223
PEDAGOG LAYOQATI VA MAHORATI, UNI EGALLASH YO‘LARI.
Asadova S., Xayrullayeva D. – talabalar, TDPU.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlarida inson huquqi va erkinliklariga qat’iy rioya
qiluvchi, xо‘jalik yuritishning bozor munosabatlari, zamonaviy texnologiya, jamiyatning ma’naviy
yangilanishi, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv asosida ijtimoiy yо‘naltirilgan iqtisodiyotni
shakllantirishni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish maqsadi
belgilandi. Shu asosda barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ta’lim va tarbiya tizimining uyg‘unligini
ta’minlash, pedagog kadrlarni tayyorlashning zamonaviy yangi tizimi yaratildi. Islohatlar shuni
kо‘rsatadiki,uzluksiz ta’limda о‘qitish sifati va samaradorligi bо‘lajak о‘qituvchilarning pedagogik
mahoratiga bevosita bog‘liq.
O'qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individual bo‘ib, har bir o'qituvchining muhim
hayotiy o'rni va pedagogik layoqatini belgilaydi. O'qituvchi layoqati pedagogik mahoratining asosiy
qirralaridan biri bo‘ib, kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati uchun asosiy omildir.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik
texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqesini
ifodalaydi.
Pedagogik mahorat kategoriyasi o'ziga xos kasbiy faoliyatning namunasi bo‘ib, u quyidagilarda
jamlanadi: pedagogik mahorat, pedagogik ijod, kasbiy bilimdonlik, faoliyat uslubi, innovatsion
faoliyat, pedagogik texnologiya, mahorat.
Pedagogik mahorat o'qituvchining ta'lim berish asnosida o'quvchi bilan jonli jarayon tashkil
etishni hisobga olib, aniq bir ta'rif asosida sharhlash qiyindir.
Biroq, tatqiqotchilar mahorat bo‘g'usi o'qituvchilar (pedagog)lar tomonidan ularning ijtimoiy
yetuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi deb asoslaydilar.
Ijtimoiy yetuklik komponentlari pedagogik mahorat komponentlari bilan quyidagi nisbatda
bo‘adi:
- ijtimoiy o'z-o'zini belgilash – o'zining pedagogik layoqatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
- ijtimoiy faollik – odamlar bilan ishlay olish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini
takomillashtirish;
- ijtimoiy ma'suliyat – o'qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Pedagogik mahorat asoslariga quyidagilar taalluqlidir (3 - shakl).
Pedagogik mahorat asoslari
Pedagogik mahorat komponentlari kasbiy faoliyatga kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur
bo‘gan malaka nuqtasi nazardagi qarashlarni aks ettiradi.
Malaka - xatti-harakatlar tizimini uni amalga oshirish maqsadi va shart-sharoiti bilan muvofiq
ravishda samarali bajarish imkoni demakdir.
Pedagogik mahorat komponentlarini hosil qiladigan quyidagi malaka guruhlari farqlanadi:
- Loyihalash;
Do'stlaringiz bilan baham: