11-12-MAVZU:
BADIIY PUBLITSISTIK JANRLAR ( 4 soat)
Reja:
1.
Jamiyat ma’naviy taraqqiyotida publisistika va adabiy tanqidning o’rni.
2.
Bugungi o’zbek publisistikasida yoritilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolar.
3.
Bugungi o’zbek adabiy tanqidchiligining yetakchi muammolari.
4.
Adabiy tanqidchilikda mahorat masalasi talqini.
5.
Esse janri va uning o’ziga xosligi.
Istiqlol davri o’zbek publisistikasining diqqat markazida zamon va zamondoshimiz hayoti,
intilish kurashlari bilan bog’liq dolzarb ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda maishiy muammolar
ko’ndalang turdi. Bu davr publisistikasida bozor iqtisodiga o’tish masalalari bilan bog’liq
muammolarni yoritish; xalqimiz hayotidagina emas, balki butun jamiyatda qonun ustuvorligiga
erishish yo’lidagi kamchiliklarni, «soyalarni» fosh qilish; ekologiya masalalarini dadil ko’tarib
chiqish; jamiyatning ma’naviy hayotini sog’lomlashtirish bilan bog’liq qator muammolarni tahlil
qilish; insonning ruhiy, jismoniy va ma’naviy sog’lomligi uchun kurash ruhini ifodalash; diniy
oqimlarga munosabat masalasini teran tahlil qilish yetakchilik qiladi.
Yoqubjon Xo’jamberdiyev, Murod Abdullayev, Jumaniyoz Meliqulov, Karim Bahriyev,
Abdunabi Haydarov singari qator ijodkorlar o’zlarining o’tkir publisistik ruhdagi maqolalari
bilan jamiyatimiz ravnaqiga to’siq bo’layotgan illatlarni yo’qotishga qaratilgan fikr-
mulohazalarini ilgari surganliklarini kuzatish mumkin.
Xususan, Murod Abdullayevning «Ulug’ Temurga alla aytgan yurt» (2006 yil, 3 noyabr. 2-
bet, 44-son // O’zAS) navqiron o’zbekning ham ko’hna ham durdona shaharlaridan biri – Nasaf
shahrining 27 yillik to’yi munosabati bilan yozilgan bu maqolada obod, me’moriy obidalarga
boy shahar misolida respublikada amalga oshirilgan buyuk bunyodkorlik ishlari yoritilgan.
Sherali Turdiyevning «Qutbiddin domla qismati» (2006 yil, 3 noyabr. // O’zAS) ta’qib va
quvg’inlar ostida yashagan urgutlik ulamo va olim Qutbiddin domla Muhiddinovning hayoti va
faoliyatiga oid qiziqarli mulohazalar, faktik ma’lumotlar berilgan;
U.Normatovning «Bir asar tarixi» rukni ostidagi maqolasida A.Qahhorning «Yoshlar bilan
suhbat» asari bilan bog’liq voqealar, adibning «ko’rguliklari» haqidagi xotiralari yozilgan.
Istiqlol davri o’zbek publisistikasi karvonboshlaridan biri M.Abdullayev hisoblanadi.
Uning rang-barang mavzudagi publisistik maqolalari janr ravnaqiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi,
deyish mumkin. Uning «Dehqonboy boy bo’lsa...» (2006 yil, 17 noyabr. 2-bet, 46-son // O’zAS)
maqolasida Zangiota tumanidagi «Turkiston» jamoa xo’jaligi hududidagi xitoylik mutaxassislar
bilan hamkorlikda qurilgan uch gektar maydondagi issiqxonalarda yetishtirilgan bodring,
pomidorlardan tashqari Xitoydan keltirilgan nok, olma daraxtlar ham o’stirilayotganligi haqidagi
kuzatishlari yoritilgan bo’lib, ilg’or texnologiyalar asosida unumdorlikka intilgan xo’jalik
a’zolarining samarali mehnati, izlanishlari ostida ezgu niyat: dehqoni boy yurtning xalqini
farovon etish maqsadi yotganligi ochib berilgan. Maqolada minimal texnologiyalar va ixcham
uskunalarni foydalanish orqali yuksak samaradorlikka erishish – elimizni farovon etish ekanligi
ezgu tilak bilan mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz timsolida yoritilgan. Jurnalist «Xavfni
bartaraf etish mumkinmi?» nomli maqolasida Sarez ko’li bilan bog’liq ekologik muammoga
jamoatchilik e’tiborini qaratgan. Bu ko’l Amudaryoning quyi qismida joylashgan bo’lib, shu
xududdagi shaharlar va 5 mln. dan ortiq aholi uchun katta xavf tug’dirayotganligi; ko’lning suv
hajmi ortib borayotganligi natijasida qator ekologik muammolar yuzaga kelganligi; ko’l suvini
bosqichma-bosqich Bartang daryosiga oqizish muammolari haqidagi muallif qarashlari
mintaqamizdagi ekologik muammolar butun sayyoramizga daxldor hayot-mamot masalalariga
bog’lanib ketishini kuyinish bilan yoritgan. Darhaqiqat, bugungi ekologik muammolar faqat
ayrim davlatlar yoki mintaqalarga daxldor bo’lmay, yer kurrasi va undagi insoniyat hayotiga
tegishli masalalardir. Ko’lning qurishi oqibatida insoniyat boshiga tushgan falokatlarni Orol ko’li
misolida eslashimiz mumkin. Tabiatning tabiiy muvozanatiga daxl yetsa, inson boshiga ham
mislsiz falokatlar yog’ilishini Mirzacho’lning «o’zlashtirilishi» oqibatlaridan ham ko’rdik.
Jurnalist M.Abdullayev o’zining o’tkir problematik maqolalari bilan o’zbek publisistikasiga xos
grajdanlik ruhini yanada chuqurlashtirishga erishayotir.
«O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev
gazetaning 2006 yil 24 noyabrdagi «Yo’l madaniyati» nomli maqolasida respublikamiz
viloyatlari va poytaxtimizdagi yo’llarning ravonligini ta’minlash uchun olib borilayotgan
bunyodkorlik ishlari haqida to’xtalib, zamonaviy shaharlarni tutashtiruvchi zamonaviy yo’llar
yo’l madaniyatini egallagan zamonaviy qiyofadagi aholi uchun ekanligini ta’kidlaydi. Afsuski,
xalqimiz orasida yo’l madaniyatini egallamagan odamlar ham uchrab turadi. Bu holatni
zamonaviy transportlar o’rindiqlaridagi xilma-xil yozuvlar, avtobus salonlaridagi beo’xshov
chiziqlar, axlat qoldiqlaridan kuzatish mumkin. Xo’sh, bunday buzg’unchilikni kim qilayapti?
Xalqimiz va davlatimizning zamonaviy shaharlar va yo’llar bunyod etish borasidagi orzu-
umidlarini, sarf-harajatlarini ayni shu shaharlarda yashayotgan hamshaharlarimiz yakson
etayotirlar. Bu achinarli va foje holatni oldini olish uchun barchamizda yo’l madaniyatidan
tashqari ma’naviy madaniyat shakllangan bo’lishi zarur.
Jurnalist Jumaniyoz Meliqulov o’zining «Importlashayotgan ong yoxud globallashayotgan
dunyo muammolari» nomli maqolasida respublikamizga xilma-xil vositalar orqali dunyo
madaniyatining kirib kelayotganligini yoritgan. Muallif ilg’or ilm-fan, zamonaviy
texnologiyalar, g’oyalar va qarashlar bilan birga jamiyatimizga milliy zamindan uzoq bo’lgan
zararli axloq «eksport» qilinayotganligidan kuyunib fikr yuritadi. Xilma-xil televizion seriallar
yoki adabiyotlar orqali millatimizga yot bo’lgan axloqiy qarashlarning keng yoyilayotganligi
tashvishlanarli holdir. Bugungi kunda O’zbekistonni o’ziga xos va o’ziga mos taraqqiyot
yo’lidan dadil bormog’i uchun g’arazli eksportlardan millat ongu tafakkurini isloh qilish
lozimligi, har bir inson qalbining ezguliklarga yo’g’rilishida yuzaki taqlid emas, qalbning islohga
yuz tutishi muhim ekanligi ro’y-rost yoritilgan. Bunday maqolalar bugungi o’zbek
publisistikasining taraqqiyot xususiyatlarini belgilab berdi, deyishga xaqlimiz. Publisistika janri
ham barcha adabiy janrlar qatori hayotimizni rang-barang jihatlardan tadqiq etib,
taraqqiyotimizga yo’l ochuvchi salmoqli fikr-mulohazalarni ilgari surayotganligi bilan diqqatga
sazovor.
O’zbek publisistikasi tarixining boshlanishi ba’zi tadqiqotlarda o’zbek tilida matbuot
paydo bo’lgan vaqtdan - 1870 yilda «Turkiston viloyatining gazeti» chiqa boshlaganidan
щisoblanadi. Darщaqiqat, qator matbuotning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.
Inson tafakkurining o’ziga xos ifodalanish usullaridan biri publisistikadir.
Publisistikaning bosh xususiyati - fikr-tushunchani mantiqiy muщokamalar tarzidan
ifodalashdan iboratdir.
Bundan ko’rinyaptiki, publisistika щayot, jamiyat, tuzumda ro’y bergan, berayotgan,
shuningdek, o’z davlati va jaщon siyosati, mafkurasi moщiyatini anglash, anglatishda juda
samarali xizmat qilgan щamda qilib kelmoqda. Istiqloldan keyin publisistika oldida juda
kagga masala ko’ndalang bo’ldi. Bu щam bo’lsa mustaqillik moщiyatini anglatish va
murakkab bozor iqtisodi yo’liga o’tish davridagi murakkabliklarni aql-zakovat bilan щal
qilishdir. Ma’lumki, xatoliklarni, kamchiliklarni esa o’tmish tajribalarini ijodiy
o’zlashtirmasdan bartaraf qilib bo’lmaydi. O’z~o’zidan aniqki, bunga erishishda badiiy
publisistikaning roli kattadir.
Bugungi publisistikada quyidagi masalalar yoritilmoqda:
1,Bozor iqtisodiga o’tish masalasi.
2.«Paxta va o’zbeklar ishi» masalasi.
Z.Sud va prokuraturadagi adolatsizlik masalasi.
4.farg’ona va Piskent fojiasi.
5.Ekologiya masalasi.
b.Sobiq sosialistik tuzum illatlarini fosh qilish masalasi.
7.Madaniyat va ma’naviyat kamoloti masalasi,
Biriichi masala moщiyatini anglatishda, o’z-o’zidan aniqki, prezidentimiz asarlari katta
rol o’ynaydi. Davlatimiz raщbari Islom Karimovning qator, xususan, «O’zbekiston XXI asrga
intilmoqda» kitobida bu masalalar chuqur ilmiy asosda atroflicha yeritilgan.
Bizning bosh strategik maqsadimiz bozoriqtisodiyotiga . asoslangan erkin demokratik
jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun millati, tili va dinidan
qat’iy nazar munosib xayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratk mamlakatlardagi
kafolatlangan turmudt darajasi va erkinliklarni ta’minlash davlatimiz siyosatini ifodalaydi.
Prezidentimizning 1992 yilda nashr etilgan «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot
yo’li» asari milliy istiqlol mafkurasi uchun milliy asos, ma’naviy щayot uchun yo’l-yo’riq
bo’ldi. Asarning «Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqii negizlari» deb
atalgan bobida ilgari surilgan umuminsoniy qariyatlarga sodiqlik; xalqimizning ma’naviy
merosini saql.ash va rivojlantirish; inson o’z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi;
vatanparvarlik tamoyillari istiqlol mafkurasi uchun asos bo’luvchi, qoidalardir.
Prezident Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni nuqarrar щalokatdan
q>tqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir, degan edi. Ana igu konsepsiya prezident
siyosatining va bosh isloщatchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz strategiyasining asosini
belgilaydi.
Yoqubjon Xo’jamberdiyev «O’zbek ishi» kitobida publisistikaning ikkinchi masalasiga
keng to’xtagan. U «o’zbeklar ishi» maqolasida shunday yozadi: «Keyingi yillarda
«O’zbekistondagi poraxo’rlikni», «Uzbekistondagi qushib yezish» kabi jumlalarni takrorlash
odat tusiga kirib qoldi. Bu щaqda matbuotda o’qish, katta minbarlarda, meщmonxonalarda,
Moskva, Leningrad va boshqa shaщarlardagi bozorlar, ko’cha-kuylarda eshitish mumkin.
Bularni yozishdan maqsad respublikamizda щaqiqatan щam sodir bo’lgan qushib
yezishlarni, poraxo’rlikni, ko’zbo’yamachiliklarni oqlash emas. Maqsad janoyatchilarning
keng meщnatkashlar ommasiga, paxtaning - щaqiqiy o’zbek ishining og’ir meщnatini
yelkasida tutib turgan deщqonga щyech aloqasi yo’qligini aytish, xolos» deb kuyinadi,
«Raщimaning oq paxtasi» maqolasida o’quvchilarning paxtaga jalb qilinishi tufayli
ta’lim-tarbiya ishi niщoyatda susayib ketganligini misollarda ochib beradi. «Yurakdagi
tugun» maqolasida qishloq deщqonlarining ogir sharoiti xususida, undagi murakkabliklar
щaqida yozadi.
Kitobning «haqiqatning o’tkir ko’zlari» bo’limida berilgan «Sirli щovuz» , «Javobsiz
qolgan savollar», «Farg’onadagi fojia» maqolalarida loqaydlik, adolatsizlik masalasi
ko’tarilgan. Ilщomjonning aytganlarini o’qigan odamning badani titrab ketadi va Rossiya
askarlarining tutgan ishidan juda katta щaqiqat ochiladi, shuningdek, Farg’ona fojiasini
yuzaga keltirganlar kimligi, undan maqsad nima ekanligi inkishof bo’ladi.
Karim Baщriyev «Baliq va qarmoq» maqolasida shunday yezadi: «Xalq qanchalik
boqimanda bo’lsa, kam o’ylasa, totalitarizm shuncha kuchlidir. Demokratik tuzum esa uning
aksidir, u xalqning faollyagiga tayanadi, mulkni elga beradi, mulk olgan odamlar tajriba
ortgira boshlaydilar, fikrlashga tushadilar. Tuxum olsang bir yeysan, tovuq. olsang ming
yeysan» deb falsafiy fikrlaydi. Shu muallifning «Vatan orzusi» nomli maqolasida inson va
jamiyat kamolotining asosi tafakkurda degan muщim va ;go’g’ri fikrni ilgari suradi, U yozadi;
«Kamolotning uch yo’li bor: tajriba (achchiq yo’l), taqlid (oson yo’l), tafakkur (ogir Yo’l)
bilan inson o’zligini topadi. Taqdidu tajribani ko’rdik, endi tafakkur davridir. At-Termiziy
«O’z mulkini щimoya qilayotib щalok bo’lgan kishi dini islom jangining shaщidiga
barobardur». «Otang - bozor, onang -bozor». «Boz» degani «o’yin» deganidir. Molu
mulkingni tikasan, goщ foyda qilasan, goщ zarar - yutasan, yutqazasan...
Abdunabi haydarovning «qotilning armoni», Akbar Jonuzoqovning «qo’lbola qotil»,
Bekqul Egamqulovning «qotil ayol» maqolalarida faqat sud va va adliya masalalari bilan
cheklanib qolmasdan, jinoyatning kelib chiqish sabablarini ochish borasida ijtimoiy
muammolarga diqqatni tortishi bilan muщimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |