Эркин иқтисодий ҳудудлар


-bob. ROSSIYA FEDERATSIYASIDA TASHKIL ETILGAN ERKIN



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

10-bob.
ROSSIYA FEDERATSIYASIDA TASHKIL ETILGAN ERKIN 
IQTISODIY HUDUDLAR
10.1. Rossiya Federatsiyasida erkin iqtisodiy hududlarning 
tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi 
O„tgan asrning 90- yillarida Rossiyada EIHlar tashkil etila boshlandi. 1989-yil 
dekabrda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Naxodka va Viborg shaharlarida 
EIH tashkil qilindi. Jahonning boshqa mamlakatlarida EIHlarni tashkil etish iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq deb topilgan bo„lsa, Rossiyada bu jarayon ortiqcha 
siyosiylashtirilib yuborilgan edi. EIH sobiq ittifoqdosh respublikalarning va yirik 
mintaqalarning mustaqillikka erishishlari doirasida hokimiyat va resurslarni 
taqsimlash quroliga aylanib qoldi. Natijada 1990-yilning iyul oyidan 1991-yilning 
iyun oyigacha RSFSRning (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi) Oliy 
Soveti qarori bilan 11 ta mintaqaga (Primore o„lkasi, Naxodka shahri, Oltoy o„lkasi, 
Sankt-Peterburg shahri, Leningrad viloyati, Viborg shahri, Zelenograd shahri, 
Kaliningrad, Chita, Novgorod viloyatlari, Yahudiy avtonom okrugi) rasman EIH 
maqomi berildi
96
. Ushbu hududlarning umumiy maydoni 1 mln. km

dan (Rossiya 
maydonining 7 %), aholisi 18,5 mln. kishidan (mamlakat aholisining 13 %) ortiq edi. 
Ushbu EIHlar o„z maydoni bo„yicha dunyoda tashkil etilgan barcha EIHlar 
maydonidan katta bo„lib, ularni tashkil qilish jarayoni maqsad va vazifalarning aniq 
belgilanmaganligi, me‟yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjud emasligi, mahalliy 
hokimiyatlarning EIHlar orqali mustaqillikka intilishi, imtiyozlarning mezonlarsiz 
berilishi va boshqa shu kabi xususiyatlarga ega bo„ldi. 
1991-yilda qabul qilingan “RSFSRda chet el investitsiyalari to„g„risida”gi 
RSFSR qonunida EIH to„g„risidagi bo„limning mavjudligi bu jarayonni biroz tartibga 
keltirdi. Mazkur qonunga muvofiq EIHlar xorijiy kapitalni, ilg„or xorijiy 
texnologiyalarni, boshqaruv tajribasini jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish 
maqsadida tashkil etilishi ko„zda tutilgan. 
EIHda xorijiy investitsiyalar va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar uchun 
xo„jalik faoliyatining quyidagi imtiyozli tartibi joriy etildi:
- xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni ro„yxatdan o„tkazishning 
soddalashtirilgan tartibi;
- Rossiya Federatsiyasi territoriyasida xorijiy investorlar uchun o„rnatilgan soliq 
stavkalarining 50 %gacha miqdorda imtiyozli soliqqa tortish; 
- erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun to„lov stavkasini 
pasaytirish; 
- erni 70 yilgacha uzoq muddatli ijaraga olish huquqi;
- tovarlarni olib kirish va olib chiqishga bojxona to„lovlarini kamaytirish;
- xorijiy fuqarolarning chegaradan o„tish, kirish-chiqish (shu jumladan, vizasiz) 
tartibni soddalashtirish;
- butunlay xorijiy investorlarga tegishli korxonalar, shuningdek, 30 %dan yuqori 
96
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – 230 с. 


292 
xorijiy investitsiyalarga ega bo„lgan qo„shma korxonalar uchun qonunda 
mo„ljallangan litsenziyasiz eksport-import qilish huquqi. Bunda o„z mahsulotini 
eksport qilishdan olingan valyuta tushumi butunlay ularning ixtiyorida qoladi. 
1992-yilda iqtisodiyotni isloh qilish va xo„jalik faoliyatini liberallashtirish 
tufayli EIHlarni tashkil etishga munosabat o„zgardi. Rossiyada tashqi iqtisodiy 
faoliyatni tartibga solish to„risida qabul qilingan qonunlar EIHlarda xo„jalik 
faoliyatining maxsus rejimini nazarda tutmas edi. EIHlarda amal qilayotgan 
imtiyozlar va sharoitlarni hech kim bekor qilmagan bo„lsa-da, mamlakatning moliya 
va soliq organlari ularni o„z kuchini yo„qotgan deb hisobladi. 
EIHlarning 
qonuniy-huquqiy 
holatidagi 
bunday 
noaniqliklar 
xorijiy 
investorlarning xavotirlanishiga olib keldi. 1992-yil iyunda Rossiya Federatsiyasi 
Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi hududida erkin iqtisodiy hududlarni 
rivojlantirish bo„yicha ayrim chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmonida xorijiy va 
rossiyalik investorlar uchun avvalgi hududiy imtiyozlarining saqlanib qolishining 
belgilab berilishi vaziyatning barqarorlashishiga olib keldi. 
Shunga qaramay Rossiya Federatsiyasi hukumatida 11 ta ulkan territoriyaga ega 
bo„lgan hududlarni yopish va ularning imtiyozlarini bekor qilish fikri ustunlik qilar 
edi. Buning o„rniga mikrohududlarni, asosan, erkin bojxona hududlarini va eksport 
ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish konsepsiyasi ham ilgari surilgan edi. Ushbu 
hudud turlarini tashkil qilishning tanlanma strategiyasi asosida ularning qulay 
geografik joylashuvi, infratuzilmaviy qurilishlarga minimal xarajatlar bilan qo„shilish 
tamoyili yotadi. Natijada EIHlar atrofida noaniqlik muhiti, aniqrog„i katta bo„lmagan 
eksport hududlarigacha qisqartirish g„oyasi paydo bo„lgan edi. Ushbu istiqbolli 
g„oyalar ham qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan asoslanmagan edi. 
Hukumat ushbu ikki turdagi EIHlarni shakllantirish yo„nalishini qo„llab-
quvvatlash maqsadida 1993-1995 yillarda EIHlarda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy va 
mahalliy korxonalar uchun investitsion muhitni yaxshilash bo„yicha qator ishlarni 
amalga oshirdi. Bu ishlarga, birinchidan, xorijiy investitsiya asosida qurilgan 
korxonalar foydasiga soliq solishda imtiyozlar berish; ikkinchidan, qo„shimcha 
qiymat solig„ida, import qilingan texnologik uskunalarni maxsus soliqdan ozod 
qilish; uchinchidan, 1996 yil 1 yanvardan ish haqiga xarajatlarning me‟yoridan ortib 
ketishiga solinadigan soliqni bekor qilish va boshqalar kirgan edi. Ushbu chora-
tadbirlar natijasida Rossiyada EIHlarni tashkil qilish faollashdi. Qator mintaqalar 
me‟yoriy-qonuniy hujjatlarning ishlab chiqilishini kutib o„tirmasdan, lokal funksional 
hududlarni tashkil qilish loyihalarini amalga oshirishga kirdi. “Naxodka” EIH 
ma‟muriyati birinchi bo„lib ushbu jarayonni boshladi. Hukumat qarorlariga tayanib, 
ajratilgan budjet kreditlaridan foydalanib, 1995-yilning yozida Naxodka ma‟muriyati 
o„z territoriyasida birinchi bojxona hududini tashkil qildi. Moskva viloyatining 
hukumat rahbariyati, shuningdek, Sankt-Peterburg va Ulyanovsk shaharlarining 
hukumat rahbarlari ham ushbu yo„nalishda, biroq, federal hukumat yordamiga 
tayanmay erkin bojxona hududlarini tashkil etdi. 
1999-yil fevralda Sankt Peterburgda 20 ta maxsus rejimga ega bo„lgan iqtisodiy 
rivojlanish hududlarini tashkil etish to„g„risida qaror qabul qilindi. Ushbu hududlarda 
faoliyat ko„rsatayotgan korxonalarga investitsion loyihalarni faollashtirish, shaharda 


293 
xalqaro 
transport 
yuk 
majmuasining 
iqtisodiy 
samaradorligini 
va 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qator imtiyozlar berildi. 
Boshqa hududlar avvalgi imtiyozlarni tiklash yoki yangi imtiyozlarga ega 
bo„lishga qaratilgan hatti-harakatlarni kuchaytirdi. Masalan, Kaliningrad viloyati 
1995-yilning noyabr oyida Davlat Dumasi tomonidan “Kaliningrad viloyatida 
maxsus iqtisodiy hudud to„g„risida”gi federal qonunni qabul qilishiga erishdi. Ushbu 
qonun unga maxsus bojxona hududi tartibini qaytarib berdi. 1995-yilda “Kabardino-
Balkariya” EIH, 1996-yilda esa “Ingushetiya” xalqaro biznes-markazi tashkil topdi. 
Ushbu hududlar klassik offshor hududlar sifatida tashkil etilgan edi. 
2003-yilda Rossiyada 23 ta federal ahamiyatga ega bo„lgan EIHlar, shu 
jumladan, federal qonunlar asosida uchta hududda (Kaliningrad va Magadan 
viloyatlari, Ingushetiyada) EIHlar faoliyat ko„rsata boshlagan edi (10.1-jadval).

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish