Mahmud Qoshg‘ariy
faoliyati bilan bevosita shug‘ullanuvchi olimlarning fikricha bu
zot 1029-1038 yillar orasida Qashg‘arda tug‘ilgan. U o‘ziga to‘q, ziyoli oiladan bo‘lib, Qashg‘arda
yaxshi bilim oladi. Hatto u Buxoro va Nishopur shaharlarida o‘z bilimlarini kengaytirib katta-katta
olimlar bilan suhbatda bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariy yashab ijod etgan yillar Qoraxoniylar
davlatining gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Mahmud Qoshg‘ariy juda ko‘p safarlarda
bo‘ladi va o‘zining asarlari uchun boy ma’lumotlar to‘playdi. Ko‘p yillik izlanishlar natijasida
“Devoni lug‘ati- turk” va “Javohiri-nahv” “Turk tili sintaksisi asoslari” asarlarini yozadi. Ming
afsuslar bo‘lsinki, oxirgi asar hanuzgacha topilmagan. Mahmud Qoshg‘ariyni butun ilm olamiga
tanitgan asari uning “Devoni lug‘ati- turk” asaridir. Bu kitob arab tilida yozilgan. Unda olim ko‘p
yillar davomida turkiy qabilalar orasida olib borilgan kuzatishlar asosida turkiy tillarni qiyosiy va
tarixiy usullar bilan tahlil qilgan va bu tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga harakat
qilgan. Olimlarning fikricha, muallif ushbu tadqiqotida juda ko‘p so‘zlarning etimologiyasini ham
juda aniq va to‘g‘ri izohlab bergan.
Asar ikki qism (muqaddima va lug‘at)dan iborat. Olim asarga o‘zi tuzgan dunyo xaritasini
ham ilova qiladi. Bu hol asarning qimmatini yanada oshiradi. Xarita doira shaklida chizilgan
bo‘lib, unda mamlakat, shahar, qishloq, tog‘, cho‘l, dovon, dengiz, ko‘l, daryo va hokazolar
nomlari yozilgan. Xaritada yozilmay qolgan nomlar esa asar matnida berilgan. Xarita asosan
hozirgi Sharqiy yarim sharga to‘g‘ri keladi. Mahmud Qoshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday
yozgan: ”Rumdan Mochingacha bo‘lgan... shaharlar o‘rnini aniqlash maqsadida ularning
hammasini yer shaklidagi doirada ko‘rsatdim”.
Asarda turli urug‘-qabilalardan qipchoq, o‘g‘iz, tatar, yamak, basmil, yabonu, qay,
boshqirt, qirg‘iz, uyg‘ur, jamil, taru, ichroq, tuxsi, yag‘mo, chigil, tangut, tabg‘och, shuningdek,
fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Asarda bulardan tashqari bir
necha turkiy tildagi hikmatli so‘zlar berilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning bu asarida O‘rta Osiyo hududidagi bir qancha shaharlar
nomlarining kelib chiqishi masalalari ham alohida ko‘rsatilgan. Kitobda turkiy yozuv to‘g‘risida
aniq ma’lumotlar berilib, 18 harfdan iborat turk (uyg‘ur) alifbosi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning bu kitobi dunyo xalqlarining juda ham ko‘p tillariga tarjima
qilingan. Asarning bunchalik katta ahamiyatga ega bo‘lishi muallifning hayotni yaxshi bilganligi,
turli bilimlarni puxta o‘zlashtirganligi va asarni hayot tajribasiga asoslanib yozganligidan dalolat
beradi. Shuning uchun ham asar o‘z ilmiy qimmatini bugungi kunda ham yo‘qotgani yo‘q.
Qoraxoniylar davrida yashagan yana bir o‘z davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat
arbobi
Do'stlaringiz bilan baham: |