Referati reja: Hindiston Respublikasining umumiy tavsifi



Download 27,47 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi27,47 Kb.
#76166
TuriReferat
Bog'liq
JIXIM

Davlat bojxona qo’mitasi

bojxona instituti

Yurisprudensiya 119-guruh kursanti

Usmonov Sobitxonning

“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

munosabatlar” fanidan tayyorlagan

REFERATI


REJA:

  1. Hindiston Respublikasining umumiy tavsifi.

  2. Hindiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati va xao’jaligining asoslari

  3. Hindiston respublikasining yalpi ichki mahsuloti, eksport va importuning asosiy ko’rsatkichlari

Hindiston Respublikasi — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Poytaxti – Dehli shahri Maʼmuriy jihatdan 28 shtat va 7 ittifoq hududga boʻlinadi.

Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.

Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va hokazo) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr stansiyalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.

Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

Bugungi Hidiston rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yirigidir. U jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko‘ra AQSH va Xitoydan keyingi 3-orinda turadi. Uning hajmi 2018-yilda 4,8 mlrd. AQSH dollarlarini tashkil etdi.

Hindiston xo'jaligining muhim xususiyatlari ishlab chiqarish tarmoqlari boylab nomuvofiq joylashganligidir. Umuman, uni tafovutlar mamlakati ham deyish mumkin. Unda boylik bilan kambagallik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan deyarli natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo'jaliklar yonma-yon turadi va bir-bilan bilan uyg'unlashib ketgan. Hindistonda YAIMning 29,4% i og’ir va yengil sanoatga, 33% qishloq xojaligiga, 12% i esa turizm va xizmat korsatish sohasiga togri keladi.

Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/4 qismi sanoatda ishlaydi. Bu uning industrlashish darajasining ancha past ekanligini ko'rsatadi. Hindiston an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og'ir sanoal tarmoqlari mamlakatiga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va hududiy taqsimlanishida yirik dengiz portlaridan Mumbay, Kolkata, Madras hamda mamlakatning siyosiy markazi bo'lgan Dehli shahrining muhim ahamiyati bor.

Hindistonda Rixand-Singrauli yoqilg'i-energetika majmuasi, Bixilai, Bokaro, Visakxapatnam qora metallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi, Xardvar ogir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, «Hindision Ruri» deb ataladigan Damodar vodiysi bo'ylab keng tarqalgan.

Yengil sanoatida gazlama va to'qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli xalq mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rni juda yuqori. Ular, asosan, tashqi bozor uchun mahsulot beradi. Oziq-ovqat sanoatida ham choy, qand-shakar (bu mahsulotlami yetishtirishda u jahonda birinchi o'rinda turadi), qandolat-o'simlik, оsimlik moyi kabilarning katta qismi tashqi bozor uchun ishlab chiqariladi.

Qishloq xo'jaligi tarixiy davrlar mobaynida Hindistonning asosiy ishlab chiqarish tarmog'i bo'lib qolmoqda. Bu tarmoqda mehnatda band bo'lgan jami aholining 40 foiziga yaqini ishlaydi. Hozirgi vaqtda Hindiston jahonda choy, shakarqamish, yeryong'oq, ayrim dukkakli don mahsulotlari, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirishda birinchi, sholi, jut bo'yicha ikkinchi, tamaki yetishtirish bo'yicha uchinchi, bugdoy, paxta yetishtirish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadi.

Hindistonning tabiiy sharoiti qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun ancha qulay. Shu sababli hududining yarmidan ko'pi ekin maydonlariga aylantirilgan. Ekin maydonlarining kattaligiga ko'ra u jahondayetakchi. Mamlakat ekin maydonlarining 2/5 qismi sug'orishni talab qiladi. Sug'oriladigan maydonlarining hajmiga ko’ra esa Hindiston faqat Xitoydan keyin turadi.

Ekin maydonlarining 85 foizida oziq-ovqat beruvchi ekinlar ekiladi. Shu sababli Hindiston yalpi don mahsulotlari yetishtirishda jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bunda, ayniqsa, sholi yetishtirishning ahamiyati katta. Chunki, guruchli ovqatlar hindlarning kundalik ozuqasining 85 foiziga уaqinini tashkil qiladi. Sholi amalda Hindistonning barcha shtatlarida keng ekiladi. Gang pasttekisligi va Braxmaputra daryobo'yi tekislik hududlarda esa asosiy maydonlar sholi bilan band.

Bug'doy ozuqa mahsulotlari beruvchi ekinlarning ikkinchisidir. Hind va Gang daryolari havzalarining yuqori qismlari mamlakatning asosiy bugdoy mintaqasi bo'lib hisoblanadi. Bu Panjob (besh daryo demakdir) vodiysida bug'doy, asosan, kabi mavsumida obikor yerlarda yetishtiriladi.

Mamlakatda bundan tashqari, paxta va moy beruvchi ekinlar (Dekan yassi tog'ligi), shakarqamish (Gang-Braxmaputra pasttekisligi), jut (G'arbiy Bengala), choy (Sharqiy Hmdistonning tog'oldi qiyaliklari), kokos yong'og'i va shifobaxsh dorivorlar (Arabiston dengizi sohillari) va boshqalar ham ko'p yetishtiriladi.

Hindistonda chorvachilik yetarli darajada rivojlanmagan. Garchi u dunyoda qoramollar soniga ko’ra birinchi o’rinda (ularning soni 200 mln. boshdan ziyod) bo lsa-da, kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Bunda induizm dini muhim rol oynaydi.

Теmiryollarning uzunligiga ko'ra Hindiston jahondagi yirik beshta mamlakatlar qatoridan o'rin oladi. Ammo transport tarmoqlarining texnik-iqtisodiy imkoniyatlari hozirgi davr talablaridan ancha orqada. Jumladan, temiryo'llarining anchagina qismi hozirgacha tor izli yo'llar bo'lib, ularda foydalanishdan allaqachonlar chiqib ketgan lokomotivlar xizmat qiladi. Avtomobil yo'llari ancha uzun va sertarmoq bo'lishiga qaramay, uning tarkibida qattiq qoplamaga ega bo'lgan yo'llar salmog'i ancha kam. Suv transportidan faqat dengiz bo'ylaridagina foydalaniladi. Ularning eng yirigi shimoli-sharqiy Hindistondir. Rayonning tashkil topishida deyarli bir yarim asr mobaynida Britaniya Hindistonining siyosiy markazi bo'lib kelgan Kolkataning roli kattadir. Hozirgi vaqtda u mamlakatning ikkinchi yirik sanoat va port shahridir. Shu bilan birga, bu rayon mamlakatning eng yirik yoqilg'i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rayoni hamdir. Unda eng ko'p sholi, jut, choy yetishtiriladi. Ayniqsa, jahondagi eng sifatli choy yetishtiruvchi Darjiling vodiylarining nomi olamga mashhur.

Iqtisodiy ahamiyatiga ko'ra mamlakatning ikkinchi rayoni G'arbiy Hindistondir. Uning markazi Mumbay shahri jahonning eng yirik madaniy va sanoat markazlaridan biri.

Hindiston iqtisodiyotining uchinchi rayoni Shimoliy va Markaziy Hindistondir. Eng yirik hudud va eng ko'p sonli aholiga ega bo`lgan bu rayonning tashkiliy markazi Dehlidir. Jahonning eng qadimiy shaharlaridan bo'lgan Dehli, Agra, Jaypur kabi shaharlari hind-musulmon arxitektura yodgorliklarga juda boydir.

Janubiy Hindiston mamlakatning o'ziga xos ishlab chiqarish ixtisosiga ega bo'lgan 4-rayondir. Tashkiliy markazi Chennay shahridir. Bu rayon iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. U, asosan, yeryong'oq, kokos yong'og'i, kauchuksimonlar, kofe, xushbo'y va shifobaxsh dorivor mahsulotlari hamda paxta, don yetishtirishga ixtisoslashgan. Chennay, Haydarobod, Vishakxapatnam kabi shaharlarda keyingi davrlarda mashinasozlik, metallurgiya, neft kimyosi kabi sanoat tarmoqlari an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoatlari bilan hamohang rivojlanmoqda.

Unga ko‘ra, iyun oyidagi profitsitga eksport qisqarishi sur'atining 12 foizga sekinlashuvi sabab bo‘lgan. O‘tgan oyda import miqdori 49 foizga pasaygan edi. Natijada Hindiston importi hajmi iyun oyida 21,1 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 21,9 mlrd dollarlik mahsulotni eksport qilgan.

Oxirgi yigirma yil ichida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri Hindistondir. Yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha yillik oʻsishi 5,5 foizni tashkil etadi. 516,3 milyon odam bilan ishchi kuchi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda. Ulardan 60 foizi qishloq xoʻjaligida, 28 foizi xizmat koʻrsatish sohasida, 12 foizi sanoatda ishlaydi. Guruch, bugʻdoy, paxta, kanop, shakarqamish va kartoshka muhim qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi sohasi yalpi ichki mahsulotning 28 foizini, xizmatlar sohasi va sanoat 54,18 foizni tashkil qiladi. Asosiy sanoat tarmogʻi avtomobilsozlik, sement ishlab chiqarish, elektronika, oziq-ovqat mahsulotlari, mashinasozlik, foydali qazilmalar qazib olish, neft, dori-darmon, metall ishlash va toʻqimachilikdan iborat.

Hindistonda energiyaning asosiy manbalari ko’mir va neft hisoblanadi. Lekin hozirgi kunda u yadroviy energiyadan ham keng foydalanmoqda, chunonchi, 2019-yil boshlarida 22ta atom elektr stansiyalari faoliyat korsatmoqda edi.

2017 yili eksport miqdori 140 milyard, import esa yaqin 224,9 milyard dollarga yetdi.

Hindiston temir yoʻllarida yiliga olti milyardgacha yoʻlovchi va 350 milyon tonna yuk tashiladi. Mamlakatning bosh temir yoʻl operatori 99 foiz tashishni nazorat qiluvchi “Indian Railways” sanaladi.

1950 yili Hindistonda 64 ta fuqaro aeroporti boʻlgan. Hozir aeroportlar soni 454 taga yetdi.

Hindiston aholisi sonning muttasil o’sishiga qaramasdan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari jihatdan ancha ijobiy natijalarga erishmoqda. Misol uchun 2019-yilda u iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha jahonda 24-o’rinni egalladi.

Hindiston yalpi ichki mahsulotning hajmi bo’yicha jahonda 3-orinni egallab kelmoqda. Uning ishlab chiqarlishida sohalarning ulushlari quyidagicha:


  • Qishloq xo’jaligi - 30%. Asosan gurunch, bug’doy, paxta, kungaboqar, kofe, choy, kauchuk va banan yetishtiradi.

  • Tog’-kon sanoati – 22$. Asosan neft, temir va ko’mir qazib chiqarish.

  • Kimyo sanoati – 15%. Asosan aminokislotalar, lak, bo’yoq, sintetik tolalar ishlab chiqarish.

  • Mashinasozlik – 11%. Asosan avtomobil, samalyot, vagon va suv transportlari ishlab chiqarish.

  • Yengil sanoat – 8%. Asosan tekstil, kiyim va oyoq kiyim, araxis, kunjut, sedana va kakos yog’I ishlab chiqarish.

  • Xizmat ko’rsatish – 7%. Asosan meditsina va dastuuriy ta’minot ishlab chiqarish

  • Turizm – 4%. Asosan tarixiy madaniy yodgorliklar, buddaviylik markazlari, ibodatxona va saroylar hisobiga.

O’rtacha ish haqi 650 dollarni tashkil etsada Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning ko’rsatkichi bo’yicha aholisi sonini inobatga oladigan bo’lsak ancha salmoqli 2036 dollarga to’g’ri keladi. Lekin yaqin yillar uchun pronozlar Hindistonda bu ko’rsatkichning yanada ko’tarilishini ko’rsatmoqda.

2019-yilgi Hindistondagi inflatsiya ko’rsatkichi 5,24%ni tashkil etgan.

Hindistonda YAIMning yillik o’sish ko’rsatkichi 8.5-9.2%ni tashkil etmoqda. Mazkur o’sish neft qazib chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eksporti, mashinasozlik va kimyo sanoatidagi o’sishlar bilan izohlanadi.

Hindiston ekin maydonlarining hajmi bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turadi va bilan birga aholisining 60% qishloq xo’jaligi bilan band. Hindiston eksportida chorva mahsulotlari juda salmoqli o’rin egallaydi. Katta miqdordagi tuya, ot, chochqa, qoramol, qo’y va echkilar chet davlatlariga eksport qilinadi. Buning sababi mamlakat aholisining 40% vegeterianlardir.

Umumiy olib qaralganda Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi.

Mamlakatda ishlab chiqariladigan neft va gazning 30%, toshko’mirning esa 80%i eksport sifatida chiqariladi.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan kimyo sanoati mahsulotlarin ing esa 40%dan ortig’I eksport uchun tayyorlanadi. Hindistonda turizmning ahamiyati ham YAIm uchun salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Zero mamlakat aholisining 40 milliondan ortig’I mazkur sohada xizmat ko’rsatadi. Mamlakatga yiliga 10 ,illiondan ortiq sayyohlar tahrif buyuradi.

2015-16 yillarda eksport miqdori 140 milyard, import esa yaqin 224,9 milyard dollarga yetdi.

Hindiston so‘nggi marotaba 2002 yil yanvar oyida savdoda ijobiy saldoga ega bo‘lgan. O‘shanda oradagi farq 10 mln dollarni tashkil etgan.

Eksport hajmi qisqarishi koronavirus pandemiyasi bois joriy qilingan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishi bois, mamlakat sanoatining o‘z faoliyatini tiklashi bilan bog‘liq. Bu ayrim mahsulotlar, jumladan, temir rudasi va oziq-ovqatlar eksportini oshirish imkonini bergan.

Shu bilan birga, Hindiston iyun oyida transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, po‘lat, xo‘jalik elektronikasi, paxta, matolar va qimmatbaho toshlar importini kamaytirgan. Mamlakat joriy yilning iyun oyida avvalgi may oyi bilan taqqoslaganda neft importini 55 foizga kamaytirgan.

2019-yilda Hindistonning tashqi savdo aylanmasi 709 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu esa o’tgan yilga nisbatan 18.3% ga yuqori degani. Jahon banki ekspertlari tomonidan yaqin yillarda Hindistonni jhonning iqtisodiy gigantlaridan biriga aylanishini prognoz qilinmoqda. Ular bu ko’rsatkichlarni hind iqtisodiy mo’jizasi deb atamoqdalar.

Hindiston eksportidagi asosiy tovarlar quyidagilar: bug’doy, gurunch, neft mahsulotlari, avtomobil, vagon va samalyotlar, go’sht mahsulotlari, olmos, oltin, zargarlik buyumlari, meditsina jihozlari, tekstil.

Hindiston importidagi asosiy tovarlar: neft xomashyosi, telefonlar, kompyuterlar, avtomobil, mis, mikrosxemalar va plastik.

Yuqorida ta’kidlanganidek 2019 yilda Hindiston tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ko’rsatkichga erishdi, xususan eksportda 292 mlrd, importda esa 417mlrd dollar. Hindiston eksporti importiga nisbatan ancha orqada aniqrog’i 125mlrd dollar, lekin shunga qaramay Hindiston ularning o’rtasidagi tafovutni yildan yilga kamaytirishga erishmoqda.

Hindstonnning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari AQSH, BAA, Gonkong, Germaniya, Shvetsariya Rossiya va Saudiya Arabistoni. Ularning ulushlaridagi eng katta ko’rsakichlar AQSHda 33%, BAAda 25%, Shvetsariyada 12% hisoblanadi.



Bugungi kunda Hindistonning tashqi qarzi 133 108 mlrda rupiyani(1 864 mlrd dollar) tashkil etadi va bu YAIMning 68.8%i degani. 2020-2025-yillardagi iqtisodiy o’sish hisobiga makur qarzning ancha iqdorda qisqarishi prognoz qilingan.

Xulosa qiladigan bo’lsak, Hindiston jahonda ekin maydonlari hajmi jihatdan birinchi, aholisi soni jihatdan ikkinchi, YAIMning hajmi jihatdan uchinchi o’rinni egallagan Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biri hisoblanadi. Bugungi Hindistonninng kuchli jihatlari sifatida qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay iqlim va mehnat resursining yetarliligi, Hind okeaniga chiqsh imkoniyati va iqtisodiy o’sishnimg yuqori tempini oladigan bo’lsak, kuchsiz tomonlari sifatida o’rtacha oylik ish haqining pastligi, aholining mamnunlik darajasining juda pastligi( jahonda 130-o’rin), narx navoning qimmatligini e’tirof etishimiz mumkin.
Download 27,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish