Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

ziyolilar qatlami
ham salmoqli o’rin tutadi. 
Intelligentsiya aqliy mehnat mutaxassislari bo’lib, ijtimoiy-professional guruhlardan 
tarkib topmoqda. Jamiyat ijtimoiy tarkibida intelligentsiya aqliy mehnatning jismoniy 
mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida shakllandi. Hozirda fan, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining jadal borishi bilan intelligentsiyaning professional malakasi yanada 
murakkablashmoqda. Uning tarkibiga ilmiy, ishlab chiqarish-texnik, madaniyat, 
ma`rifat, tibbiyot-harbiy va boshqaruv apparati xodimlari kirib keldi. 
Ziyolilar tarkibini yana shahar va qishloq, ijtimoiy bandlik sohalari bo’yicha 
(ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida) mehnatning ijodiy xarakteri darajasi, 
malaka va boshqa jihatlari bilan farqlash mumkin. 
Sobiq ittifoq davrida ziyolilar son jihatidan ortdi-yu, ammo uning sifat darajasi 
ancha past bo’lib qolaverdi. CHunki ziyolilar qatlami, avvalambor mehnat xarakteri 
bilan belgilanadi. O’tgan davrda oliy ma`lumot olgan qanchadan-qancha kishilar 
hozirda ishchi bo’lib yoki tijorat va boshqa sohalarda ishlamoqdalar. Ular ziyolilar 
tarkibiga kirmaydi. 
 
Sotsial – demografik munosabatlar 
Sotsiologiyada 
jamiyat 
ijtimoiy 
tarkibiy 
tuzilishida 
ijtimoiy-demografik 
munosabatlar ham muhim o’rin tutadi. Bu munosabatlar asosan, aholining jinsiy 
tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o’z ichiga oladi. 
1
Karimov I. A. Jahon inqirozining oqibatlarini еngish, mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va taraqqiy 
topgan davlatlar darajasiga ko`tarish sari. - 18-jild. –Toshkеnt: O`zbеkiston, 2010. –b. 73-74. 
61
O`sha joyda, 74-bеt. 
62
Karimov I.A. O`zbеkiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T.: «O`zbеkiston», 1996, 117-bet. 


144 
Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi. 
Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha qatlamlari mansub. Ijtimoiy-
demografik tarkibga statistik jihatdan o’rganiladigan aholi o’rtasidagi tug’ilish, o’lim, 
nikoh, oilaviy qo’ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migratsiyasi, hududiy 
migratsiya kabilar kiradi. 
O’zbekiston ijtimoiy-demografik jihatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir. 
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar jami 27,5 mln. aholimizning 64 foizini tashkil 
etmoqda (I.A.Karimov asarlari. T.16.-234-b.). Tub aholining 51 foizi xotin-qizlar, 9,6 
mln. nafari 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlardan iborat. Farg’ona vodiysi 
aholisining zichligi juda katta. Andijonda har bir kvadrat kilometr maydonga 485 nafar 
odam tug’ri keladi. Bunday demografik holat jamiyat hayotining boshqa barcha 
sohalarida ham turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy. 
Aholining yosh jihatdan tarkibiy tuzilishini o’rganish mamlakatning nafaqat 
mehnat va ishlab chiqarish potentsialini aniqlashga, balki uning rivojlanish
dinamikasini ham aniqlashga xizmat qiladi. Bu jihatdan O’zbekiston ba`zi Evropa
va Yaponiya mamlakatlariga nisbatan «yosh» mamlakat hisoblanadi. 
Aholi tarkibiiing jinsiy tuzilishini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bu 
mamlakat ishlab chiqarishini tashkil etish, ayollar uchun qulay mehnat turlarini tashkil 
qilish va ish bilan ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlar ijtimoiy 
ahvolining o’ziga xos xususiyatlari ularning mehnat bilan bandligi, mehnat turi, oilaviy, 
turmush sharoiti va shu kabilarda ko’rinadi. Ularni og’ir jismoniy mehnatdan xalos 
etish masalasi hozirda eng muhim masalalardandir. Sobiq sho’ro davrida o’zbek xotin-
qizlari qishloq xo’jaligida ayovsiz ekspluatatsiya qilindi. Natijada, ularning salomatligi 
keskin yomonlashdi. Kasalmand, nimjon onalardan hech qachon sog’lom
farzand 
dunyoga kelmaydi. O’zbek yoshlarining har uchtadan bittasi, hatto harbiy xizmatga 
qodir bo’lmay qolgan edi. Prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilayotgan 
«Sog’lom avlod davlat dasturi»ni hayotga tadbiq etish uchun kurashish millat kelajagini 
ta`minlashning eng muhim masalasidir. 
Aholining oilaviy tarkibi oila soni, moddiy turmush darajasi, daromadi, oilaviy 
munosabatlarni va shu kabi masalalarni o’z ichiga oladi
. Oilani oziq-ovqat va iste`mol 
mollari bilan ta`minlash muammolari davlat ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadini 
ifoda etadi. Oila tarkibini Sotsiologiyaning maxsus sohasi – 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish