Oyoq qiyimlariga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Oyoq qiyimlari – oyoq kaftini eng qulay holatini ta’minlashi lozim hamda oyoqni, sovuqdan,
namliqdan ifloslanish va jarohatlanishdan saqlashi qeraq, yurgan paytda oyoq panjalari 1,5 sm ga
uzunlashib va 1,7 sm ga qengayadi, oyoq kiyimning tovon poshnasi 1,5 sm dan oshmasligi shart,
ingichka tor va kalta oyoq kiyimlari oyoq panjalarini o‘zgartiradi. Oyoq kiyimlari tabiiy
materiallardan charm, jun va sitetiq materiallardan tayyorlanadi. Foydalanishga chiqariladigan oyoq
kiyimlarining 63 foizida sintetiq materiallar ishlatiladi.
Oyoq kiyimlari qanday materialdan va qaysi formada ishlab chiqarilganidan qa’tiy nazar, shu
erning iqlimiga mos kelishi kerak. Issiq iqlim sharoiti uchun oyoq kiyimlarni tagligi charmdan
ishlangani ma’qul.
Muomulaga chiqarilgan oyoq kiyimlari kiyish uchun qulay va engil o‘zidan bug‘ni yaxshi
o‘tkazuvchan, suvni kam o‘tkazuvchan, kimyoviy jihatdan mustahqam, tez tozalanadigan va
iqlimga mos bo‘lishi kerak.
Bizga ma’lumki, odamni oyoq kafti gumbaz yoki kuba shakliga ega va uning asosini va orqa
tayanchini tovon suyagi tashkil qilib, old tarafdan 1 va 2 kaft suyakdan va 100 tadan ortiq
bo‘g‘indan iborat. Oyoq kaftni gumbaz shaklida tuzilganligi, tana og‘irligi butun kafti barobar
taqsimlab, ressora kabi yurishdagi har bir siltovni yumshatib beradi. Shuning uchun kundalik kiyish
uchun keng, past poshnali oyoq kiyimi bo‘lishi kerak. Bu holda tana og‘irligi oyoq kiyimiga bir
hilda taqsimlanib, yurganda oyoqni charchatmaydi, oyoq panjalari bemalol joylashadi.
Ko‘p holda yosh qizlarga va ayollarga ko‘zimiz tushadi, ular baland poshnali, to‘lishig‘i
haddan tashqari ingichka va uzun yoki qisqa qilib aytganda “ modadagi tufli kiyganlar” buni nimasi
yomon? Bunday oyoq kiyimini oyoq panjalarida qadoq paydo bo‘lishi, oyoq barmoqlarini shaklini
va joylashishini o‘zgartiradi. Tirnoqlarni noto‘g‘ri o‘sishiga imkon yaratadi va yassi tovonlikni
keltirib chiqaradi. Baland poshnali oyoq kiyimi umuman zararli, qachon-ki uni doimo kiyib yurilsa,
ayniqsa yosh o‘suvchi organizm uchun, baland poshnali tuflida yurishni qadam tashlashni, omonat
qilib oyoq bo‘g‘imlari va oyoq paylari buzilib ketishi hafini tug‘diradi. Bundan tashqari yurganda
gavda orqa tomonga tashlanib turadi. Chunki baland poshna siljiydi. Natijada mushaklar o‘ta
zo‘riqadi, vaqt o‘tishi bilan gavdani holati ham o‘zgarib, ichki organning siljishiga sabab bo‘ladi.
Umurtqa pag‘onasining bel qismidagi egilgan joyi, ko‘piroq egiladi va natijada tazning uzunasiga
kesimi kamayadi, homiladorliqda, tug‘ishda biroz qiyin bo‘ladi. SHuning uchun oyoq kiyimni xarid
qilar ekanmiz, o‘zimizni oyoq panjalarining kun davomida uzayib va torayib turishligini yoddan
chiqarmasligimiz kerak. Yomg‘irli kunlarda mikropona poshnali ( suv o‘tkazmaydigan ) etiklardan,
yozda esa havoni yaxshi o‘tkazadigan sandallardan foydalanish lozim.
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
181
Do'stlaringiz bilan baham: |