ayni
paytda quyosh nurini
qayga sochishni bilmay turdi-da
kuydirib yubordi oyni daf’atan...»
1
.
Nega? Nima uchun? Bu savollarga shoir «Qarg’algan» nomli she’ri orqali javob qaytargan:
«Sen ulug’ ibtidodan nariroqda bir qadam bosding
Shu bois Allohning qahri keldi
Payg’ambar qarg’adi seni
Shaytoni Laindan-da battarroq bo’lding
biroq sening ruhiyatingni to’ldirgan
zavqu-shavq
ikki dunyoda ham yo’q faqat senda bor
ey, abadiy yig’i, ey abadiy kulgu, ey abadiy jimlik».
Shoir sirli-sehrli dunyo sarhadlaridan-da nariroqqa, bu dunyo
chegarasidan tashqariga
«qarashga», idroki, o’y-hayollari ila u tomonga «bir qadam tashlashga» botingan insonga shu
gunohi uchun qarg’ish yopishgan. Bu shakkoklik evaziga shoir qalb iztirobi-yu bezovta ruhning
mangu azobiga duchor etilgan. Ammo insoniyat dardini kuylab yig’lash, ezgulik nurlariga
chulg’angan olam go’zalliklari-yu odam kulgusidan zavqlanish faqat shoirlarga nasib etmishdir.
Ayni chog’da, o’z ojizligini tan olib, Olloh irodasiga bosh egib, abadiy «jimlik» sari inson sukuti
ham olam-olam ma’nolarni ifoda etadi. Bu xususiyat realistik tasvir uslubi bag’rida yuzaga
kelgan «yangilik» sifatida e’tirof etilayotgan «o’zbek modern she’riyati» alohida estetik tamoyil
ekanligini asoslaydi. Modern yo’nalishidagi she’rlar ijodkoru kitobxonning XXI asrdagi tabiiy
ma’naviy-ruhiy ehtiyojlariga monand yuzaga keldi. Bunday she’rlar
inson shaxsi va hayotini,
uning ko’ngil olamini ijodkorning tasavvurlar olami orqali kuzatish orqali har ikki olam
uyg’unligi yoki o’zgachaligini anglash mumkin bo’lgan ma’nolarini tasavvur voqyeligiga
aylantirib (his-tuyg’ular va idrok birligi) badiiy talqin qilish natijasidir. Ijodkorlarning bunday
she’rlari bir qarashda milliy she’riyatimiz uchun noan’anaviydek tuyuladi. Hijo,
tuyuq va
qofiyadan uzoq xalq jonli tiliga yaqin sarbast she’rlarni bir o’qishda tushunish qiyin, ammo har
bir so’z, har bir satr muayyan obrazli ifodaga, ramziy ma’noga va ichki ohangga egaki, bu
xususiyatlar shoir mahorati orqali betakror poetik manzaralar va badiiy umumlashmalar
yaratilishiga asos bo’lgan. Bunday she’rlar o’zi va o’zgalar olamini
yangi jihatlardan idrok
etishga intilayotgan zamondoshimizning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini to’la qondirmoqda.
Jahon adabiyotiga xos «modernizm» va syurrealizm haqida so’z yuritib, adabiyotshunos
Andre Bretona quyidagilarni alohida ta’kidlaydi: «Uning maqsadi og’zaki, yozma yo istagan
boshqa bir yo’l bilan fikrning real amal qilishini ifodalashdir. Syurrealizm muayyan assosiativ
shakllarning oliy realligiga ishonishga asoslanadi. Syurrealizmga
qadar bu shakllarga beparvo
qarab kelishgan. Syurrealizm xayolotning qudratiga, fikrning beg’araz o’yiniga, ishonchiga
tayanadi. U boshqa Har qanday psixik mexanizmlarni uzil-kesil barbod qilib,
hayotning asosiy
muammolarini hal qilishda ularning o’rnini egallashga intiladi»
1
. «Demak, - deb yozadi
professor, Hakimjon Karimov Andre Breton qarashlariga tayanib: - syurrealistlar aqlga suyanadi,
uning qudrati bilan ish ko’radi. Chunki aql kuchigina odam va olam mohiyatini to’g’ri anglashga
imkon beradi. Modernizmning yo’nalishi va maqsadi ham shunda»
1
. Shoir Bahrom
Ro’zimuhammad esa masala mohiyatiga yanada chuqurroq kirib borib, modernizmni realizmga
qarshi qo’yib bo’lmasligini asosli tarzda ta’kidlaydi: «Modernizmni realizmga qarshi qo’yib
bo’lmaydi. Modernizmga realizm suvratidagi sosrealizm oqimigina qarshi qo’yilgan. Endilikda
asta-sekin adabiyot siyosatdan holi bo’lmoqda. Chunonchi, adabiyotning o’z «siyosati» mavjud.
Adabiyot inson ruhiy olami uzra siyosat yurgizadi, ruh olamidagi
jismlar orasida intizom
o’rnatadi, qadim-qadimdan shunday bo’lib kelgan. So’fiylarning ko’ngil parvarishi ta’limoti
bejiz kun tartibiga chiqmagan bir mahallar. Biz shu yo’ldan yurmog’imiz lozim. Bu yo’l
Do'stlaringiz bilan baham: