227
XI
.
ILMIY TADQIQOTNING UMUMIY SXEMASI
Reja:
11.1. Ilmiy tadqiqotni o‘tkazishning asosiy bosqichlari.
11.2.Tadqiqotning psixologik gipotezasi.
11.3.Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik
tekshirish
Maqsad:
Talabalarda ildmiy tadqiqot o‘tkazishning umumiy sxemasi, ilmiy faraz, muammo xususida
nazariy bilimlarni shakllantirish.
Vazifalar:
1.
Ilmiy tadqiqotni o‘tkazishning asosiy bosqichlari haqidagi ma‘lumotlarni bayon qilish.
2.
Tadqiqotning psixologik gipotezasini izohlash.
3.
Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish haqida ma‘lumot berish.
Тayanch tushunchalar
Muammo;
nazariya; ilmiy faraz; tadqiqot predmeti; ichki validlik;
tashqi validdlik; emperik
umumlashma; nazariy umumlashma.
11.1. Ilmiy tadqiqotni o‟tkazishning asosiy bosqichlari
Albatta har bir ish tadqiqotsiz kechmaydi. Ilm fandagi har bir yangilik, g`oya
ilmiy tadqiqot
orqali o‘z isbotini topadi. Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning ta`kidlaganidek
"hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya,
jaholatga qarshi ma`rifat bilan kгrashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda"
degan fikrni bildirganlar. Har bir o‘tkazilgan izlanish ilgari qo‘yilgan g‘oyani yo tasdiqlaydi yo
inkor etadi.
"Agar fanni ulkan bir daraxt deb tasavvur qilsak fundamental tadqiqotlar uning ildizini tashkil
etadi. Zero, ildiz qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo‘lsa,
daraxt shunchalik barq urib
yashnaydi, ko‘p hosil beradi" degan fikrni bildirganlar. Har bir fanning rivojlanishi
o‘tkaziladigan izlanishlarning jiddiyligini talab etadi. Quyida ilmiy izlanishni o‘tkazish umumiy
sxemasi, sxemaga kiruvchi bosqichlarni ta`rifi, ularga qo‘yiladigan talablar va izlanishlar
bo‘yicha bir qator olimlarning fikrlari yoritilgan.
Eksperiment bu ixtisoslashgan sharoitlarda ilmiy bilimlarni olish maqsadida o‘tkazilgan
tajribadir, uning asosiy xususiyati izlanuvchining o‘rganilayotgan ob‘ektga maqsadli
aralashuvidir.
Eksperimen turlari.
Normalar asoslarga ko‘ra eksperimental izlanishlar
bir necha turlarga
ajratiladi: ya`ni ilmiy (qidiruv) va tasdiqlovchi eksperimentlar. Ularni qo‘yilgan muammolarni
darajasi va bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning orasida bog‘lanish to‘g‘risidagi
bilimning borligi bilan qidiruv eksperiment bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarning
orasidagi bog‘lanish no`malum bo‘lganda o‘tkaziladi. Shuning uchun qidiruv eksperimentining
maqsadi o‘zgaruvchi A va V lar o‘rtasidagi bog‘liqlik borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi
gipotezani tekshirishga qaratilgan.
Agarda ikki o‘zgaruvchi o‘rtasidagi sifat bog‘liqlik to‘g‘risida ma`lumot bo‘lsa bu bog‘lanish
turi to‘g‘risida gipoteza ilgari suriladi. Bunda izlanuvchi tasdiqlovchi (konfirmator) eksperiment
o‘tkaziladi va bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi funktsional miqdoriy
bog‘liqlik turi aniqlanadi. Izlanish algoritmi quyidagichadir:
1.
A va V o‘rtasida sifat sabab bog‘lanish to‘g‘risida gipoteza ilgari suriladi.
2.
Qidiruv eksperimenti o‘tkaziladi.
3.
Gipoteza tasdiqlanmasa boshqa sifat gipoteza ilgari suriladi va yangi qidiruv
eksperimenti o‘tkaziladi, agarda sifat gipoteza tasdiqlansa funktsional
miqdoriy gipoteza ilgari
suriladi.
4.
Tasdiqlovchi eksperiment o‘tkaziladi.
5.
O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlik turi to‘g‘risida gipoteza qabul qilinadi (qabul
qilinmaydi) va aniqlanadi.
228
Har bir ilmiy tadqiqotning bajarilishi jarayonini quyida keltirilgan shartli logik sxema
ko‘rinishida tariflash mumkin:
1.
Tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash (Bu bosqich har bir izlanishning
boshlang‘ich bosqichidir.)
2.
Izlanishning maqsadlari va aniq vazifalarini belgilash.
3.
Izlanishning ob‘ekti va predmetini aniqlash.
4.
Izlanish o‘tkazishning metodikasini tanlash.
5.
Izlanish jarayonini yoritilishning natijalari muhokamasi.
6.
Izlanishda olingan natijalarni baholash va xulosa.
Kurs, diplom ishlari yoki proektlari, dissertatsiya turli professional darajadagi ilmiy ishlardir va
muallif ularga mavzu tanlashida,
mavzuning muhimligini, dolzarbliligi, ijtimoiy ahamiyati,
iqtisodiy va tijorat ahamiyatliligiga yondashganligiga qarab uni ilmiy etukligi va amaliy
faoliyatga uni professional tayyorgarligiga baho bersa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: