I. H. Hamdamov, S. A. Abilova hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi


 ‘rtacha kenglikning qutblariga yaqin qishloq xo‘jalik rayonlari



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/135
Sana28.04.2022
Hajmi6,21 Mb.
#586386
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135
Bog'liq
Hozirgi zamon tabiiy fanlar konsepsiyasi. Hamdamov I.H, Abilova S.A

0 ‘rtacha kenglikning qutblariga yaqin qishloq xo‘jalik rayonlari. 
Shi- 
moliy Yarim sharda, Shimoliy Kanada, Skandinaviya, Rossiya va Yaponi- 
ya, Janubiy Yarim sharda Chilining janubiy qismi va Argentina uchun ha­
roratning ortishi bir qaraganda qandaydir foyda ham keltirishi mumkin. 
Ammo Yangi iqlim zonasi hozirda qishloq xo‘jaligi intensiv asosida tashkil 
qilingan mamlakatlarda yetishtiriladigan ekin maydonlarining kamayishi 
o ‘rnini to'ldira olmaydi.
Iqlim o‘zgarishining ijobiy oqibatlari ham mavjuddir. Umuman olganda 
C 0 2 miqdorining o ‘sishi, uning yuqori rivojlangan o ‘simliklarda fotosintez 
jarayonini tezlashtirish hisobiga ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlari mahsul- 
dorligini keskin oshirish mumkin. C 0 2 miqdorining 2 m arta ortishi fo­
tosintez sur’atini 30—100 % tezlashtiradi. Bu, ayniqsa, o ‘rtacha kenglik- 
dagi asosiy ekinlar - bug'doy, sholi va soya dukkaklari uchun juda qo ‘l 
keladi. Haroratning ortishi ayrim biologik turlar uchun qulay omil bo‘ladi, 
lekin hammalari uchun emas. Iliqroq iqlim, misol uchun, o ‘simliklar 
urug'ining unib chiqishiga yoki hayot siklining boshqa hal qiluvchi bos- 
qichlariga ta ’sir ko‘rsatishi mumkin.
Iqlim o ‘zgarishi va okean sathi. 
Oxirgi yuz yil ichida okeanning global 
sathi taxminan 15 sm ga ko‘tarilgan. Kutilayotgan global haroratning orti­
shi 20—30 yilga borib okean sathini yana 18 sm ga ko'tarishi mumkin.
Agar issiqxona gazlari emissiyasining hozirgi sur’ati saqlanib qolsa, 2100- 
yilga borib okean sathi hoziigiga qaraganda yana 65 sm ga ko‘tarilishi mumkin. 
Okean sathining ko‘tarilishi past qirg‘oqlar va katta bo‘lmagan orollar va, 
ayniqsa, Maldvin orollari yoki Tinch okeanining qator oral davlatlari uchun
187


tuzatib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar tug‘diradi. Hamma yoqda turistik plyaj- 
lar, madaniy va tarixiy joylar, baliqchilik markazlari va boshqa amaliy ahami- 
yatga ega bo'lgan rayonlar xavf ostida qoladi.
Boshqa tom ondan sayoz portlar va boshqa ayrim joylar okean sathining 
ko‘tarilishidan foyda ko‘radilar. Ayrim qirg‘oqbo‘yi hududlarida tuproq suv- 
larining sho‘rlanishi bo‘ladi, bundan tashqari ko‘tarilgan okean suvi chu- 
chuk suv qatlamlari va manbalarining sho‘rlanish xavfini tug‘diradi. Okean 
suvlarining chuchuk suvli qatlamlariga qo‘shilishining oldini olish uchun 
chuchuk suvlami suvli qatlamlardan tortib chiqarishni kamaytirishga to ‘g‘ri 
keladi.
Okean sathining ko‘tarilishi tufayli ko‘plab botqoqlar materik ichkari- 
siga ko‘chishi mumkin bo‘lsa-da, bunday ko‘chishda ko‘pchilik organizm- 
larga jiddiy zarar yetkazadi. Qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish rivojlangan 
tekislik daryo deltalari ham xavf ostida qoladi. Amazonka, Gang, Mekong, 
Missisipi, Niger, Nil, Po vaYantsizilar uchun ayniqsa xavflidir.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish