64
Guruh — bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan
boshqariladigan, ma'lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan
o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar
sistemasi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir.
Guruhga xarakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya'ni
institutlar, nazorat shakllari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan
xususiyatlari.
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan a'zolar
yig‘indisi tushuniladi, hozirgi kungacha sotsiologiyada a'zolar soni qancha bo‘lishi
kerakligi haqida aniq bir to‘plamga kelingani yo‘q. Bu to‘g‘risida guruh turlari haqida
so‘z ketganda, gapirib o‘tiladi.
Guruh o‘zining sonini a'zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin.
Mana shu asosga ko‘ra guruhlarni «berk» guruhlar, ya'ni yangi a'zolarni qabul qilishda
aniq mezon qo‘yadigan guruhlar; chegaralangan guruhlar, ya'ni guruh a'zoligiga qabul
qilish mezoni ham talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar; va nihoyat xohlagan
kishi kirishi mumkin bo‘lgan ochiq guruhlar va bu guruhlarda a'zolarga nisbatan aniq
talablar, qo‘yilmaydi, ko‘pincha guruhlar a'zo qabul qilish va a'zolarni guruhdan
chiqishi uchun aniq talab qo‘yadi. Buning natijasida guruhning bir xilligi va uning ta'sir
doirasi ta'minlanadi.
Guruhning paydo bo‘lishi uchun ichki tashkilot, ya'ni institutlar, nazorat shakllari,
faoliyat namunalari bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham o‘z shaxsiy tashkilotiga ega
bo‘lmagan, faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar guruh
deb atalmaydi.
Guruh o‘zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya'ni birlashish markaziga ega
bo‘lishi kerak. Bularga g‘oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va
boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga mansublik va birlashish
xissini uyg‘otish va rivojlantirish uchun zarur.
Bu qadriyatlar asosida guruhda «biz» so‘zi bilan ifodalanadigan birlik xissi paydo
bo‘ladi. Bu xis kishilarni birlashtiradigan psixik (ruhiy) aloqa bo‘lib hisoblanadi.
Nihoyat, guruh o‘zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Bular yordamida guruh boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar
bo‘lib, bir xududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar
hisoblanadi.
Bu 4 shart juda ko‘p guruhlarni ta'riflash uchun qo‘l keladi. Lekin guruhlarni
tasniflash (klassifikatsiya qilish) vaqtida bu to‘g‘rida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bu
shartlar nisbiy xarakterga ega. Bular ko‘pgina guruhlarni qanoatlantirsa ham, ba'zi
guruhlarni tahlil qilish vaqtida to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: