ekin, echki
); undoshdan keyin esa e unli tovushi e harfi
bilan ifodalanadi (
kel,tez
). Savod o`rgatishda e unli tovushi bilan harfi o`rtasidagi bu farqni hisobga
olib; a) avval e tovushi o`rgatiladi; b) keyin so`z va bo`g`in boshida kelib, ikki tovushni ifodalaydigan
harf bilan tanishtiriladi; v) o`quvchilarda e harfi ikki tovushni ifidalashi haqida ko`nikma hosil
qilingandan so`ng,
e
– unlisi undosh tovushdan so`ng kelganda ,
e
harfi yozilishi (
kel
) tushuntiriladi.
O`zbek adabiy tilida 24 undosh fonemalari (g, d, j) (
jurnal
), j (
joy, jiyda
), z, q, l, m, n, ng (
tong
so`zidagi oxirgi tovush),b,k, p, r, s, t, f, ch, sh,v,x,h,y ,g` bo`lib, ular 2 ta harf bilan belgilanadi:
undosh tovush soni undosh harf sonidan ikkita ko`p. Buni savod o`rgatishda hisobga olish kerak va
a) avval o`zbek tilidagi so`zlarda ishlatiladigan portlovchi undosh
j
tovushini o`rgatish, talaffuzni
tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko`nikma hosil qilish; so`ngra alohida bir doira
ajratib, o`quvchiga tanish bo`lgan
jirafa, jurnal
kabi ayrim so`zlardagina ishlatiladigan sirg`aluvchi
j
tovushini o`rgatish , bunda portlovchi
j
bilan sirg`aluvchi
j
tovushlarining talaffuzidagi farqni
taqqoslab tushuntirgach, bu ikki tovush bitta belgi (harakat) bilan ifodalanishi ta`kidlanadi, berilgan
bilim analitik-sintetik yordamida mustahkamlab boriladi; b)
tong, keng
so`zlari oxiridagi – uchinchi
jarangli undosh (sonor) tovush
ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi, shuning uchun savod o`rgatishda
oldin
n
va
g
jarangli undosh tovushlari, so`ng
ng
sonor tovushi o`rgatiladi, bunda shu tovush
qatnashgan so`zlarning talaffuziga alohida ahamiyat berish, bolalarni bu tovushni bir tovush tarzida
(n
va g
tarzida emas) talaffuz qilish o`rgatish muhimdir. Bu tovushni to`g`ri talaffuz qilish imlo
xatoning oldini oladi.
Savod o`rgatishda bo`g`inlab (pozision) o`qish prinsipi qabul qilingan, shuning uchun o`qishga
o`rgatishning birinchi kunlaridanoq o`quvchilarning bo`g`inlab o`qishni mo`ljallab o`qishga
o`rgatiladi. Albatta, bolalarni birdan orfoepik qoidalarga mos ravishda o`qishga o`rgatib bo`lmaydi.
Ular
keldi, bir, biroq
so`zlaridagi
i
tovushini cho`ziq talaffuz qilib o`qiydilar. Bunday hollarda
orfografik qanday yozilgan bo`lsa shunday o`qish, keyin orfoepik o`qish tavsiya etiladi. Ayrim qiyin
hollarda o`quvchilarga tanish bo`lmagan, birinchi marta uchragan so`zni avval, haftalab o`qishga
ruxsat etiladi, ammo haftalab o`qishdan so`ng so`z bo`g`inlab, keyin yaxlit (bo`g`inga bo`lmay)
o`qishga o`rgatiladi.
Savod o`rgatishda o`zbek alfavitidagi harflar to`rt variant (bosma va yozma, bosh va kichik
harflar) ishlatilishini ham hisobga olish zarur. Birinchi sinf o`quvchilari savod o`rgatish jarayonida
gapning birinchi so`zi va kishilarning ismi bosh harf bilan yozilishini amaliy o`zlashtiradilar. To`g`ri,
ongli, normal tezlikda o`qish uchun nuqta, so`roq va undov belgilarining vazifasini ham bilishlari
kerak.
Metodik masalalarni hal qilishda so`zni bo`g`inga ajratishning muhim ahamiyati bor. O`pkadan
chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovush
bo`g`in deyiladi. Unli tovush bo`g`in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so`zda nechta unli
tovush bo`lsa, bo`g`inlar soni ham shuncha bo`ladi. Bo`g`inlar ikki xil: 1) ochiq bo`g`in – bir unli
tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo`g`in:
o-i-la, ba-ho, bri-ga-da
kabi; 2) yopiq bo`g`in
– oxiri undosh tovush bilan tugagan bo`g`in:
Do'stlaringiz bilan baham: |