Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash

l
/daqiqada erishadi. Voltmetr 
(6)
kuchlanishni
ko‘rsatmasa, tugmacha 
(5)
bosiladi, natijada generator akku-
mulator yordamida uyg‘otiladi. Agar shunda ham voltmetr 
(6)
ning
strelkasi og‘masa, generator nosoz.
Generatorni yuklama ostida tekshirish.
Generator yuklamasiz
ishlaganda nominal kuchlanishni avj oldirsa, endi uni yuklama
ostida nominal quvvatga tekshiriladi. Buning uchun yuklama reos-
tati 
(8)
ni ravon o‘ng tomonga buraladi va yuklama tokining orti-
shini ampermetr 
(1)
ko‘rsatkichi orqali kuzatib boriladi. Shu bi-
lan bir vaqtda generatorning aylanishlar chastotasini oshirish hi-
sobiga kuchlanishni nominal qiymat darajasida ushlab turiladi.
Generatorning nominal kuchlanishi hamda nominal yuklamasini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasining qiy-
mati texnik ko‘rsatkichlarda keltirilgandan katta bo‘lmasa, genera-
tor soz hisoblanadi.
Kuchlanish rostlagichini tekshirish. 
Almashlab-ulagich 10 «~R»
holatiga, yuklama reostati dastasi chapki chekka holatga keltiri-
ladi. Kontaktli kuchlanish rostlagichlarni tekshirishdan avval
kontaktlarning holati va tirqishlarni tekshirish va zarurat bo‘yicha
rostlash zarur.
Dvigatel ishga tushiriladi va asta-sekin generator rotorining
aylanishlar chastotasi 3000 
l
/daqiqaga yetguncha oshiriladi. Volt-
metr 
(6) 
va taxometr 
(3)
ko‘rsatkichlari nazorat qilib boriladi.
Dastak 
(3)
yordamida yuklama tokini generator nominal tokining
0,5 qiymatiga yetguncha oshiriladi. Agar bu yuklama ostidagi
generatorning kuchlanishi belgilangan rostlanish kuchlanishiga
mos kelmasa, rostlagich prujinasini tortish kuchini o‘zgartirib,
kuchlanish me’yoriga keltiriladi.
Kontaktsiz kuchlanish rostlagichlarda kuchlanishning me’yo-
riy qiymati differensial qarshiliklarni tanlash yo‘li bilan ta’minla-
nadi. Nosoz integral kuchlanish rostlagichlari almashtiriladi.
PP380 kuchlanish rostlagichlarini tekshirish va sozlash.
Al-
mashlab ulagich 
(12)
«12» holatiga; almashlab ulagich 
(4)
«4»
holatiga; almashlab ulagich 
(10)
«~ R» holatiga; almashlab ulagich


115
(11)
«ÐÍ, OÒ» holatiga; almashlab ulagich 
(16)
«40A» holatiga
qo‘yiladi. Yuklama dastagi 
(8) 
chekka chap tarafga oxirigacha bu-
ralib, zanjirga reostatning maksimal qarshiligi ulanadi.
Òirsakli val aylanishlar chastotasini asta-sekin oshirib, rotor
vali chastotasini 5000 
l
/daqiqaga qadar yetkaziladi. Voltmetr 
(6)
ko‘rsatkichi nazorat qilib boriladi. Dastak 
(8)
yordamida yuklama
tokini 
(7)
A ga tenglashtiriladi. Òekshirish davomida generator
kuchlanishi 13,9—14,5 V atrofida bo‘lishi kerak. Bu yerda, sinov
qurilmasining voltmetri ko‘rsatkichi kuchlanishning haqiqiy qiy-
matdan 0,2 V yuqori qiymatni ko‘rsatishini hisobga olish kerak.
Agar olingan natijalar texnik ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmasa, pru-
jinaning tortish kuchi rostlanadi (2.41-rasm). Òekshirishning ke-
yingi bosqichida yuklama toki 25—35 A gacha oshiriladi. Bunda
generatorning kuchlanishi oldingi qiymatga (rostlashning birinchi
bosqichi) nisbatan 0,2—0,7 V ga kichik bo‘lishi kerak.
Birinchi bosqich kuchlanishini sozlash rostlagich o‘zagi va
yakorcha orasidagi tirqishni qo‘zg‘almas tayanchni siljitish hisobiga
amalga oshiriladi. Bunda ikkinchi bosqich kontaktlari orasidagi tir-
qish 0,4—0,5 mm bo‘lishi kerak. Bu tirqish pastki qo‘zg‘almas
kontakt o‘rnatilgan ikkinchi tayanchni siljitish bilan amalga oshiri-
ladi. Yakorcha va o‘zak orasidagi tirqish o‘zgartirilganidan so‘ng ik-
kinchi bosqich kuchlanishi prujina yordamida yana sozlanishi kerak.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish