102
tushunarli tarzda bayon etilishi talabalarda uchrab turgan noto‘g‘ri qarashlarni parchalashga yordam
beradi.
So‘z yasalishi mavzusi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining I bosqichida o‘rgatiladi. Mavzu
ilmiy asosda o‘rgatilgandan so‘ng, egallangan nazariy bilim va ko‘nikmalarning darajasini aniqlash
maqsadida o‘qituvchi so‘z yasalishi bo‘yicha mustaqil ish yozishni talabalarga tavsiya etadi. Yetarli
tushunchalarga ega bo‘gan talaba – bo‘ajak o‘qituvchi boshlang‘ich ta’limda mavzuni o‘quvchilarga
qanday qilib sodda tushuntirish usullarini qidiradi. Mavzuning boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida
o‘rgatilishi o‘quvchining yoshi, ma’lumotlarni qabul qilish layoqati kabi xususiyatlarga mos holda
bo‘ishi zarur. Ta’limning keyingi bosqichlaridagi o‘rgatilishiga qaraganda mavzu sodda, tushunarli,
qiziqarli, esda qolarli misollarga boy, muhimi, ko‘rgazmali bo‘ishi ma’qul bo‘adi. Ilmiy qoidalar va
atamalarni hali yaxshi idrok eta olmagan o‘quvchilarga mavzuni esda qoldirish, tushuntirish oson
bo‘maydi. Shu sababli bo‘ajak o‘qituvchi o‘zining bilim va malakalariga tayanib, avvalo, so‘z
yasalishi, uning usullari haqida sodda ko‘rinishdagi reja asosida ish olib borishi zarur bo‘adi. Rejada
quyidagi bandlarning bo‘ishi maqsadga muvofiqdir:
-
So‘z yasalishi haqida tushuncha berish;
-
So‘z yasalishi usullarini misollar asosida tushuntirish;
-
So‘z yasalishida ishtirok etadigan yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot berish;
-
Asos, so‘z yasovchi qo‘shimcha, yasama so‘z atamalarining sodda izohi;
-
So‘z yasalishida ishtirok etadigan turkumlar;
Talaba reja bandlari ustida ishlar ekan, avvalo, o‘quvchilarga so‘z yasalishi haqidagi sodda
qoidalarni havola qilishi, tushuntirishi kerak, ya’ni so‘z asosiga yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali
yangi so‘z yasalishi hamda ikki mustaqil asosning o‘zaro tobe bog‘lanib, bir urg‘u ostiga
birlashishidan hosil bo‘gan qo‘shma so‘z haqida tushuncha beradi. Odatda so‘z asosiga qo‘shilib, shu
asos ma`nosi bilan bog‘langan yangi so‘zni hosil qiluvchi qo‘shimchalar so‘z yasovchi affikslar
hisoblanadi. Bunday qo‘shimchalar asosan 4 mustaqil so‘z turkumida mavjud bo‘ib, ular quyidagilar:
ot, sifat, fe’l, ravish. Olmoshning faqat gumon olmoshi turida so‘z yasalishi mavjud. O‘quvchilarga
yasalish xususiyatiga ega bo‘gan so‘z turkumlarining nomi haqida ma’lumot berilgach, ularning
nomini yodda tutish zarurligini uqtirish, har biriga misollar yoza olish qobiliyatini shakllantirish,
bizningcha, boshlang‘ich ta’limda etarlidir.
-Otning yasalishi: bog‘bon, paxtakor, taroq;
-Sifatning yasalishi: chiroyli , jo‘shqin, noto‘g‘ri;
-Fe’lning yasalishi: ishla, birlash, yo‘qla;
-Ravishning yasalishi: ko‘plab, mardlarcha, o‘zicha.
Bu singari misollar o‘quvchilarga taqdim qilingach, yuqoridagi turkumlarning birortasiga
tegishli yasama so‘zni izohlab berish o‘rinli bo‘adi. Masalan, bog‘–ot, -bon so‘z yasovchi
qo‘shimcha, bu qo‘shimcha asosga qo‘shilgach, bog‘ga qaraydigan, parvarish qiladigan ma’nosidagi
yangi so‘zni yasaydi. Demak, so‘zning asosi ifodalagan ma`nodan uzoqlashmagan yangi so‘z
yasalmoqda. Bunda o‘quvchining e’tiborini qaratish uchun asos va qo‘shimchani turli rangda yozish
zarurdir.
Talaba misollarni nazariy fikrlarning dalili sifatida keltirar ekan, bu usulni qo‘shimchalar yordamida
so‘z yasash usuli ekanini ta’kidlashi, ya’ni tilshunoslikda bu affiksatsiya usuli (morfologik usul) deb
nomlanishini aytishi zarur. Bu usulning yuqorida nomlari tilga olingan to‘rtta turkumda borligi
haqidagi bilimni o‘quvchiga singdirishi kerak. Talaba ayni damda ot, sifat, fe’l, ravish turkumlarida
so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yangi so‘zlarni yasash mumkinligi haqidagi ma’lumotiga shu
turkumlarda ikki va undan ortiq asosni biriktirish orqali yangi so‘zlar yasalishini ham aytishi, tegishli
misollar vositasida tushuntirishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: