O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi


-mavzu: O'rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/105
Sana28.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#588632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi

16-mavzu: O'rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati. 
O'zbekiston SSRning tashkil topishi
Reja: 
1.
 
O’rta Osiyo - Turkiston xalqlarining yagona va umumiy vatani «Markaz»ning tarixan 
tarkib topgan uchta (Turkiston, Buxoro va Xorazm) davlatlarini tugatib urniga yangi 
davlat tuzish goyasi (1920 y.).
2.
 
Milliy respublilapar va viloyatlar tuzishga ko’rsatma berilishi va uning siyosiy jixatdan 
asoslanishi. TASSRni bo’lib tashlash, Buxoro xamda Xorazm Xalq Sovet 
Respublikalarini tuzish uchun RKP (b) MK xamda Turkkomissiya o’tkazgan 
tadbirlari, tuzgan loyixalari o’tkazgan tayzyiqdar va chiqargan qarorlari. 
Turkkomissiya raisi Y. Rudzutak bilan Turor Risqulov boshchiligida bir gurux milliy 
yetakchilar o’rtasidagi munozarali nizolar.
3.
 
Mintaqaviy milliy - xududiy jixatidan qayta tuzish masalasini partiya organlarida 
muxokama qilinishi. O’rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)ning roli (1922-1923 yy.). 
O’rta Osiyoni chegaralab bo’lish va milliy respublikalar tuzish masalasini Turkiston, 
Buxoro va Xorazm respublikalari MIK xamda Kompartiya majlislarida muxokama 
qilinishi va ularning chegarapanishga bildirgan roziliklari xamda qabul qilgan 
rezolyutsiyalari.
4.
 
O’zbekiston SSR tuzilishi. Yer maydoni, axolisi. O’zbekiston SSRning SSSR tarkibiga 
kirishi. Milliy - xududiy chegaralanish. Chegaradagi ziddiyatlar
.
Adabiyotlar. 
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. 
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000. 
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: 
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining 
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998. 
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2012. 
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). 
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010. 
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010. 


181 
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. 
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. 
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi 
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. 
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi 
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkistonda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z 
makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko‘zlab u XX-asrning 20-yillari 
boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos bo‘lgan “bo‘lib tashla, hokimlik qil” qabilidagi o‘z 
milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo‘lini tutdi. Sovet mutasaddilari o‘zlarining 
niqoblangan soxta ishlari, yolg‘on-yashiq va’dalari va da’vatlari bilan mazlum millat kishilarini o‘z 
hukmlariga bo‘ysundirishga, “yagona Turkiston uchun” kurash g‘oyasini yo‘qqa chiqarishga 
intildilar. 
Turkiston xalqlari o‘z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intilardi. 1920-yil 
yanvarida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferensiyasida Turkiston ASSR 
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi T.Risqulov so‘zga chiqib, mushtarak Turkiston g‘oyasini ilgari 
suradi. Asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston Avtonom Respublikasini Turk Sovet 
Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi, deb o‘zgartirishni taklif 
qiladi. Bu takliflar o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning siyosiy byurosi, 
sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo‘ldi. Shu bois “Turkiston masalasi” bir necha 
bor Markazda muhokama qilindi. 1920-yil 13-iyunda T.Risqulov, N.Xo‘jayevlardan iborat 
Turkiston xalqlari delegatsiyasi o‘z amaliy takliflari bilan bevosita sovet hukumati rahbari 
V.I.Lenin qabulida bo‘ladi. Sovet hukumati rahbariyati va bu masalani 1920-yil 29-iyulida ko‘rib 
chiqqan RKP(b) Markazqo‘mi Siyosiy byurosi Turkiston xalqlari delegatsiyasi iltimosnomasiga 
ijobiy baho bera olmadi. Buning aksicha, sovet hukumati va partiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni 
tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi 
maxsus qarorni qabul qilib, bunda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR 
Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo‘mitasining doimiy vakolatxonasi bo‘lishi 
kerakligi zarur, deb ko‘rsatildi. Mazkur qaror o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet 
hokimiyati negizlarini mustahkamlashga xizmat qildi. 
Shunday qilib, o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchiligini o‘z 
xohishlaricha huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham to‘tirildi. O‘lka 
xalqlarining orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘la olmagan Turkiston avtonom 
Respublikasi hukumati raisi T.Risqulov tez orada o‘z lavozimidan iste’foga chiqishga majbur 
bo‘ladi. Sovet Rossiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo‘lidan ilgarilab borishini 
emas, balki uning doimiy nazoratlari ostida bo‘lishini xohlardi. O‘lkaning mehnatsevar, jafokash 
xalqi, uning boyliklari va tabiiy mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi, xizmat qilishi 
ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan 
Turkkomissiya, O‘rta Osiyo byurosi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning 
o‘lka hayotining barcha jabhalarini o‘z nazoratiga olishi, o‘z iznlariga bo‘ysundirish borasida 
harakat etib kelganligi boisi ham mana shundadir. 
Ma’lumki, bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati barcha usul va g‘oyaviy ta’sir vositalarini 
ishga solib, mazlum millatlarni yagona bir qizil saltanat tarkibiga birlashtirish, shu asosda qudratli 
ittifoq davlatini barpo etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Chorizmning mustamlakachilik 
siyosatini boshqacha shakl va ko‘rinishlarda ustamonlik bilan davom ettirgan makkor sovet rejimi 
sovet Respublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga ji’slashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. 
Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin, yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo‘ladi va unga RSFSR ham 
boshqa milliy Respublikalar kabi teng maqom va huquqlar bilan kiradi, degan fikrni bildirdi. Bu 
sovetlarning yana bir o‘ziga xos hiylasi edi. 
Nihoyat, RKP(b) MQ rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ‘ibot ishlari 
va ko‘rsatilgan tazyiqlar o‘z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Kavkazorti Federatsiyasi 
Kompartiyalari, bu Respublikalarning sovetlar syezdlari RKP(b) Markazqo‘mining “SSSRni tuzish 
to‘g‘risida”gi takliflarini qo‘llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922-yil 26-dekabrda sovetlarning 
Butun Rossiya X-syezdi sovet Respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb 
topdi. 


182 
1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining I-syezdi SSSRni tuzish 
to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini 
tasdiqlaydi. SSSRning yuqori hokimiyat organlari – Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va hukumati 
tuzildi. V.I.Lenin SSSR Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. 
Shunday qilib, oktabr to‘ntarishidan 5 yil o‘tgandan keyin 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi. 
Uning ta’sischilari RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti Federativ Respublikalari 
hukumatlari bo‘ldilar. Keyinchalik uning tarkibi kengayib bordi. XX-asrning 30–40-yillari 
boshlariga kelib bu ittifoq davlati tarkibi yangi Respublikalar hisobiga kengayib, u son jihatidan 15 
taga yetkazildi. Shunday qilib, yer yuzi hududining 1/6 qismini egallagan qudratli sovetlar saltanati 
vujudga keldi. Bu ittifoqqa asos solingan barcha dasturamal hujjatlarda tenglik, birodarlik 
tushunchalari aks ettirilsada, biroq amalda u hukmron Markaz uchun butun-butun xalqlarning 
taqdiriyu qismati, inon-ixtiyorini tamomila o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qilgan tuzoq 
rolini o‘tab keldi. Negaki, bu ittifoq uning tarkibiga kiritilgan har bir milliy Respublikalarning 
amaldagi mustaqilligini barham toptirdi, emin-erkin rivojlanishiga g‘ov bo‘ldi. Bunday o‘gir 
ayanchli qismatni O‘zbekiston va uning jabrdiyda xalqi ham o‘z boshidan kechirdi. 
Turkiston qadimdan mintaqa xalqlarining yagona va umumiy vatani bo‘lgan. Turkiston, 
Buxoro, Xorazm respublikalarining tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an’analari 
jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo‘lib ketgan edilar. Buxoro va Xorazm respublikalari 1924 yil 
oxirigacha mustaqil davlat edi. Turkiston mintaqasi yagona hudud, tarixiy zamin, o‘z xo‘jaligi, 
an’analari, dini, tili va madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. Turkistondagi 
davlatlarning har birida yuz yillar davomida turkiy xalqlar: o‘zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq, 
qirg‘iz xalqlari, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. O‘lka 
xalqlari Turkiston tuprog‘ini qadimdan o‘zlarining asl vatanlari deb bilganlar. Mintaqa xalqlari 
yagona va bir degan g‘oya (turkistonlik) avloddan-avlodga o‘tib, XX asr 20-yillarida Turkistondagi 
milliy ziyolilar va millat yetakchilarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari hamda amaliy faoliyatlarida 
aks etgan. 
Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun Turkiston mintaqasini bo‘lib tashlab, uni idora 
qilish qulay edi. Shuning uchun ham dastlab Turkiston o‘lkasiga sovet “avtonomiyasi” berildi, ya’ni 
Rossiya Sovet Federatsiyasi tarkibida 1918 yil 30 aprelda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik 
Respublikasi tashkil topdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi (1920 yildan boshlab Buxoro 
Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) mustaqil davlatlar edi. So‘ngra 
bolsheviklar tomonidan Turkiston mintaqasini parchalab tashlash uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. 
Bu jarayon ayrim uzilishlar bilan 7 yil davom etdi.
Rossiyada fuqarolar urushi va chet el harbiy intervensiyasiga qarshi kurash yillarida (1918-
1922 yillar) Rossiya imperiyasining sobiq hududida mustaqil davlatlar (Polsha, Finlyandiya), 
mustaqil milliy respublikalar (Litva, Latviya, Estoniya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, 
Armaniston), sovet respublikalari (Belorusiya SSR va b.), muxtoriyatli hukumatlar (Turkiston 
Muxtoriyati, Alash Orda, Boshqirdiston Muxtoriyati va b) tashkil topdi. Bundan tashqari, RSFSR 
tarkibida turli avtonom sovet respublikalari (Turkiston ASSR, Qirg‘iziston ASSR(Qozog‘iston 
ASSR) va b.) bor edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi va keyinchalik sovet Rossiyasining bevosita 
hududiy tarkibiga kirmagan bo‘lsa ham uning ta’siri va nazoratida mavjud bo‘lib turgan Turkiston 
mintaqasidagi milliy davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi; 1920 yilda ularning o‘rnida tashkil 
qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) mavjudligi bu 
davrdagi real hodisa edi.
Yuqorida nomlari tilga olingan davlatlar va respublikalar bilan sovet Rossiyasi o‘rtasidagi 
munosabatlar murakkab xarakterda bo‘lgan. Sovet hukumatining dastlab e’lon qilgan rasmiy 
hujjatlaridan biri – “Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi” (1917 yil 2 noyabrda qabul qilingan)
yangi tashkil qilingan sovet Rossiyasi Xalq Komissarlari Soveti o‘z faoliyatida “Rossiya 
xalqlarining o‘z taqdirlarini o‘zlari erkinlik bilan belgilashlari, hattoki ajralib chiqish va mustaqil 
davlat tuzish huquqini” asos qilib olganliklari tantanavor ravishda e’lon qilingan bo‘lsa-da, aslini 
olganda bolsheviklar Polsha va Finlyandiyadan boshqa xalqlar (Ukraina, Kavkaz, Turkiston, 
Boltiqbo‘yi va b.)ga mustaqillik berishni xohlamaganlar. 
Tadqiqotchi O. Chistyakov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, RSFSR bilan boshqa sovet respublikalari 
o‘rtasida bir tomondan “mustaqil” aloqalar mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan ular sovet Rossiyasi 
izmi bilan ish ko‘rgan. Chunki bu respublikalarning vakillari Butunrossiya Sovetlari syezdlarida 


183 
ishtirok etib, RSFSR qonunchiligi bu respublikalar hududlarida u yoki bu darajada kuchga ega edi. 
Bu respublikalardagi hukmron siyosiy partiya Rossiya Kommunistik partiyasi – RKP(b) Markaziy 
Komitetiga bo‘ysungan. Bu respublikalarning armiyasi yagona qizil armiya tarkibiga, budjeti 
RSFSR budjeti hisobiga kirgan. Rossiyaning hududi va aholisi (100 mln.kishidan ko‘p) qizil armiya 
(5.5 mln. kishi)ning miqdorini bu “mustaqil” yoki avtonom sovet respublikalarining haqiqiy holati 
va kuchi bilan solishtirish qiyin. 
Sovet federatsiyasining asosiy qoidalari 1918 yil 10-18 yanvarda bo‘li o‘tgan Butunrossiya 
Sovetlarining uchinchi syezdida yana bir marta e’lon qilindi. Ezilgan va ekspluatatsiya qilingan 
mehnatkashlar huquqlari Deklaratsiyasida ko‘rsatilishicha, Rossiya Sovet Respublikasi ozod 
millatlarning erkin ittifoqi asosida milliy Sovet Respublikalari Ittifoqi federatsiyasini tashkil etadi.
Unda Rossiyadagi har bir millat o‘z respublikasiga ega bo‘lishga haqli ekanligi e’tirof etilgan edi. 
Moskvalik tadqiqotchi A.Vdovin yozganidek, bu deklaratsiyani amaliyotda qo‘llash tajribasi 
butunlay boshqacha bo‘ldi. 1918 yil aprel oyida Turkiston Sovet Respublikasini tuzish bilan birga 
kelgusida federatsiya subyekti sifatida milliy-hududiy avtonomiya (avtonom respublika yoki oblast) 
tashkil etish ham ko‘zda tutilgan edi.
Ma’lumki, sovet rejimi tomonidan Turkiston mintaqasida faoliyat ko‘rsatgan Turkiston 
Muxtoriyati hukumati 1918 yil fevralda, Alash-Orda Muxtor hukumati 1920 yil martda, 
Boshqirdiston Muxtoriyati hukumati 1920 yil iyunda tugatildi. Bundan tashqari 1920-1921 yillarda 
Ukraina, Ozarboyjon, Gruziya, Armaniston kabi mustaqil milliy respublikalar tugatilib, ularning 
o‘rnida sovet respublikalari tashkil qilindi. Dog‘iston va Chechenistonda faoliyat ko‘rsatgan 
Shimoliy Kavkaz amirligi, Tog‘li Respublika (ruscha hujjatlarda Gorskaya Respublika) ham 1920 
yillarda bolsheviklarning harbiy kuchlari tomonidan ag‘darib tashlandi. Faqat Boltiqbo‘yida faoliyat 
ko‘rsatayotgan mustaqil “burjua Litva, Latviya, Estoniya davlatlari” 1940 yilgacha o‘z 
mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldilar. 
1922 yil 30 dekabrda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil topdi. Sovet 
davridagi tarixiy adabiyotlarda, xususan, XX asr 50-80 yillarida yaratilgan tadqiqotlarda keltirilgan 
fikrlarga qarama-qarshi o‘laroq shuni ta’kidlash lozimki, yangi sovet davlati – SSSRning asoschisi 
va g‘oyaviy tashkilotchisi V.I.Lenin bo‘lmay, balki bu davlat I.V.Stalin g‘oyalari asosida hamda 
bevosita uning rahbarligida tashkil qilingan (SSSRda dastlab to‘rt respublika: RSFSR, Ukraina 
SSR, Belorussiya SSR va Zakavkazye SFSR kirgan.) SSSRning tashkil qilinishi bilan Turkiston 
o‘lkasining taqdiri uzil-kesil hal qilindi.
1920 yil boshlarida Turkiston komissiyasi Turkiston ASSRni milliy til belgisiga qarab bo‘lib 
tashlash masalasini qo‘ygan edi. Turkiston Komissiyasining bu tezislariga qarshi chiqqan T. 
Risqulov, N. Xo‘jayev va boshqa milliy yetakchilar ”panturkizm”, “panislomizm”, “burjua 
millatchiligi” va “o‘ng og‘machilik”da ayblandi. Bu haqda sal oldin to‘xtalib o‘tildi. 
V.I.Lenin 1920 yil may oyida Turkistonni Uzbekiya, Kirgiziya, Turkmeniyaga bo‘lingan 
xaritasini (etnografik va hokazo xaritasini) tuzishni mutasaddi shaxslarga topshirgan. Shuning 
uchun 1920 yil avgustda Turkiston ASSRning Yettisuv viloyati, Sirdaryo va Zakaspiy 
viloyatlarining bir qismi yangi tashkil qilingan RSFSR tarkibidagi Qirg‘iziston ASSR (aslida 
Qozog‘iston ASSR) ixtiyoriga berilgan. 1920-1924 yillarda mustaqil Buxoro va Xorazm 
respublikalarini mavjud bo‘lib turishi Markazning vaqtinchalik murosa yo‘lini tanlaganligidan 
boshqa narsa emas edi. Aslini olganda Sovet hukumatining rahbari V.I.Lenin sovet respublikalari 
asosida SSSRni tashkil qilish prinsiplari to‘g‘risida 1922 yil kuzida to‘xtalar ekan, “qo‘shilishdan 
oldin ajralish kerak”, deb masalani aniq qo‘ygan edi. 
Markazning hukmronlik irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha maxsus 
komissiya – Turkkomissiya zimmasiga o‘lkada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazish va shu 
asosda bu hududda bir qator sovet Respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. RKP(b) 
Markazqo‘mi kotibi Y.Rudzutak bu tadbirga bosh mutasaddi qilib belgilangan edi. Markaz 
mo‘ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or 
ziyolilari o‘lka birligini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovini qo‘lda mahkam 
tutgan bo‘lshevik mutasaddilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Yagona va mustaqil 
Turkiston g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, 
turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar va qoralandilar.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alohida Respublikalarga bo‘lib tashlash 
masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalarida, ularning 


184 
kompartiyalari plenumlarida, RKP(b) MQning O‘rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etilib, 
mahalliy xalqqa ta’sir va tazyiqlar o‘tkazilib borildi. O‘rta O‘siyo Respublikalarida milliy-hududiy 
chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) MQ O‘rta Osiyo 
byurosining 1924-yil 2-iyundagi yig‘ilishida muhokama etilib, asosan ma’qullandi.
Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xorazm Respublikasining bir guruh 
mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinayev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, 
Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari Sultonbek Xojanov, Sanjar Asfandiyorov va boshqalar 
yagona Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Ular Turkiston 
xalqlari birligini saqlab qolishga qaratilgan “O‘rta Osiyo Federatsiyasini tuzish to‘g‘risida” taklif 
kiritdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) MQga “Xorazmda milliy masalani hal etish 
to‘g‘risida xat” kelib tushadi. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo‘lib yuborish maqsadga 
muvofiq emas, deyilgan edi. Biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. 
Aksincha, 1924-yil 12-iyunda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi “O‘rta Osiyo Respublikalarini milliy-
hududiy chegaralash to‘g‘risida”gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi. Munozaralar tobora qizib borganligi sababli vaqtincha Xorazm Respublikasida milliy-
hududiy chegaralanishni to‘xtatib turishga qaror qilindi.
Bu borada Xorazm Kompartiyasi va hukumati rahbarlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazib 
borildi. Ularning ko‘pchiligi vazifasidan olinadi, qolganlari partiya qaroriga qo‘shilishga majbur 
bo‘ladi. Oqibatda 1924-yil 26-iyunda Xorazm Respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy 
chegaralanishning zarurligini “e’tirof” etadilar. Shundan so‘ng, 1924-yil 15-iyulda O‘rta Osiyo 
byurosi milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va 1924-yil oktabr oyida uni o‘tkazish zarur, 
degan xulosaga keldi. Bu qaror 1924-yil 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma’qullanadi.
Shu tariqa, sovet hukumati va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920–1924-yillar 
davomida O‘rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg‘on va’dalar berishni ko‘zda tutgan “lenincha 
milliy siyosat”ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun to‘di. Buning orqasida 
o‘lkaning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. 
Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo‘laklarga bo‘lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda 
RKP(b) MQ plenumi so‘nggi nuqtani qo‘ydi. 
Xullas, Turkiston mintaqasini milliy-hududiy jihatdan qayta chegaralash Markaz va RKP (b) 
MK O‘rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda u o‘zining so‘nggi bosqichiga 
kirdi. 
1924 yil aprel-iyun oylarida markaziy organlar, mintaqaning uch respublikasidagi 
kommunistik tashkilotlar va RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosida milliy chegaralanish masalalari 
yuzasidan zo‘r berib ish olib borildi. Milliy chegaralanish masalalarini yanada batafsil va chuqurroq 
o‘rganish uchun Turkiston va Buxoro Kommunistik partiyalari Markaziy qo‘mitalari huzurida 
maxsus komissiyalar tuzildi. Bunday komissiya Markazning Turkistondagi vakolatli tashkiloti – 
O‘rta Osiyo byurosi huzurida ham ish olib borgan. Shuningdek, bu komissiya huzurida kichik 
komissiyalar ham tashkil etilgan edi.
Milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan kichik komissiyalarning 
ma’ruzalari RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi komissiyasining 1924 yil 10 maydagi majlisida, 11 
mayda esa RKP(b) O‘rta Osiyo byurosining maxsus majlisida tinglandi. O‘rta Osiyo byurosi, 
maxsus komissiya va uning kichik komissiyalari ishining yakunlarini muhokama qilib, ular 
tomonidan ishlab chiqilgan O‘rta Osiyoni milliy-hududiy chegaralanishining aniq rejasini 
tasdiqladi. Unga ko‘ra: 
“1. Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarini milliy-hududiy belgilariga ko‘ra 
chegaralash zarur deb topilsin, yangi tashkil etilayotgan milliy-hududiy birlashmalardan federatsiya 
tashkil etilmasin. 
2. O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari tashkil etilsin va ular mustaqil SSR 
huquqlariga ega bo‘lsin va bevosita SSSRga kirsin. O‘zbekiston respublikasi doirasida Tojikiston 
avtonom viloyati tashkil etilsin. Qirg‘iziston avtonom viloyati tashkil etilib, uning qaysi respublika 
tarkibiga kirishi masalasi ochiq qoldirilsin. 
3. Turkiston respublikasida yashaydigan qozoqlar hozirgi vaqtda mavjud bo‘lib turgan 
Qozog‘iston avtonom respublikasiga kiritilsin”.
Turkiston o‘lkasini parchalab tashlashga qarshi chiqqanlar orasida milliy rahbar xodimlardan 
tashqari Markazdan kelgan ayrim nufuzli vakillar ham bo‘lgan. Ana shunday kommunistlardan biri 


185 
G.Safarov bo‘lib, u o‘zining 1924 yil 25 aprelda “Turkestanskaya pravda” gazetasida e’lon qilgan 
maqolasida Turkistondagi mavjud ahvolni batafsil ko‘rsatib, quyidagicha mulohazalarni keltirib 
o‘tadi: “Turkistonni bo‘lish yengiltaklik bo‘lib, ba’zi oblastlar masalasida nizolar kelib chiqadi. 
Chunki iqtisodiy jihatdan turli oblastlar bir-birini to‘ldiradi hamda juda ko‘p turli millatlar 
yashaydigan aralash aholi punktlari mavjud. Shu masala yuzasidan ko‘plab muammolar kelib 
chiqadi”. 
Darhaqiqat, 1924 yili milliy-hududiy chegaralanish jarayonida milliy masala juda o‘tkirlashdi. 
Arxiv hujjatlarida keltirilishicha, bu xususda ahvol shu darajaga borib yetdiki, aholi o‘zining 
millatini yashira boshladi. Ular o‘zlarini yashash joylaridan ko‘chirib, shu nomdagi respublikaga 
jo‘natib yuborilishidan cho‘chir edilar. 
O‘rta Osiyo byurosining mintaqada milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazilishi xaqidagi
qaroriga dastlab Xorazm respublikasi rahbarlari qarshi chiqdilar. 1924 yil 8 mayda O‘rta Osiyo 
iqtisodiy konferensiyasiga qatnashish uchun Toshkentga kelgan Xorazm delegatsiyasining a’zolari 
RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosining raisi nomiga “Xorazmda milliy masalaning hal qilinishi 
to‘g‘risida yozishmalar” nomli hujjatni topshirdi. Bu hujjatga Xorazm Kompartiyasi Markaziy 
Komiteti (XKP MK) mas’ul kotibi Q.Adinayev, XKP MK Ijroiya byurosi a’zosi Abdusalomov, 
Xorazm respublikasining Toshkentdagi bosh elchisi Yoqubov, XSSR Gosplanining raisi Shulimov 
va Xorazm hukumatining bir qator a’zolari qo‘l qo‘ygan edilar. Jumladan, hujjatda bunday 
deyilgan: “Xorazm rayonining iqtisodiy jihatdan yaxlitligi, uning xususiyatlari va Turkiston 
rayonlaridan farq qilishi, Xorazmning ayrim rayonlari tuzish mo‘ljallanayotgan milliy respublikalar 
markazlari bilan uzviy bog‘lanmaganligi...” Xorazmni o‘z chegarasi doirasida mustaqil ma’muriy 
siyosiy markaz sifatida qoldirishni taqozo etadi. Yozishma mualliflari Xorazm SSRga Turkiston 
ASSRning Amudaryo viloyatini qo‘shish masalasini ham ko‘tardilar.
Xullas, bu maktubda Xorazmni mustaqil ma’muriy rayon sifatida o‘zining doirasida qoldirish 
va Xorazmga Amudaryo viloyatini kiritish masalasi qo‘yilgan edi. Aslida bu Xorazm respublikasi 
rahbariyatining chegaralanish o‘tkazilishini rad qilishi edi. Biroq O‘rta Osiyo byurosi xorazmlik 
milliy rahbar xodimlarning fikrlarini qat’iyan rad qildi, byuro qabul qilgan qarorning birinchi 
bandiga Xorazm respublikasini ham kiritdi. Shunga qaramasdan XKP MK Ijroiya byurosi 1924 yil 
iyunda yuborgan telegrammasi bilan maktub mualliflarining nuqtai nazarini qo‘llab-quvvatladi. 
Xullas, xorazmlik milliy yetakchilar o‘z fikrlarida sobit qolib, bu masalada Markaz siyosatiga 
qarshi chiqdilar. 
Shu munosabat bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosi 1924 yil 12 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisda 
chegaralanish materiallariga doir hujjatlarga tegishli tuzatishlar kiritishga majbur bo‘ldi. Siyosiy 
byuro Xorazm respublikasini oldingidek o‘z holiga qoldirishga vaqtincha rozi bo‘ldi va bu haqda 
qarorda yozib qo‘yildi. Shuningdek, Markaz bu haqda O‘rta Osiyo byurosiga tegishli topshiriqlarni 
jo‘natdi.
Xullas, 1924 yil 12 iyunda RKP (b) MK Siyosiy byurosi “O‘rta Osiyo respublikalarini 
(Turkiston, Buxoro va Xorazmni) milliy chegaralash to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdi hamda 
“Buxoro va Turkiston Kompartiyalari Markaziy komitetlari va Xalq Komissarlari Sovetlarining 
takliflari” ni hisobga olib, quyidagicha qaror qabul qildi: 
a) Turkiston, Buxoro va Xorazmning turkmanlar yashaydigan qismlaridan mustaqil 
Turkmaniston respublikasi tuzilsin; 
b) Turkiston va Buxoroning o‘zbeklar yashaydigan qismlaridan mustaqil O‘zbekiston 
respublikasi tuzilsin; 
v) Xorazm respublikasidan turkmanlarni ajratgan holda bu respublika o‘z holicha qoldirilsin. 
Siyosiy byuro Turkistonning qozoqlar yashaydigan rayonlarini Qirg‘iziston ASSR (aslida 
Qozog‘iston ASSR) bilan birlashtirishni, shuningdek, bevosita RSFSR sostaviga kiradigan Qora-
Qirg‘iziston (aslida Qirg‘iziston) avtonom viloyati va O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston 
avtonom viloyatini tuzishni zarur deb topdi.
RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi o‘zining 1924 yil 10 avgustda bo‘lgan 322-majlisida byuro 
kotibi Karklinning “Xorazm bo‘yicha amaliy takliflar” nomli ma’ruzasi asosida qaror qabul qildi. 
Bu qarorda XKP MK Tashkiliy byurosi tomonidan 26 iyunda qabul qilingan Xorazmning o‘zbeklar 
yashaydigan qismini O‘zbekiston Respublikasiga kiritish haqidagi “qaror” ma’qullandi. Xorazm
respublikasi tarkibidagi Qirg‘iz-Qoraqalpoq oblastiga munosabat masalasi ochiq qoldirildi.


186 
RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosi Markaz topshiriqlarini bajarishga intildi. Natijada 26 iyunda 
Xorazm Kompartiyasi MKning yangilangan tarkibi milliy kommunistlar 9 iyunda chiqargan qarorni 
bekor qildi va Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini e’tirof etdi. RKP(b) MK 
Siyosiy byurosi O‘rta Osiyo byurosining taklifi bilan yana bu masalaga qaytdi va Xorazmni Buxoro 
hamda Turkiston bilan bir qatorda milliy- hududiy chegaralanish jarayoniga qo‘shdi. 
RKP(b) MK Siyosiy byurosining 1924 yil 12 iyunda qabul qilgan qaroridan boshlab milliy-
hududiy chegaralanishni tayyorlash jarayoni yangi bosqichga kirdi. 15 iyulda RKP(b) MK O‘rta 
Osiyo byurosi yangi tashkil etiladigan milliy respublikalar va viloyatlarning muvaqqat byurosini 
tashkil etdi.
Rejalashtirilgan yangi milliy tuzilmalarni mazmunan to‘ldirish, ularning hududlarini aniqlab 
chiqish, chegaralarni ajratish va belgilash lozim edi. Bu ish birmuncha oldinroq RKP(b) MK O‘rta 
Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida va janjalli 
masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalarda boshlangan edi. Hududiy komissiya 
tarkibiga Fayzulla Xo‘jayev, Sultonbek Xo‘janov, Abdulla Rahimboyev, Rustam Islomov, 
Qayg‘usiz Otaboyev, Nodir Aytoqov, Y.Abdurahmonov, I.Aydarbekov, I.Vareykis, D.Manjara, 
I.Mejlauk, X.Saxat-Muratov va boshqa siyosiy arboblar kirgan edi. 
Hududiy komissiya (uning tarkibiga yangi tashkil etilayotgan respublikalar va viloyatlarning 
yuqorida nomlari keltirilgan vakillari kirgan edi) majlislarining stenografik hisobotlari bu ishni 
bajarganlardan birining obrazli ifodasi bilan aytganda, “aholini milliy guruhlarga ajratish” 
muammolarining murakkabligi va xilma-xilligiga bugungi kunda chinakam baho berish 
imkoniyatini tug‘diradi. Agar o‘zbek va turkman kichik komissiyalarining vakillari umuman bitta 
nuqtai nazarda: chegaralanish asosida mustaqil “milliy sovet respublikalari” va avtonom viloyatlari 
tashkil etilishini yoqlagan bo‘lsalar, Xorazm delegatsiyasi Xorazm respublikasining daxlsizligini 
himoya qilishda davom etdi, qozoq kichik komissiyasi esa O‘rta Osiyo sovet respublikalari 
federatsiyasini tuzish g‘oyasini yana bir marta ilgari surdi. O‘rta Osiyo hududini mo‘ljallanayotgan 
milliy tuzilmalar o‘rtasida chegaralarga ajratib olishda yanada ko‘proq xilma-xillik ko‘zga 
tashlandi. Chegaralanish uchun asos qilib olingan ikki prinsip - milliy-hududiy va iqtisodiy 
prinsiplar O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan sharoitga to‘g‘ri kelmadi. Hududiy komissiya a’zolari 
oldiga hal etilishi qiyin bo‘lgan vazifalarni keltirib chiqardi, ular o‘rtasida norozilik va 
kelishmovchiliklarni chuqurlashtirdi, ba’zida esa g‘alati va jiddiy vaziyatlarni yuzaga keltirdi. 
Majlis qatnashchilari tayanch masalalarni ilmiy jihatdan yanada chuqurroq o‘rganib 
o‘tirmasdan oddiy ovoz berish yo‘li bilan O‘rta Osiyo Federatsiyasi tashkil etilishi g‘oyasiga 
(majlisda bu g‘oyani Sultonbek Xo‘janov asoslab bergan va himoya qilgan edi) qarshi fikr bildirib, 
O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSRni tashkil etish va ularning bevosita SSSRga kirishini, 
O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston avtonom viloyati va Qirg‘iziston avtonom viloyati tarkib 
topishini yoqlab chiqdilar. 
Hududiy komissiya faoliyatining natijalari RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosida va O‘rta Osiyo 
kommunistik tashkilotlari rahbar organlarida muhokama qilindi. 1924 yil 14 sentabrda Turkiston 
Kompartiyasi, Turkiston ASSR MIK va Taftish komissiyasining qo‘shma plenumida Hududiy 
komissiyaning ishi to‘g‘risida komissiya raisi, TKP MKning mas’ul kotibi I.Vareykis ma’ruza qildi. 
U o‘z ma’ruzasining kirish qismida milliy-hududiy chegaralanishning tepasida bolsheviklar 
partiyasi turganligini zo‘r qoniqish hissi bilan ta’kidlaydi. Vareykis bundan tashqari ishchi va 
dehqonlar ommasi o‘rtasida bu masala yuzasidan tashviqot kompaniyasi ochish zarurligini taklif 
qiladi. Shunday qilib, mintaqa xalqlari o‘z taqdirlarini hal qilishi kerak bo‘lgan milliy-hududiy 
chegaralanish jarayoniga endigina tortiladi. 
TKP MQ, Turkiston MIK va Taftish komissiyasining qo‘shma plenumi Turkiston, Buxoro va 
Xorazmning milliy-hududiy chegaralanishi rejasini umuman ma’qulladi, Hududiy komissiyaning va 
RKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining qarorlarini tasdiqladi va mazkur rejani ko‘rib chiqish hamda 
tasdiqlash uchun Turkiston ASSR MIKning favqulodda sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul 
qildi. 
Shu tariqa, bunga qadar faqat partiya organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, tayyorlangan va 
uzil-kesil hal etilgan masalani tasdiqlash uchun sovet organlariga berishga qaror qilindi. 
Shuningdek, TKP MKning Qo‘shma plenumi bu masalaga doir o‘z rezolyutsiyasida “ishchilar va 
dehqonlar ommasi orasida keng kompaniya ochish”ni taklif qildi, chunki I.Vareykisning 
ma’ruzasida quyidagi fikrlarga alohida urg‘u berilgan edi. “ Masalaning siyosiy tomonlari xaqida 


187 
xulosa chiqarish imkoniyatiga ega emasmiz. Na Markaziy komitetda, na O‘rta Osiyo byurosida 
aynan milliy hududiy chegaralanish g‘oyasi mahalliy aholiga qanday ta’sir qilganligi, singiganligi 
haqida aniq to‘xtamga kelinmagan. Uning partiyaviy doiralardagi aks-sadosini bilamiz, ammo 
partiyasizlar orasida qanday kechayotganligidan bexabarmiz. Bu masalani o‘rganish uchun 
tadqiqotlar, tekshiruvlar o‘tkazmadik. Birorta syezd, konferensiya o‘tkazmadik. Bizku ularni 
amalga oshirmadik, ammo aslida sovet siyosatini to‘g‘ri tashkil etish syezdlar o‘tkazilgandagina
risoladagidek bo‘ladi. Biz shularni bajarmagan ekanmiz biz faqatgina yuqorining, ya’ni partiyaviy
rahbariyatning fikriga egamiz. Bunday olib qaraganda partiyaning nuqtai nazari ham bizga 
qorong‘u”. 
Vareykisning bu mulohazasi juda muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham, yuqorida 
ta’kidlab o‘tilganidek, o‘lka aholisi o‘sha paytga qadar o‘z taqdiri uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan 
masalani muhokama qilishdan butunlay chetlashtirilib qo‘yilgan edi. 
O‘rta Osiyo byurosi TKP, BKP va XKP Markaziy Komitetlariga mahalliy partiya 
tashkilotlariga “chegaralanish bo‘yicha ham og‘zaki, ham yozma tashviqot kompaniyasi o‘tkazish 
vaqtida internatsional kommunistik jihatlarga qat’iy amal qilish va chegaralanish vaqtida ayrim 
millatlar o‘rtasida qandaydir masalada bo‘lmasin kelib chiqadigan milliy og‘machilikka yo‘l 
qo‘ymaslik... chegaralanish masalalarini ko‘pchilik o‘rtasida muhokama qilish vaqtida RKP (b) MK 
va O‘rta Osiyo Byurosining O‘rta Osiyo respublikalarining milliy chegaralanishi to‘g‘risidagi 
qarorlariga qat’iy amal qilish...” vazifasini yuklashni taklif etdi. 
XSSR ning Moskvadagi muxtor vakili Abdusalomov tomonidan 1924 yil 28 avgustda 
VKP(b) MK Bosh kotibi I.V.Stalin nomiga yozilgan maktubda milliy-hududiy chegaralanish 
xususida qiziqarli dalillar mavjud. Xorazm respublikasidagi milliy rahbar xodimlarning yetakchi 
vakillaridan biri hisoblangan Abdusalomov Moskvadagi faoliyati davomida bolsheviklar 
partiyasining dohiysi bilan bir necha marta uchrashgan, uning xarakterini yaxshi bilgan. Shuning 
uchun ham Stalinga yozilgan bir varaqlik (2 bet) maktubda Abdusalomov dastlabki sovet 
hokimiyatining Sharqdagi siyosati to‘g‘risida to‘xtaladi, so‘ngra Xorazmdagi davlatchilik tarixi, 
Qadimgi Xorazm davlatining jahon tarixida tutgan o‘rni, bugungi kunda Xorazm respublikasidagi 
siyosiy ahvol va xorazmliklar ruhiyatidagi o‘zgarishlar xususida so‘z boradi. Maktub muallifi 
XSSRning Moskvadagi muxtor vakolatxonasiga uning huzuriga shu masala bo‘yicha maxsus 
kelgan Afg‘oniston elchixonasining birinchi kotibi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat to‘g‘risida ham 
Stalinga ma’lumot berib, milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo respublikalariga qo‘shni 
davlatlar: Afg‘oniston, Eron, Turkiya kabi Sharq mamlakatlarida kuchli qiziqish, ayni paytda katta 
xavotirga sabab bo‘layotganligi to‘g‘risida gapiradi. Abdusalomovning yozishicha, uning nazarida 
bu masalani hal etish erta boshlangan. U bu masala bo‘yicha Sukerman bilan bo‘lib o‘tgan 
suhbatdan qoniqmaganligi uchun Stalinga shaxsan murojaat qilgan. Afsuski, Stalinning javob 
maktubi yoxud boshqa fikrlar to‘g‘risida arxivda ma’lumotlar saqlanib qolmagan. 
VKP(b) MK O‘rta Osiyo byurosining 1924 yil 7 sentabrda bo‘lib o‘tgan 107-majlisida 
byuroning birinchi kotibi I.A.Zelenskiy “Chegaralanish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida” ma’ruza 
qildi. Ma’ruzada O‘rta Osiyoda o‘tkazilayotgan milliy-hududiy chegaralanish bilan bog‘liq tadbirlar 
xususida so‘z boradi. Majlisda hududiy komissiyaning 16 avgustdagi 2 protokoli, 21 avgustdagi 5 
protokoli va 6 sentabrdagi 6 protokoli asosida yangi tuzilayotgan Turkmaniston SSRning 
chegaralari tasdiqlanadi. Shuningdek, hududiy komissiyaning 21 avgustdagi 5 protokoli asosida 
yangi tuzilayotgan O‘zbekiston SSRning Qirg‘iziston Respublikasi (aslida Qozog‘iston ASSR) 
bilan chegaralari ham tasdiqlanadi. Bundan tashqari Hududiy komissiyaning 6 sentabrdagi 6-
protokoli asosida yangi tuzilayotgan Tojikiston avtonom oblastining chegaralari, 21 avgustdagi 5 
protokoli asosida Qora Qirg‘iz (aslida Qirg‘iziston) avtonom viloyatining chegaralari va 21 
avgustdagi 5 protokoli va 6 sentabrdagi 6 protokoli asosida Qoraqalpoq avtonom viloyatining 
chegaralari hamda Amudaryo viloyati hududi tasdiqlanadi. Turli xalqlar aralash yashaydigan 
hududlarni milliy respublikalar yoki viloyatlarning qaysi biriga kiritish lozimligi keskin 
tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Bu haqda arxiv fondlarida ko‘plab hujjatlar saqlanib qolgan.
O‘rta Osiyo byurosining 1924 yil 9 sentabrda bo‘lib o‘tgan 109-majlisida Buxorodagi 
qirg‘izlar (aslida qozoqlar) masalasi bo‘yicha komissiyaning ma’ruzasi (ma’ruzachilar Znamenskiy 
va Sergaziyev) tinglanadi. Ma’ruzada ko‘rsatilishicha, Buxoro viloyati, Karmana viloyatining 
g‘arbiy qismi (Konimex) va Nurota viloyatlarida qirg‘izlar (qozoqlar) yashayotganligi uchun bu 
yerda maxsus qirg‘izlar tumani (markazi-Nurota shahri) tashkil qilinishi lozim. Bu tuman markaziy 


188 
hokimiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadi. Bu haqda majlisda maxsus qaror qabul qilingan va 
ushbu qaror asosida keyinchalik maxsus Nurota uyezdi va Konimex avtonom rayoni tashkil etilgan. 
1924 yil 15 sentabrda Turkiston ASSR MIK ning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. 
Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala 
yuzasidan Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Rustam Islomov ma’ruza qildi. Bu 
ma’ruza oldingi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g‘oyalar va qoidalarni takrorlashdan iborat 
bo‘ldi. Ma’ruzada O‘rta Osiyoda o‘tkazilayotgan milliy-hududiy chegaralanishni “millatlarning o‘z 
taqdirini o‘zi belgilash prinsipi”ni to‘liq amalga oshirish, yangi “milliy davlat tuzilmalari”ni tashkil 
etish sifatida tushunish kerakligiga asos solindi. Shu bilan birga R.Islomov ma’ruzasida, milliy-
hududiy chegaralanish “xalqlarning xohish-irodasini bildirish akti”, degan tezis birinchi bor 
quyidagicha ochiq aytildi: “Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham 
milliy chegaralanish to‘g‘risida o‘z-xohish irodasini bildirdilar. Ular ham barcha o‘zbeklar, 
qirg‘izlar va turkmanlarning yagona davlatga birlashtirish yo‘li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik 
oqibatlarini tuzatishga intilmoqdalar”. Turkiston ASSRdan tashqari BSSR va XSSR da ham milliy-
hududiy chegaralanish to‘g‘risida shunday qarorlar qabul qilindi. 
1924 yil 14 oktabrda bo‘lgan Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (RSFSR MIK) I 
sessiyasida O‘rta Osiyodagi Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida O‘zbekiston SSR 
va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zbekiston tarkibida), Qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston) 
avtonom viloyati va Qirg‘iz (Qirg‘iziston) avtonom viloyati tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul 
qilindi. Nihoyat, 1924 yil 27 oktabrda bo‘lgan Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (SSSR 
BMIK) II sessiyasi O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazish va yangi respublikalar 
hamda viloyatlar tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
Shunday qilib, 1924 yil sentabr-oktabr oylarida Turkiston mintaqasida o‘tkazilgan milliy-
hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo respublikalari, sovet Rossiyasi va SSSR davlat hokimiyati 
yuqori organlari qarorlarida qonun yo‘li bilan rasmiylashtirildi. 
1924 yil 18 noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR Markaziy Ijroiya 
Qo‘mitalari maxsus qo‘shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o‘z vakolatlarini 
O‘zbekiston SSR Sovetlarining Ta’sis qurultoyiga qadar ish ko‘ruvchi, Fayzulla Xo‘jayev raisligida 
31 oktabrda tashkil etilgan O‘zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti (revkom)ga topshirdilar. 
Bu komitet to‘rt oy davomida O‘zbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi. 
O‘zbekiston SSR Revkomining 1925 yil 29 yanvardagi qaroriga ko‘ra yangi tuzilayotgan 
respublikaning ma’muriy tuzilishi quyidagicha bo‘lgan: O‘zSSR 7 ta viloyat va alohida Nurota 
uyezdiga bo‘lingan. Samarqand shahri poytaxt bo‘lishi kerak edi. Viloyatlar 32 ta uyezd, uyezdlar 
esa 312 ta volostga bo‘lingan. Ma’lumotlarda keltirilishicha, bu paytda aholining soni 3.963.285 
kishini, ya’ni O‘rta Osiyo aholisining deyarli yarmini – 48,7 foizini tashkil etardi. 1926 yilda 
o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi 
quyidagicha edi: o‘zbeklar – 74,2%, tojiklar – 7,8%, ruslar – 5,6%, qozoqlar – 2,4%, qirg‘izlar – 
2,04%.
Shunday qilib, 1924 yil oxiri va 1925 yil boshlarida Turkiston ASSR, BSSR va XSSR 
tugatilib, ularning o‘rnida O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (1929 yilgacha 
O‘zbekiston SSR tarkibida), Qora-Qirg‘iz (Qirg‘iz) avtonom viloyati (RSFSR tarkibida), 
Qoraqalpoq avtonom viloyati (dastlab Qozog‘iston ASSR tarkibida; 1930 yildan RSFSR tarkibida; 
1932 yildan Qoraqalpog‘iston ASSR; 1936 yildan u O‘zbekiston SSR tarkibida) tashkil etildi. 1924 
yil oxiri va 1925 yil boshlarida sovet rejimi va bolsheviklar Turkiston mintaqasini parchalab 
tashlab, O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni amalga oshirdi. 
1925 yil 13-17 fevralda Buxoroda bo‘lgan O‘zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida 
“O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi. 
Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning tashkil topganligini qonunan rasmiylashtirdi va uning ixtiyoriy 
ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e’lon qildi. Deklaratsiyada yozilganidek, “shu kundan 
e’tiboran o‘zbek xalqi tarixida, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Zarafshon, 
Surxondaryo va Xorazm viloyatlarini o‘z ichiga olgan bu xalq hududida birinchi marta ishchi va 
dehqonlarning ittifoqdosh O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta’sis etiladi, unga Tojikiston 
ASSR ham kiradi”. 


189 
Qurultoyda respublika hokimiyatining oliy organlari rasmiylashtirildi. Taniqli davlat arbobi 
Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi va Yo‘ldosh Oxunboboyev 
O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Prezidiumi raisi qilib saylandi. 
Shu tariqa O‘zbekiston SSRning tashkil topishi va uning SSSR tarkibiga kirishi bilan 
mintaqada sovet davlatchiligining yangi bosqichi boshlandi. O‘zbekiston SSRda 1925 yildan
boshlab Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan 6 ta “ittifoqdosh respublika”ning biri sifatida sotsialistik 
jamiyat asoslarini qurish davom ettirildi. 
Yangi tashkil topgan “ittifoqdosh respublikalar”ning statusi (maqomi), ularni qanday 
asoslarda SSSRga kirishi va undan ajralib chiqishi eng avvalo qonuniy yo‘l bilan rasmiy 
hujjatlarda, Ittifoq va respublika konstitutsiyalarida o‘z aksini topdi.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish