Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

«Mikrosotsiolagiya»da 
ham chuqur tadqiq
qilish maqsadga muvofiqdir. Unda uning iqtisodiy, psixologik 
jihatlarini e`tiborda tutish zarur. Nikoh munosabatlari, yolg’iz yashovchilarni, oilaviy 
buzilish sabablarini o’rganish jamiyat hayoti ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlantirishda 
katta ahamiyatga ega.
Oddiy bir misol: diniy munosabatlarda ilgari nikoh muqaddas sanalar edi. Sobiq 
sho’ro tuzumi davrida dinning ijtimoiy hayotdagi mavqeyga putur etkazilishi va 
dahriylikning kuchayishi oqibatida nikoh munosabatlariga muqaddas deb qaralmay 
qo’yildi. Nikoh shunchaki rasmiy ro’yxatga olishdan iborat bo’lib qoldi. Natijada, oila 
muqaddasligi yo’qolib, qo’ydi-chiqdilar ko’paydi. Bu esa jamiyatning nafaqat 
iqtisodiyotiga, balki ma`naviy-axloqiy, psixologik munosabatlarning barqarorligiga 
ham salbiy ta`sir ko’rsata boshladi, o’z navbatida, noaxloqiy tendentsiyalarning 
kuchayishiga olib kelib, yosh avlod tarbiyasiga zarar etkazildi. Jamiyatda tirik etimlar 
soni ko’paydi. Davlat etimxonalarining soni ortdi. Moddiy va boshqa jihatdan etarlicha 


145 
ta`minlanganligiga qaramay ularda tarbiya topgan bolalar oilada, o’z ota-onalari 
bag’rida voyaga etgan bolalardan farq qila boshladi. 
Sotsiologiyada aholining genetik tarkibini o’rganish borgan sari moddiy 
ahamiyatga ega bo’lmoqda. Unga aholining tabiiy va migratsiya harakati kiradi. O’zbek 
millati boshqa millatlarga nisbatan o’z tug’ilib o’sgan joyiga ko’proq bog’langan 
bo’ladi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysi aholisida bunday xususiyat kuchli. SHuning uchun 
ham vodiyda aholi zichligi boshqa hududlardagiga nisbatan ancha yuqori darajada. 
O’zbekistonda genetik tarkibni o’rganishga hozircha etarli e`tibor berilmagan. 
Ta`kidlash joizki, bu holatning ijtimoiy-demografik munosabatlardagi ahamiyati juda 
kattadir. 
Ijtimoiy-demografik 
munosabatlarni 
aniqlashda 
mamlakat 
miqyosida 
o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish muhim o’rin tutadi. Aholining ro’yxatga olinishi, 
ayniqsa, hozirgi bozor munosabatlariga o’tish davrida yuzaga kelayotgan ko’plab 
ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy turmush sohalaridagi muammolarni hal etishda juda katta rol 
o’ynaydi. Ayniqsa, uning shahar muammolarini hal etishdagi ahamiyati katta. 
Qishloq aholisining ijtimoiy tarkibi jamiyat ijtimoiy tarkibining muayyan bo’lagi 
hisoblanadi. Qishloq aholisi ijtimoiy munosabatlarining muhim belgilari: yagona 
mehnat, er, mulkiy boshqaruv munosabatlari va boshqa shu kabilar. Hozirda qishloq 
aholisining tarkibida ham tabaqalashuv jarayoni kuchaymoqda. Ayniqsa, qishloqqa 
sanoatning kirib kelishi, qishloq hayotining mahalliylashuvi (lokalizatsiyalashuvi), 
savdo-sotiqning rivojlanishi va boshqa omillar oqibatida qishloq aholisi turli 
guruhlardan iborat bo’lgan ijtimoiy birlik sifatida rivojlanmoqda. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish