294
“Ulyanovsk-Vostochniy” aeroportiga tutash
territoriyadagi erkin bojxona hududi
1996
RF
hukumatining
qarori
“Ingushetiya” xalqaro biznes-markazi
Kaliningrad viloyatidagi
maxsus iqtisodiy
hudud
1996
Federal qonun
Elabuga avtomobil zavodining “Elabuga” EIH
“Osetiya” jadal iqtisodiy rivojlanish mintaqasi
RF
hukumatining
qarorlari
Xakasiya Respublikasidagi EIH
RF
Prezidentining
Farmoni
Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy
hudud
1999
Federal qonun
Rossiyada tashkil topgan EIHlarni qisqa davr o„tganligiga qaramasdan, ularning
faoliyatini dastlabki natijalarini baholash mumkin bo„ldi. Tashkil etilgan ko„pchilik
EIHlarning faoliyati xalqaro standartlar bo„yicha tahlil qilinganda samarasiz chiqqan
edi. Ya‟ni xalqaro EIHlarni rivojlantirish assotsiatsiyasi tomonidan o„tkazilgan
tadqiqotlarga ko„ra, Rossiyada EIHlarni tashkil etishdan ko„zlangan maqsadlar
samarasiz chiqqan edi. EIHlarni tashkil qilish bo„yicha ishonchli qonuniy bazaning
yo„qligi ushbu EIHlar faoliyatining iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o„stirish,
mintaqaviy rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni
rivojlantirish sohasidagi muammolarni hal etishga olib kelgan edi. EIHlardagi
imtiyozlar mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va
chet el investorlarini jalb
qilish o„rniga, ayrim guruhlarni yashirin subsidiyalash va shuningdek, xorijga ko„rlab
kapitallarni chiqib ketish usuliga aylanib qolgan edi.
Rossiyada EIHlarni tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri bo„lib,
EIHlarni tashkil etishning Davlat konsepsiyasining va shuningdek, qonuniy va
me‟yoriy hujjatlarning yo„qligi bo„ldi.
2005-yilning 10 martida Rossiya hukumati maxsus iqtisodiy hududlar
to„g„risidagi qonun loyihasini ma‟qulladi. Ushbu qonun loyihasiga ko„ra,
mamlakatda ikki turdagi (sanoat-ishlab chiqarish va texnikani joriy etish hududlar)
hududlarni tashkil qilish ko„zda tutilgan edi. Birinchi turdagi sanoat-ishlab chiqarish
hududlari, asosan, yirik sarmoyalar bilan bog„liq bo„lib, iqtisodiy turg„unlikdagi
tumanlarni, xususan, Uzoq Sharq va Sharqiy Sibirni rivojlantirish ko„zda tutildi.
Ikkinchi turdagi – texnikani joriy etish hududlar esa, asosan, iqtisodiyotni
rivojlantirish maqsadida yirik ilmiy-tadqiot markazlarini tashkil etib,
ilmiy tadqiqot
ishlarini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Rossiyaning Iqtisodiyot va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy hududlarning
rezidentlarini 5 yil muddatga mulk va yer soliqlaridan ozod qilishni ko„zda tutadi.
Sanoat-ishlab chiqarish hududlarida tezlashgan amortizatsiya (oddiyga nisbatan 2
marta jadal) to„lovlarini joriy etish, shuningdek, ilmiy xarajatlarga soliq to„lovlarini
kamaytirish ko„zda tutilgan. Texnikani joriy etish hududlarida esa tashkil qilingan
kompaniyalar uchun yagona ijtimoiy soliqning maksimal stavkasini 14 %gacha
tushirish mo„ljallandi.
EIHlar faoliyatidagi yana bir yirik muammolardan biri xorijiy investitsiyalar
295
faoliyatini qonuniy ta‟minlash bilan bog„liqdir. Bu borada “RSFSRda
xorijiy
investitsiyalar to„g„risida”gi qonunning (1991 y.) qabul qilinishi katta ahamiyatga ega
bo„ldi. Biroq, ushbu qonun 90 yillarning birinchi yarmidayoq eskirgan bo„lib,
“Rossiya Federatsiyasida xorijiy investitsiyalar to„g„risida”gi yangi federal qonun esa
1999-yilning
iyulida qabul qilingan edi, xolos. Bundan tashqari, ushbu qonunda
EIHlar zonasida xorijiy kapitallarning faoliyati to„g„risidagi bo„lim o„z o„rnini
topmagan edi. EIHlarda xorijiy kapitallarning faoliyati to„g„risidagi hujjatlar, Rossiya
Federatsiyasining Fuqarolik kodeksi, shuningdek, soliq, valyuta va ma‟muriy
qonunchiligining ayrim bo„limlari to„liq o„z aksini topmagan edi. Ayrim hollarda
berilgan imtiyozlar bekor qilinardi. Bu esa xorijiy investorlarning ishonchsizligiga
olib kelgan. 2004-yilda Rossiyada to„g„ridan-to„g„ri yo„naltirilgan xorijiy
investitsiyalarning umumiy hajmi 26,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bunda EIHlarning
ulushi atigi 2 %ni tashkil etgan.
Jahon tajribasi ko„rsatishicha, EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishi uchun
infratuzilmaviy baza mavjud bo„lishi kerak. Masalan, Xitoyda 1 dollar xorijiy
investitsiyani jalb qilish uchun 5,5 dollar atrofidagi milliy mablag„larni transport
tarmoqlariga, barqaror suv va energiya ta‟minotiga, uy-joy qurilishiga sarflanadi.
Rossiyada EIHni obodonlashtirish uchun esa davlatning ko„magi nihoyatda
chegaralangan. 1993-mayda Rossiya hukumati “Naxodka” EIHga texnoparklarni
tashkil etish, xarbiy
aeroportni qayta jihozlash, samarali aloqa tizimini tashkil qilish
va yuk ortish terminallarini qurish uchun 20,1 mln. rubl ajratdi. Shuningdek,
“Saxalin”, “Eva”, Kaliningrad viloyatidagi “Yantar” EIHlari imtiyozli ravishda
moliyalashtirildi. Boshqa EIHlarga esa moliyaviy yordam ko„rsatilmaganligi uchun
ham ular samarali faoliyat ko„rsata olmagan edi.
EIHlarning juda katta territoriyalarga egaligi ham ularning faoliyatini
qiyinlashtiradi. Rossiyada tashkil topgan dastlabki 11 ta EIHning umumiy yer
maydoni Fransiya va Ispaniya kabi davlatlarning birgalikdagi umumiy yer
maydonidan ham kattadir.
Bu esa ularning, hatto, texnik jihatdan bojxona hududi
sifatida tashkil etilishiga ham katta to„sqinlik qiladi (bunda maxsus bojxona hududini
tashkil qilish xarajatlari kelgusi daromadlardan ancha yuqori turadi).
Rossiya EIHlarining faoliyatidagi zaif tomonlaridan yana biri – bu federal va
mahalliy darajadagi boshqaruvning samarasizligidir. Barcha EIHlar uchun xos
bo„lgan moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari umumiy bo„lgan quyidagi
ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni
ko„rishimiz
mumkin.
Ular
birinchidan,
korxonalarning xo„jalik aloqalaridagi uzilishlar ikkinchidan, xalqaro bozorlarda
milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan himoyalanmasligi uchinchidan,
erkin tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik va kriminal to„siqlarning mavjudligi
to„rtinchidan, rossiyalik ishchi va rahbar xodimlarning
malaka hamda tajribasining
pastligi beshinchidan, hukumatga bo„lgan ishonchsizlik va boshqalarni ko„rishimiz
mumkin.
Bugungi kunga kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish va
rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos tajriba to„plangan bo„lib, ularning dastlabki tashkil
etilishidan to bugungi kunga qadar EIHlar sonining ko„payib va kamayib turganligini
(ochilib, yopilib) ko„rish mumkin. Lekin, hozirgi vaqtga kelib ular faoliyatida ma‟lum
296
rivojlanishlar kuzatilmoqda va samarali faoliya ko„rsatayotgan EIHlar saqlanib qolindi.
Shunga ko„ra, Rossiya Federatsiyasida hozirgi vaqtda jami 25 ta MIHlar mavjud
bo„lib, ularda 660 ta rezident faoliyat ko„rsatmoqda hamda ularda 25 mingdan ziyod
ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Endilikda Rossiya Federatsiyasi
bu ko„rsatkichlarni yanada rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: