116
Kondensatorlarni tekshirayotganda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Izolatsiya qarshiligini tekshirish vaqtida kondensator qisqichla-
riga 500 V kuchlanish uzatiladi. Dvigatel ishlab turganda tug-
macha
(2)
«Kondensator»ning bosilishi sinov qurilmasining ishdan
chiqishiga olib keladi.
Uzgich kontaktlarining o‘tish qarshiligini tekshirish.
Almashlab
ulagich
(11)
«
k
» holatiga qo‘yiladi. Òirsakli valni burab uzgich
kontaktlari yopiq holiga keltiriladi va asbob
(3)
ning ko‘rsatmasi
o‘qiladi. Bu kontaktlarda kuchlanishning pasayish qiymati bo‘lib,
uning kattaligiga ko‘ra, kontaktlarning o‘tish qarshiligi haqida xu-
losa chiqarish mumkin. Ma’lumot 0
5
shkaladan olinadi, natija
esa 0,1 V.ga ko‘paytiriladi. Kuchlanishning pasayishi 0,1 V dan
yuqori bo‘lsa, kontaktlar tozalanadi.
Uzgich kontaktlari tutashib turish burchagini aniqlash.
Almashlab-
ulagich
(11)
«
3
» holatiga qo‘yiladi. Dvigatel ishga tushiriladi va
aylanishlar chastotasi 1000
l
/daqiqa darajasida ushlab turiladi. O‘l-
chov asbobi
(3)
ning ko‘rsatkichlari «
3
» sohaning silindrlar
soniga mos keladigan chegarasida bo‘lishi kerak.
Zarurat bo‘yicha kontaktlarning tutashib turish burchagi
ularning orasidagi tirqishni o‘zgartirish hisobiga rostlanadi. Ish-
lamay turgan dvigatelda uzgich-taqsimlagich qopqog‘i va rotori
olinadi. So‘ngra qo‘zg‘almas kontaktning qotirish vinti bo‘shati-
ladi. Startyorni ulanadi va ehtiyotkorlik bilan otvyortka yordamida
ekssentrik vinti buralib, asbob
(3)
ko‘rsatkichining kerakli soha
chegarasida bo‘lishiga erishiladi. So‘ngra rotor va qopqoq joyiga
qo‘yilib, dvigatel ishga tushiriladi. Kontaktlarning tutashib turish
burchagi qayta tekshiriladi.
Uzgich pishangchasi va prujinasini tekshirish.
Dvigatel tirsakli
vali aylanishlar chastotasini 3500—4000
l
/daqiqagacha oshirilib,
asbob
(3)
ning ko‘rsatmalariga ko‘ra, kontaktlarning tutashib
turish burchagi tekshiriladi. Prujina va pishangcha soz bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich «
3
» sohaning yarim qiymatidan ortmaydi.
Agar kon-
taktlarning tutashib turish burchagi bu chegaradan chiqib ketsa,
uzgich pishangchasi va prujina almashtiriladi.
Dvigatel silindrlarining ishlashida uzilishlar sodir bo‘lib, dviga-
tel notekis ishlasa, o‘t oldirish tizimining me’yorda ishlayotganligini
razryadlagich
(7)
elektrodlari orasida hosil bo‘layotgan uchqunning
ko‘rinishiga qarab tekshiriladi. Òekshirishdan avval razryadlagich
elektrodlari orasidagi tirqishni 7 mm.ga keltiriladi. Dvigatel ishga
tushiriladi va taqsimlagich qopqog‘idagi yon yuqori kuchlanish
117
simi chiqarilib, uning o‘rniga razryadlagich
(7)
ning simi kiriti-
ladi. Òirsakli valning aylanishlar chastotasi asta-sekin 3000—
3500 ayl/daqiqagacha oshiriladi. Razryadlagichi tirqishida
uchqunning uzluksiz hosil bo‘lishi o‘t oldirish tizimining yaxshi
ishlashidan darak beradi. Qolgan silindrlar uchun ham
shunday
tekshirish o‘tkaziladi.
Agar dvigatel ishga tushmasa, o‘t oldirish g‘altagidan yuqori
kuchlanish simi chiqarib olinadi va uning o‘rniga razryadlagich
(7)
ning yuqori kuchlanish simi ulangan holda uzluksiz uchqun
hosil bo‘lishi nazorat qilinadi. Uchqunning uzilishli bo‘lishi, kam
bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi o‘t oldirish tizimining barcha
apparatlarini birma-bir tekshirishni talab etadi.
Uzgich kontaktlari tutash va o‘t oldirish kaliti ulangan holda
past kuchlanish zanjirida tok bo‘lmasa, zanjir uzilishga tekshiriladi.
Buning uchun almashlab ulagich
(11)
«ÁÀÒ-ÑÒ» holatga, «M»
belgili qisqich esa avtomobil korpusiga ulanadi. Sinov qurilmasi-
ning boshqa barcha qisqichlari o‘chirilgan bo‘ladi.
O‘t
oldirish kaliti ulanadi, kontaktlar ajratiladi va sinov qu-
rilmasining B belgili qisqichini birma-bir birlamchi zanjir qis-
qichlariga tekkizib ko‘riladi va voltmetr
(6)
ko‘rsatmalari nazorat
qilib boriladi. O‘t oldirish kaliti soz va zanjirda uzilish bo‘lmasa,
voltmetr akkumulator kuchlanishini ko‘rsatadi.
ÒK-102 kommutatorining tranzistorini tekshirish
o‘t oldirish
kaliti ulangan, kontaktlar tutash va past kuchlanish zanjirda uzilish
bo‘lmagan holda olib boriladi.
Òekshirish qurilmasining M belgili qisqichi kommutator mas-
sasiga, qurilmaning
B
belgili qisqichi esa kommutatorning bel-
gilanmagan klemmasiga ulanadi. Kontaktlar tutash bo‘lganda qu-
rilma ko‘rsatkichining 1 V ni va kontaktlar uzilganda akkumulator
batareyasi kuchlanishini ko‘rsatishi tranzistorning sozligini bildi-
radi. Nosoz tranzistorlarda esa kontaktlarning holatidan qat’i na-
zar, voltmetr akkumulator batareyasi kuchlanishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: