarob bo‘lganini hech bir tarix ko‘rmagan edi”. Buxoroliklar bu kunlarni
“kichik qiyomat” deb atashgan.
Shaharga kirgan qizil askarlar arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qo‘shbegi va
boshqa amaldorlarning boyligini musodara qilganlar. askarlar va qo‘shin rahbarlari katta boylik
orttirganlar. Hatto Frunze xazinadagi qimmatbaho boyliklarning bir qismini o‘zi uchun saqlab
qo‘ygan. Turkiston harbiy-inqilobiy byuro “uchligi”ning a’zosi A.Mashitskiyning 1920 yil
sentabrda V.I.Leninga yozgan ma’lumotnomasida shahar markazi yakson qilinganligi, Registon va
ark yondirilgani, ark yerto‘lalari va omborxonalaridagi boyliklar-oltin, kumush, brilliantlar
talangani, bunda qizil armiya bevosita qatnashgani haqida xabar bergan.
Sentabr oyining boshida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk
Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga yo‘l oldi. Qariyb 15 sentabrgacha davom etgan Buxoro
talovining guvohi bo‘lgan Turkbyuro raisi o‘rinbosari G.Safarov quyidagicha yozgan edi:
“Buxoroga kelgan qizil qo‘shinlar eng avvalo talonchilik bilan shug‘ullandilar. Ular hammani va
hamma narsani taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar”. Buxoro shahridan
so‘ng qizil armiya 27 beklikni ham birin-ketin egallab, Buxoro amirligiga barham berishdi.
1920 yil 14 sentabrda bo‘lgan Xalq Nozirlar Sho‘rosi, Revkom va Buxoro Kompartiyasi
MKning umumiy yig‘ilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qo‘mitasi (raisi-Abdulqodir
178
Muhitdinov) va respublika hukumati-11 kishidan iborat Xalq Nozirlar Sho‘rosi (raisi-Fayzulla
Xo‘jayev) tuzildi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi
tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiy-tashqi ishlar (nozir-Fayzulla Xo‘jayev), maorif (Qori
Yo‘ldosh Po‘latov), doxiliya-ichki ishlar (Muxtor Sayidjonov), moliya (Usmonxo‘ja
Po‘latxo‘jayev), davlat nazorati (Najib Husayinov), favqulodda komissiya (Cheka raisi-Yusuf
Ibrohimov), adliya (Mukammil Burhonov), harbiy ishlar (Bahovuddin Shihobuddinov), yer-suv
ishlari-dehqonchilik (Abdulqodir Muhitdinov), savdo va sanoat (Mirzo Muhitdin Mansurov)
nozirliklari. Bu paytga kelib inqilobchilik ta’sirida bo‘lgan yosh buxoroliklar partiyasi a’zolari
Buxoro kompartiyasi safiga kirishga majbur bo‘lgan edilar. Ushbu o‘rinda ta’kidlash joizki, asosan
jadidlardan tashkil topgan Buxoro hukumati o‘sha paytda ma’lumotli kishilar yig‘ilgan
hukumatlardan biri hisoblangan. Buxoro jadidlari o‘zlarining islohotchilik g‘oyalarini yangi
hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.
1920 yil 6-8 oktabrda amirning yozgi saroyi-Sitorai Mohi xosada chaqirilgan Butun Buxoro
xalq vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi tantanali
ravishda e’lon qilindi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga
qisqa muddat ichida o‘rta asrchilik an’analaridan meros qolgan amirlik Buxorosini demokratik
davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushdi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun
chiqaruvchi oliy organi bo‘lgan Buxoro inqilobiy qo‘mitasi (Markaziy Revkom), Buxoro Xalq
Nozirlar Sho‘rosi-dastlabki hukumat tarkibini uzil-kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati II
qurultoygacha uzaytirildi. 1920 yil oktabr-noyabr oylarida BXSR bilan RSFSR o‘rtasida muvaqqat
harbiy-siyosiy ahdlashuv va shartnoma tuzildi. 1921 yil 4 martda har ikki davlat o‘rtasida ittifoq
shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh
Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklashga olib keldi. Ittifoq shartnomasi
mustaqil Buxoro davlati hududida sovet qo‘shinlari turishini “qonuniy” asoslab berdiki, mazkur hol
BXSR ichki ishlariga Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy jihatdan qurolli aralashuvidan boshqa
narsa emas edi.
Buxoro hukumati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri yer-suv masalasini hal qilish edi.
1920 yil 30 sentabrda Buxoro Markaziy Revkomi «Yer to‘g‘risida»gi dekretni qabul qildi. Dekretga
muvofiq, sobiq amir, uning qarindoshlari va amaldorlari qo‘lidagi butun yer-mulk kambag‘al va
yersiz dehqonlarga berilishi kerak edi. Shuningdek, dekretga ko‘ra, «xiroj», «amlok» va boshqa
soliqlar bekor qilindi. Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, faqat Eski Buxoro tumanlari va Chorjo‘y
bekligida sobiq amir va beklarga qarashli 10000 tanob yer musodara qilinib, kambag‘al
dehqonlarga taqsimlab berildi.
Avval boshida Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma’qullab
kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko‘rilgan qattiq
choralar, ularga tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi, saroy ayonlari va amir
amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi, amir xazinasining Moskvaga olib
ketilishi, majburiy oziq-ovqat razvyorstkasi, uning qattiqqo‘llik bilan amalga oshirilishi, islom dini
va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya ta’minotining
aholi zimmasiga yuklatilishi buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik faoliyati
haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab bo‘ldi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy
munosabatlar ham keskinlashdi. Buxoroda amir hokimiyati ag‘darib tashlangan dastlabki
haftalardayoq mamlakatning g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik
siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi boshlangan qurolli qarshilik harakati avj olib ketdi.
Buxoro hukumati ichida siyosiy bo‘linish kuchaydi. Bir tarafdan, Buxoro kompartiyasi
ichidagi so‘l va o‘ng kommunistlarga qarshi g‘oyaviy jihatdan kurash olib borishga to‘g‘ri kelsa,
ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning favqulodda organlari bo‘lgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O‘rta
Osiyo byurosi yosh mustaqil davlatning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar
edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan F.Xo‘jayev, U. Po‘latxo‘jayev, Otaulla Xo‘jayev, Fitrat,
Muinjon Aminov, Muxtor Sayidjonov, Sattor Xo‘jayev, M.Mansurov, A. Muhitdinov va boshqalar
hukumatda demokratik yo‘l tutib, mo‘tadil mavqeda turdilar. Ular BXSRning amalda mustaqil
bo‘lishi, islohotlar o‘tkazish zarurligini yoqlab chiqdilar.
1921 yil 18-23 sentabrda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik
ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya
fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yo‘li bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada
179
davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki ta’minlandi. Xususiy mulk
va savdo-sotiq erkinliklari unda o‘z ifodasini topdi. BXSR Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng
siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo‘qotdi.
II qurultoyda Butun Buxoro MIK tashkil qilinib, uning raisi qilib Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev
(1887-1968) saylandi. 1922 yil avgustda bo‘lgan III qurultoyda bu lavozimni Porso Xo‘jayev
egalladi.
Buxoro Respublikasidagi iqtisodiy siyosat va xo‘jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda
kechdi. Buxoro inqilobiy qo‘mitasining 1921 yil 2 fevraldagi dekreti hamma yerlarni umumxalq
mulki deb e’lon qildi. Vaqf yerlari tugatildi, ayrim toifadagi xo‘jaliklarning chorva mollari va
mulklari musodara qilindi. Sug‘orish tizimi izdan chiqdi. Ekin maydonlari qisqarib chorva
mollarining soni kamayib ketdi. Shu bilan bir vaqtda ko‘plab ijobiy ishlar ham amalga oshirildi.
1921 yil kuzida yerni tortib olish bekor qilindi. BXSR MIKning umumiy avf to‘g‘risidagi 1922 yil
25 may dekreti vaqflarni tugatishni to‘xtatish, qozixonalar ishini, shariat ko‘rsatmalarini tiklash va
boshqalarni e’lon qildi. O‘sha yilning noyabr oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o‘tish e’lon
qilindi. Buxoro davlat banki tuzilib, «pul islohoti» amalga oshirildi. Dehqonlarni moddiy
rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Bu qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishiga olib keldi. 1923 yili
sug‘oriladigan yerlar maydoni 1913 yildagi darajaga yaqinlashib qoldi. Temir yo‘l tiklanib, zavod
va fabrikalar qaytadan ishga tushdi. Bu paytga kelib Buxoro Respublikasida 19 ta korxona, 500 dan
ortiq bozor ishlab turdi. Xususiy sarmoya 12000 savdogarlar mablag‘idan iborat bo‘ldi.
1923 yil mart oyida Turkiston, Buxoro va Xorazm iqtisodiy jihatdan birlashtirildi va uni
boshqarish uchun O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Sredaz EKOSO) tuzildi. BXSR hukumati raisi
Fayzulla Xo‘jayev O‘rta Osiyoning iqtisodiy jihatdan birlashuvi to‘g‘risidagi fikrni boshida qo‘llab-
quvvatlamadi. Chunki u iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, hatto mintaqa xalq xo‘jaligi istiqbollari
to‘g‘risida qaror qabul qilishgacha bo‘lgan barcha ishlar markaz qo‘liga o‘tayotganligini anglab, bu
siyosatning mash’um oqibatlarini mushohada qila olgan edi. Buxoro hududida joylashgan sovet
Rossiyasi qo‘shinlari Buxoro davlatining oziq-ovqati va yem-hashagi bilan ta’minlanar edi.
Hukumat boshlig‘i F.Xo‘jayev sovet qo‘shinlari sonini 15000 kishigacha qisqartirish to‘g‘risidagi
masalani Moskva oldiga bir necha marta qo‘ydi.
Biroq Buxoro respublikasidagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora
kuchayib bordi. 1923 yil 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining Bosh qo‘mondoni
S.S.Kamenev, Turkfront Inqilobiy harbiy kengashi raisi A.I.Kork, RKP (b) MK O‘rta Osiyo
byurosi a’zosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. Ular Buxoro hukumati faoliyatidan
qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik o‘zgarishlarni jadallashtirish kerakligini
ta’kidlashdi. Oradan ko‘p o‘tmay 12 iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi maxsus qaror qabul
qilib, Buxoro hukumatini sovetlashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi. Sovet hukumati o‘z
buyruqlarini tez va qarshiliksiz amalga oshirish uchun RKP (B) MK kotibi Y.E.Rudzutakni
Buxoroga jo‘natdi. 23 iyunda BKP MK yopiq plenumida Rudzutak ishtirok qilib, Buxoro hukumati
rahbarlari va mahalliy kommunistlar oldiga qat’iy talablarni qo‘ydi. Fayzulla Xo‘jayevning eng
yaqin safdoshlari bo‘lgan sobiq yosh buxorolik jadidlar Otaulla Xo‘jayev (tashqi ishlar noziri),
Fitrat (maorif noziri), Sattor Xo‘jayev (moliya noziri), Muinjon Aminov (Buxoro EKOSO raisi)
lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Qori Yo‘ldosh
Po‘latov, Abduraxim Yusufzoda, Muzahar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yo‘ldoshev ham
ma’sul lavozimlardan olib tashlandi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning “kommunistcha
sabog‘i”ni olgan “tajribali sovet xodimlari” bilan to‘ldirildi.
Buxoro hukumatida Turkistondan yuborilgan emissarlarning ta’siri tobora kuchayib bordi.
Kommunistik unsurlar bu bilan cheklanib qolmasdan 14 avgustda bo‘lgan Buxoro MIK favqulodda
sessiyasida Konstitutsiya matniga o‘zgartirish kiritishga ham muvaffaq bo‘ldilar. 1923 yil 11-17
oktabrda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining IV qurultoyi Konstitutsiyani o‘zgartirish
to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov
huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi kengaytirildi. Shuningdek,
qurultoy jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni kuchaytiradigan “Sovet kurilishi to‘g‘risida” nomli maxsus
qaror qabul qildi. Jamiyat tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda o‘tkazilayotgan demokratik
islohotlarning taqdiri xavf ostida qoldi. Markazning talabi bilan mamlakatda sun’iy ravishda
sotsialistik qayta qurishlarni amalga oshirishga kirishildi. Respublikadagi bu keskin vaziyat qurolli
muxolifat harakatining kuchayishida ham o‘z ifodasini topdi.
180
Shunday qilib, 1923 yil yozida mustabid sovet tuzumi Buxoroda o‘ziga xos davlat
to‘ntarishini amalga oshirdi. Milliy qo‘shin va milliy valyuta bolsheviklar tomonidan tugatildi. Bu
holat Buxoro mustaqilligiga katta xavf tug‘dirdi. Biroq Xorazm respublikasidan farqli ravishda,
faqat 1924 yil kuzidan boshlab Buxoroda sotsialistik taraqqiyot tomon yo‘nalish boshlandi.
1924 yil 18-20 sentabrda bo‘lib o‘tgan Butun Buxoro xalq vakillarining V qurultoyida BXSR
Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. BSSRning tuzilishi yuqoridan turib
sun’iy tarzda amalga oshirilgan xodisa edi. Natijada taraqqiyotning demokratik yo‘li inkor qilinib,
sotsialistik yo‘nalishi tanlandi. Markazdagi bolshevik rahbarlarining Buxoro va Xorazm
respublikalarini sotsialistik respublikalarga aylantirishdan ko‘zda tutgan asosiy maqsadi mahalliy
xalqlarni tezroq sovetlashtirish, xalq ongiga kommunizm mafkurasini majburan singdirish edi. 1924
yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm respublikasi singari Buxoro SSR ham tugatilib, uning hududi
1925 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston SSR (1929 yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham bo‘lgan)
va Turkmaniston SSRga kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalarining demokratik islohotlar
tomon bosib o‘tgan yo‘li o‘sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda ham
mashaqqatli bo‘ldi. Buxoro va Xorazm respublikalari atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy
qilinayotgan demokratik davlatga aylana boshlagan edi. Lekin, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi
tomonidan sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil bo‘lgan bu davlatlarning
mavjudligiga ham barham berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |