1. Renessans atamasi haqida tushuncha. Musulmon Uygʻonish davri asosiy xususiyatlari



Download 258,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.04.2022
Hajmi258,49 Kb.
#588404
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.1-mavzu. IX-XII asrlarda Musulmon Uygʻonish davri



4-mavzu: IX-XII asrlarda Musulmon Uygʻonish davri. Sharq allomalarining dunyo 
ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi. 
Reja. 
1. Renessans atamasi haqida tushuncha. 
2. Musulmon Uygʻonish davri asosiy xususiyatlari. 
3. Dunyo e’tirof etgan Musulmon Sharqi olimlari 
Tayanch iboralar: 
renessans, J.Vazari, Robert Byurhart, sivilizatsiya, islom, Arab 
xalifaligi, Movarounnahr, Xuroson, Xorazm, Bayt ul-hikma, Dor-ul hikma va maorif, rasadxona, 
falakiyot, handasa, tibbiyot, algebra, algoritm.
Fanda “Uyg‘onish davri” deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa 
mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash uchun 
ishlatilgan. Birinchi marotaba “uyg‘onish” atamasini XVI asr italyan rassomi va tarixchisi J.Vazari 
o‘z asarlarida ishlatadi. “Uyg‘onish”, “uyg‘onish davri” atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish mohiyatini ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya’ni antik madaniyatga 
o‘xshash madaniyatni qaytadan “tirilishi”, “uyg‘onishi” ma’nosida ishlatila boshlandi. 
Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma’noda ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-
XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham 
“uyg‘onish” davri deb atalishi yuqorida qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. 
IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va ma’naviy hayotning rivojlanishida 
oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta 
Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo‘ysundirilgan 
edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning 
imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi 
edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan. Islomni qabul 
qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur’on suralarini tilovat qilishdan iborat 
bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va 
mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab 
tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movaraunnahrda xatto o‘z ona 
tilidan ko‘ra arab tili va yozuvi o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Chegaralari borgan 
sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo‘lib qoldi. 
Davlatni boshqarishda xalifalik ma’muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar 
orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar ham oz bo‘lib, borlari ham zaif edi. 
Bu hol o‘z navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat 
yaratib berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq itoatda 
saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma’murlariga, balki o‘lkalarga tayinlangan noib uchun ham 
tobora qiyinlasha boshladi. 
821-yilda Xuroson va Movaraunnahrning noibi etib tayinlangan Tohir ibn Husayn xalifalik 
o‘ylaganidek siyosat yurgizmadi. U xalifa nomini xutba nomozidan chiqarib tashlashga ko‘rsatma 
berdi. Tohiriylar shunday qilib so‘zda o‘zlarini xalifalikning noibidek ko‘rsatsalar-da, amalda 
mustaqil ish yuritish harakatini boshlab yubordilar. Bu borada diqqatga sazovor tomoni shundaki, 
tohiriylar nafaqat siyosiy mustaqillikka intildilar, balki xo‘jalikning ko‘pgina tarmoqlarini o‘zlari 
xohlaganday tartibga solishga harakatlar qildilar. Ular qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida 


suv ta’minotini yaxshilashga katta e’tibor qarata boshladilar. Katta-katta ariqlar, kanallar 
qazdirdilar. Suv ta’minoti haqida fiqhshunos olimlar risolalar yozib, bu ishni aniq tartib-qoidaga 
binoan olib borish lozimligini isbotlab berdilar. Shunday qilib, mustaqil davlatlarning paydo 
bo‘lish uchun zamin paydo bo‘ldi. 
873-yilda Tohiriylar hukmronligi o‘rniga Safforiylar hukmronligi o‘rnatildi. Bu o‘z 
navbatida Movarounnahrni Xurosondan ajralib, o‘z mustaqilligini tiklab olishi uchun asos bo‘ldi. 
IX asrning oxirgi choragida Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada 
mustahkamlab oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy 
kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqadi. 
Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining boshqaruv 
an’analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini hisobga olgan holda 
o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar. 
Movaraunnahr deb ataladigan bu hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda 
siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsata 
boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va madaniyat markazlari 
sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. 
O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va 
Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan 
o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin
Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra 
oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga 
erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga 
keldi. 
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta 
Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat 
ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan 
hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan 
yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. 
Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar 
bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar
kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar. 
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib 
fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya 
bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda 
“Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga 
monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) 
“Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil 
topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. 
Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning 
nomlari bor. 


Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
 
(783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga 
yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik 
chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini 
egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni 
xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan 
Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach 
(813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil 
etilgan “Bayt ul-Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va 
Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi. 
Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar 
sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), 
“Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Yer surati haqida kitob”), “Kitab at-
Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) 
kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan 
bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan. 
Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda 
buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al-
gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. 
Xorazmiy nomi esa matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-
jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni 
taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. 
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. 
Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda 
asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion 
hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, 
algebrani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi. 
Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo va 
Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. 
Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” asarlari 
falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. 
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir 

Download 258,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish