222
9
7
9
8
9
9
1
0
0
1
0
1
1
0
2
1
0
3
1
0
4
1
0
5
1
0
6
1
0
7
1
0
8
1
0
9
1
1
0
1
1
1
1
1
2
1
1
3
1
1
4
1
1
5
1
1
6
1
1
7
1
1
8
1
1
9
1
2
0
1
2
1
1
2
2
1
2
3
1
2
4
1
2
5
1
2
6
1
2
7
1
2
8
Kalit
1
2
3
4
5
6
7
8
1 2 3 4 5 6 7 8 9
1
0
1
1
1
2
1
3
1
4
1
5
1
6
1
7
1
8
1
9
2
0
2
1
2
2
2
3
2
4
2
5
2
6
2
7
2
8
2
9
3
0
3
1
3
2
3
3
3
4
3
5
3
6
3
7
3
8
3
9
4
0
4
1
4
2
4
3
4
4
4
5
4
6
4
7
4
8
4
9
5
0
5
1
5
2
5
3
5
4
5
5
5
6
5
7
5
8
5
9
6
0
6
1
6
2
6
3
6
4
6
5
6
6
6
7
6
8
6
9
7
0
7
1
7
2
7
3
7
4
7
5
7
6
7
7
7
8
7
9
8
0
8
1
8
2
8
3
8
4
8
5
8
6
8
7
8
8
8
9
9
0
9
1
9
2
9
3
9
4
9
5
9
6
9
7
9
8
9
9
1
0
0
1
0
1
1
0
2
1
0
3
1
0
4
1
0
5
1
0
6
1
0
7
1
0
8
1
0
9
1
1
0
1
1
1
1
1
2
1
1
3
1
1
4
1
1
5
1
1
6
1
1
7
1
1
8
1
1
9
1
2
0
1
2
1
1
2
2
1
2
3
1
2
4
1
2
5
1
2
6
1
2
7
1
2
8
10.3. “Oila rasmi”
Tadqiqot uchun – oq qog‘oz (21x29 sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam, o‘chirgich zarur. Bolaga
quyidagi ko‘rsatma beriladi.‖Iltimos, o‘z
oilang rasmini
chiz‖. Bunda oila so‘zining ma‘nosini tushuntirish ta‘qiqlanadi. Agar bola nima chizish
kerakligini so‘rasa, psixolog ko‘rsatmani takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti
chegaralanmagan. Vazifani bajarish jarayonida quyidagilar qayd qilinishi zarur:
A)detallarni chizish ketma-ketligi;
B) 15 sekunddan ortiq pauzalar;
C) detallarni o‘chirish;
D) bolaning o‘z- o‘zidan
beriladigan izohlari;
E)Emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.
Vazifa bajarib bo‘lingach, psixolog verbal yo‘l bilan iloji boricha ko‘proq ma‘lumot olishga
harakat qilishi lozim.Odatda quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Ayt-chi bu erda kim tasvirlangan?
Ular qaerda tasvirlangan?
Ular nima qilishayapti?
Buni kim o‘ylab topdi?
Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?
Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikki savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash kerak emas. Chunki u
hissiyotlar bilan bog‘liq.Suxbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini
aniqlashga harakat qilishi zarur:
-agar oila a‘zolaridan biri tasvirlanmagan bo‘lsa, unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini, rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola
uchun qanday
ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha to‘g‘ri, bevosita
savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaktsiyalarini keltirib
chiqarishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda proektiv savollarga murojaat qilish maqsadga
muvofiqdir (masalan, «Аgar qushcha o‘rniga
odam rasmi chizilgan bolsa, u kim bo‘lishi
mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim Yutgan bo‘lar edi?», «Biror erga bormoqchi
bo‘lsa, akang o‘zi bilan kimni olib ketar edi?»).
Suxbatdan so‘ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila
a‘zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatlarni aniqlashga qaratilgan:
Tasavvur qilaylik, tsirkka 2 ta chiptang bor, kimni o‘zing bilan birga tsirkka taklif
qilar eding?
223
Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo‘lib uyda qoladi. U
kim?
Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan.
Kimni yordamga
chaqirasan?
Senda qiziqarli filmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a‘zolarining sonidan 1 taga kam.
Uyda kim qoladi?
Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan birga yashashni
xohlarding?
Senda qiziqarli loto o‘yini bor‘ Oila a‘zolaring bilan uni o‘ynamoqchisizlar. Ammo
bitta odam
ortiqchalik qilyapti. Kim loto o‘ynamaydi?
Interpritatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a)
tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;
b)
oila a‘zolarining soni, aka-singillari yoshi;
c)
agar iloji bo‘lsa, bolaning uy va bog‘chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma‘lumotlar.
―Oila rasmi‖ metodikasi interpritatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:
-
Oila rasmi strukturasi taxlili;
-
Oila a‘zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;
-
Rasm chizish jarayoni taxlili.
“Oila rasmi” strukturasini taxlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to‘laligicha aks ettiradi.
Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo‘lgan bolalarning 85
%(oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a‘zolarining to‘liq rasmini chizadi. Agar oila a‘zolaridan
birortasi tushib qolgan bo‘lsa, bunga alohida e‘tibor berilishi talab qilinadi.
Chunki
u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.
Ba‘zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman
aloqasi bo‘lmagan odamlar aks ettirilganligini ko‘rish mumkin.
Bunday holatlar juda kam
uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog‘liq bo‘gan salbiy kechinmalar, rad etilganlik hissi,
himoyasizlik hissi, Yuqori darajadagi havotirlanish hamda psixologning o‘rganilayotgan bola
bilan yahshi aloqa o‘rnata olmaganligi bo‘lishi mumkin.
Ba‘zan bolalar oila a‘zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi -
o‘sha oila a‘zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir.
Ko‘proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a‘zosi rasmi
nima uchun
chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan, ―joy qolmagani uchun
chizmadim‖. Ba‘zida esa ochiqdan- ochiq ―Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi‖.
Ba‘zan real o‘ila a‘zolari o‘rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin.
Bunda psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim‖.
Ba‘zi rasmlarda bola o‘z rasmini chizmaydi yoki oilasi o‘rniga faqat o‘zini aks ettiradi. Bu
bolaning o‘zini oila tarkibiga qo‘shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat
beradi. Rasmda ―Men‖ning mavjud bo‘lmasligi
qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan
kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba‘zi ma‘lumotlar berishi mumkin.
Odatda bu psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog‘liq. Oilada yolg‘iz farzand
bo‘lsa, affiliyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo‘shni bolalar yoki ba‘zida
kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: